Mavzu: O’zbekistonning tabiiy resurs salohiyati, ulardan oqilona foydalanish


Download 90.81 Kb.
bet1/4
Sana23.12.2022
Hajmi90.81 Kb.
#1044587
  1   2   3   4

AQXAI AGROBIZNES VA RAQAMLI IQTISODIYOT FAKULTETI “MARKETING” YO’NALISHI 79-GURUX 1-BOSQICH TALABASI XOSHIMOV ABDULLONING IQITISODIYOT GEOGRAFIYASI FANIDAN MUSTAQIL TALIM ISHI

Mavzu: O’zbekistonning tabiiy resurs salohiyati, ulardan oqilona foydalanish

REJA: 1.«Tabiiy sharoit» va «Tabiiy resurs» tushunchalarining mazmuni va mohiyati. 2. O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy - geografik o’rni hamda tabiiy sharoitining bahosi. Suv resurslari. 3. Mamlakatda mavjud mineral resurslar, ularning geografiyasi, ahamiyati, zaxiralari.


1.«Tabiiy sharoit» va «Tabiiy resurs» tushunchalarining mazmuni va mohiyati.
  • «Tabiiy sharoit» va «Tabiiy resurs» keng qo’llaniladigan tushunchalar qatoriga kiradi.
  • «Tabiiy sharoit» - biron bir ob’ektga aloqador bo’lgan tabiatning barcha jihatlarini o’ziga qamrab olgan bo’lib, juda keng ma’noga ega tushuncha. Mantiqiy yondashuv sharoit nimaga taalluqli ekanligini aniq ko’rsatilishini, ya’ni «sanoatni rivojlantirishning tabiiy sharoiti», «dehqonchilikni rivojlantirishning tabiiy sharoiti», «temir yo’l qurilishining tabiiy sharoti», «inson hayotiy faoliyatining tabiiy sharoiti» va h.k. tarzda ifodalashni talab qiladi. Demak, «tabiiy sharoit» tushunchasini insonni qandaydir faoliyati bilan uzviy bog’liq holda tahlil etish maqsadga muvofiqdir.
  • «Tabiiy resurslar» tushunchasi «tabiiy sharoit» tushunchasiga nisbatan tor ma’noga ega bo’lib, u tabiat bilan inson faoliyati o’rtasidagi aloqani bevosita ifodalaydi.

«Tabiiy sharoit» va «tabiiy resurslar» tushunchalari iqtisodiy kategoriyalardir. Shu bilan birga tabiatning moddiy elementlari bo’lgan «tabiiy sharoit» va «tabiiy resurslar»ning shakllanishi, o’zgarishi va joylashishi tabiat taraqqiyotining ob’ektiv qonuniyatlari asosida amalga oshadi.
      • «Tabiiy sharoit» va «tabiiy resurslar» tushunchalari iqtisodiy kategoriyalardir. Shu bilan birga tabiatning moddiy elementlari bo’lgan «tabiiy sharoit» va «tabiiy resurslar»ning shakllanishi, o’zgarishi va joylashishi tabiat taraqqiyotining ob’ektiv qonuniyatlari asosida amalga oshadi
  • Inson hayoti va faoliyatida juda muhim ahamiyat kasb etuvchi tabiat elementlari ikki asosiy guruhga: moddiy ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi (tabiiy resurslar) va qolgan barcha (tabiiy sharoit) elementlarga bo’linadi. Aniqroq qilb aytganda, «tabiiy sharoit»ga tabiatning barcha elementlari kiradi.
  • Tabiiy resurslar esa tabiiy sharoitning bir turi sifatida namoyon bo’ladi. Demak, «tabiiy sharoit» inson hayoti va faoliyatini belgilab beruvchi, lekin ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etmaydigan tabiat elementlaridir. Tabiiy sharoit va moddiy resurslar majmuasi jamiyat taraqqiyotining tabiiy-moddiy omillari hisoblanadi.


Download 90.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling