1-amaliy mashg’ulot. Fanning maqsad va vazifalari. Me’yoriy xujjatlar turlari va toifalari. Faning maqsadi va vazifalari


Xalqaro va hududiy tashkilotlarning standartlari va standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlari bilan ta’minlash


Download 0.97 Mb.
bet29/50
Sana25.01.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1122385
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50
Bog'liq
Texnik xujjatlarni taqdim qilish Amaliyot

Xalqaro va hududiy tashkilotlarning standartlari va standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlari bilan ta’minlash
Foydalanuvchilarni O’z DSt ISO/IES 21:2001 “O‘z SDT. Xalqaro va hududiy standartlarni O‘zbekiston davlat standartlari sifatida qabul qilish (ISO/IES 21:1999, IDT)” ga muvofiq O‘zbekiston davlat standartlari (me’yoriy hujjatlari) sifatida, unga kiritilgan o‘zgartirishlar va ular to‘g‘risida axborot bilan birga qabul qilingan xalqaro va hududiy standartlar (yoki boshqa me’yoriy hujjatlar) bilan ta’minlash davlat standartlari uchun qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston hududida qabul qilinmagan (amalga kiritilmagan) xalqaro va hududiy tashkilotlarning standartlari va standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarining nus’halari bilan ta’minlash O‘zstandart Agentligining Axborot-ma’lumotnoma markazi tomonidan amalga oshiriladi. Foydalanuvchilarni asl nus’ha tilida bu me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash va, zarur bo‘lganda, ularning davlat, rus va boshqa tillarga tarjimalari bilan ta’minlash shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot (ISO) va Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish davlatlararo kengash (DAK) ning standartlari va boshqa me’yoriy hujjatlari to‘g‘risida axborot “ISO katalogi” da va “Davlatlararo standartlar” ko‘rsatkichida keltiriladi. O‘zstandart Agentligi katalog va ko‘rsatkichlarni ushbu tashkilotlardan har yili oladi. Xalqaro va hududiy tashkilotlarning standartlari va standartlashtirish bo‘yicha boshqa me’yoriy hujjatlarining mavjudligi to‘g‘risida axborot MHDJ ning ma’lumotlar bazasida bo‘ladi.


Boshqa davlatlarning milliy standartlari va me’yoriy hujjatlari bilan ta’minlash
Foydalanuvchilarni O’z DSt 1.7:1998 “O‘z SDT. Boshqa davlatlarning davlatlararo, milliy standartlari va me’yoriy hujjatlarini qo‘llanish tartibi” ga muvofiq O‘zbekiston standartlari sifatida qabul qilingan boshqa davlatlarning milliy standartlari va bular to‘g‘risida axborot bilan ta’minlash davlat standartlari uchun o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Foydalanuvchilarni boshqa davlatlarning standartlari, tarmoqlar, ittifoqlar, muhandislik jamiyatlari va jamoat birlashmalarining standartlari, firma va korxonalarning texnik shartlari, standartlari va hokazo me’yoriy hujjatlarining nus’halari bilan ta’minlash MHDJ ning axborot markazi tomondan amalga oshiriladi. Foydalanuvchilar yuqorida keltirilgan me’yoriy hujjatlarning asl tilidagi nus’halari bilan, zarur bo‘lganda ularning davlat, rus va boshqa tillarga tarjimalari bilan shartnoma asosida ta’minlanadi.



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling