Mavzu: Umumdavlat nazorat organlarining moliyaviy


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining moliyaviy nazoratni amalga oshirishdagi ahamiyati


Download 41.61 Kb.
bet5/7
Sana16.06.2023
Hajmi41.61 Kb.
#1506808
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Umumdavlat nazorat organlarining moliyaviy nazoratni tashkil etishdagi roli

2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining moliyaviy nazoratni amalga oshirishdagi ahamiyati


O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi — Hukumati O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari tizimiga va o‘zi tashkil etadigan xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimiga boshchilik
qiladi va o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgar bo‘hlib, qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.
«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni dastlab 1993 yil 6 mayda qabul qilingan bo‘lib, 2003 yil 29 avgustda O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritish haqidagi № 525-II son qonuni bilan yangi tahrirda14 e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o’z faoliyatida quyidagi prinsiplarlarga asoslanadi:

  • kollegiallik

  • demokratiya

  • qonuniylik

  • O’zbekiston Respublikasida yashovchi barcha millat va elatlarning manfaatlarini hisobga olish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o’rinbosarlari, vazirlar, davlat qo’mitalarining raislari kiradi. Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumatining boshlig’i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o’z lavozimi bo’yicha kiradi.
Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida:

  • iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlarni boshqaradi, mulkchilikning barcha shakllarini uyg‘unlashtirish vaularning tengligi, iqtisodiyotni monopoliyalashtirishdan chiqarish, bozor iqtisodiyotining huquqiymexanizmini ishga solish asosida erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratadi;

  • xo‘jalik yuritishning yangi shakllari— konsernlar, konsorsiumlar, tarmoqlararo birlashmalar, turli uyushmalar vaboshqashunga o‘xshash tashkilotlarni barpo etishga vamustahkamlashga yordamlashadi, iqtisodiyotni rivojlantirish va, aholi talab-ehtiyojlarini qondirish zaruriyatidan kelib chiqqanholda ular faoliyatini yo‘naltiradi vamuvofiqlashtiradi;

  • O‘zbekiston Respublikasida pul vakredit tizimini mustahkamlash choratadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashadi, yagona narx siyosatini o‘tkazish, mehnatga haq to‘lash miqdorining belgilangan kafolatlarini hamda ijtimoiy ta’minot darajasini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;




14 O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 23 sentyabrdagi O‘RQ-411-sonli Qonuni tahririda

  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbol ko‘rsatkichlarini va eng muhim dasturlarini ishlab chiqishni hamda ularning ijrosini tashkil etadi;

  • boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat vaxo‘jalik boshqaruvining boshqa organlarini tuzish, qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqadi;

  • fan va texnikani rivojlantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish chora-tadbirlariniamalga oshiradi;

  • fuqarolarning huquq va erkinliklarini, ularning mehnat qilishga, ijtimoiy va huquqiy himoyalanishga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash hamda himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radi, ijtimoiy ta’minot tizimini takomillashtiradi;

  • sog‘liqni saqlash, xalq ta’limini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, madaniyatni rivojlantirishga ko‘maklashadi;

  • O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va mudofaa qobiliyatini, davlat chegaralari qo‘riqlanishini ta’minlash, davlat manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga yordamlashadi;

  • davlat boshqaruvi organlarining tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini birgalikda o‘tkazish hamda respublika va xalqaro, ahamiyatga molik yirik ekologik dasturlarni amalga oshirish borasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi, yirik avariyalar va falokatlarning, shuningdek, tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish choratadbirlarini ko‘radi;

  • O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi vakilligini ta’minlaydi, hukumatlararo shartnoma vabitimlar tuzadi, ularni bajarish chora-tadbirlarini ko‘radi;

  • tashqiqtisodiy faoliyat, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik sohasida rahbarlikni amalga oshiradi.

Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va davlat boshqaruvi boshqa organlarining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi va ularning hujjatlari amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lgan hollarda ularni bekor qilish huquqiga ega. Shuningdek davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi organlar vakolati va funksiyalari tartibini belgilaydi.

Download 41.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling