1-amaliy mashg’ulot. Fanning maqsad va vazifalari. Me’yoriy xujjatlar turlari va toifalari. Faning maqsadi va vazifalari


Download 0.97 Mb.
bet1/50
Sana25.01.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1122385
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
Texnik xujjatlarni taqdim qilish Amaliyot


1-AMALIY MASHG’ULOT. FANNING MAQSAD VA VAZIFALARI. ME’YORIY XUJJATLAR TURLARI VA TOIFALARI.


Faning maqsadi va vazifalari.
Fanni o‘qitishdan maqsad – Me’yoriy va texnik xujjatlar, me’yoriy va hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash hamda ro‘yxatdan o‘tkazishga taqdim etish, me’yoriy va texnik hujjatlar bilan ta’minlash, xalqaro normativ-texnik qoidalar va me’yoriy hujjatlarni qabul qilish va qo‘llash, xujjatlar bilan ishlash borasidagi amaliy ko‘nikma, bilim va malakani shakllantirishdan iborat.
Faning vazifalari. Talabalarga me’yoriy, texnik xujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish hamda monitoringini olib borish; hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish, o‘zgartirishlar kiritish va rasmiylashtirish xavfni tahlil qilish; me’yoriy, texnik xujjatlar bilan ishlash bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirish; xalqaro normativ-texnik qoidalar va me’yoriy hujjatlarni qabul qilish va qo‘llash bo‘yicha ishlarni tashkil qila olishni o‘rgatishdan iborat.
Xalqaro standartlar - bu har bir millat, milliy standartlar tashkiloti yoki kompaniya tomonidan mustaqil ravishda va alohida ishlab chiqilgan texnik reglament va standartlar o'rtasidagi farq tufayli yuzaga keladigan xalqaro to'siqlarni bartaraf etishning bir usuli. Texnik to'siqlar har xil guruhlar birlashganda paydo bo'ladi, ularning har biri katta foydalanuvchi bazasiga ega bo'lib, ular o'rtasida bir-biriga mos kelmaydigan biron narsani aniqlaydilar. Xalqaro standartlarni o'rnatish bu muammoning oldini olish yoki uni bartaraf etish usullaridan biridir.
О‘zbekiston Respublikasi hududida standartlashish obyektlariga qо‘yiladigan talablarni belgilovchi meyoriy hujjatlarning quyidagi toifalari amal qiladi:
- Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;
- О‘zbekiston Respublikasining standartlari;
- Tashkilot standartlari;
- Xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari.
Xalqaro standart - bu standartlashtirish bilan (standartlashtirish bо‘yicha) shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bо‘lgan standartdir.
Mintaqaviy standart esa, standartlashtirish bilan shug‘ullanadigan mintaqaviy tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bо‘lgan hujjatdir.
Davlatlararo standart "GOST" - bu standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bо‘yicha davlatlararo kengash tomonidan qabul qilingan, bajarilishi shart bо‘lgan hujjatdir.
Milliy standart - bu standartlashtirish bilan shug‘ullanadigan milliy idora tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bulgan standartdir.
Tashkilot standarti - bu mahsulotga, xizmatga yoki jarayonga tashkilot va korxonalarning tashabbusi bilan ishlab chiqiladigan va uning tomonidan tasdiqlangan hujjatdir.
Standartlarni qо‘llashda turli usullar mavjud. Bir mamlakat doirasida standartlar yangidan yaratilishi mumkin hamda xalqaro, mintaqaviy va davlatlararo standartlarni tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri qо‘llanishi ham mumkin.



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling