1-amaliy mashg’ulot. Fanning maqsad va vazifalari. Me’yoriy xujjatlar turlari va toifalari. Faning maqsadi va vazifalari


Download 0.97 Mb.
bet3/50
Sana25.01.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1122385
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
Texnik xujjatlarni taqdim qilish Amaliyot

TY sinflanishi mumkin:
- texnologik jarayonni qamrab olishi;
- amal qilish muddati;
- universalligi.
Jarayonni qamrab olishi bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha yo‘riqnomalarga bo‘linadi. Asosiy yo‘riqnoma, xom ashyoni qayta ishlashni yoki maxsulotni ishlab chiqarishni texnologik jarayonini aloxida yoki xujjatlarni ko‘rsatib umumiy xolda aniqlaydi. Qo‘shimcha esa - asosiy xujjatni to‘ldiradi va uni rivojlantiradi. Qo‘shimcha yo‘riqnomani bo‘lishi shart emas. Masalan, pishirilgan kolbasalarni ishlab chiqishda texnologik yo‘riqnoma xom ashyoni olinishidan boshlab to uni iste’molga jo‘natguncha bo‘lgan barcha jarayonlarni, ularni rejimini, zarur bo‘lgan texnologik jixozlarni to‘liq qamrab oladi.
Retseptura – bir birlikdagi maxsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan barcha turdagi xom ashyoni va yarim xom ashyoni miqdorini belgilab beruvchi xujjat xisoblanadi. Retsepturada maxsulotning chiqishi va chiqindilarning me’yori xaqida ma’lumot berilishi mumkin. Retseptura TY tarkibida yoki alohida xujjat sifatida yoki to‘plam ko‘rinishida bo‘lishi mumkin masalan, «pechene uchun retseptura»


Oziq ovqat sanoatida markirovka
Markirovka ko‘rsatkichlari xam katta axamiyatga ega, chunki doimiy iste’molchilar uchun maxsulot sifati xaqida ob’ektiv baxolashni, uning energetik qiymatini, maxsulotning foydaliligini ta’minlaydi. Markirovka orqali ma’lum bir gurux toifadagi insonlar uchun iste’iol qilish mumkin emasligi ko‘rsatilgan bo‘lishi, shuningdek maxsulotni ischte’molga tayyorlash xaqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Ammo doimo xam etiketkadagi ma’lumot to‘liq ma’lumot bermaydi, ayniqsa kam ma’lum bo‘lgan maxsulotlarga va import tovarlariga.
Standart bo‘yicha markirovka quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
maxsulot nomi;
ishlab chiqaruvchi nomi, manzili, mamlakat nomi va ishlab chiqilgan davlati;
ishlab chiqaruvchining tovar yorligi (Tovar belgisi) ;
massa netto, xajm yoki maxsulot miqdori;
maxsulot tarkibi;
ozuqaviy qiysati;
saqlash sharoiti;
saqlash muddati, sotish va saqlash;
me’yoriy xujjat yoki texnik xujjatlarning begisi;
sertifikat xaqidagi ma’lumot.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling