Mavzu: Avtomobilsozlik va traktorsozlik mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmog’i. Reja: Soha korxonalari «Toshkent traktor zavodi»


Download 63 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi63 Kb.
#1563698
Bog'liq
Avtomobilsozlik va traktorsozlik mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmog’i


Mavzu: Avtomobilsozlik va traktorsozlik mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmog’i.


Reja:


1. Soha korxonalari - «Toshkent traktor zavodi» OAJ, «GM Uzbekistan», «SamAvto», «Xorazm avtomobil zavodi» qo’shma korxonalari.
2. Urganch davlat universiteti va “Transport tizimlari” kafedrasining soha ishlab chiqarish korxonalari bilan aloqalari, ular bilan olib borilayotgan ishlari xaqida.
O’zbekiston Respublikasi mutaqillikka erishgandan so’ng qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash va qishloq xo’jaligi mashinasozlikdagi ilmiy-texnik muammolarni xal qilish yo’llari belgilanib olindi.
Xozirgi davrda Toshkent traktor zavodi (TTZ) O’rta osiyoda etuk zavodlardan biri bo’lib, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishga zamonaviy traktorlar etkazib bermoqda.
Zavod 1942-43 yillarda 574-Pochta qutisi deb atalib ikkinchi jaxon urushi frontiga maxsulot ishlab chiqargan.
1945…50 yillarda zavod «Tashprodmash» deb atalib oziq-ovqat sanoati va xalq iste’mol mollari uchun maxsulot chiqargan.
1950…57 yillari zavod «Tashxlopkomash» deb atalib paxtaga qayta ishlov beruvchi sanoat uchun mashina va mexanizmlar ishlab chiqargan.
1957…69 yillarda zavod «Tashavtomash» deb nomlanib jamoa paxta xom ashyosini kanrsiz tashish uchun 2PTS-4-793A rusumli tirkama, GAZ-51 avtomobillariga extiyot qismlar ishlab chiqarishni o’zlashtirdi.
1960 yilda Uzbekistonda, VTZ bilan birgalikda paxtachilikda keng foydalanadigan T-28X3 va T-28X4 traktorlari ishlab chiqarila boshlandi. 1962 yilda Kishinev traktor zavodida T-50V va T-54V zanjirli traktorlari, 1969 yildan esa lavlagichilikda ishlatiladigan T -54S zanjirlik traktorlari tayyorlangan. 1968 yilda Kozogistondagi Pavlodar traktor zavodi Volgograd traktor zavodining DT-75M traktorini ishlab chiqardi.
1966…1982 yillarda zavod xozirgi nom «Toshkent traktor zavodi» (TTZ) deb atalgan. Bu yillarda trktorlar ishlab chiqarish sur’atini pasaytirmagan xolda paxtachilik modifikatsisidagi T-28X4 traktorini, ularga extiyot qismlarini o’zlashtiradi. 1970 yil birinchi traktor ishlab chiqarilgan, 1977 yil MTZ-80X traktorlarni yig’ib jixozlash o’zlashtirilgan.
1982-1996 yillar zavod «Toshkent traktor zavodi» IChB (ishlab chiqarish birlashmasi) deb nomlangan.
1996 yildan zavod «Toshkent traktor zavodi» DXJ (davlat xissadorlik jamoasi) deb nomlangan. Xozirda ushbu zavodni zamonaviy yuqori sifatli traktorlar ishlab chiqaryapti. Texnik darajasi oshirilgan TTZ-100K-10 (4 g’ildirakli), TTZ-100K.11 (3 g’ildirakli) traktorlardan tashqari ko’rinishi (dizayni) yaxshilangan TTZ-30, TTZ-60, TTZ-80 traktorlari, BU-300 rusumli mini-traktorlar va ularga osma qishloq xo’jalik qurollari ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.
1992 yil iyun oyida yurtboshimiz I.A.Karimov Koreya Respublikasiga rasmiy tashrif qilib DAEWOO guruxidagi avtomobil zavodlari bilan tanishdi. 1992 yil iyul oyida o’zbek va janubiy Koreya tomnalri qo’shma zavod qurilish to’g’risida Memorandum imzolashdi.
1993 yil oktyabr oyida Andijon viloyatining Asaka shaxrida qurilish ishlari boshlab yuborildi.
1996 yil mart oyida Damas avtomobillar tayyorlanadigan tizim ishga tushirildi.
1996 yil iyul oyida «UzDEU»ning barcha tizimlari ishga tushirilb O’zbekistonda avtomobillarni serili ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. «UzDEU» avtomobil qo’shma korxonasi Damas, Tiko, Neksiya rusumli zamonaviy avtmobillar chiqara boshladi.
2001 yil avgust oyida Matiz II rusumli va 2002 yil avgust oyida Neksiya dons rusumli avtomobillar chiqarish yo’lga qo’yildi.
Xozirgi vaqtda «UzDEU avto» KKda 7 rusumli avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. 1996 yildan boshlab chiqarilgan avtomobillar soni 1-jadvalda ko’rsatilgan.



Avtomobillr rusumi

Yillar

1996

1997

1998

1999

2000

2001

2002

2005

Damas

8538

10106

13505

13666

7650

7935

6580

16230

Tiko

4710

20233

17069

16380

9100

9925

5515

-

Neksiya

12099

34490

23870

28266

13950

21680

13100

32770

Matiz

-

-

-

-

-

1460

11640

20040

JAMI

25344

64883

54444

58312

30700

41000

36000

-

2003 yil avgust oyidan Lasetti rusumli avtomobil chiqarila boshlandi va 2005 yil avgust oyidan Lasetti Xetchbek avtomobillar ishlab chiqrish yo’lga qo’yildi. O’zbekistonda ishlab chiqarilayotan engil avtomobillarni qisqa texnik tavsifnomalari 1-jadvalda ko’rsatilgan.





Ko’rsatkichlar

Tiko

Damas

Neksiya

Matiz

Lasetti

Dvigatel rusumi

F 8 C

F8CB

G15ME

F8CB

D-TEC

Tsilindrlar soni

3

3

4

3

4

Ishchi xajm, sm3

796

796

1498

796

1799

Siqish darajasi

9,3

9,3

8,5

9,3

9,8

Nominal quvvat,
kVt (o.k.)

30 (41)

30 (41)

55 (75)

36 (49)

89 (121)

Aylanishlar soni,
min-1

5500

5500

5400

6000

5800

Maksimal burovchi moment, N  m

60

62,8

123

65

165

Maksimal tezlik, kgG’soat

143

100

163

144

194

Yoqilg’i sarfi

4,3…5,5

7,2…8

5,5…7,5

5,0…7,4

6,5…11,2

Tiko avtomobillari ixcham avtomobillar turkumiga kirib Oka, Tavriya kabi avtomobillardan ko’p jixatdan farq qiladi va ustun turadi. Tiko avtomobilida dvigatel ko’ndalang joylashgan bo’lib, uning old g’ildiraklari etakchi qilib tayyorlangan.


Neksiya avtomobillarining dvigateli yuqori quvvat va tejamkorligini ta’minshlaydigan, past shovqin va xavoni kam ifloslaydigan yoqilg’ini ko’p nuqtali purkash tizimi bilan jixozlangan. Yondirishni elektron tizimi dvigatelni barcha sharoitda tez o’t olishida sababchi bo’ladi.
Yuqori tejamli qaramasdan nisbatan keng kichik o’lchamlariga qaramasdan joylashgan keng salonga ega bo’lib shaxar sharoitida foydalanishda juda qulay xisoblanadi.
Keyinchalik DAEWOO avtomobil ishlab chiqarish kompaniyasi aksiyalari AQSHning mashxur General Motors kompaniyasi tomonidan sotib olingandan keyin Uzbekiston tomoni ushbu kompaniya bilan xamkorlikda ishlab chiqarishni tashkil qilish bo`yicha bitim imzoladi, «GM Uzbekiston» ko`shma korxonasi tashkil kilindi va Kaptiva, Epika, Takuma rusumli avtomobillar, 2010 yil avgust oyidan esa Spark rusumli engil avtomobil ishlab chiqarila boshladi
Sam Kos Avto o’zbek-turkiya qo’shma korxonasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 381-sonli qarori bilan 5 noyabr 1996 yilda tashkil qilingan. Ushbu korxonada kichik va o’rta yuk ko’taruvchi avtomobillar xamda o’rta toifali avtobuslar ishlab chiqarishga mo’ljallangan.
Samarqand shaxrida joylashgan zavod loyixa bo’yicha bir yilda 4900 ta avtomobil chiqarish rejalashtirilgan, shu jumladan 3500 ta avtobus va 1,400 ta yuk avtomobillar.
Xozircha zavod 8 rusumli 38 xil kuzov o’rnatiladigan avtobus va yuk avtomobillar ishlab chiqaradi. Ish faolitidan beri zavod 2943 ta avtomobil ishlab chiqarib respublika va xorijiy mamlakatlarga yuborgan.
Sam Koc Avto avtomobillarining yuk ko’tarish qobiliyati modifikatsisiga qarab 4 tonnadan 8 tonnagacha bo’ladi. Ko’tarilib ochiladigan uch o’rindiqli qulay kabina dvigatelga texnik xizmat ko’rsatishni engillashtiradi. Dvigatel joylashgan bo’linma maxsus shovqin o’tkazmaydigan qoplamalar bilan jixozlangan.
Rul boshqarmasini gidrokuchaytirgichi, katta oynalar, kichik burilish radiusi (6,9m) va nisbatan katta burchakka ko’tarilaolishi xaydovchiga barcha yo’llarda yurishga imkon beradi.
SamKocAvto avtomobillarida erganomik xususiyatlar bo’lak avtomobillarga nisbatan ancha yaxshilangan, shu jumladan xaydovchini tana tuzilishiga qarab xolatini o’zgartirish mumkin bo’lgan o’rindiq, yuqori quvvatli isitkich, zich yopiladigan kabina va xoqazolar.
2-jadvalga ayrim rusumli CamKocAvto avtomobillari va avtobuslarni qisqa texnik tavsifnomalari keltirilgan.
CamKocAvto avtomobillarining elektr qurilmalarida 24V li kuchlanishi qo’llaniladi, buning uchun ikkita 12V li 72Ah rusumli akkumulyator batareyalari o’rnatilgan.

1-10-jadval



Ko’rsatkichlar

Mashina rusumi

80.12-85.14 (2 o’qli avtomobil)

120.14 (3 o’qli avtomobil)

50.12 (avtobus)

Dvigatel rusumi

IVEKO 8040.25

IVEKO 8040.45

IVEKO 8040.25

Tsilindrlar soni

4

4

4

Tsilindrlar diametri, mm

104

104

104

Porshen yurish yo’li

115

115

115

Ishchi xajmi, sm3

3908

3908

3908

Maksimal quvvat, kVt (o.k.)

85 (115)

100 (138)

85 (115)

Maksimal burovchi moment, N  m

353

420

353

Umumiy uzunligi, mm

6670

6750

6930

Umumiy kengligi, mm

2120

2120

2220

Umumiy balandligi, mm

2575

2560

2930

Umumiy og’irligi, kg

8500

12600

8000

Maksimal tezligi, km’soat

105

95

98

Yoqilg’i sarfi, kg’100km

19

22

19,8

Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling