1-amaliy mashg’ulot. Fanning maqsad va vazifalari. Me’yoriy xujjatlar turlari va toifalari. Faning maqsadi va vazifalari


- Amaliy mashg’ulot. O‘ZBEKISTON DAVLAT STANDARTLARINI ISHLAB CHIQISH


Download 0.97 Mb.
bet8/50
Sana25.01.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1122385
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50
Bog'liq
Texnik xujjatlarni taqdim qilish Amaliyot

4- Amaliy mashg’ulot. O‘ZBEKISTON DAVLAT STANDARTLARINI ISHLAB CHIQISH


O‘zbekiston davlat standartlari
Davlat standartlari O’z DSt 1.1 “O‘z SDT. O‘zbekiston standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi” ga muvofiq ishlab chiqiladi. Standartlar standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar (TQ), standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlar (STT), tadbirkorlikning boshqa sub’ektlari tomonidan ishlab chiqilishi mumkin.
Standartning mazmuniga va texnik-iqtisodiy asoslanganligiga va ko‘rsatkichlar, me’yorlar va talablarning fan va texnikaning zamonaviy darajasiga muvofiqligi uchun ishlab chiquvchi-tashkilot va standartni tasdiqlagan idora mas’ul bo‘ladi.
Standartni ishlab chiqishda tashkiliy-metodik birlilikka erishish maqsadida, shuningdek ish bosqichlarining bajarilishini tekshirish uchun standart ishlab chiqishning to‘rt bosqichi o‘rnatilgan:
1-bosqich
Texnik topshiriq me’yoriy hujjatni ishlab chiqish ishlarini bajarish bosqichlarini o‘rnatish maqsadida buyurtmachi-tashkilot bilan kelishilgan holda, ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan tuziladi va odatda quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– standartlashtirish ob’ekti va qo‘llanish sohasi;
– standartning bo‘limlari va standartda o‘rnatiladigan asosiy talablar ro‘yxati;
– standartni ishlab chiqish bosqichlari;
– standart bilan birga taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati;
–standart loyihasini kelishish lozim bo‘lgan boshqaruv idoralari va (yoki) korxonalar ro‘yxati;
– buyurtmachining boshqa talablari.
2 – bosqich
Standart loyihasi manfaatdor tashkilotlarning takliflari asosida va (yoki) tayyorlovchi-korxonalarning tashabbusi bilan ishlab chiqiladi.
Standartning loyihasini ishlab chigqish bilan bir vaqtda standart loyihasiga tushuntirish yozuvi tuziladi va zarur bo‘lganda, standartni joriy etish bo‘yicha asosiy tashkiliy-texnikaviy tadbirlar rejasining loyihasi (keyinchalik – asosiy tadbirlar rejasining loyihasi) ishlab chiqiladi. Standart loyihasi tushuntirish yozuvi bilan birga va asosiy tadbirlar rejasining loyihasi bilan nus’hasi ko‘paytiriladi va fikr olish uchun quyidagi ro‘yxat bo‘yicha manfaatdor tashkilotlarga tarqatiladi:
– buyurtmachi-tashkilot (asosiy iste’molchi)ga yoki standartning loyihasini kelishish bo‘yicha tayanch tashkilot deb tayinlangan uning tashkilotlaridan biriga;
– standart loyihasida vakolatlariga qarashli talablar o‘rnatilgan bo‘lsa, davlat nazorati idoralariga, sog‘liqni saqlash vazirligiga, atrof muhitni muhofazalash qo‘mitasiga;
– mahsulotning biriktirilgan turlari bo‘yicha standartlashtirish tayanch tashkilotlariga;
– standartni joriy etuvchi va joriy etilishini ta’minlovchi tashkilotlar va korxonalarga.
Korxona va tashkilotlar taqdim etilgan standart loyihasini ko‘rib chiqib, o‘z fikr-mulohazalarini yozadi va standartni ishlab chiquvchiga, standart loyihasini olgan kundan boshlab 15 kundan kechiktirmay jo‘natadi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling