1-amaliy mashg’ulot. Fanning maqsad va vazifalari. Me’yoriy xujjatlar turlari va toifalari. Faning maqsadi va vazifalari


Me’yoriy hujjatlarning ko‘rsatkichlari bilan ta’minlash


Download 0.97 Mb.
bet30/50
Sana25.01.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1122385
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   50
Bog'liq
Texnik xujjatlarni taqdim qilish Amaliyot

Me’yoriy hujjatlarning ko‘rsatkichlari bilan ta’minlash
O‘zstandart Agentligi standartlaatirish bo‘yicha Milliy idora sifatida har yili rasmiy ravishda quyidagi ko‘rsatkichlarni nashr qiladi:
– DAK tasdiqlagan va O‘zbekistoi hududida amalga kiritilgan standartlar, tasniflagichlar, qoidalar va tavsiyanomalar to‘g‘risida axborotni o‘z ichiga olgan “O‘zbekistonda amal qilinayotgan davlatlararo standartlar”;
– O‘zstandart Agentligi, Davarxitekturaqurilish, Davtabiatqo‘mita, Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan, davlat darajasidagi amaldagi me’yoriy hujjatlar (davlat standartlari, shu jumladan xalqaro, hududiy va boshqa davlatlarning milliy standartlari; umumdavlat tasniflagichlari; rahbariy hujjatlar, me’yorlar, qoidalar, tavsiyanomalar) to‘g‘risida axborotni o‘z ichiga olgan “O‘zbekiston davlat standartlari”;
– O‘zbekiston korxonalarida chiqariladigan mahsulotga amaldagi texnik shartlar va standartlar to‘g‘risida axborotni o‘z ichiga olgan “Tashkilot standarti”.
O‘zstandart Agentligi yangitdan tasdiqlangan, almashtirilgan, bekor qilingan me’yoriy hujjatlar va ularga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida tezkor axborotni o‘z ichiga olgan quyidagi axborot ko‘rsatkichlarini har kvartalda rasmiy ravishda chop qiladi:
– “O‘zbekiston davlat standartlari”;
– “Tashkilot standartlari”;
– “O‘zstandart Agentligi, Davarxitekturaqurilish, Davtabiatqo‘mita, Sog‘liqni saqlash vazirligi muayyan faoliyat doirasida, barcha darajalardagi amaldagi me’yoriy hujjatdar to‘g‘risida axborotni o‘z ichiga olgan me’yoriy hujjatlarning mavzu ko‘rsatkichlarini chop etishlari mumkin.
Foydalanuvchilarni ko‘rsatkichlarning (qog‘oz va magnitli tashigichlarida) rasmiy matnlari bilan ta’minlash ishlarini ushbu matnlarni chop etuvchi idoralar o‘zlarining axborot markazlari yoki tuzilgan shartnoma asosida boshqa tashkilotlar orqali amalga oshiradi.
Foydalanuvchilarni xalqaro va hududiy tashkilotlarning, shuningdek boshqa davlatlarning ko‘rsatkichlari va kataloglarida keltirilgan axborot bilan ta’minlash MHDJ ning Axborot-ma’lumotnoma markazi tomonidan amalga oshiriladi.



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling