1-amaliy mashg’ulot. Fanning maqsad va vazifalari. Me’yoriy xujjatlar turlari va toifalari. Faning maqsadi va vazifalari


Download 0.97 Mb.
bet19/50
Sana25.01.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1122385
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50
Bog'liq
Texnik xujjatlarni taqdim qilish Amaliyot

Xalq iste’mol mollari – Extiyojlarni qondirish uchun bevosita foydalanish maqsadida aholiga xarid (sotish)ga mo‘ljallangan mahsulot.
Retseptura – Mahsulotning muayyan turiga me’yoriy texnologik hujjat bo‘lib mahsulotning ushbu turiga standart (texnik shartlar)da ko‘zda tutilgan holatlarda ishlab chiqiladi, mahsulotni ishlab chiqarishga xom ashyo, yarim fabrikatlar va yordamchi materiallar sarfiga muayyan talablarni, shuningdek organoleptik ko‘rsatkichlarning muayyan talablarini o‘z ichiga oladi.


8- Amaliy mashg’ulot. SANITARIYA, VETERINARIYA - SANITARIYA, FITOSANITARIYA QOIDALARINI ISHLAB CHIQISH.



Texnologik yuriqnomalar va retsepturalarni ishlab chiqish
Texnologik yuriqnomalar ma’lum turdagi mahsulotni ishlab chiqarishni tashkillashtirish va uning sifatining barqarorligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqiladi. Texnologik yuriqnomalar mahsulotning alohida turiga ham, mahsulotlar guruhiga ham ishlab chiqilishi mumkin. Texnologik yuriqnoma butun mahsulotni barcha ishlab chiqarish jarayonlariga yoki ishlab chiqarish jarayonining ayrim bosqichlariga ishlab chiqilishi mumkin. Ma’lum tur (rusum, xil) mahsulotni ishlab chiqarishga ayrim texnologik yuriqnomalar ishlab chiqiladi. Mahsulotni seriyali bo‘lmagan yoki import qilingan jihozda tayyorlaydigan alohida korxonalar uchun ayrim texnologik yuriqnomalarni ishlab chiqish ruxsat etiladi.
Namunaviy texnologik yuriqnomalarni quyidagi tartibda bayon qilish tavsiya etiladi:
– kirish qismi;
– tayyor mahsulot yoki yarimfabrikat tafsiloti;
– xom ashyo va materiallar tafsiloti;
– retseptura (agar retseptura alohida hujjat sifatida bo‘lmasa va unga zarurat bor bo‘lsa, bayon etiladi);
– texnologik jarayonning texnologik sxemasi va tavsifi;
– texnologik jihozlarga talablar;
– texnologik jarayonni tekshirish vositalari va metodlarining qisqa tavsifi (texnologik jarayonni tekshirish bo‘yicha yo‘riqnomalar yo‘q bo‘lganda) va tayyor mahsulotni sinash metodlari (bunga xos me’yoriy hujjatlar yo‘q bo‘lganda);
– qabul qilish qoidalari (xos me’yoriy hujjatlar yo‘q bo‘lganda;
– ilovalar.
Zarur bo‘lganda bayon etish tartibini birlashtirish yoki o‘zgartirish ruxsat etiladi. Ayrim texnologik yo‘riqnomalar namunaviy texnologik yo‘riqnoma mazmunini takrorlamasligi lozim, balki ushbu nomli mahsulotni ishlab chiqarishdagi farqlanuvchi xususiyatlarni bayon etish lozim. Ayrim texnologik yo‘riqnomalar o‘z ichiga quyidagi bo‘limlarni olishi lozim:
– kirish qismi;
– tayyor mahsulotning o‘ziga xos tafsilotlari;
– xom ashyo va materiallar (zarur bo‘lganda) ro‘yxati;
– namunaviy texnologik yo‘riknomaga nisbatan texnologiya, jixozlar, texnologik tekshiruvdagi o‘zgartirishlar tavsifi.
Yo‘riqnomaning kirish qismida mahsulotning nomi, tayyor mahsulotga me’yoriy hujjat belgisi, ishlab chiqarish jarayonining kisqacha tafsiloti ko‘rsatiladi. Bo‘limning birinchi moddasi quyidagicha ifodalanishi lozim: “Ushbu yo‘riqnoma (ishlab chiqarish jarayonining qisqacha tafsiloti) ... yo‘li bilan ishlab chiqariladigan (tayyor mahsulotga me’yoriy hujjatning belgisi) ... bo‘yicha (tayyor mahsulotning to‘liq nomi) ... ni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi”.
“'Tayyor mahsulot yoki yarimfabrikat tafsiloti” bo‘limida texnologik jarayon natijasida olinadigan mahsulotga texnik talablar ko‘rsatiladi. Agar olinadigan mahsulotga texnik talablar amaldagi me’yoriy hujjatda belgilangan bo‘lsa, bu holda bo‘limda ushbu me’yoriy hujjatga havola berilishi lozim.
“Xom ashyo va materiallar tafsiloti” bo‘limida mahsulotni ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo va materiallarga me’yoriy hujjat ko‘rsatiladi. Agar foydalaniladigan xom ashyo va materiallarga me’yoriy hujjatning talablari yetarli bo‘lmasa, bu holda me’yoriy hujjatga havola bilan birga qo‘shimcha talablar ham ko‘rsatiladi. Mahsulotni ishlab chiqishda ko‘p nomli xom ashyo va materiallar foydalaniladigan bo‘lsa, bularga havola mahsulotning alohida nomlariga retsepturalarda keltiriladi.
Texnologik jixozlarga talablar ishlab chiqarish xususiyatlarini hisobga olgan holda texnologik yo‘riqnomada ko‘rsatilgan ishlar (operatsiyalar) tartibida keltirilishi kerak. Namunaviy jixozlardan foydalanilganda ularning turi (xili) ko‘rsatiladi. Agar jixozlar namunaviy bo‘lmasa, ularning asosiy tafsilotlari ko‘rsatilishi lozim. Jihoz parametrlarining to‘liq ro‘yxati va uning tavsifi zarur bo‘lganda ilovada ko‘rsatilishi mumkin.
Agar xom ashyo, yarimfabrikatlar va tayyor mahsulotni tekshirish metodlari va me’yorlari amaldagi me’yoriy hujjatda o‘rnatilgan bo‘lsa, bu holda bo‘limda faqat ularga havola keltiriladi. Texnologik yo‘rnqnomada mahsulotni ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo yoki materiallarning tekshiriladigan muayyan parametrlarini ko‘rsatish ruxsat etiladi. Texnologik jarayonni tekshirish bo‘yicha yo‘riqnoma bo‘lmasa, texnologik tekshiruv metodlari va vositalarining quyidagilardan iborat tavsifi tuziladi:
– tekshiruv ob’ekti (yarimfabrikatlar, jarayonlar);
– kichik namunalarni ajratib olish yoki tekshiruv joyi;
– tekshiriladigan parametrlar;
– tekshirish davriyligi;
– tekshirish vositalari va metodlari;
– tekshiruvni bajaruvchi lavozimli shaxs.
Tekshirish metodlari va vositalarining tavsifi jadval ko‘rinishida keltirilishi mumkin.
Qabul qilish qoidalari me’yoriy hujjatda keltirilmagan hollardagina ular texnologik yo‘riqnomada ko‘rsatiladi. Bo‘limda tayyor mahsulotni qabul qilishga taqdim etish tartibi va shartlari, kichik namunalarni tekshirish uchun ajratib olish qoidalarini ko‘rsatib, keltiriladi.
Zarur bo‘lganda ma’lumotnoma ma’lumotlari, texnik-iqtisodiy hisoblar, texnologiyani nazariy asoslash va ajratib olish bo‘yicha boshqa materiallar ilovalarga qo‘shilish mumkin.
Retseptura ishlab chiquvchi-korxona (tashkilot) rahbari tasdiqlagan texnologik yuriqnomaning tarkibiy qismi bo‘lishn lozim. Mahsulotning har xil turlarini farqlanuvchi texnologiyalar bo‘yicha ishlab chiqarishda retsepturalar xos texnologik yuriqnomalarga tarkibiy qismi bo‘lib kirishi lozim.
Retsepturalar bir buyumga xam, to‘plam yoki aralashma ko‘rinishida chiqariladigan mahsulotga ham ishlab chiqilishi mumkin.
Mahsulotga retsepturalar tarkibiga quyidagilar kiritilishi lozim:
– muayyan mahsulotning organoleptik va fizik-kimyoviy xossalarining qisqacha tafsiloti;
– mahsulotni ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo, materiallar va yarimfabrikatlarning nomi;
– bir tayyor mahsulotni ishlab chiqarishga tegishli xom ashyo, materiallar va yarimfabrikatlar sarfi;
– ishlab chiqarishdagi nobudgarchiliklarning chekka me’yorlari;
– mahsulotning komponentlari (tarkibiy qismlari) uchun massasi va asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha joiz og‘ishlar chegaralari (bunday ma’lumotlar texnologik yuriqnomalarda yoki me’yoriy hujjatlarda keltirilmaganda beriladi). Zarur bo‘lganda retsepturalarda texnologik jarayonning bosqichlari yoki uning variantlari bo‘yicha xom ashyo va materiallar sarfi ko‘rsatilishi mumkin. Retsepturalar to‘plamida xom ashyo va materiallarning barcha turlari xos me’yoriy hujjatlarni va zarur xossalarini ko‘rsatgan holda aloxida ro‘yxatlarda keltirilishi mumkin.
Texnologik yuriqnomalar va retsepturalarning loyihalari metrologik ekspertiza qilinishi lozim. Texnologik yuriqnomalar va retsepturalarning loyihalari texnik qo‘mitalar va standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlar tomonidan ekspertiza qilinishi va ko‘rib chiqilishi lozim.
Oziq-ovqat mahsuloti uchun markaziy degustatsiya (sinash) komissiyasining qarori bo‘lishi zarur. Texnologik yo‘riqnomalar va retsepturalar ishlab chiquvchi-tashkilotlar tomonidan amal muddatini cheklamasdan tasdiqlanadi. Tasdiqlangan texnologik yuriqnomalar va retsepturalarga TY (texnologik yo‘riqnoma uchun) yoki RS (retsepturalar uchun) indekslari, mahkamaning shartli raqamli belgisi, ro‘yxatga olingan tartib raqami va tasdiqlash yilining to‘rtta raqamidan iborat belgi beriladi. Retsepturalar texnologik yo‘riqnomalar tarkibiga kiritilganda texnologik yo‘riqnomalarning belgisidan keyin “retseptura bilan” deb ko‘rsatiladi. Bunda retseptura ro‘yxatga olinmaydi. Texnologik yo‘riqnomalar va retsepturalar bularni tasdiqlagan tashkilot tomonidan, alohida jurnallarda ro‘yxatga olinadi. O‘zgartirishlar faqat texnologik yo‘riqnomalarga kiritilishi mumkin. Texnologik yo‘riqnomalar quyidagi hollarda qayta ko‘rib chiqiladi:
– muayyan mahsulotni ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zgartirishni talab etgan o‘zgartirishlarni me’yoriy hujjatga kiritishda;
– texnologik jarayonni takomillashtirishda uni o‘zgartirishda.
Retsepturalar retseptura ingredientlarini (tarkibiy qismini) chiqarib tashlaganda yoki almashtirganda qayta ko‘rib chiqiladi. Texnologik yo‘riqnomalar yoki retsepturalar qayta ko‘rib chiqilganda hujjatning nomi o‘zgartirilmaydi. Hujjatning birinchi betida: ...(qayta ko‘riladigan hujkat nomi) o‘rniga va hujjatni tasdiqlash yili o‘zgartirilgan, deb ko‘rsatiladi Mahsulotga texnologik yuriqnomalar yoki retsepturalar.mahsulot .ishlab chiqarishdan olinganda, hujjatni tasdiqlagan idora tomonidan bekor qilinadi. Bu to‘g‘rida ro‘yxat jurnaliga zarur ma’lumotlar kiritilishi lozim.



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling