1. Xususiy kapital shakllanishi hisobining xususiyatlari Ustav kapitalining shakllanishi va foydalanilishi hisobi Qo‘shilgan hamda rezerv kapitali hisobi
Download 31.6 Kb.
|
Maqsadli tushumlarni buxgalteriya hisobida aks etirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Maqsadli tushumlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi 1. Xususiy kapital shakllanishi hisobining xususiyatlari
- 2.Ustav kapitalining shakllanishi va foydalanilishi hisobi.
- Umumiy sug‘urtalash
- Faqat tashabbuskorlik
- 3.Qo‘shilgan hamda rezerv kapitali hisobi.
- 4. Taqsimlanmagan foyda va dividendlar hisobi.
- 5. Maqsadli tushumlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi .
Mavzu: Maqsadli tushumlarni buxgalteriya hisobida aks etirish Reja: 1. Xususiy kapital shakllanishi hisobining xususiyatlari 2. Ustav kapitalining shakllanishi va foydalanilishi hisobi 3. Qo‘shilgan hamda rezerv kapitali hisobi 4. Taqsimlanmagan foyda va dividendlar hisobi 5. Maqsadli tushumlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi 1. Xususiy kapital shakllanishi hisobining xususiyatlari Kompaniya faoliyatini tashkil etish davrida kompaniya ta’sischilari tomonidan o‘z moliyaviya resusrlarini ustav kapitalini shakllantirishga yo‘naltiradi, Shuning uchun ham turli mulkchilik shaklidagi korxonalarni tashkil etish bosqichida xususiy kapitalning shakllanishi hisobiga alohida e’tibor qaratiladi. Chunki, xususiy kapital moliyaviy aktivlar bilan ta’minlashning asosiy manbai hisoblanadi. Xususiy kapital – bu korxonaning aktivlari va majburiyatlari o‘rtasidagi farqdir. Xususiy kapital –korxonaning aktivlaridan va majburiyatlaridan ayrish asosida aniqlanadi. Mol-mulk bilan bog‘liq barcha qarzlar to‘langanidan so‘ng,o‘z kapitalingizni har qanday aktivga egalik qilish huquqiga ega deb hisoblashingiz mumkin. Xususiy kapital - barcha majburiyatlarni chegirib tashlangandan keyin korxonaning aktivlarini bir qismidir, ya’ni xususiy kapital - bu mulkdorning firmadagi egaligiga oid ulushidir. Bu qoldiq ulush sifatida ta’riflanadi, chunki firma aktivlaridan majburiyatlarni ayirgandan keyin qolgan summasini tashkil etadi. Xususiy kapital barcha majburiyatlar yig‘indisini korxonaning aktivlaridan ayirish orqali aniqlanadi. I. A. Zavalishina ham xususiy kapitalni manbalar bo‘yicha quyidagi tarkibiy qismlarga bo‘lgan: - ustav kapitali;- qo‘shilgan kapital;- rezerv kapitali;- taqsimlanmagan foyda;- maqsadli jamg‘armalar (grantlar va subsidiyalar);- rezervlar. Xususiy kapital tarkibi:-Ustav kapitali(8300)-Qo‘shilgan kapital(8400)-Rezerv kapitali(8500)-Taqsimlanmagan foyda(qoplanmagan zarar)(8700)-Sotib olingan xususiy aktsiyalar(8600)-Maqsadli tushumlar(8800)-Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlari (8900). Davlat korxonasining ustav kapitali - davlat tomonidan korxonaning doimiy tasarrufiga tekinga berilgan moddiy va pul mablag‘lari summasidir. Ustav kapitali hisobiga asosiy va aylanma mablag‘lar shakllanadi. Korxonaga asosiy vosita mavjud ishlab chiqarish hajmiga va ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish obyektlariga qarab, aylanma mablag‘lar esa normativlar asosida beriladi. Normativ yuqori tashkilot tomonidan belgilanadi, ammo ularni taqsimlashni korxonaning o‘zi mustaqil amalga oshiradi. Amaldagi tartibga ko‘ra korxona ustav kapitali miqdori uning ta’sis hujjatlarida qayd etilgan miqdoriga muvofiq bo‘lishi kerak Davlat korxonasi uchun yuqori turgan tashkilotning korxonani tashkil etish va uning balansiga ustav kapitalini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i ta’sis hujjati hisoblanadi. Ba’zi hollarda davlat korxonasining ustav kapitali hajmi o‘zgarishi mumkin. Ustav kapitali miqdorini faqatgina yuqori tashkilot o‘zgartirishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali uning aksiyadorlari sotib oladigan aksiyalarining nominal qiymatidan iborat bo‘ladi. Bunda chiqariladigan jami aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘lishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali miqdori ko‘payishi yoki kamayishi mumkin. Ustav kapitalini ko‘paytirish qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Jamiyat tomonidan qo‘shimcha aksiyalar faqat jamiyat ustavida belgilangan e’lon qilingan aksiyalar miqdori doirasida joylashtirilishi mumkin. 2.Ustav kapitalining shakllanishi va foydalanilishi hisobi. Xo‘jalik subyektining o‘z mablag‘larini shakllantirishda asosiy manba bo‘lib, uning mulkdorlari tomonidan xo‘jalik subyektiga yo‘naltirilgan mablag‘lar majmui bo‘lgan ustav kapitali hisoblanadi. Ustav kapitalini shakllantirish tartibi qonunchilik va ta’sis hujjatlari bilan amalga oshiriladi. Chunonchi, davlat korxonalarining ustav fondi korxona foydalanishga topshirilgan vaqtida o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun davlat tomonidan ajratilgan mablag‘larni aks ettiradi. Ustav kapitali - bu ta’sis hujjatida belgilangan doiradagi faoliyatni ta’minlash uchun ta’sischilarning (ishtirokchilarning) korxona mulkiga qo‘ygan mablag‘lari (ulushlari, aktsiyalar nominal qiymatida va hokazolar)ning pul ifodasidagi yig‘indisidir. Ustav kapitali-korxona faoliyatini yuritish, davom ettirish uchun ta’sischilarning korxona mulkiga yo‘naltirilgan mablag‘larining pul ifodasidagi yig‘indisidir. Tashkilot ustav kapitaliga (fondiga) hissa sifatida pullar, qimmatli qog‘ozlar, boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar yoxud pul bahosiga ega boshqa huquqlar kiritilishi mumkin. Ustav kapitaliga olingan hissalar, shu jumladan aktsiyalarni (ulushlarni) joylashtirish bahosining ularning nominal qiymatidan (dastlabki miqdoridan) ortiq summasi daromad sifatida qaralmaydi va tegishincha, unga foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovi solinmaydi (Soliq kodeksining 129 va 355-moddalari). Ustav kapitali hisobini tashkil etish va uni yuritish amaldagi qonunlar va ta’sis hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Ustav kapitaliga hissa shaklida qo‘shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs ijroiya organining qaroriga ko‘ra baholanadi hamda hisobga olinadi. Ustav kapitalining eng kam miqdori quyidagi miqdorlarda belgilanadi:-banklar uchun - 10 mln yevro ekvivalentida; -xususiy banklar uchun - 5 mln yevro ekvivalentida. Ustav kapitalining holati va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 8310-«Oddiy aktsiyalar»; 8320-«Imtiyozli aktsiyalar»; 8330-«Pay va qo‘yilmalar». Ustav kapitali harakatining buxgalteriya hisobi 13-jurnal orderda yuritiladi. Umumiy sug‘urtalash tarmog‘ida faoliyatni amalga oshiradigan sug‘urtalovchilar uchun - 500 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan summani; Hayotni sug‘urtalash tarmog‘ida faoliyatni amalga oshiradigan sug‘urtalovchilar uchun - 750 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan summani; Majburiy sug‘urtalash bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradigan sug‘urtalovchilar uchun - 1000 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan summani; Faqat qayta sug‘urtalash bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradigan sug‘urtalovchilar uchun - 3000 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan summani tashkil etadi. Faqat tashabbuskorlik asosida auditorlik tekshiruvlarini amalga oshiruvchi auditorlik tashkilotlari eng kam oylik ish haqining 1500 baravari miqdoridan kam bo‘lmagan ustav kapitaliga va shtatida kamida 2 nafar auditorga ega bo‘lishi; Aktsiyadorlik jamiyatlari, banklar va sug‘urta tashkilotlaridan tashqari xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tashabbuskorlik asosida va majburiy auditorlik tekshiruvlarini amalga oshiruvchi auditorlik tashkilotlari eng kam oylik ish haqining 3000 baravari miqdoridan kam bo‘lmagan ustav kapitaliga va shtatida kamida 4 nafar auditorga, ularning kamida bittasi buxgalter xalqaro sertifikatiga ega bo‘lishi; Aktsiyadorlik jamiyatlari uchun ustav jamg‘armasining eng kam miqdori jamiyat davlat tomonidan ro‘yxatga olingan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki kursi bo‘yicha ekvivalenti 400.0 ming AQSh dollari. 3.Qo‘shilgan hamda rezerv kapitali hisobi. Korxonalarning xususiy kapitalini shakllantirishda ustav kapitalidan tashqari qo‘shilgan kapital va rezerv kapitallari ham tashkil qilinadi. Qo‘shilgan kapital hisobini yuritishdan maqsad xo‘jalik yurituvchi subyektning ro‘yxatga olingan sanasidan boshlab uning aktsiyalarini joylashtirishgacha bo‘lgan davr mobaynida faoliyatning qonuniyligini, barqaror faoliyat olib borishi, raqobatbardoshligi va ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni ta’minlashni investorlarga isbotlab, aktsiyalarni nominal qiymatidan yuqori sotilgan qismini hamda aksiyalarni sotishdagi kurs farqlarini hisobda to‘g‘ri aks ettirishdan iborat. Qo‘shilgan kapital aktsionerlik jamiyatlarida korxona aktsiyalarining nominal qiymatidan ortiq narxda sotish natijasida olingan emissiya daromadidan tashkil etilsa, mulkchilikning boshqa shakllarida esa ta’sischilarning pul mablag‘laridan tashkil topadi. Qo‘shilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlar oddiy va imtiyozli aktsiyalarni sotishdan olingan summalarning nominal qiymatidan oshiqcha summalarining, bundan tashqari bepul olingan mulklar qiymatining mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Emission daromad – aktsiyalarning nominal qiymatdan oshiqcha bahosi bo‘yicha birlamchi sotishdan olingan emissiya daromadini aks ettiradi. Qo‘shilgan kapital – bu tashkil etilayotgan xo‘jalikning daromad (foyda) olish maqsadini ko‘zlab, kiritilgan va kiritilayotgan dastlabki mablag‘larning Respublikamiz yuqori tashkilotlari hamda bozor talablari asosida yuzaga kelgan mulk tafovutlarini, qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mablag‘lardir. Bundan tashqari qo‘shilgan kapital schyotida ustav kapitaliga qo‘yilgan qo‘yilmalarni to‘lashda hosil bo‘ladigan kursdagi farqlar summasi ham hisobga olinadi. Qo‘shilgan kapitalning mavjudligi va harakati quyidagi schyotlarda hisobga olinadi. 8410 – «Emissiya daromadi»; 8420 – «Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqi»; 8410 – «Emissiya daromadi» schyoti – aktsiyalarning nominal qiymatidan yuqori olingan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Ushbu hisobvaraqlar passiv bo‘lib, ular oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha nominal qiymatdan yuqori bahoda olingan summalarni va ularning harakatini umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Korxonada qo‘shilgan kapital quyidagi operatsiyalar natijasida vujudga kelishi mumkin: -emission daromadni yuzaga keltiruvchi nominal qiymatdan yuqori bahoda aksiyalar birlamchi sotilishida; -kursdagi farqni keltirib chiqaruvchi xorijiy investitsiyali korxonalar ustavkapitalini shakllantirish paytida. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, 8410-«Emission daromad» hisobvarag‘I krediti bo‘yicha faqatgina aksiyalarning birlamchi emissiyasi paytidagi nominal qiymatidan ortiqcha summa hisobga olinadi. Mazkur summa foyda solig‘iga tortish, obyekti bo‘lib hisoblanmaydi. Sotish bahosidan past narxlarda sotib olingan aksiyalarni sotishda va summalar kamomadida 8410-«Emission daromad»hisobvarag‘ida zarar aks ettiriladi. Amaldagi qonunchilikka binoan bepul olingan mol-mulk qiymati foyda solig‘i bazasini oshiradi. Bepul olingan mol-mulk ekspert yo‘li bilan yoki o‘tkazma hujjatlar asosida aniqlangan adolatli qiymat bo‘yicha hisobda aks ettiriladi. 4. Taqsimlanmagan foyda va dividendlar hisobi. Taqsimlanmagan foyda bu hisobot davri yakunida xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladigan sof foyda (foydaning bir qismi)dir. Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga olishda quyidagi hisobvaraqlardan foydalaniladi: 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)» hisobvarag‘idakorxona faoliyatining butun hisobot yilidagi taqsimlanmagan foydasi (qoplanmaganzarari) hisobga olib boriladi. 8720-«Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)» hisobvarag‘ida korxonaning butun faoliyati davomidagi zarar, dividendlar bo‘yicha to‘lovlar hamda ustav kapitaliga qaytainvestitsiyalangan foydani chegirgan holda sof foyda summasini ifodalovchi jamlangan foyda hisobga olib boriladi.Hisobot davridagi sof foyda taqsimlanmagan foydani oshiradi va u quyidagicha provodka bilan rasmiylashtiriladi: D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»; K-t 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda qoplanmagan zarar». Bizga ma’lumki, korxona sof foydasidan aksiyadorlarga dividend to‘lanadi. Korxonada dividendlar hisobi va ta’sischilar oldidagi boshqa majburiyatlarni hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlardan foydalanish ko‘zda tutilgan: 6610-«To‘lov uchun dividendlar» hisobvarag‘i; 6620-«Chiqib ketayotgan muassislardan ularning ulushlari bo‘yicha qarzlar» hisobvarag‘i. Aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanishi lozim bo‘lgan majburiy to‘lovlar va barcha qoldiqlar to‘langandan keyin korxonada qoladigan foydaning bir qismi dividend hisoblanadi. Odatda, dividendlar hisobot yili yakunlari bo‘yicha hisoblanadi. Biroq AJlari har chorakda va yarim yilda bir marta, agar bu jamiyat ustavida taqiqlanmagan bo‘lsa, joylashtirilgan aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli. Yillik dividendlarni to‘lash sanasi AJ ustavida yoki aksiyadorlar yig‘ilishi qarori bilan belgilanadi.Korxona rahbariyati tomonidan dividendlarni to‘lash e’lon qilinganidan so‘ng, agar ular kelasi yil uchun to‘lanadigan bo‘lsa, joriy majburiyatlar sifatida hisobda aks ettiriladi. AJ quyidagi hollarda dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli emas: 1.Jamiyatning ustav kapitali to‘liq to‘languniga qadar; 2.Agar dividendlarni to‘lash paytida u bankrotlik belgilariga javob bersa yoki jamiyatdadividendlarni to‘lash natijasida bankrotlik alomatlari paydo bo‘lsa; 3.Agar jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav va rezerv kapitali summalaridankam bo‘lsa. Dividendlar, nafaqat, pul mablag‘lari, balki aksiyalar bilan ham to‘lanishi mumkin.Aksiyalar ko‘rinishidagi dividendlar «kapitallashtirish»da taqsimlanmagan foydasifatida ifodalanuvchi, aksiyadorlar uchun qo‘shimcha aksiyalar chiqarishdir. Aksiyalar bilan dividendlar to‘langanida AJning majburiyatlari yoki aktivlarida o‘zgarish yuz bermaydi, chunki dividendlar pul mablag‘lari ko‘rinishida to‘lanadigan holatdagi kabi korxona mablag‘lari taqsimlanmaydi. Ya’ni dividendlar aksiyalar bilan to‘langanida xususiy kapital hajmi o‘zgarmaydi, faqat uning tuzilmasi o‘zgaradi. Bundan tashqari, aksiyalar ko‘rinishida olingan dividendlar jismoniy shaxslarda soliqqa tortishdan ozod qilinadi. Dividendlar, shuningdek natura ko‘rinishida ham berilishi mumkin. Misol. 200 ming so‘mlik summadagi dividendlarni tannarxi 160 ming so‘mga teng bo‘lgan tayyor mahsulot bilan to‘lashga qaror qilindi. Aksiyadorlarga tayyor mahsulot dividend sifatida berilganida ham QQS hisoblanadi. QQS to‘lovchisi bo‘lgan korxona esa mahsulot sotilishi bo‘yicha oborotdan ham QQS hisoblashishi kera. 5. Maqsadli tushumlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi. Maqsadli moliyalashtirish – bu mablag‘larni ularni ajratgan shaxs qanday maqsadlarni ko‘zlagan bo‘lsa, o‘sha maqsadlarda ishlatish uchun olish. Iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra maqsadli moliyalashtirish - bu tadbirkorlik (shuningdektijorat) faoliyatiningturli darajalarida pul mablag‘larini nazorat ostida birtarkibiy birlikdan boshqasiga har qanday o‘tkazish; korxonani rivojlantirishni moliyalashtirish (reklama kampaniyalari, kapital qurilish, faoliyatning yangi yo‘nalishini rivojlantirish, boshqa investitsiyalar); maqsadli tadbirlarni o‘tkazish uchun davlat organlaridan mablag‘lar olish; notijorat tashkilotlariga hissa tariqasida mablag‘lar olish va boshqalar. Maqsadli moliyalashtirish tushunchasi fuqarolik qonunchiligi tizimida muayyan shartnoma turi yoki muayyan moliyalashtirish manbasi turi bilan bog‘liq emas. Maqsadli moliyalashtirish mablag‘larining holati va harakati,shuningdek a’zolik badallari va maqsadli yo‘nalish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan boshqa qaytarilmaydigan mablag‘larning kelib tushishi va sarflanishi to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 8810 – «Grantlar»; 8820 – «Subsidiyalar»; 8830 – «A’zolik badallari»; 8840 – «Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari»; 8890 – «Boshqa maqsadli tushumlar». Maqsadli tushumlar tarkibi: Grantlar Subsidiyalar;A’zolik badallari;Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari;Boshqa maqsadli tushumlar. Maqsadli moliyalashtirish mablag‘lari tarkibi Ushbu maqsadli tushumlarni korxonaning xususiy kapitali sifatida aks ettirish shartlari quyidagilar hisoblanadi: a) mablag‘larning maqsadli yo‘nalish bo‘yicha ishlatilishi; b) mablag‘larni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarning yo‘qligi; s) belgilangan shartlar bajarilganda qaytarib berilmasligi. Grant - davlatlar, davlatlar hukumatlari, xalqaro va xorijiy hukumat tashkilotlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan ro‘yxatga kiritilgan xalqaro va xorijiy nohukumattashkilotlari tomonidan bepullik asosida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan molmulk, shuningdek, bepullik asosida xorijiy fuqarolar va fuqarosi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga beriladigan mol-mulk. Aktivlarga kiritiladigan subsidiyalar - bu uzoq muddatli aktivlarni muayyan qurilish loyihalari uchun sotib olish yoki qurish maqsadida xo‘jalik subyektlari ajratadigan davlat subsidiyalaridir, ishga tushirish yoki xarid qilish muddatlari, ushbu aktivlarning muayyan joylashishi. Daromadga kiritiladigan subsidiyalar - bu aktivlarga kiritiladiganlaridan tashqari, davlatning har qanday boshqa subsidiyalari. Qaytarmaslik asosidagi ssudalar - bu kreditor qaytarishni talab qilmagan holda, muayyan shartlarga rioya qilib beradigan ssudalardir. A’zolik badallarini odatda notijorat tashkilotlar ishlatadi.Notijorat tashkilotlar tomonidan ustav faoliyatining ta’minoti va uni amalga oshirish uchun olingan, belgilangan maqsadga ko‘ra va (yoki) tekin kelib tushgan mablag‘lar daromad deb qaralmaydi va ularga foyda solig‘i solinmaydi126. Boshqa maqsadli tushumlar — maqsadli tadbirlarga sarflanadigan mablag‘lar manbai. Maqsadli tushumlar byudjetdan ajratilgan mablag‘lar, otaonalarning farzandlari maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanganligi uchun to‘lovlari va boshqa manbalar hisobiga tashkil bo‘lishi mumkin. Maqsadli tushumlardan mablag‘lari qat’i belgilangan maqsadlar: bolalar muassasalarini asrash, madaniy muassasalar, bolalar oromgoxlari, kadrlar tayyorlash, xodimlarning malakasini oshirish, qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashish va boshqa tadbirlar uchun foydalanilishi mumkin. http://fayllar.org O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyoti bozor munosabatlarini erkinlashtirish yo‘li orqali rivojlanmoqda. Bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish, davlat mulkini xususiylashtirish jarayonini chuqurlashtirish, mulkchilikning turli - tuman shakllaridagi korxonalarini yaratish hamda sog‘lom raqobatchilikni rivojlantirish asosida amalga oshiriladi. Yirik ijtimoiy ishlab chiqarish yuqori sifatli ishlab chiqarishni va boshqarishni talab qiladigan raqobatsiz rivojlana olmaydi. Korxonalarni boshqarish, uning oldiga qo‘yilgan reja ko‘rsatkichlariga doir vazifalarni bajarish maqsadida xo‘jalik faoliyati ustidan kundalik kuzatib borishni talab qiladi. Bunday kuzatish va boshqarish xo‘jalik hisobi yordamida amalga oshiriladi. Korxona va tashkilotlarning xo‘jalik faoliyati ustidan rahbarlik qilish hamda ishlab chiqarishning borishini boshqarish maqsadida axborotlarni olish uchun faqat kuzatuvni amalga oshirishning o‘zi kifoya qilmaydi. Olingan ma’lumotlarni o‘lchash, ya’ni menejerlarga zarur bo‘lgan ma’lum bir miqdoriy ko‘rsatkichlarda ifodalash lozim bo‘ladi. Undan so‘ng bu ko‘rsatkichlar boshqarishga zarur bo‘lgan yo‘nalishda axborotni guruhlash, korxonalar faoliyatini keyinchalik baholash va axborotning saqlanishini ta’minlash hamda auditni tashkil qilish maqsadida hisobning tegishli registrlarida ro‘yxatga olinishi lozim. 6
SHuni ta’kidlamoqchimizki, xo‘jalik hisobi barcha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish davrida bir xil bo‘lmagan. SHuning uchun ham xo‘jalik hisobi uning oldiga qo‘yilgan talablariga mos shaklda ijtimoiy rivojlanishning har bir bosqichida doimo o‘zgarib borgan. Ishlab chiqarish usuli va boshqarish tizimining o‘zgarishi iqtisodiy hamda siyosiy tuzum o‘zgarishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida, xo‘jalik faoliyati ustidan rahbarlik qilish, uni amalga oshirish, nazorat qilish usullarining o‘zgarishiga, demak, xo‘jalik hisobining ham o‘zgarishiga olib keladi. Ijtimoiy rivojlanishning har bir bosqichida xo‘jalik hisobi o‘z maqsadi, vazifasi, shakllari va tashkiliy xususiyatlariga egadir. Bozor munosabatlari sharoitida u har doim aniq ifodalangan boshqaruv xarakteriga ega. SHunday qilib, kishilik jamiyatining rivojlanishi xo‘jalik hisobining mazmunini aniqlab, uning o‘zgarishiga sharoit yaratib beradi, ya’ni uni u xizmat qilayotgan boshqarish mexanizmining xususiyatlariga bog‘liq holda tarixan shartli qilib qo‘yadi. Xo‘jalik hisobi insoniyat rivojlanishining har bir bosqichidagi xo‘jalik faoliyatini tashkil qilish xususiyatlarini aks ettiradi. Bundan xulosa qilish mumkinki, xo‘jalik hisobi, xo‘jalik operatsiyalarini miqdoriy aks ettirishidan tashqari ularga sifat tavsifini ham beradi. YUqoridagilarni umumlashtirib, xo‘jalik hisobini quyidagicha ta’riflash mumkin: Xo‘jalik hisobi deb xo‘jalik faoliyatining rivojlanish istiqbollarini aniqlash, uni boshqarish va nazorat qilish maqsadida shu jarayonni miqdoriy (qiymat, mehnat) aks ettirish va sifat jihatidan tavsiflashga aytiladi. Xo‘jalik hisobi to‘g‘risidagi umumiy fikrni aniqlashtirish va uning tarixiy xususiyatini yaxshiroq tushunib olish uchun davlat monopoliyasi mulkchiligi va bozor iqtisodiyoti rivojlanishi sharoitidagi uning mazmunini ko‘rib chiqish lozim. Bunda ulardagi amal qilayotgan iqtisodiy qonunlarning xususiyatlaridan kelib chiqish lozim, chunki hisobning o‘ziga xos xususiyatlari mana shu qonunlar bilan 7
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida foyda olish asosiy iqtisodiy maqsad bo‘lib hisoblanadi. Demak, tadbirkorlar tomonidan o‘z korxonalaridan foyda olish bozor iqtisodiyotida xo‘jalik faoliyatining bosh rag‘batini anglatadi. Asosiy iqtisodiy qonun xo‘jalik faoliyatining maqsadini, demak, xo‘jalik hisobining ham maqsadini belgilaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkdorlar xo‘jalik hisobidan maksimal darajada foyda undirish va o‘stirish uchun foydalanadi va bunda mulk egalari uning yordamida qo‘yilgan mablag‘lar va kapitalning yuqori samarali ishlatilishi ustidan kuzatishni amalga oshirishga harakat qilishadi. Bozor iqtisodiyotidagi xo‘jalik hisobining maqsadi foydaning shakllanish jarayoni ustidan kuzatish hisoblanib, uning yordamida tadbirkorlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulot (ish, xizmat)lar sifatini yaxshilash hamda yaratilgan mahsulot tannarxini kamaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish vositalarining katta qismiga ega bo‘lgan tadbirkorlarning manfaatiga rioya qilinadi. Xo‘jalik hisobidan ham xuddi shu yo‘nalishda foydalaniladi. Uning yordamida tadbirkorlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning yangidan - yangi vositalarini topib, amalga oshirilayotgan faoliyatdan eng yuqori yutuqlarga ega bo‘ladilar va ularni olish yo‘llarini aniqlaydilar. SHunday qilib, bozor iqtisodiyotida xo‘jalik hisobidan, asosan tadbirkorlar - mulk egalari manfaati uchun foydalaniladi. SHuni ta’kidlash lozimki, bunda xo‘jalik hisobi tadbirkorlar uchun nafaqat hisobot tuzish uchun qurol bo‘libgina qolmay, u eng avvalo korxona faoliyatining yuqori samaradorlikka erishishi uchun ishab chiqarishni boshqarish quroli sifatida xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik hisobining ko‘rsatkichlari ichki va tashqiga bo‘linib, axborotdan ham tashqi hamda ichki qiziquvchilar-menejerlar tomonidan foydalaniladi. Tabiiyki, xo‘jalik hisobining bu ma’lumotlari mulkchilikning har xil shakldagi hamda sog‘lom raqobatchilikning rivojlanishi sharoitida obektiv ravishda tashqi - e’lon qilinadigan va ichki - tijorat siri 8
Ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik sharoitida mulk egalarining mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqqan ichki rejalashtirish o‘z rivojini topishi kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik hisobi har bir tadbirkor tomonidan o‘zining xohishiga qarab tashkil qilinib, umumbelgilangan talablarga rioya qilish bilan birga boshqarishning ma’muriy - buyruqbozlik tizimiga xos bo‘lgan qat’iy tartibga solingan hisobning o‘rniga davlat tomonidan qo‘yiladigan tartibotini minimumgacha kamaytirib boradi. Xo‘jalik hisobining umumiy uslubiy asoslariga rioya qilish sharoitida, uning nafaqat shakllari va tashkil qilinishi har xil bo‘lmay, hattoki, hisob ko‘rsatkichlarini olish uslubiyati ham har xil bo‘lishi mumkin. Natijada xar xil mulk egalari ixtiyorida bo‘lgan korxonalardagi bir xil turdagi ko‘rsatkichlar har xil yo‘l bilan ishlab chiqilishi mumkin, lekin e’lon qilinadigan hisobotdagi ma’lumotlarning solishtiruvchanligini ta’minlash uchun moliyaviy hisobga ilova qilingan tushuntirish xatida korxona tomonidan qabul qilingan hisob siyosati haqida izohlar keltirilishi kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoiti mulkchilik tuzilishining o‘zgarishi, turli tavakalchilik va noma’lumliklarning yuzaga kelishi, investitsiya, qimmatli qog‘ozlar, o‘z aksiyalarini chiqarish va sotish, valyuta va ko‘chmas mulk muomalalarining vujudga kelishi bilan ifodalanadi. Bunday sharoitda korxona bozor konyukturasini o‘rganadi, o‘z faoliyatini mustaqil rivojlantiradi, iste’molchilarni qidirib topish bilan shug‘ullanadi, tovar, 9
Bunday faktlarni to‘g‘ri hisobga olish va boshqarish, shuningdek, barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun axborotlarni yig‘ish va ishlab chiqishning samarali tizimi zarur. Buxgalteriya hisobida xo‘jalik operatsiyalari o‘lchov obekti bo‘lib hisoblanadi. Ular firmaning moliyaviy ahvoliga ta’sir qiladigan xo‘jalik hayotining hodisalaridir. Operatsiyalar ikki tomonlama bo‘lib, mustaqil sheriklar o‘rtasida qiymatliklarni almashtirishdan yoki bir tomonlama, stanok va asbob-uskunalarning eskirishi, foizlar bo‘yicha summalarning doimiy jamg‘arilishi va boshqalardan iborat bo‘lishi mumkin. Xo‘jalik hisobi tomonidan qamrab olinadigan obektlar raqam ko‘rsatkichlari vositasida aks ettiriladi. Ularni olish uchun xo‘jalik hisobida moddiy, mehnat va qiymat o‘lchovlari qo‘llaniladi. Moddiy o‘lchov ma’lumotlarni sanash, tortish, o‘lchash yo‘li bilan olish uchun xizmat qiladi. Bu uzunlik (metr, santimetr, millimetr), og‘irlik (gramm, kilogramm, tonna), hajm (kvadrat metr, litr, kubometr) va boshqa o‘lchamlardir. Ulardan qaysi birini tanlash hisobga olinadigan obektlarning xususiyatiga bog‘liq. Moddiy o‘lchovlardan asosan tovar moddiy qiymatliklarning miqdorini hisobga olishda foydalaniladi. Ular zaxiralar darajasining eng muvofiqligi va moddiy resurslarning but saqlanishi ustidan nazorat qilishda alohida ahamiyat kasb etadi. Materiallarning har xil navlarini va nomlari bo‘yicha hisobga olishda ulardan foydalanish nafaqat miqdoriy ko‘rsatkichlarini bera qolmay, shu qiymatliklarning sifat tavsifini ham beradi. Lekin ulardan faqat bir turdagi buyumlarni hisobga olish uchun foydalanish mumkin. Turli xil bo‘lgan predmetlarning natura ko‘rsatkichlarini jamlash mumkin emas. Download 31.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling