Texnik reglamentlarda mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligini ta’minlashga doir talablar
Texnik reglamentlarda mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligini ta’minlashga doir talablar quyidagilar bо‘yicha belgilanishi mumkin:
biologik xavfsizlik;
mexanik xavfsizlik;
kimyoviy xavfsizlik;
yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik;
yong‘in xavfsizligi;
elektr xavfsizligi;
mashina va uskunalarni ishlatish (ulardan foydalanish) hamda utilizatsiya qilish xavfsizligi;
elektromagnit mosligi;
qurilish ishlari xavfsizligi;
binolar, itnshoatlardan va ularga tutash xududdan foydalanish
ekologik xavfsizlik;
veterinariya xavfsizligi;
sanoat va ishlab chiqarish xavfsizligi;
portlash xavfsizligi;
axborot xavfsizligi;
о‘lchovlarning va sinovlar usullarining bir xilligini ta’minlash.
Texnik reglamentlarda mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligini ta’minlashga doir boshqa talablar ham belgilab qо‘yilishi mumkin.
О‘zbekiston Respublikasida texnik reglamentlarning quyidagi turlari qо‘llaniladi:
Umumiy texnik reglamentlar va maxsus texnik reglamentlar.
Reglamentlar quyidagicha belgilanadi:
Umumiy texnik reglamentlar “UTR 20_/XXX/UZ”, Maxsus texnik reglamentlar “MTR 20_/XXX/UZ”
Bu еrda:
|
UTR - umumiy texnik reglament;
MTR - maxsus texnik reglament;
20__ - qabul qilingan yili;
XXX – uch razryadli shifr raqami (“001” dan boshlanadi);
UZ – ISO 3166 ga muvofiq jahon davlatlari tasniflagichi bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasining belgilanishi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |