1-amaliy mashg’ulot. Fanning maqsad va vazifalari. Me’yoriy xujjatlar turlari va toifalari. Faning maqsadi va vazifalari


Xalqaro standartlarni qabul qilish usullari


Download 0.97 Mb.
bet14/50
Sana25.01.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1122385
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50
Bog'liq
Texnik xujjatlarni taqdim qilish Amaliyot

Xalqaro standartlarni qabul qilish usullari
O’z DSt ISO/IEC 21:2001 da XS ni qabul qilish usullari o‘rnatilgan: ma’qullash usuli, muqova usuli, qayta nashr etish usuli.
Ma’qullash usuli XS ni qabul qilishning eng oddiy metodlaridan biri hisoblanadi va XS matnini qayta bosmadan chiqarish talab etilmaydi. Ma’qullash usuli faqat aynan o‘xshash standartlar uchun qo‘llaniladi.
Muqova usuli XS ni milliy muqova usulida nashr etishni nazarda tutadi. Milliy muqovada milliy ma’lumotnomadagi tartib raqami ko‘rsatiladi va aynan o‘xshash yoki modifikatlangan muvofiqlik darajasida XS milliy standartlar bo‘lib qoladi.
Aynan o‘xshash MS ning ekvivalent muqovasida yopishqoq etiketkalar, shtamplar yoki boshqa vositalar qo‘llanilishi mumkin.
Qayta nashr etish usuli uch xil bo‘ladi: qayta yozish, tarjima qilish, qayta ishlab chiqish.
Qayta yozishda XS suratga olish, skanerlash yoki elektron fayldan olish vositasida MS sifatida qayta tiklanadi.
ISO ning rasmiy tillaridan birida chop qilingan XS davlat tiliga tarjima qilinadi. XS rus tilida chop etilmagan bo‘lsa, zarur bo‘lganda, rus tiliga ham tarjima qilinishi mumkin.
XS ni qayta ishlashda texnikaviy og‘ishlarni aniq o‘xshatishda qiyinchilik paydo bo‘ladi. Texnik og‘ishlar tuzilmaning o‘zgarishlarida yoki ifodalanishida yashiringan bo‘ladi va muvofiqlik darajasini aniqlashni qiynilashtiradi.
Unchalik ko‘p bo‘lmagan o‘zgarishlarni MS ga “Kirishda” yoki “So‘z boshida” joylashtirish ruxsat etiladi. O‘zgartirishlar XS matniga kiritiladigan bo‘lsa, ularni aniq ajratib ko‘rsatish kerak, masalan, o‘zgartirishlar qaysi moddaga tegishli bo‘lsa, shu moddadan keyin bevosita kvadratcha ichiga olinadi yoki mos matn qarshisidagi ochiq joyda bir vertikal chiziq chizib belgilanadi.


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling