Mavzu: Umumdavlat nazorat organlarining moliyaviy


Download 41.61 Kb.
bet1/7
Sana16.06.2023
Hajmi41.61 Kb.
#1506808
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Umumdavlat nazorat organlarining moliyaviy nazoratni tashkil etishdagi roli


Mavzu:Umumdavlat nazorat organlarining moliyaviy


nazoratni tashkil etishdagi roli Reja:
  1. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining moliyaviy nazoratni amalga oshirishdagi ahamiyati.


  2. Parlament nazoratining obyekt va subyektlari.
  3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining moliyaviy nazoratni amalga oshirishdagi ahamiyati.




Kalit so’zlar: umumdavlat nazorat organlari, Oliy Majlis Senati nazorat sohalari, Oliy Majlis Senatining nazorat sohasidagi vakolatlari, Parlament nazorati, Parlament nazorati subyektlari, Parlament nazorati obyektlari, Vazirlar Mahkamasi faoliyati prinsiplari, Vazirlar Mahkamasining nazorat sohalari


  1. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining moliyaviy nazoratni amalga oshirishdagi ahamiyati


O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida mustahkamlangan hokimiyatni taqsimlanish prinsipi Prezident va vakolatli hukumat organlari tomonidan ijro hokimiyati organlarining moliyaviy faoliyatini nazorat qilishni nazarda tutadi. Bunday nazorat, avvalambor, respublika va mahalliy byudjetlarni, davlat maqsadli nobyudjet fondlarining loyihalarini ko’rib chiqish va qabul qilishda hamda ularning
ijrosi haqida hisobotlarni tasdiqlashda amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 78-moddasining 8-bandiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Vazirlar Mahkamasining taqdimoti bo’yicha mamlakat byudjetini qabul qiladi va uning ijrosi ustidan nazorat o’rnatadi.Xalq deputatlari Kengashlari ayrim mintaqalarga ajratiladigan byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanish hamda mahalliy byudjetlarning ijro etilishini nazorat qiladi. Bundan tashqari, vakolatli organlar zimmasiga ayrim tarmoqlar va sohalarda byudjet mablag’laridan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish yuklatilishi mumkin11.
Parlament nazorati ham Oliy Majlis faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri bo’ladi .
Parlament tarixi asrlar bilan o’lchanadi. Zamonlar o’zgarishi bilan parlamentlarning roli ham izchil o’zgarib, uning mohiyati yangi g’oyalar, tamoyillar bilan, shakllanish va faoliyat ko’rsatish tajribasi bilan boyib bormoqda. Tabiiyki, har bir davlat parlamentning tuzilishi va faoliyat ko’rsatish masalalarini o’zicha hal etadi.
O’zbekiston 1991 yil 1 sentyabrda davlat mustaqilligiga erishgach, davlat hokimiyatining eng muhim institutlaridan biri sifatida milliy parlamentni rivojlantirishning sifat jihatidan yangi bosqichi boshlandi. Milliy parlamentarizmning eng yangi tarixi umum e’tirof etilgan uchta asosiy davrga bo’linadi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mamlakatni isloh etish va modernizasiya qilishning davlatimiz boshlig’i tomonidan olg’a surilgan ustuvor yo’nalishlari hamda aniq maqsadli vazifalari asosida ishlab chiqilgan qonunchilik faoliyati dasturini qabul qildi va ushbu dasturning nazorati amalga oshirmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati(yuqori palatasi) hududiy vakillik palatasi bo’lib, 100 ta Senat a’zosidan iborat. Senat ishi yalpi majlislarga va uning qo’mitalari majlislariga to’planadigan senatorlar faoliyatiga asoslanadi. Senat a’zolari Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda 6 kishidan saylanadi.Senatning 16 nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo’lgan hamda alohida xizmat ko’rsatgan eng obro’li fuqarolar orasidan O’bekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Senat faoliyatini samarali tashkil etish, palata qo’mitalari ishini muvofiqlashtirib borish, qonunlarni dastlabki tarzda ko’rib chiqishni tashkil etish

maqsadida Senat Kengashi tuziladi. Senat faoliyati majlislarni birgalikda va erkin muhokama qilishga, oshkoralikka, jamotachilik fikrini hisobga olishga asoslanadi.


Birinchi davr 1991- O’tish davri parlamenti deb atash mumkin bo’lgan oxirgi chaqiriq


Oliy
1994 yillar Кengash davlat boshqaruvining mutlaqo yangi organlarini
tashkil etishning, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan adolatli demokratik jamiyat qurishning huquqiy negizi
o’lgan O’zbekiston Respublikasi Кonstitusiyasini qabul qildi. b

Oliy Кengash o’rniga O’zbekiston Respublikasining bir palatali parlamenti — Oliy Majlis shakllantirildi. Oliy Majlis qo’mitalari


Ikkinchi davr 1995- va komissiyalari qonunlar, konvensiyalar, milliy dasturlar ijrosini nazorat qilish tartibida har yili 60 ga yaqin masalani ko’rib



2004 yillar
chiqdilar. Bunday nazorat Qoraqalpog’iston Respublikasi,
mamlakatning barcha viloyatlari, shuningdek Toshkent shahrini qamrab oldi. Bir palatali Oliy Majlisning nazorat faoliyatini tahlil etish bir qator qonuniyatlarni namoyon etdi.
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylov va ikki palatali parlamenta o’tildi(2004 yil dekabr — 2005 yil yanvar)

Uchinchi davr 2005 yanvardagi qo’shma majlisidan boshlanib, bunda yangi ikki Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2005 yil 28
yildan hozirgi paytgacha
bo’lgan davr palatali Oliy Majlis deputatlari va senatorlari amalda o’z ishlariga kirishdilar.



Download 41.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling