So’z boshi elektr uskunalarini ekspluatasiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarni davlat tilidagi 1 nashri Energoatom nashriyoti tomonidan 1987 yilda nashr etilgan rus tilidagi nusxasi, amaldagi rahbariy
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
TB китоб
SO’Z BOSHI «Elektr uskunalarini ekspluatasiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarni davlat tilidagi 1 nashri Energoatom nashriyoti tomonidan 1987 yilda nashr etilgan rus tilidagi nusxasi, amaldagi rahbariy, direktiv hujjatlar va yo’riqnomalar asosida muxandis X. F. Ismoilov tomonidan tayyorlangan Ushbu Qoida Uzbekisgon Respublikasi Energetika va Elektrlashtirish Vazirligining 1994 yil 15 martdagi 58 sonli buyrug’iga asosan tashkil qilingan Vazir muovini T. Sh Axmedov — tahrir hay’ati raisligidagi Energetiklar kasaba uyushma Markaziy Kumitasining mehnatni muxofazasi buyicha bosh texnik inspektori O. A. Shokirov, Qishloq xujaligini elektrlashtirish va taqsimlovchi elektr tarmoqlari xizmati boshligi X. F. Ismonlov, Metrologiya va Standartlash xizmati boshlig’i N. I. Ishoqov, Toshkent elektr tarmoqlari direktor muovini M. M. Mirzohidov ishtirokidagi hay’at a’zolari tomonidan tahrir qilinib, nashrga tayyorlangan. Qoida elektr uskunalarini ekspluatasiya qiluvchi muxandis-texnik xodimlar va ishchilarga mo’ljallangan, Ushbu qoida xato va kamchiliklardan xoli emas. Tahrir hay’ati siz aziz o’quvchilardan Qoidani 1-nashrini o’z jamoalaringizda o’rganib, elektr uskunalariga xizmat qilish mobaynida paydo bo’lgan qo’shimcha fikr va mulohazalaringizni Vazirlik qoshidagi «Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati»ga yuborishingizni iltimos qiladi Manzilgohimiz: 700000, GSP, Toshkent shahri, Xorazm kuchasi» 6 uy. QOIDADA QABUL QILINGAN TERMINLAR Terminlar Tushunchasi (mazmuni) Brigada (naryad yoki farmoyish bilan) Tarkibnda ish bajaruvchi yoki nazorat qiluvchini qo’shib hisoblaganda 2 va undan ko’p a’zolari bo’lgan brigada. Elektr uzatish tarmog’i Ochiq havoda joylashgan simlar orqali elektr energiya yuboriladigan va izolyatorlar va armaturalar yordamida ustunlarga yoki kronshteyn va tayanchlar yordamida inshootlarga (ko’prik, imorat va hokazolarga) mustahkamlangan uskuna. Elektr uzatish tarmog’ini boshlanishi va oxiri deb, tarmoq partali yoki taqsimlovchi uskunaga knruvchi qismi hisoblanadi. Shaxobchalar uchun esa shaxobchaga ajralgan yerdagi ustun va tarmoq portali yoki taqsimlovchi uskunaga kiruvchi qnsmi Bunda portaldaga havo elektr uzatish tarmog’i tomog’idagi portalga osilgan nzolyatorlar, hamda simlar mahkamlangan qisqichlar havo elektr uzatiщ tarmogiga qarashlndir. Ushbu portaldan podstansayadagi taqsimlovchya uskunalar tomoniga tortilgan osma izolya-torlar, boshqa portallar orasidan tortilgan sim, havo elektr uzatish tarmogi simidaga har xil uskunalarga (o’chirish-yoqish apparatlariga, razryadniklarga, aloqa kondensatorlariga va ho-kazolarga) tushgan simlar, hamda yuqori chastotali zagraditellar havo elektr uzatish tarmog’iga qirmaydi. Kuchlanish ta’siri doirasidagi elektr uzatish tarmog’i 110 kV va undan yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarinpng o’q chizig’idan: 110 kV kuchlanishli havo elektr uzatnsh tarmogi uchun , . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 100 - 150, 220 kV. . . . . . . . . . . 150 330-500 kV . . . . . . . 200 750-1150 kV. . . . . . . 250 metr masofada, umumiy uzunligi ba’zi joylarda 2 kilometrdan kam bo’lmagan yoki bor uzunligi bo’yicha o’tadigan havo elektr uzatish va aloqa tarmoqlari kuchlanish ta’siri doirasidagi tarmoqlarga kiradi, Ikkilamchi (yordamchi) zanjir Elektrostansiyalardaga (podstansiyalardagi) asboblar va boshqaruv, avtomatika, o’lchov, himoya va signalizasiya uskunalarini bir-biriga bog’lovchi simlar va qisqichlar qatori yig’indisi «Zarur», «shart», «kerak» Ushbu Qoida talabini bajarilishi majburiyligini bildiradi. «Mumkin» «ruxsat etiladi» Ushbu Qoida talabini mahalliy sharoitga qarab istisno sifatida majburan (noilojlikdan) qullanilishini bildiradi. Birinchi ijozat Naryad yoki farmoyish bilan bajarnladigan ishga birinchi bor ruxsat berish. Qayta ijozat Ushbu naryad bilan avvaldan bajariladigav ishni davom ettnrish uchun ish joyiga ijozat berish. Elektr maydonini ta’sir doirasi Elektr maydonini kuchlanganligi 5 kV/m dan ko’p bo’lgan ochiq maydon. Ekranlash maydoni Elektr maydonini kuchlanganligi 5 kV/m dan kam bo’lgan elektr maydoni ta’sir chegarasi yaqinidagi maydonda joylangan bino va inshootlar, hamda yega ulangan metall konstruksiyalar, uskuna poydevorlari, transfor-matorlar va yirik gabaritli inshootlar joylashgan maydon Kommutasion apparatlar Elektr zanjirlarini bir-biriga ulash-uzish va o’zi orqali tok o’tkazish uchun mo’ljallangan elektr apparatlari (o’chirgich, quvvat o’chirgichi, uztich, ajratgich, avtomat, paketli o’chirgich, saqlagich va hokazolar}. Yuk ko’tarish mashinalari «Yuk ko’tarish kranlarining tuzilishini va xavfsiz ekspluatasiya qilish qoidalari»ga taalluqli bo’lgan barcha turdagi kranlar, kran-ekskavatorlar (ishlarni po’lat arqonga osilgan ilgaklar yordamida bajaradigan ekskavatorlar), tallar, yuk va odam ko’taruvchi lebedkalar, Mexaiizmlar Gidravlik ko’targichlar, teleskopik minoralar, ekskavatorlar, traktorlar, avtoyuklagichlar, burg’ulash-kran mashinalari, mexanik privod yordamida uzaytirish yoki qisqartarish mumkin bo’lgan narvonlar va hokazolar. Mexanik qulf Bandli maxsus va oddny kalit bilan ochiladigan va berkitiladigan qulflar. Buzilmagan elektr maydoning kuchlanganligi Ish jarayonip mobaynida odam bo’lishi mumkin bo’lgan maydonda aniqlanadigan odamlar bo’li- shining ta’siridan o’zgarilmagan elektr maydonining kuchlanganligi. Naryad-ijozat (naryad) Ishni xavfsiz bajarish uchun javobgar shaxslarni, bri- gada tarkibini, yetarli darajada belgilangan xavfsizlik choralarini, uning boshlanishi va tamomlash vaqtlarini, ish mazmunini belgilovchi rasmiy maxsus blankada tuzilgan farmoyish. Havo elektr uzatish va aloqa tarmoqlarini qo’riqlash maydoni 1. Havo elektr uzatish tarmoq bo’ylab, ularning ishlab turgan holatida, eng chetda joylashtan simlari chegarasidan: 1 kV kuchlanishgacha bo’ltan havo elektr uzatish va aloqa tarmoqlari uchun . . . 2 1-20 kV kuchlanishli havo elektr tarmoqlari uchun . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 10 35 kV kuchlanishli havo elektr tarmoqlari uchun . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 15 110 kV kuchlanishli havo elektr tarmoqlari uchun . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 20 150-220 kV kuchlanishli havo elektr tarmoqlari uchun . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 25 330, 500, ±400 kV kuchlanishli havo elektr tarmoqlari uchun . . . . . . . . . . 30 750 kV kuchlanishli havo elektr tarmoqlari uchun . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 40 1150 kV kuchlanishli havo elektr tarmoqlari uchun. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 55 metr vertikal tekislikdagi masofada, tarmoqning ikkala tomoni bo’ylab, qo’riqlanadigan yer va havo bo’shlig’i sifatidagi maydon. 2. Kemalar qatnovchi suv havzalari (daryolar, kanallar, ko’llar va hokazolar) ustidan o’tgan havo tarmoqlari uchuv ikkala tomondan havo bo’shlig’i bo’yyacha — 100 metrdan masofadagi maydon, kemalar qatnaydigan suv havzalari uchun esa quruqlikdan o’tadigan havo elektr tarmoqla-ri uchun qabul qilingan vertikal tekislikdagi masofalar maydoni belgilanadi. Kabelli elektr uzatnsh tarmoqlari va kabelli aloqa tarmoqlarini qo’riq maydoni 1. Qo’riq maydoni deb, er ostida joylashgan tarmoqlarning eng chetdagi kabelndan ikki tomonga kabelli elektr uzatish tarmoqlari uchun 1 metrdan kabelli aloqa tarmoqlari uchun 2 metrdan vertikal tekislikdagi masofa belilanadi. 2. Suv havzalari ostidan o’tgan kabel tarmoqlari uchuv suv sathi va suv tubi oralig’i bo’yicha suv maydoniding kabelli elektr uzatish tarmog’i va kabelli aloqa tarmog’i bo’ylab, vertikal tekislik chegarasida, eng chetdagi kabelniig ikkala tomonidak 100 metrdan nariga joylashgan qismi qabul qilinadi. Ma’muriy-texnik xodim Rayon energetikalari (birlashmalari), korxonalari, sexlari, laboratoriyalari, elektr tarmoqlari tumana va uchastkalari rahbarlarya, bo’lim va xizmat boshliqlari, ularning muovinlari hamda mamuriy vazifalar yuklatilgan muxandis, texnik va ustalar. Navbatchi xodim (navbatchi) Smenada navbatchilik qilayotgan va tezkor boshqaruv va tezkor o’chirish-yoqishiga ruxsat etilgan xodimlar: dispetcherlar, navbatchi muxandis va texniklar, smena boshliqlari, uyda navbatchilik qiluvchi va boshqaruv shchntlari navbatchilari, tezkor harakatdagi brigada a’zolari, Ushbu Qoida matnda yuqoridagi xodimlarni ajratish talab qilinmasa, «navbatchi» termini ishlatiladi. Tezkor-ta’mirlovchi xodim Biriktirilgan elektr qurilmalari hajmida tezkor xizmat ko’rsatish maqsadida tayyorlab, maxsus o’rtatilgan ta’mirlovchi xodim, Ta’mirlovchi xodim Elektrostansiya, podstansiyalar, kabelli va havo elektr uzatish tarmoqdari, kaballi va havo aloqa tarmoqlari, rele himoyasi g avtomatika, o’lchov asboblarida, izolyasiya va momaqaldiroqdan himoya qiluvchi vositalarda, dispetcherlik va texpologik boshqaruv vositalarida ekspluatasion-ta’mnrlash xizmatlari bilan shug’ullanuvchn muxandislar, texniklar, ustalar ishchilar, elektrolaboratoriya xodimlar. Ish joyini tayyorlash Ish joyida ishni xavfsiz bajarishni ta’minlash uchun bajarilgan texnik tadbirlar. Qo’shilma Elektrostansiya, podstansiya va hokazolar chegarasida joylashgan, taqsimlovchi uskunaga, generatorlarga, shchitlarga, yig’imlarga ulangan kuchlanishi, nomi va maqsadi bir bo’lgan elektr zanjiri (uskuna va shinalar) bir qo’shilma hisoblanadi. O’ramlarining sonidan qat’iy iazar har xil kuchlanishli bir transformatorga, ikkita tezlikda ishlovchi elektrodvigatelga ulangan elektr zanjiri har bir qo’shilma deb hisoblanadi Ko’p burchakln, biryarim va hokazo burchakli sxemalar orqali ulangan transformatorda , tar-moqda ushbu tarmoqni yoki transformatorni taqsimlovchi qurilmaga bevosita ulaydigan barcha kommutasion apparatlar va shinalar qushilmaga taaluqlidir . Kuchlanish ostida ishlash Ishchi kuchlanishi ostida bo’lgan tok o’tkazuvchp qnsmlarga tegib bajariladigan yoki ushbu tok o’tkazuvchi qismlargacha belgilangandan kam masofaga yaqinlashib bajariladigan ishlar. Balandlikda bajariladigan ishlar Ishchi tushalma, tom yoki er yuzasidan 5 metr va undan yuqori balandlikda montaj moslamalari bilan yoki bevosita konstruksiya qismlaridan, uskunalarda, mashina va mexanizmlarda turib bajariladigan ishlar, Bunaday hollarda ish jarayonining barcha lahzalarida va joydan-joyga o’tishda ishchini balandlikdan yiqilishdan asraydigan yagona vosita bo’lib hnmoya kamari xizmat qiladi Ish joyi* Elektr uskunasining bir qismida xodimlarni kirib ish bajarishlarnga ijozat berilgan joy Farmoyish Ishni xavfsiz bajarish uchun uning mazmunini, ish joyini, vaqtini, xavfsizlik choralarini (kerak bo’lgan taqdirda) va nshni bajarish topshirilgan shaxslarni aniqlovchi og’zaki topshiriq. Korxona rahbari Direktor va uning muovinlari Tok o’tkazuvchi qism Mo’tadil kuchlanish ostida turgan elektr uskunalarn qismi. Tok o’tkazmaydigan qism Avariya rejimi natijasida kuchlanish ostida bo’lishi xavfi yuzaga keluvchi elektr uskuna Elektr uskuna Elektr energiyasini hosil qiluvchi, kuchlanshini o’zgartiruvchi, uzatuvchi, taqsimlovchi va iste’mol qiluvchi uskunalar |GOST 19431-74) Mahalliy navbatchisiz elektr uskuna Tezkor-harakatdagi brigada yoki tezkor-ta’mirlash xodimlari tomonidan qarab turiladigan havo va kabel elektr uzatish tarmoqari hamda elektr uskunalar. Ishlab turgan elektr uskuna Kuchlanish ostida bo’lgan yoki kommutasion apparatni ulash bilan kuchlanish berish mumkin bo’lgan elektr uskunalari yoki uning uchastkalari 1000 Voltdan** past va yuqori kuchlanishli elektr uskunalari Kuchlanishi 1000 Voltdan past va yuqori bo’lgan elektr uskunalarn (ishlab turgan elektr uskunalarini amaldagi kuchlanishining qiymatiga qarab). Sodda va aniq, chizmali elektr uskuna Bir seksiyali va seksiyalarga ajratilmagan shinalar tizimi bo’lgan 1000 Voltdan yuqori kuchlanishli, aylanma shinalar tizimi bo’lmagan taqsimlovchi elektr uskunalari hamma havo elektr uzatish va kabel elektr ueatish tarmoqlari, 1000 Voltdan past kuchlanishli hamma elektr uskunalari, * Faqat naryad hamda farmoyish bilan bajariladigan ishlarga ** Ushbu Qoidadagi 1000 voltdan past kuchlanishli ko’rsatgich, kuchlanishi 42 Voltdan yuqorp bo’lgan elektr uskunalariga ta’lluqli. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling