1-amaliy mashg’ulot. Fanning maqsad va vazifalari. Me’yoriy xujjatlar turlari va toifalari. Faning maqsadi va vazifalari


Download 0.97 Mb.
bet26/50
Sana25.01.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1122385
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50
Bog'liq
Texnik xujjatlarni taqdim qilish Amaliyot

Dolzarblikka tekshirish.
Me’yoriy hujjatni tekshirish, qayta ko‘rib chiqish va o‘zgartirishlar kiritish O’z DSt 1.5:1993 “O‘z SDT. Me’yoriy hujjatlarni tekshirish, qayta ko‘rib chiqish, o‘zgartirish va bekor qilish tartibi” ga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘z SDT ning talablariga muvofiq, mahsulot (xizmatlar, jarayonlar, ishlar) ga me’yoriy hujjatlar odatda, besh yil amal muddatiga tasdiqlanadi. Amal muddati o‘tgan me’yoriy hujjat bekor qilingan bo‘ladi. Me’yoriy hujjat amal muddati tugallangandan keyin uning amal muddatini cho‘zish mumkinligini aniqlash, qayta ko‘rib chiqish, bekor qilish yoki me’yoriy hujjatga o‘zgartirishlar kiritish lozimligini aniqlash maqsadida tekshirilishi lozim.
Me’yoriy hujjatni qayta ko‘rib chiqish amaldagining o‘rniga yangi me’yoriy hujjatni ishlab chiqish, uning mazmunini o‘zgartirish, qisman o‘zgartirish (almashtirish), talablarni chiqarib tashlash yoki qo‘shimcha kiritish, shuningdek, me’yoriy hujjatning amal muddatini cho‘zish, cheklash yoki amal muddatining cheklanishini olib tashlash, amal muddatini to‘xtatishni bekor qilishdan iborat bo‘ladi.
Tekshirishdan maqsad me’yoriy hujjatni qayta ko‘rib chiqish, o‘zgartirish yoki bekor qilish bo‘yicha asosli takliflarni ishlab chiqish uchun mahsulot tafsilotlarining ushbu mahsulotga xalqaro, hududiy, xorijiy me’yoriy hujjatlarning talablariga, shuningdek iste’molchining talablariga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
Tekshirish standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita (TQ), standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlar (STT), korxonalar, ishlab chiquvchi tashkilotlar tarkibidan tuzilgan komissiya, zarur bo‘lganda, buyurtmachi (asosiy iste’molchi) va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar ishtirokida amalga oshiriladi.
Tekshiruvda me’yoriy hujjat ko‘rsatkichlari (tafsilotlari) ning quyidagilarga muvofiqligi aniqlanadi:
amaldagi qonunlarga, standartlashtirish davlat tizimiga va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiqligi;
– xalqaro va hududiy me’yoriy hujjatlarga;
– iste’molchining talablariga.
Me’yoriy hujjatni tekshirishda uning ilmiy-texnik darajasi baholanadi.
Tekshiruv natijalari bo‘yicha ixtiyoriy shakldagi dalolatnoma tuziladi.
Joriy qilish, qayta ko‘rib chiqish, o‘zgartirish bo‘yicha ishlar davlat va tarmoq standartlashtirish dasturlariga kiritiladi.
Mahsulotga me’yoriy hujjatni qayta ko‘rib chiqish me’yoriy hujjatga yangi, istiqbolli, o‘zaro almashinuvchanlikni buzmaydigan talablarni kiritishda, mahsulotning asosiy texnik daraja ko‘rsatkichlarini va sifatini o‘zgartirishda, xalqaro va hududiy me’yoriy hujjatlarni O’z DSt ISO/IEC 21:2001 bo‘yicha identifikatlash bilan qabul qilishda amalga oshiriladi.
Qayta ko‘rib chiqishda amaldagining o‘rniga yangi me’yoriy hujjat ishlab chiqiladi. Qayta ko‘rib chiqilgan me’yoriy hujjat bekor qilinadi, yangisida esa, qaysi hujjat o‘rniga ishlab chiqilganligi ko‘rsatiladi. Me’yoriy hujjatning belgisi, faqat tasdiqlash yilini o‘zgartirgan holda o‘zicha saqlanadi.
Maxsulotga me’yoriy hujjatga yangi, istiqbolli, mahsulotning amaldagi me’yoriy hujjat bo‘yicha tayyorlangan mahsulot bilan o‘zaro almashinuvchanligini buzmaydigan talablarni kiritishda amaldagi me’yoriy hujjatga o‘zgartirish kiritiladi. O‘zgartirishlar, shuningdek me’yoriy hujjatning amal muddatini cho‘zish, cheklash yoki cheklovni bekor qilishda ham kiritiladi.
O‘zgartirishlarni ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish me’yoriy hujjatlarning loyihalari uchun o‘rnatilgan tartibda bajariladi.
O‘zgartirishlar loyihalarini agar boshqa me’yoriy hujjatlar bilan bog‘liqlik buzilmaydigan bo‘lsa, manfaatdor tashkilatlarga fikr olish uchun jo‘natmaslik ruxsat etiladi. Shuniigdek, zarur bo‘lganda, o‘zgartirishlar loyihasini faqat buyurtmachi (asosiy iste’molchi) bilan kelishish ruxsat etiladi.
Me’yoriy hujjatni tasdiqlagan tashkilot ushbu me’yoriy hujjatni mahsulot chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) tugallangan hollarda, shuningdek ushbu me’yoriy hujjat o‘rniga boshqa me’yoriy hujjat ishlab chiqilganda, bekor qiladi. Me’yoriy hujjatni bekor qilish qaror (buyruq) bilan rasmiylashtiriladi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling