1. Ishlab chiqarish korxonalarini konsentratsiyalash. Ishlab chiqarish korxonalarining ixtisoslashuvi va kooperatsiyasi


Download 33.72 Kb.
bet4/7
Sana05.04.2023
Hajmi33.72 Kb.
#1275002
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
behruz

Mulk ob'ekti - mulkiy munosabatlarning passiv tomoni bo`lib, tabiat predmetlari, moddalar, energiya, ma'lumot butunlay yoki qisman mulkdorga tegishli bo`ladi. Umuman mulk ob'ekti bo`lib, mulkdor, mulk sub'ekti egalik qiladigan hamma narsa hisoblanadi.

Muhimi shundaki, mulk bir vaqtning o`zida ham iqtisodiy, ham huquqiy tushunchadir.

Mulkning iqtisodiy tomoni shundan iboratki, xo`jalik yuritishning usullari, mulk ob'ektlaridan iqtisodiy maqsadlarga foydalanish, mulk ob'ektini samarali, foydali, tejamli qo`llash, uni saqlash, ko`paytirish haqida mulk sub'ektining g`amxo`rlik qilishi ko`p jihatdan mulkning shakli va munosabatlariga bog`liq bo`ladi.

Mulkning huquqiy tomoni mulk sub'ektida shu mulkka egalik qilish, boshqarish va ulardan o`z hohishicha foydalanish imkoniyatlarini kafolatlovchi muayyan huquqiy imkoniyatlarning mavjudligi ko`rinadi.

Mulk huquqi mulkni boshqa shaxslarning tajovuz qilishidan saqlaydi, mulkni taqsimlash, bo`lib olish, bir ob'ektga bir necha kishi egalik qilish hollarida paydo bo`ladigan munosabatlarni tartibga solib turadi.

Tabiiy savol tug`iladi: «Deyarli barcha olam mulkining qaysidir belgilarga qismlarga ajratilgani, yaxshimi yoki yomonmi?». Bu ham yaxshi, ham yomon, yaxshi tomoni shundaki, narsa ular haqida g`amxo`rlik qilishi, ularni saqlashi, extiyotlashi, oqilona foydalanishi kerak bo`lgan xo`jayinga ega bo`ladi, buning yomon tomoni esa mulkka egalik qilish uchun tortishuvlar, janjallar, hatto urushlar ro`y beradi. Bundan tashqari odamda yoqimsiz yulg`ichlik hissiyoti, mulkni «o`z tomoniga og`dirishga» intilish paydo bo`ladi. Biroq mulksiz amalda iqtisodiyotni tashkil etish, tartib o`rnatish, iqtisodiy munosabatlarni boshqarish mumkin emas.

Umuman olganda boshqaruvchi mulkdor mulk ob'ektini boshqarish huquqini mulk egasidan olishi kerak, lekin bu qoida doim ham bajarilavermaydi: ba'zi hollarda boshqaruvchi mulkdor mulk egasining o`rnini vaqtincha egallaydi va go`yo uning nomidan harakatlanadi. Masalan, juda ko`p hollarda davlat organlari xalqdan vakolat olmagan holda umumxalq mulkini boshqaradilar.

Foydalanish mulk ob'ektini belgilangan maqsadga foydalanuvchining ixtiyoriy va hohishicha mos ravishda qo`llashni anglatadi. Agar mulkdor foydalanuvchi uning egasi yoki mulk ob'ektini boshqaruvchi bo`lmasa u foydalanishni faqat mulkning egasi qo`ygan shartlarga mos holda amalga oshirilishi lozim. Masalan, siz mehmonga kelgach, stul yoki divanga o`tirishga taklif qilishlarini kutib turasiz.

Shunga o`xshash, begona narsalardan foydalanish uchun, uning egasi ruxsat berishini so`rash kerak bo`ladi. Shu bilan bir vaqtda, masalan, tokar stanokdan foydalanishi uchun mulkni boshqaruvchisi sifatida ishtirok etayotgan ustaning ko`rsatmasini kutadi.

Egalik qilish, boshqarish, foydalanish bilan bir qatorda mulk munosabatlariga mulk ob'ektini saqlash va oqilona qo`llash uchun javobgarlikni ham kiritish kerak.

Boshqaruvchi - mulk egasi oldida, foydalanuvchi esa boshqaruvchi yoki mulk ob'ekti egasi oldida javobgar bo`lishi kerak.

Mulk munosabatlari avval aytib o`tganimizdek, faqat odamlar va mulk ob'ekti orasidagi munosabat bo`lmasdan, balki predmetga mulkchilik tufayli bo`linadigan odamlar orasidagi munosabat hamdir. Bunday munosabatlarning ikki turi mavjud.

Birinchi turi - mulkchilikning birgalikda kuchga kirishi tufayli paydo bo`lgan yangi yaratilgan mulkni taqsimlashdir. Mahsulotning o`zi taqsimlanadimi yoki uning qiymatimi yoki unga olingan pulmi - bulardan qat'iy nazar hamma hollarda mahsulotning qismlarini mulkdorlarga berkitish yuz beradi. Natijada, yangi yaratilgan mahsulot qismiga da'vogarlik qiluvchi hamma shaxslar mulk sababli o`zaro munosabatga kirishadilar. Munosabatlarning ikkinchi turi allaqachon mavjud bo`lgan mulkni qayta taqsimlash, mulkdorni almashtirish tufayli vujudga keladi. Masalan, mulk ob'ekti meros qoldirilishi, sovg`a qilinishi, xaridorga sotilishi, boshqaruvchining hohishi bo`lgan qayta taqsimlanishi mumkin. Bunda ko`pincha mulk shakli ham o`zgaradi. Oldingi va bo`lajak mulkdorlar orasidagi munosabat bu holda mulk munosabatlaridir.



Download 33.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling