Loyiha-texnik xujjatlarning vazifasi
Download 269.83 Kb.
|
Loyiha-texnik hujjatlarning vazifasi, tarkibi va mazmuni. Me‘yoriy hujjatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Loyiha-texnik xujjatlarning vazifasi, tarkibi va mazmuni
MA‟RUZALoyiha-texnik xujjatlarning vazifasi, tarkibi va mazmuni. Me‟yoriy xujjatlar. Ishlab chiqarish me‟yorlarini qo‟llanishi. Texnologik operatsiyalarni yagona texnologik jarayonga bog‟lash printsiplari. Qurilish jarayoni va ishlari loyihalashtirish resurs va vaqtni baholash.Reja: Loyiha-texnik xujjatlarning vazifasi, tarkibi va mazmuni. Me’yoriy xujjatlar. Ishlab chiqarish me’yorlarini qo’llanishi. Texnologik operatsiyalarni yagona texnologik jarayonga bog’lash printsiplari. Qurilish jarayoni va ishlari loyihalashtirish resurs va vaqtni baholash. Loyiha-texnik xujjatlarning vazifasi, tarkibi va mazmuniTexnik me’yorlashtirish ishlab chiqarish resurslari sarfini tadqiq etishning ilmiy tizimidan iborat. U mehnat sarflari, mashinalar unumdorligi va materiallar sarfi me’yorlarini ishlab chiqish uchun xizmat qiladi. Mehnatni texnik me’yorlashtirish va materiallar sarfini texnik me’yorlashtirishni farqlaydilar. Qurilishda mehnatni texnik me’yorlashtirish – quyidagi maqsadlarda vaqt sarflarini o’rganishdan iborat: ishlab chiqarish me’yorlarini loyihalashtirish va ishlab chiqish; qurilish mashinalari va ish vaqtidan foydalanishni yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni joriy etish; qurilish-montaj ishlarini bajarishda mehnatni tashkillashtirish uslublarini yaxshilash. Texnik me’yorlashtirish bo’yicha ishlarni bajarishda qurilish-montaj jarayonlarini tadqiq etishning asosiy uslubi ularni elementlarga ajratishdan iborat. Bu kabi qismlarga ajratilish darajasi turlicha bo’lishi mumkin. Misol uchun, ilg’or mehnat uslublarini o’rganishda ish uslublari, zarur hollarda esa – ayrim harakatlar, me’yorlarni loyihalashtirishda esa ishchi operatsiyalari bo’lib, ajratib olinadi. Vaqt sarfi ishchilar va qurilish mashinalariga nisbatan alohida-alohida o’rganiladi. Qurilishda normativ (me’yoriy) kuzatuvlarni o’tkazishning asosiy uslublari quyidagilar: foto hisobga olish; xronometraj - qurilish-montaj jarayonlarining tsiklli elementlarini tadqiq etish uchun; texnik hisobga olish. Download 269.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling