Investitsiya faoliyatida kapital qurilish Reja: Kapital qurilish va kapital qo’yilmalar. «Qurilish industriya»si tushunchasi
Download 19.94 Kb.
|
Investitsiya fanidan MI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Qurilishning tashkiliy shakllari. Kapital qurilishda loyihalashtirish . 4. Kapital qurilishda tanlovni tashkil etish. Kapital qurilishda tenderlar
Investitsiya faoliyatida kapital qurilish Reja: 1. Kapital qurilish va kapital qo’yilmalar. «Qurilish industriya»si tushunchasi. 2. Mamlakat iqtisodiyoti uchun qurilish muddatini qisqartirishning ahamiyati. Qurilishning uch bosqichi: tayyorgarlik bosqichi, qurilish bosqichi, qurilish mahsuloti realizatsiyasi. Qurilish ishlab chiqarishining davomiyligi. 3. Qurilishning tashkiliy shakllari. Kapital qurilishda loyihalashtirish . 4. Kapital qurilishda tanlovni tashkil etish. Kapital qurilishda tenderlar 1. Kapital qurilish va kapital qo’yilmalar. «Qurilish industriya»si tushunchasi . Kapital qurilish va kapital qo’yilma tushunchalari bir-biri bilan o’zaro chambarchas bog’liq tushunchalardir. Kapital qurilish – asosiy fondlarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning shakllaridan biri. Kapital qo’yilmalar kapital qurilishni amalga oshirishning moliyaviy manbasi hisoblanadi. Mohiyat jihatidan yangi qurilish, kengaytirish, ta’mirlash, texnik qayta qurollantirish va amaldagi ob’ektlarni modernizatsiya qilish yo’li bilan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy fondlarini barpo etish jarayoni kapital qurilishni anglatadi. Uning yordamida jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirgan asosiy fondlar yangilanadi. Kapital qurilish asosiy fondlarni barpo etishning barcha bosqichlarini (ob’ektni loyihalashtirishdan boshlab to uni ishga tushirishgacha bo’lgan jarayonni) qamrab oladi. Uning asosiy hal qiluvchi bosqichi qurilish- montaj ishlarini bajarish hamda qurilayotgan ob’ektning ishga tushirilishini ta’minlash hisoblanadi. Ushbu bosqich moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmog’i bo’lgan «qurilish industriyasi» bilan amalga oshiriladi. «Kapital qurilish» tushunchasi adabiyotlarda va amaliyotda ikki xil tarzda talqin qilinadi: – moddiy ishlab chiqarishning tarmog’i sifatida; – ishlab chiqarish faoliyatining turi sifatida. Tarmoq sifatida kapital qurilish quyidagi asosiy belgilari bo’yicha xarakterlanadi: aniq maqsadga yo’naltirilgan mahsulot ishlab chiqarish; texnologik jarayonlarning umumiyligi; malakali mutaxassislarning mavjudligi. Ishlab chiqarish faoliyatining turi sifatida kapital qurilish quyidagi kompleks ishlarni bajarishi asosida korxonalar bino va inshootlarini barpo etishni (yaratishni) tavsiflaydi: qurilishni amalga oshirish uchun uskunalar montaji; loyiha-qidiruv ishlari; qurilish maydonini tayyorlash; sanitar-texnik qurilmalarni (kanalizatsiya, suv o’tkazgichlar va h.k.) barpo etish va boshq. Qurilish mahsuloti hisoblangan binolar, inshootlar va boshqa ob’ektlar ko’p qirrali, konstruktsiyasi murakkab bo’lgan ob’ektlar hisoblanadi. Bu qurilish ishlarini ishlab chiqarishning xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Qurilishning asosiy xususiyati uning industrlashganligi bilan belgilanadi. Qurilishni industrlashtirish qurilish tarmog’ida ilmiy-texnik taraqqiyotning asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Qurilish industriyasi deganda sanoat ishlab chiqarish bloklari va konstruktsiyalar holatidan kelib chiqib, qurilish ishlab chiqarishini bino va inshootlarni montaj qilish va yig’ish jarayonini mexanizatsiyalashtirishga aylantirish tushuniladi. Qurilishni industrlashtirish qurilish ishlarining texnologiyasi bo’yicha keng ko’lamdagi o’zgarishlarni olib kiradi. Qurilishni industrlashtirishning asosiy elementlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: yig’ma qurilishni rivojlantirish; qurilish-montaj ishlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish; qurilish ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish. Kapital qurilish ko’p aloqalarni xarakterlaydigan murakkab jarayondir. Uning asosiy xususiyati: ob’ektlarni qurishning texnik va tashkiliy jihatdan murakkabligi; moddiy, mehnat va pul resurslari xarajatlarining ko’pligi, ishlab chiqarish tsiklining davomiyligidir. Kapital qurilishning asosiy vazifasi ijtimoiy-madaniy ahamiyatga doir ob’ektlar, uy-joy, bino va inshootlarni zamonaviy texnik asosda qurish, mamlakatning ishlab chiqarish salohiyatini oshirishdan iboratdir. Aholi farovonligining oshishi, moddiy ishlab chiqarish barcha tarmoqlarining yanada rivojlanishi kapital qurilishning hajmi va samaradorligiga bog’liq bo’ladi. Kapital qurilish o’z vazifasini bajara turib, investitsiya jarayonlarida muhim rol o’ynaydi. Investitsiya jarayonlarida kapital qurilishning o’rni va ahamiyatini aniqlash uchun kapital qo’yilmalarning texnologik tarkibiga murojaat qilish zarur bo’ladi. Ma’lumki, yangi korxonalarni barpo etish, mavjud ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ob’ektlarini texnik jihatdan qayta qurollantirish bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy, iqtisodiy, moddiy va mehnat xarajatlari yig’indisi kapital qo’yilmalarni anglatib, o’z navbatida, kapital qo’yilmalar iqtisodiy jihatdan kapital investitsiyalarni anglatadi, ular deyarli bir mazmunni bildiradi. Ular mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish sohasida kiritiladigan investitsiyalarni – qo’yilmalarni – xarajatlar majmuasini anglatadi. Iqtisodiy adabiyotlarda kapital qo’yilmalarning mohiyatiga quyidagicha ta’riflar berilgan: «kapital qo’yilmalar – bu asosiy kapitalga yo’naltirilgan real investitsiyalarni (qo’yilmalarni), shu jumladan, yangi qurilish, faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni texnik qayta qurollantirish, ta’mirlash, kengaytirish, mashina va uskunalar sotib olish, loyiha- qidiruv ishlari, shuningdek, uy-joy hamda madaniy-maishiy qurilishlarni amalga oshirishga yo’naltirilgan xarajatlardir» 1 . Statistik hisobotlarda va iqtisodiy tahlil jarayonlarida bunday investitsiyalar kapital hosil qiluvchi investitsiyalar, deb ham nomlanadi. Iqtisodiy mazmuniga ko’ra, kapital qo’yilmalar asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishga yo’naltirilgan qo’yilmalarni anglatadi. Umuman olganda, kapital qo’yilmalar aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish uchun mo’ljallangan hamda asosiy fondlarni barpo etish va yangilash bilan bog’liq bo’lgan jami xarajatlarni aks ettiradi. Asosiy vositalar va boshqa uzoq muddat foydalaniladigan aktivlarni sotib olish, qurish bilan bog’liq xarajatlar kapital sarflar yoki kapital qo’yilmalar deyiladi. Kapital qo’yilmalar bilan xarajatlarni bir-biridan farqlay bilish kerak. Xarajat, albatta, shu davrda daromad keltirishi kerak. Kapital qo’yilma bir necha yillardan keyin daromad keltira boshlaydi. 2. Mamlakat iqtisodiyoti uchun qurilish muddatini qisqartirishning ahamiyati. Qurilishning uch bosqichi: tayyorgarlik bosqichi, qurilish bosqichi, qurilish mahsuloti realizatsiyasi. Qurilish ishlab chiqarishining davomiyligi Kapital qurilishda qurilish muddatlarini qisqartirish katta iqtisodiy ahamiyatga ega, chunki u kapital qo’yilmalarning tezroq qoplanishini ta’minlaydi. Masalan, qurilayotgan ob’ekt qandaydir mahsulot ishlab chiqarishga mo’ljallangan bo’lsa, bunda qurilish muddatini qisqartirish evaziga qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarish, qurilish muddati tugagandan so’ng qo’shimcha foyda olish imkoniyati bo’ladi. Kapital qurilish jarayonida uch bosqich ajratiladi. Uni quyidagi rasm orqali ifodalaymiz: . Tayyorgarlik bosqichi : qurilish maydonini tanlash va ob’ektni loyihalashtirish (texnik- iqtisodiy tadqiqotlar) Qurilish bosqichi: q urilishni amalga oshirish Qurilish mahsuloti realizatsiyasi: q urilish ob’ektini foydalanishga (ekspluatatsiyaga) topshirishKapital qurilish bosqichlari 1- rasm. Kapital qurilishning bosqichlari Qurilish maydonini tanlash va ob’ektni loyihalashtirish quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi: qurilayotgan ob’ektning maqsadga muvofiqligi yuzasidan texnik-iqtisodiy tadqiqotlar olib borish; ob’ektni loyihalashtirish va qurilish uchun texnik-muhandislik ishlariga tayyorgarlik ko’rish. Har bir yo’nalish o’zining maqsad va vazifalariga ega. Texnik-iqtisodiy tadqiqotlar jarayonida kelgusi ob’ektning (qurilishi mo’ljallangan ob’ektning) asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari aniqlanadi va qurilishni amalga oshirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi baholanadi. Loyihalashtirish bosqichida ob’ektning konstruktiv echimlari, qurilishni tashkil etishning usullari va ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqiladi. Shuningdek, qurilishning smeta qiymati aniqlanadi. Unday keyin qurilish uchun texnik-muhandislik tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi. Qurilishni amalga oshirish bosqichida qurilish maydonida qurilish jarayonining barcha texnologik elementlari qo’shiladi. Bunda qurilish ishlab chiqarishidagi jami xarajatlar, bino va inshootlarning moddiy-mulkiy elementlari bo’yicha xarajatlari shakllantiriladi. Qurilish ob’ektini foydalanishga (ekspluatatsiyaga) topshirish bosqichida qurilib bitkazilgan ob’ektlar ishga tushiriladi va tayyor mahsulot sifatida buyurtmachiga topshiriladi. Takror ishlab chiqarishning uch bosqichi kapital qo’yilmalar aylanishining uch bosqichiga muvofiq keladi: 1) qurilish – asosiy fondlarni barpo etish shakli sifatida; 2) qurilish mahsulotining asosiy fondlarga aylanishi shakli sifatida; 3) pul mablag’larini mahsulotga aylantirish maqsadida takror ishlab chiqarishning navbatdagi bosqichiga tayyorgarlik ko’rish. Qurilish ishlab chiqarishining barcha elementlarining o’zaro aloqadorligini yaxshilash uchun qurilish mahsulotini barpo etish texnologiyasi (mehnat predmetlarining (beton, g’isht, temir, tosh va boshq.) sifat o’zgarishlari bilan tavsiflanuvchi qurilish jarayonlarini olib borishning usullari va vositalari) ishlab chiqiladi. Qurilish jarayoni qurilish maydonida amalga oshiriluvchi asosiy, qo’shimcha va xizmat qiluvchi texnologik operatsiyalarning jami o’zaro aloqalarini anglatadi, o’zaro aloqalar natijasida qurilish mahsuloti yaratiladi. Ishlab chiqarish ob’ekti qurilishining davomiylik tsikli qurilish maydonini rejalashtirishdan boshlab to uni ishga tushirishgacha (ekspluatatsiya) bo’lgan oraliq vaqtni (davrni) ifodalaydi. Kapital qurilish tizimida investitsiya jarayonlarining asosiy qatnashchilari sifatida investorlar, buyurtmachilar, quruvchilar, pudratchilar, loyihalashtiruvchilar ishtirok etadi. Investor – o’z mablag’larini, qarzga olingan va jalb etilgan mablag’larni, mulkiy boyliklarni va ularga doir huquqlarni, shuningdek, intellektual mulkka doir huquqlarni investitsiya faoliyati ob’ektlariga investitsiyalashni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati sub’ekti hisoblanadi. Investor huquqiy jihatdan investitsiya natijalariga o’zi egalik qiladi. U kapital qo’yilmalarni joylashtirish sohalarini o’zi tanlaydi, qurilayotgan ob’ekt uchun shartnoma shartlarini ishlab chiqadi, investitsiya jarayoni qatnashchilari bilan moliya-kredit munosabatlarini amalga oshiradi. Buyurtmachi – ob’ekt qurilishi bo’yicha boshqaruvni va tashkiliy masalalarni (texnik-iqtisodiy asosnomani ishlab chiqishdan to ob’ektni ishga tushirishgacha yoki ekspluatatsiyaga topshirishgacha) zimmasiga oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxslardir. 3. Qurilishning tashkiliy shakllari. Kapital qurilishda loyihalashtirish Kapital qurilishda, odatda, qurilish ikki usulda olib boriladi: xo’jalik va pudrat usuli, shu jumladan, qurilish ob’ektini «tayyor holda topshirish» usuli. Xo’jalik usulida qurilish ob’ekti investorning yoki buyurtmachining o’z kuchlari yordamida amalga oshiriladi. Mazkur usul, odatda, faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni kengaytirish va ta’mirlashda, faoliyat yuritayotgan korxona hududida kichik ob’ektlarni qurishda qo’llaniladi. Ko’lami jihatidan kichik bo’lgan ishlar turli malakaga ega bo’lgan ishchilar tomonidan bajariladi. Xo’jalik usulida, ko’p hollarda, ishchilarning malakasi nisbatan past, yuqori ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo’lgan maxsus texnikalar bilan ta’minlanish darajasi ham past va mehnat unumdorligi yuqori bo’lmaydi. Bularning barchasi qurilishni industrlashtirish, yuqori malakali qurilish jamoasini shakllantirish imkonini bermaydi. Biroq, bu usulning o’ziga xos afzalligi mavjud - turli xil kelishuvlar bo’yicha (masalan, pudrat qurilish tashkilotlarini jalb qilish va h.k.) vaqtning tejalishi va boshqalar. Xo’jalik usulida – ob’ektlar qurilishi yoki qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish ishlari xo’jalik sub’ektlarining – korxonalar, tashkilotlar, institutlar va shu kabilarning kuch va mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi. Korxonalarni qayta ta’mirlash va kengaytirish, kichikroq qurilish ob’ektlari va hududlarni obodonlashtirish, ta’mirlash ishlari, ko’pincha, shu usulda olib boriladi. Pudrat usulida qurilish ob’ekti doimo faoliyat ko’rsatuvchi maxsus qurilish tashkilotlari tomonidan buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomalar asosida olib boriladi. Ushbu tashkilotlarning o’z moddiy-texnik bazasi, mexanizatsiya vositalari va transportlari, maxsus ixtisoslikka ega bo’lgan kadrlari mavjud bo’ladi. Pudrat usuli qurilishning butun davriga (qurilish to’liq tugallangunga qadar) buyurtmachi va pudratchi (bosh pudratchi) bilan shartnoma tuzishni nazarda tutadi. Mazkur shartnoma Bosh shartnoma deb ataladi. Qurilish jarayoni qatnashchilarining o’zaro munosabatlari ushbu shartnoma va respublika hukumatining tegishli qarorlari, vazirlik va idoralarning tegishli qoidalari, tartiblari bilan tartibga solinadi. Bosh pudrat shartnomasida tomonlarning (buyurtmasi va pudratchining) huquq va majburiyatlari, javobgarligi, qurilishni amalga oshirish tartibi, moddiy-texnik resurslar ta’minoti kabilar belgilab olinadi. Qurilishning pudrat shartnomasi korxonani, binoni (jumladan, uy-joy binosini), inshootni yoki boshqa ob’ektni qurish yohud qayta qurish haqida, shuningdek, montaj, sozlash, ishga tushirish va qurilayotgan ob’ekt bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa ishlarni bajarish haqida tuziladi. Qurilishning pudrat shartnomasi to’g’risidagi qoidalar, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, bino va inshootlarni kapital ta’mirlash ishlariga nisbatan ham tatbiq etiladi. Qurilishning pudrat shartnomasida nazarda tutilgan hollarda ob’ektni buyurtmachi qabul qilib olganidan keyin uni shartnomada ko’rsatilgan muddatda ishlatishni ta’minlash majburiyatini pudratchi o’z zimmasiga oladi. Tugallanmagan qurilishning mulkdori u buyurtmachiga topshirilguncha va uning haqi to’languncha pudratchi hisoblanadi. Agar pudrat ob’ekti nobud bo’lsa yoki shikastlansa, ob’ekt qabul qilib olingunga qadar uning tasodifan nobud bo’lish yoki tasodifan shikastlanish xavfi pudratchi zimmasida bo’ladi. Bajarilayotgan ishlarning xavfsizligi uchun pudratchi javobgar bo’ladi. Agar shartnomada taraflar boshqacha tartib va shartlarni belgilab qo’ygan bo’lmasalar, shartnomada nazarda tutilgan ob’ektni yoki ishlar majmuini pudratchi o’z hisobidan sug’urtalashi shart. Kapital qurilishda loyihalashtirish qurilishga tayyorgarlik ko’rish bosqichi hisoblanadi. Qandaydir ob’ektni (korxona, bino, inshoot) qurish uchun, eng avvalo, uni loyihalashtirish zarur bo’ladi. Ob’ektlarni loyihalashtirish jarayoni, qoida tariqasida, 3 bosqichga bo’linadi. Ob’ektlarni loyihalashtirish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Loyihalashtirishni tashkil etishning taxminiy sxemasini 6.1-jadval asosida ifodalash mumkin. 1-jadval Loyihalashtirish ishlarini bosqichlar bo’yicha tashkil etish 3.2. Loyihani tasdiqlash Loyihani ishlab chiqish tartibi bo’yicha yo’riqnoma Loyihaviy tashkilot, tegishli muassasa tomonidan loyihaning tasdiqlanishi Amaldagi qonunchilikka ko’ra, qurilishning amalga oshirilishi tegishli tartibda tasdiqlangan loyihaviy hujjatlarsiz ta’qiqlanadi. Kapital qurilishni loyihalashtirishda loyiha oldi hujjatlari, loyiha hujjatlari,
Amaldagi qonunchilikka ko’ra, qurilishning amalga oshirilishi tegishli tartibda tasdiqlangan loyihaviy hujjatlarsiz ta’qiqlanadi. Kapital qurilishni loyihalashtirishda loyiha oldi hujjatlari, loyiha hujjatlari, dastlabki TIA yoki dastlabki texnik-iqtisodiy hisoblash, yakuniy TIA yoki texnik- iqtisodiy hisoblash, ishchi loyiha, smeta, ish hujjatlari, loyihalovchi, etkazib beruvchi (ishlab chiqaruvchi), qurilishlarning aniq ro’yxati, qurilishlarning titul ro’yxati, mablag’ bilan ta’minlovchi organ, ijro hujjatlari, qurilish maydoni, vaqtinchalik inshootlar, biriktiriladigan ishlar, shartnoma narxini bo’lib chiqish kabi tushunchalar qo’llaniladi. Shuni ta’kidlash joizki, kapital qurilishda loyihalashtirishning markaziy qismini loyihaning TIA egallaydi. Taniqli xorijlik iqtisodchi-olimlardan V.Berens, P.Xavraneklar fikricha: «texnik-iqtisodiy asoslash – bu salohiyatli investorlar, loyiha quruvchilari va moliyachilarni investitsiyalash va moliyalash usullari bo’yicha qaror qabul qilish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar bilan ta’minlovchi vosita». 2-rasm. Investitsiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslash bosqichlarining o’zaro bog’liqligi Xulosa qilib aytganda, birinchidan, l oyihani TIA uning samaradorligi va afzalligini ta ’ minlash uchun olib borilgan izlanishlar natijasida olingan tahliliy ma ’ lumotlarni , baholash va hisob - smeta ko ’ rsatkichlarini , texnik va tashkiliy qarorlarni o ’ zida mujassam etuvchi hisob - analitik hujjatlar to ’ plami hisoblanadi . 4. Kapital qurilishda tanlovni tashkil etish. Kapital qurilishda tenderlar Tanlovlar – iqtisodiyotda nisbatan yangi hodisa bo’lib, bunda buyurtmachi biror ob’ektni qurish yoki loyihalash, asbob-uskunalar etkazib berish bo’yicha tanlov e’lon qilayotganligini ochiq yoki yopiq shaklda xabardor qiladi va xohlovchilarni shu tanlovda ishtirok etishga taklif qiladi. Bunda maxsus hujjat tayyorlanadi va unda tanlovning asosiy g’oyasi, uning tijoriy va boshqa shartlari ko’rsatiladi. Bunday hujjatlar majmuasi «tender» deb ataladi. O’zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilish, shuningdek, ilgari to’xtatib qo’yilgan ob’ektlar qurilishini davom ettirish bilan bog’liq ishlar va xizmatlarning butun kompleksini bajarish, tovarlar xarid qilish, asbob-uskunalar sotib olish Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 3 iyuldagi 302-sonli qaroriga asosan tanlov savdolari (tenderlar) orqali amalga oshiriladi. Uni tashkil etish va o’tkazish tartibi va shartlarini ushbu qarorda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari to’g’risida»gi Nizom belgilaydi. Investor, buyurtmachi, tanlov savdolari tashkilotchisi, tanlov komissiyasi va oferentlar tanlov savdolarining asosiy qatnashchilari hisoblanadi. Tanlov savdolari quyidagilarga bo’linadi: – ochiq tanlov savdolari – oferentlar soni cheklanmaydi; Moliyaviy ta h lil, moliyalash manbalarini tanlash va investitsiyalarni baholash. – yopiq tanlov savdolari – oferentlar soni cheklanadi. Yopiq tanlov savdolari o’tkazish to’g’risidagi qaror Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Ochiq yoki yopiq tanlov savdolari talabgorning malakasi oldindan aniqlangan holda yoki aniqlanmasdan yohud ikki bosqichli bo’lishi mumkin. Talabgorning malakasini oldindan aniqlash tanlov savdolarining birinchi turi, tanlov savdolarining g’olibini aniqlash – uning ikkinchi turi hisoblanadi. Talabgorning malakasi oldindan aniqlanadigan ochiq yoki yopiq tanlov savdolarini o’tkazishda talabgorlarning umumiy ro’yxati tuziladi, talabgorning malakasi oldindan aniqlanadi va malakasi oldindan aniqlangan talabgorlar o’rtasida tanlov savdolari o’tkaziladi. Ikki bosqichli tanlov savdolari: – buyurtmachi tanlov savdolari predmetining aniq tavsifini va o’ziga xosligini shakllantirish imkoniyatiga ega bo’lmagan; – shartnomada ishlarni ularning rentabelligini ta’minlash uchun etarli bo’lgan yoki tadqiq etish yoki ishlab chiqishga sarflangan xarajatlar qoplanishini ta’minlaydigan hajmlarda bajarish nazarda tutilgan hollardan tashqari, buyurtmachi ilmiy-tadqiqotlar, eksperimentlar o’tkazishga, qidiruvlar yoki ishlanmalar yuzasidan shartnoma tuzish niyatida bo’lgan hollarda o’tkaziladi. Ikki bosqichli tanlov savdolari quyidagi tartibda o’tkaziladi: – birinchi bosqichda kontseptual qaror va texnik, tijorat jihatidan aniqlanishi va tuzatilishi kerak bo’lgan, tanlov hujjatlarida ko’rsatilgan shartlar asosida ishlab chiqilgan oferta bahosi ko’rsatilmagan holda taqdim etiladi. Tanlov savdolari predmeti parametrlari bo’yicha oferent bilan muzokaralar olib borilishiga yo’l qo’yiladi. Ofertalarning umumiy sonidan tanlov savdolarining ikkinchi bosqichida qatnashishga yo’l qo’yiladigan ofertalar tanlab olinadi; – ikkinchi bosqichda tanlov savdolari predmetining aniqlashtirilgan parametrlari hisobga olingan, bahosi majburiy tartibda ko’rsatilgan holda ofertalari tanlov savdolarining ikkinchi bosqichiga o’tgan qatnashchilarning takliflari va buyurtmalari berilgan holda tanlov hujjatlariga tuzatish kiritiladi. Download 19.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling