1-amaliy mashg’ulot. Fanning maqsad va vazifalari. Me’yoriy xujjatlar turlari va toifalari. Faning maqsadi va vazifalari


Download 0.97 Mb.
bet18/50
Sana25.01.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1122385
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50
Bog'liq
Texnik xujjatlarni taqdim qilish Amaliyot

Asosiy atamalar va ta’riflar

Namunalar (etalonlar) ning texnik tavsiflarini ishlab chiqishda atamalar va ta’riflar qo‘llaniladi:


Xalq iste’mol mollari – ehtiyojlarni qondirish uchun bevosita foydalanish maqsadida aholiga xaridga mo‘ljallangan mahsulot.
Nooziq mollar – Madaniy-maishiy va xo‘jalikka mo‘ljallangan mollar.
Texnik tavsif – Xalq iste’moli mollari yoki nooziq mollar namunasi (etaloni) ga tuzilgan texnik hujjat; bu hujjat umumiy texnik talablar yoki umumiy texnik shartlar me’yoriy hujjatlariga qo‘shimcha sifatida tuziladi va muayyan mahsulot turiga me’yoriy hujjat bilan birga foydalannladi.
Namuna (etalon) – O‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan mahsulot namunasi bo‘lib, tayyorlangan mahsulotni qabul qilishga yetkazib berishda tashqi ko‘rinishi, shakli, konstruksiyasi bo‘yicha taqqoslash uchun mo‘ljallangan.
Mahsulot namunasi – muayyan maqsulot birligi bo‘lib, tadqiq, tekshirish, baholashda bu mahsulotning namunaviy vakili sifatida foydalaniladi.
Eng oddiy xalq iste’mol mollari – quyidagi talablarni qondiruvchi buyumlar:
– iste’mol qilinmaydigan, ishlab chiqarilmaydigan va hech qanday turdagi energiyani uzatmaydigan buyumlar;
– odamlarning harakatlanishiga mo‘ljallanmagan buyumlar;
texnik tafsilotda - massa, rang, geometrik o‘lchamlar.


Texnik tavsiflarni ishlab chiqish

Texnik tavsif bir turli mahsulot guruhiga umumiy talablarni o‘rnatuvchi standartlar yoki texnik shartlar bo‘lganda muayyan mahsulot uchun ishlab chiqiladi. Texnik tavsif standartlar yoki texnik shartlarning talablarini takrorlamasligi, balki ularni bir turli mahsulotning har bir tur modeliga nisbatan aniqlab berishi, ravshanlashtirishi lozim. Texnik tavsifda keltirilgan me’yorlar va talablar ushbu bir turli mahsulot guruhiga standartlar yoki texnik shartlarda o‘rnatilgan sifat darajasini pasaytirmasligi lozim, namuna (etalon) ni o‘zgartirishlarsiz qayta tasdiqlashda texnik tavsif qayta tasdiqlanmaydi. Oddiy buyumlarga texnik tavsifni tuzmaslik ruxsat etiladi, zarur ma’lumotlar esa tasdiqlangan namuna-etalonga biriktirilgan jadvalchaga yozib qo‘yiladi. Eng oddiy nooziq mollarga texnik tavsifni ushbu mahsulotga standart yo‘qligida ham ishlab chiqish ruxsat etiladi.


Mahsulotning sarvaraq (titul varaq) da, asosiy yozuvda va kirish qismidagi nomi bir turli mahsulot guruhiga me’yoriy hujjatda ko‘rsatilgan nomiga mos kelishi kerak. Badiiy-texnik kengash bayonnomasining tartib raqami va sanasi va namuna (etalon) ni tasdiqlash sanasi texnik tavsifning titul varag‘ida ko‘rsatilishi lozim.
Texnik tavsif TQ, STT yoki vakolatli boshqa tashkilotlar va korxonalar tomonidan ishlab chiqilishi mumkin. Namuna (etalon)ga va uning texnik tavsifiga talablarni ishlab chiquvchi asosiy iste’molchi (buyurtmachi) bilan kelishilgan holda aniqlaydi. Texnik tavsif namuna (etalon)ning konstruktiv va texnik tafsilotlarini bir ma’noli aks ettiruvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Texnik tavsif mahsulotning asosiy iste’molchisi (buyurtmachisi) bilan kelishilgan bo‘lishi lozim. Texnik tavsif korxona – iste’molchi (buyurtmachi) rahbari tomonidan kelishiladi. Texnik tavsif tayyorlovchi – korxona (tashkilot) rahbari tomonidan tasdiqlanishi lozim. Vazirlik, mahkama, konsern, assotsiatsiyaning qarori bo‘yicha texnik tavsif badiiy-texnik kengash tomonidan tasdiqlanishi ruxsat etiladi. Mahsus ishlarga mo‘ljallangan mahsulotga texnik tavsifda boshqa idoralarning vakolatiga tegishli talablar bor bo‘lsa, bular ushbu idoralar bilan kelishilishi lozim. Yangi turdagi kimyoviy xom ashyo va materiallardan tayyorlangan mahsulotga texnik tavsif O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilishi lozim. Texnik tavsifni boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish zarurligini tasdiqlovchi tashkilot aniq.laydi.
Texnik tavsif mahsulot namunasi (etaloni) ni tasdiqlagan badiiy texnik kengash majlisining bayonnomasi asosida tasdiqlanadi.
Texnik tavsif davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi. Texnik tavsif hujjatni tasdiqlagan korxonada yoki buning topshirig‘i bo‘yicha – boshqa korxonada ro‘yxatga olinishi kerak. Tasdiqlangan texnik tavsifga quyidagilardan iborat belgi beriladi:
– indeks – texnik tavsif;
– ishlab chiquvchi-korxona (tashkilot)ning sakkizta belgidan iborat ro‘yxatga olinganlik kodi;
– texnik tavsifning ro‘yxat jurnalidagi tartib raqami;
– texnik tavsifni tasdiqlash yilining to‘rtta raqami.
Texnik tavsifning asliyati texnik tavsifni tasdiqlagan korxonada yoki uning topshirig‘i bo‘yicha boshqa korxonada saqlanishi lozim.
Texnologik yuriqnomalar va retsepturalarni ishlab chiqishda quyidagi atamalar va ta’riflar qo‘llaniladi:

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling