1-amaliy mashg’ulot. Fanning maqsad va vazifalari. Me’yoriy xujjatlar turlari va toifalari. Faning maqsadi va vazifalari


Rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalar


Download 0.97 Mb.
bet7/50
Sana25.01.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1122385
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50
Bog'liq
Texnik xujjatlarni taqdim qilish Amaliyot

Rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalar
Rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalarni ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash tartibi davlat standarti O’z DSt 1.8 “O‘z SDT. Rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalarni ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi” da belgilangan.
Rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalar quyidagi hollarda ishlab chiqiladi:
– tashkiliy-metodik yoki umumtexnikaviy tarzdagi standartlashtirish ob’ektlariga talablar ushbu ob’ektlarga xos standartlarni ishlab chiqishdan avval amalda tekshirilishi lozim bo‘lgan hollarda;
– metodlarning (mahsulot sifatini tekshirish va sinash metodlari bundan mustasno) xos tashkiliy-metodik standartlari va umumtexnikaviy standartlarining talablarini to‘ldirish lozim bo‘lganda;
– tashkiliy-metodik tarzdagi talablar O’z DSt 1.0 (standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish idoralari va xizmatlarining vakolatini belgilovchi rahbariy hujjatlar, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarni rejalashtirish tartibi to‘g‘risida, davlat nazorati to‘g‘risida rahbariy hujjatlar va h.k.) bo‘yicha standartlashtirish ob’ektlari bo‘lmagan hollarda;
Rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalar amaldagi standartlarning talablarini takrorlamasligi yoki ularga zid kelmasligi lozim.
Rahbariy hujjatlar mazmuniga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
– yo‘riqnomalar (qoidalar);
– metodik ko‘rsatmalar;
– nizomlar (namunaviy nizomlar).
Rahbariy hujjatlar belgilangan amal doirasida va qo‘llanish sohasida majburiy bo‘ladi.
Rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalar amal qilinish doirasiga qarab tarmoqlararo (davlat) va tarmoq xillarga ajraladi.
Rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalar davlat va xo‘jalik boshqaruv idoralari, shuningdek TQ, STT va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan, davlat standartlariga o‘xshash ishlab chiqiladi.
Tarmoq darajasidagi rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalarni tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalarni tasdiqlovchi, tarmoq boshqaruv idoralari tomonidan o‘rnatiladi.
Rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalar amal muddatini cheklamasdan yoki cheklangan muddatga tasdiqlanadi.
Odatda, talablari amalda tekshirilishi lozim bo‘lgan rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalar cheklangan muddatga tasdiqlanadi.



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling