1-amaliy mashg’ulot. Fanning maqsad va vazifalari. Me’yoriy xujjatlar turlari va toifalari. Faning maqsadi va vazifalari


Umumdavlat tasniflagichlari bilan ta’minlash


Download 0.97 Mb.
bet28/50
Sana25.01.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1122385
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50
Bog'liq
Texnik xujjatlarni taqdim qilish Amaliyot

Umumdavlat tasniflagichlari bilan ta’minlash
Foydalanuvchilarni qog‘ozda rasmiy nashr etilgan umumdavlat tasniflagichlari bilan ta’minlash davlat standartlari uchun o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.


Tashkilot standartlari bilan ta’minlash
Chet iste’molchilarga yetkazib berish (haridga chiqarish uchun) yaratiladigan va chiqariladigan mahsulotga va ularga ko‘rsatiladigan xizmatlarga korxona standartlari va ularga kiritilgan o‘zgartirishlarning hisobga olingan nus’halari bilan ta’minlash foydalanuvchini abonent hisobiga qo‘ygan holda bu standartlarni tasdiqlagan korxonaning axborot xizmati tomonidan bajariladi.
Foydalanuvchilarni korxonalar standartlarining hisobga olinmagan nus’halari bilan ta’minlash ishlari AMM tomonidan bajariladi.
Mahsulotga korxonalarning amaldagi standartlari to‘g‘risida ma’lumot har yillik “Tashkilot standarti” ko‘rsatkichida chop etiladi. Mahsulotga yangitdan tasdiqlangan, almashtirilgan, bekor qilingan korxonalar standartlari va ularga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida axborot kvartallik “Tashkilot standarti”, ko‘rsatkichida chop etiladi va MHDJ ning ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.
Korxonaning bo‘limlarini korxona standartlari bilan ta’minlash ishlari korxona tomonidan o‘rnatilgan tartibda korxona axborot xizmati tomonidan bajariladi.
Mahsulotga korxona standartlarini ishlab chiquvchi-tashkilotlar to‘g‘risida axborot MHDJ ning ma’lumotlar bazasida bo‘ladi.


Rahbariy hujjatlar, tavsiyanomalar va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash
O‘zstandart Agentligi, Davarxitekturaqurilish, Davtabiatqo‘mita va Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan, davlat darajasidagi rahbariy hujjatlar, tavsiyanomalar, me’yorlar, qoidalar va boshqa me’yoriy hujjatlar va ularga kiritilgan o‘zgertirishlar bilan foydalanuvchilarni ta’minlash davlat standartlari uchun o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Foydalanuvchilarni tarmoq ahamiyatidagi rahbariy hujjatlar, tavsiyanomalar, qoidalar va boshqa me’yoriy hujjatlar va ularga kiritilgan o‘zgartirishlar bilan ta’minlash tarmoq standartlari uchun o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Davlat darajasidagi rahbariy hujjatlar, tavsiyanomalar, me’yorlar, qoidalar va boshqa me’yoriy hujjatlar to‘g‘risida axborot har yillik “O‘zbekiston davlat standartlari” ko‘rsatkichida chop etiladi. Tarmoq darajasidagi me’yoriy hujjatlar to‘g‘risidagi axborot har yillik “Tarmoq standartlari” ko‘rsatkichida chop etiladi va MHDJ ning ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling