1. Ishlab chiqarishdan tayyor mahsulot olinganda qanday provodka beriladi?


Download 20.07 Kb.
Sana31.12.2022
Hajmi20.07 Kb.
#1073326
Bog'liq
1-variant


1-variant
1. Ishlab chiqarishdan tayyor mahsulot olinganda qanday provodka beriladi?
Debit Kredit
2800 2010
2810
2. Material va xomashyolar deb nimaga aytiladi? Ularning tarkibini yozing.
Qaysi schotlarda hisobga olinishini tushuntiring.
Material - obyektni tashkil etuvchi modda yoki moddalar aralashmasi. Materiallar sof yoki nopok, tirik yoki jonsiz moddalar bo'lishi mumkin. Materiallarni fizikaviy va kimyoviy xossalari yoki geologik kelib chiqishi yoki biologik funktsiyasi asosida tasniflash mumkin. Materialshunoslik - bu materiallar, ularning xususiyatlari va qo'llanilishini o'rganadigan fan. Xom ashyoni tozalash, shakllantirish yoki boshqa materiallarni kiritish orqali ularning xususiyatlariga ta'sir qilish uchun turli usullar bilan qayta ishlanishi mumkin. Xom ashyodan sintez yo'li bilan yangi materiallar ishlab chiqarilishi mumkin.
Sanoatda materiallar mahsulot yoki murakkabroq materiallarni ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish jarayonlariga kirishdir.
Xom ashyo — konlardan olingan foydali qazilmalar va boshqa tabiiy resurslar, ulardan ishlab chiqarilgan va yana ishlov talab etadigan mahsulotlar.
Xom ashyo jarayonida xom ashyodan tayyor mahsulot yoki yarim fabrikat paydo boʻladi. Xom ashyoning jami xilma-xil koʻrinishlari kelib chiqishiga koʻra sanoat va qishloq xoʻjaligi xom ashyosiga boʻlinadi. Sanoat xom ashyosi, oʻz navbatida, mineral va sunʼiy xom ashyoga boʻlinadi. Ishlatilishiga koʻra, mineral xom ashyo yoqilgʻi-energetika (neft, tabiiy gaz, kumir, uran, yonuvchi slanetslar), metallurgiya (qora, rangli, nodir va asl metallar rudalari), kon-kimyo (agronomiya rudalari, bariy, kaltsiy ftorid, oltingugurt), texnika (olmos, grafit, slyuda), qurilish materiallari (sement, keramika) ishlab chiqarish xom ashyolari va boshqalarga boʻlinadi. Sunʼiy xom ashyoga sintetik smolalar, plastmassalar, sintetik kauchuk, sunʼiy teri, sintetik yuvish vositalari va boshqa kiradi. Qishloq xoʻjaligi xom ashyosi va oʻrmon xoʻjaligi, baliq ovlash va tayyorlov tarmogʻining ishlov berilmagan (xom) mahsulotlari oʻsimlik xom ashyosi (don va texnika ekinlari, yogʻoch, yovvoyi va shifobaxsh oʻsimliklar) va hayvonot xom ashyosi (goʻsht, baliq, sut, teri, jun) ga boʻlinadi. Ayrim sanoat tarmoqlarida xom ashyoni birlamchi (metallurgiyada rudalar, qogʻoz sanoatida sellyuloza) va ikkilamchi (metall parchalari, makulatura) turlarga boʻlish muhim amaliy ahamiyatga ega. Ikkilamchi xom ashyodan toʻgʻri foydalanish ijtimoiy mehnatni tejashni taʼminlaydi. Birlamchi xom ashyoni kompleks qayta ishlash sanoatning xom ashyo bazasini kengaytirish va iqtisodiy samaradorligini oshirishda muhim manba hisoblanadi.
Xom-ashyo va materiallar 1010, 1020, 1030, 1040, 1050, 1060, 1070, 1080, 1090 larda aks ettiriladi.
3. Boshlang’ich qiymati 30 000 000 so’m bo’lgan avtomobilga to’g’ri chiziqli usulda eskirish hisoblaganda 3 oylik eskirish summasini aniqlang.(eskirish normasi yillik 15% ).Unga provodka yozing .
30 000 000---------100%
4 500 000----------15%
1 yil = 12 oy
4 500 000/3=1 500 000
Javob
Debit Kredit
1260 2510
4.Asosiy vositalarning korxonaga kelib tushish usullari haqida yozing.
Asosiy vositalar korxonaga kelib tushishi manbai bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • kapital qo‘yilmalar tugaganidan so‘ng qurilgan ob’ektni qabul qilish-topshirish;

  • oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha ob’ektni sotib olish;

  • ustav kapitaliga ta’sischi ulushi ko‘rinishida kelib tushishi;

  • ta’sischilar tarkibidan chiqishda yoki tugatilayotgan tashkilotning mol-mulki uning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanayotganda ilgari boshqa tashkilotning ustav kapitaliga kiritilgan tashkilotning ta’sis ulushi qaytarilishidan kelib tushishi;

  • tekinga kelib tushishi (hadya shartnomasi bo‘yicha);

  • ayirboshlash;

  • tovar-moddiy zahiralar tarkibidan o‘tkazish;

  • moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo‘yicha olish;

  • qiymati belgilangan asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar;

  • asosiy vositalarning ortiqcha (hisobga olinmagan) ob’ektlarini aniqlash.

Download 20.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling