1. Ishlab chiqarish korxonalarini konsentratsiyalash. Ishlab chiqarish korxonalarining ixtisoslashuvi va kooperatsiyasi


Download 33.72 Kb.
bet1/7
Sana05.04.2023
Hajmi33.72 Kb.
#1275002
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
behruz


Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish

Reja

1. Ishlab chiqarish korxonalarini konsentratsiyalash.
2. Ishlab chiqarish korxonalarining ixtisoslashuvi va kooperatsiyasi.
3. Boshqaruv jarayoni mazmuni va maqsadlari
4. Mulk shakllari. O`zbekistonda mulkiy islohotning yo`nalishi
5. Xo`jalik yuritish shakllari, ularning umumiyligi va farqli xususiyatlari.

Korxonalarni yiriklashuvi - yirik korxonalarda ishlab chiqarishni jamlanishi


hisoblanib, u mehnat qurollarini ilmiy texnik taraqqiyoti va ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarning o’sishi orqali aniqlanadi. Ishlab chiqarishning o’ta yiriklashuvi ham o’z vaqtida kutilgan natijani bermasligi mumkin. Shuning uchun sanoatning har bir tarmog’idagi korxonalar ishlab chiqarish hajmi, xom ashyoni yetkazib kelish va tayyor mahsulotni tashish bo’yicha optimal miqdorni belgilab oladi. Ishlab chiqarishning optimal miqdori deganda, belgilangan muddatda kam xarajat qilgan holda yuqori samaraga erishib shartnoma shartlarini bajarilishi tushuniladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik va o’rta korxonalar nisbatan yuqori suratlar bilan rivojlanadi. Yiriklari esa asosan tabaqalashadi. Kichik va o’rta korxonalar ishlab
chiqarishni yangi mahsulotlar bo’yicha qayta ko’rishga, qo’shimcha ish o’rinlari
ochishga hamda bandlik masalasini hal etishga yaxshi moslashgan bo’ladi.
Korxonalarni yiriklashtirishni quyidagi har xil shakllar orqali rivojlantirish mumkin:
Ishlab chiqarish korxonalarini yiriklashga quyidagi yo’llar orqali erishish
mumkin:
oldindan mavjud bo’lgan mashina, texnologiya, texnik liniyalalarni
ko’paytirish orqali;
katta quvvatga ega bo’lgan mashina va uskunalarni qo’llash orqali;
ishlab chiqarish korxonalarni yangi zamonaviy uslubdagi mashina,
uskunalar bilan qurollantirish orqali;
o’zaro bog’liq korxonalarini kombinatsiyalash orqali;
Iqtisodiy nuqtai nazardan ishlab chiqarishni yiriklashtirishning eng maqsadli
yo’li bu korxonaga katta quvvatdagi yangi mashina va uskunalarni jalb qilishdir.
Korporatsiya darajasini tahlil qilganda absolyut va nisbiy ko’rsatkichlar tahlil
qilinadi. Ishlab chiqarish korxonalarining kengaytirishning alohida o’lchami bilan
harakterlanadi, uning darajasi esa quyidagi ko’rsatkichlar orqali aniqlanadi:
mahsulot ishlab chiqarish hajmi, o’rtacha yillik asosiy ishlab chiqarish fondlari,
ishlovchilarning o’rtacha yillik soni. Bo’lardan eng faoli mahsulot ishlab chiqarish
hajmidir.
Nisbiy kengaytirish har xil o’lchamdagi korxonalar o’rtasida ishlab
chiqarilgan mahsulot hajmining taqsimoti bilan harakterlanadi. Shuning uchun
nisbiy kengaytirish darajasi esa shu yildagi ko’rsatkichlar orqali aniqlanadi. Butun
bir korxonada qandaydir mahsulot ishlab chiqarish hajmida korxonaning miqdori,
bozorda mahsulotlarni sotilishidan korxonaning haqi va hokazolar.
Korxonalarni yiriklashuvini xarakterlovchi ko’rsatkichlar:
Хodimlarning o’rtacha yillik soni;
Asosiy fondlarni o’rtacha yillik qiymati;
Тarmoqdagi korxonalarning o’rtacha miqdori.
Korxonalarni ixtisoslashuvi deb, bir turdagi ishlab chiqarishni o’zida
mujassamlashtirgan korxonalar yig’indisiga aytiladi. Korxona ixtisoslashuvining
uch shakli mavjud: predmet, detal va texnologik.
Ishlab chiqarishni tashkil etish va ijtimoiy mehnatning shakli bu ishlab
chiqarish korxonasining ixtisoslashuvidir.
Sanoatda ixtisoslashuvning quyidagi shakllari mavjud:

Download 33.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling