7-Mavzu: O‘zbekona mehmon kutish va mehmonga borish odobi. Reja: Mehmon va uning milliy psixologik mohiyati


Download 18.65 Kb.
Sana24.09.2023
Hajmi18.65 Kb.
#1687077
Bog'liq
mustaqil ish


7-Mavzu: O‘zbekona mehmon kutish va mehmonga borish odobi.
Reja:

  1. Mehmon va uning milliy psixologik mohiyati.

  2. O‘zbekona mehmon kutish odobi v aunga amal qilish qoidalari.

  3. Mehmonga borish bilan bog‘liq axloq-odob meyorlari va unga amal qilish qoidalari.

Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga o‘zbekona mehmon kutish va mehmonga borish odobi haqida ma’lumotlar berish.

O‘zbek xalqning eng yaxshi insoniy fazilatlaridan biri yori-birodarlari, qarindosh –urug‘i va do‘stlarinikaga tez-tez borish-kelish qilib turishidir. O‘z uyiga har bir mehmonni mezbonlar ochiq ko‘ngil bilan ktuib olishlari ham bir fazilatdir. Mehmondorchilikning vaqti soati mehmonning xohish ixtiyori va mezbonning izzat-ikromi bilan belgilanadi.


O‘zbeklar uchun mehmonning muhimi yoki nomuhimi, kattasi yoki kichigi degan degani bo‘lmaydi. Ostonadan qadam ranjida qilgan har qanday kishi bir piyola choy ichib ketishga haqqi bor, chunki u mehmon! Shuning uchun biz o‘zbeklar hamma vaqt mehmon kutib, uni siylash uchun hoziru-nozir bo‘lib turamiz.
Shu sababli hamma xalqlardabo‘lgani kabi o‘zbeklarda ham mehmonni anvoyi taomlar bilan ziyofat qilish odati bor. O‘zbekistonda ana shunday taom palovdir. Aziz mehmonga bir qism serlazzat osh yedirib yubormagan xonadon bo‘lmasa kerak-O‘zbekistonda.
O‘zbeklarda ovqat yeyilayotgan uyga kirib kelgan mehmonni “qaynonasi sevadigan kishi” yoki “Yaxshi mehmon osh ustiga keladi” deb qabul qiladilar. Bu mehmonni xijolatdan qutultiradi, mezbonni esa ochiq ko‘ngil mehmonnavozligini anglatadi.
Dasturga albatta palov tortishdan tashqari, hamma joyda issiq choy, issiq non, patir yoki jizzali non shular bilan bir qatorda Toshkentda masalan, qazi-qartali norin, Andijon, Quqon, Marg‘ilon, Farg‘ona Namaganda mehmonga choy berilgach, kashnich, rayxon solingan va qatiqlangan mastava, so‘ngra devzira gurudan lola rang qovurma palov tortiladi. Bu shaharlarda mehmon dasturxononiga anvoyi ho‘l mvalar, oq ko‘ngililikning ramzi sifatida sut, qatiq, qaymoq qo‘yiladi.
kelgan mehmonga darhol qatiq taklif etish yoki nonushtasiga qatiq berish O‘zbekistonning hamma joyida odat tusiga kirgan. Sababi bu yerda mezbonlar qatiq ichishning inson uchun ko‘pgina foyda keltirishini nazara tutadilar: qatiq organizmnin zararli bakteriyalardan tozalash va hazm taomlik xususiyatlariga ega. Shu bilan birga uoq joydan kelib suv va havo o‘zgartirgan kishini lohas bo‘lishdan ham saqlaydi.
Samarqandda-shirin-sharbat meva, mashxurpo‘lodiy va Osiyoiy nonlar, chuchvara va to‘g‘rama palov; Buxoroda esa-mayiz palov, barra kabob, qo‘zi sho‘rva, Surxondaryo va Qashqadaryoda esa palov, qo‘y-qo‘zi go‘shtidan yaxlit pishirilgan sho‘rva yoki qovurma, yaxna go‘sht, maxsus archa o‘tini va bargidan (dudlangan) pishirilgan tandir kabob, Xorazmliklarda –til yorar qovun, maxsus paov; Qoraqolpoqlarda-baliq kabobi, kulchatoy va boshqa bir qator shirin va mazali taomlar mehmonlar uchun tayyorlnadi. Bundan tashqari O‘zbekistonda yana bir yaxshi odat bor. Mehmon kelgan xonadonga hurmat yuzasidan Qo‘qon, Farg‘ona Andijonlarda qo‘shnilar ham mehmon qilishadi. “Mehmon o‘z rizq-ro‘zi bilan keladi”, “Mehmon kelar eshikdan, rizqi kelar teshikdan” kabi naqllar, ehtimol shu odatning ta’siri tufayli paydo bo‘lgandir.
O‘zbeklarda mehmonga sarpo kiydirishdek muhim odati ham bo‘lib, uning asosan ikki ma’nosi bo. Biri o‘zining yaqin kishisiga, qarindoshiga sarpo kiydirganda uzoqlashmaslik, hamjihatlik istagi bildiriladi. Ikkinchisi-begona kishisiga sarpo kiydirilsa u bilan do‘stlashishganlik bildiriladi.
Sarpo kiydirish odati kelib chiqishining ikkita rivoyati bor. Biri: Boyroq xonadon kambag‘alroq oila bilan quda –anda bo‘lmoqchi, shunda bechora xonadonga masalli jo‘natgan va boshdan oyoq sarpo kiydirgan, toki u to‘yda va biron izdaxomda mehmonlar huzurida qudaga “teng” ekanligi bilinib tursin. Ikkinchi: rivoyat:-Qadim zamonda cho‘lda bir-biriga qarama-qarshi tomondan kelayotgan ikki yo‘lovchi uchrashib qoladi. Ikkalasiga ham suv kerak. Shunda biri: “Sen shu yerda suqmoqdan adashmay turasan va menga ovoz berib, chaqirasan chaqirib netib juda uzoqlashib ketmasligimni ta’minlaysan, men esa atrofdan quduq qidiraman”, deydi. Ular navbatma-navbat u tomon, bu tomon yurib yelishi, goh biri, goh ikkinchisi izlab oxiri suvga yetishadi. Shunda biri donoroq ekan, shunday deydi: “Sen bo‘lmasang men halok bo‘lar edim, men “sen” bo‘ldim, sen “men” bo‘lding. Kel , shu voqeani eslab qolish uchun kiyimlarimizni almashtiramiz. Mening tanamdagi ust boshim seniki bo‘lsin, sen o‘z kiyimingni menga yechib ber. Har ikkala yo‘lovchi bosh –oyoq liboslarini bir –birlari bilan almashtiradilar, bir-biri ilan og‘a –ini tutinadilar va o‘z yo‘llariga ravona bo‘ladilar.
Sarpo kiydirish udumi qadrdon bo‘lib qolganlikning ramziy ifodasi hisoblanadi. Mehmon –mo‘tabar zot, binobarin uni kutib oluvchi mezbon uquvli, yaxshi fazilatli bo‘lishi kerak. Mehmondorchilikning to‘g‘ri, qoidali ijro etilishi borasida bobokalonlarimiz doim g‘amxo‘rlik qilib kelganlar. Jumladan, Alisher Navoiy shunday degan edilar : “Modomiki, kishi oldiga dasturxon solinar ekan, bir kishiga o‘nta qo‘y so‘yish bilan uning izzatini “qoidali” bajo keltirib bo‘lmaydi, balki mezbon manmanlik, shuxratparastlikka yuz tutgani ayon bo‘ladi. Yana shunday mezbonlar ham bo‘ladiki, aksincha, g‘oyat xasislik qilib mehmonga hech narsa iltifot qilmaydi. Anglash zarurdirki musofirni (mehmonni) taomdan benasib qilish shuxratparast va manmanlik qiluvchi mezbon” ishidan ham battar shumlik bo‘ladi, deydi Alisher Navoiy.
Mehmonnavozlikning Navoiy talab etgan qoidalari bunday: mehmonni dastaval lutf bilan kutib olib, izzat va hurmatini joyiga qo‘yish zarur. Isrof qilmaslik, xasis bo‘lmaslik joizdir. Mezbon ozmi- ko‘pmi, nimaiki narsasi bor ekan, boriga baraka deb , mehmonga xush keladigan taom pishirib, ochiq chexra bilan olib chiqib dasturxonga qo‘ysin. Lekin o‘z dasturxoni badaliga mehmondan boshqa biror narsa ta’ma qilmasin va unga hech qanday majburiyat yuklamasin.
Mehmon va mezbonning muqaddas burchi haqida yana ko‘plab ibratli misollarni keltirib o‘tishimiz mumkin. Jumladan, Xusayn Voiz Koshifiy “Kim bilan do‘stlashish kerak” nomli asarida mehmonni kutib olishning hozirgi kun uchun ham ahamiyatli bo‘lgani muxim qoidalari haqida qo‘yidagicha yozadi:
Agar sendan mehmondorchilikni ikki qoidasini bilasanmi, deb so‘rasalar, shunday javob bergil: birinchidan, mehmonlarni shirin va totli taomlar bilan ziyofat qilish lozim, ikkinchidan: mehmonlarni uyinga taklif qilar ekansan, ulardan biron narsa ta’ma qilmaslik zarur: agar sendan yana mehmondorchilikning qanday qoidalari bor, deb so‘rasalar, quyidagicha javob bergil:
Birinchidan, mehmonni ta’zim bilan peshvoz ol va uni eng to‘rga o‘tqaz. Ikkinchidan , unga ochiq chehra bilan muomala qil.
Uchinchidan , chaqirmagan mehmonni ko‘rsang, bundan noroziligingni sezdirma.
To‘rtinchidan, tasodifan kelib qolgan mehmonga alohida muruvvat ko‘rsat.
Beshinchidan, baxil bo‘lma, mehmon uchun bor narsangni to‘kib sol.
Oltinchidan, o‘zingni o‘ta ishbilarmon ko‘rsatma.
Agar mehmon senikiga kelgan bo‘lsa, boshqalardan biror narsa ta’ma qilma.
Agar mehmon o‘zini qanday tutishi kerak, deb so‘rasalar, shularni ayt:
Mehmonni och yoki to‘qligini surishtirmaslik kerak, uyidagi barcha nozu-ne’matlarni uning oldiga qo‘yish lozim.
Mehmonni kuzatayotganda ostonada xayrlashish bilan chegaralanmaslik kerak. Mehmonni yaxshiroq kutib ololmaganligi uchun undan uzr so‘ramasligi kerak. Uning kelganligi uchun tashakkur bildirish lozim. Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek xalqiga borish yoki mehmon kutish odatlari ancha murakkab va mukammal insoniy fazilat sifatida qadrlanib, har bir kishidan katta bilimdonlik, insoniylik, mehr-muruvvat, qalbi ochiqlik, saxiylik, sabr-qanoatlilik va boshqa shu kabi yuksak insoniylik sifatlarini talab qiladi.
O‘zbekiston Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng yoshlarimizda ana shunday fazilatlarimizni shakllanishi uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratishga shu bilan bir qatorda shunga bog‘liq milliy madaniy qadryatlarni tiklash va yanada rivojlantirishga keng yo‘l ochilganligi yanada muximdir.
Tayanch tushunchalar:
Mehmon,mezbon, mexmondorchilik, mezbonning muqaddas burchi, anvoyi taomlar, sarpo kiydirish, qo‘shinilar dasturxon chiqarishi, lutf bilan kutib olish, isrof qilmaslik, saxiylik.

Xulosa
Biz ushbu ma’naviyat psixolgiyasiga doir ma’ruza matnlariimzni xulosalar ekanmiz, o‘zbek xalqining betakror va bebaho milliy ma’naviyati va madaniyatiga munosib mazmun va ma’no kasb etadigan salomlashish odobi, so‘zlashuv odobi, o‘zini tutishi va yurish –turish odobi, mehmon kutish va mehmonga borish odobi haqida ya’ni xalqimizning amaldagi bu munosabat-muloqot shakllarining millatimiz tomonidan qabul qilingan va e’zozlangan ko‘rinishlari va holatlari, qoidalari va meyorlari haqida keng to‘xtaldik. Ushbu urf-odatlar, qadriyatlar va ma’naviyat meyorlari o‘z-o‘zidan yuzaga kelmagan, albatta, yoki u yakka bir kishi tomonidan kashf qilinmaydi. U har bir xalqning ijtimoiy –tarixiy taraqqiyoti davomida evolyutsion yo‘l bilan shakllangan.


Ulug‘ mutafakkur Abu Rayxon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” nomli mashhur asarida, tabiat hodisalari : kecha, kunduz, oy, fasl, yil va boshqa hodisalarning mohiyatini ilmiy asoslash bilan birga aynan shu hodisalar sabali turli –tuman urf-odatlar, rasm-rusumlar, an’analar va marosimlarning paydo bo‘lganligi va mukammallashuvi sabablari ustida ham to‘xtalib Markaziy Osiyo va Eron xalqlarining fan va madaniyat sohasida ancha yuqoriligini ta’kidlaydi. Uning kishilar axloqiy va ma’naviy shakllanishidagi o‘ziga xos ta’sirini aytib o‘tadi. Xalq tomonidan kashf qilingan yaxshi va elma manzur urf-odatlar saqlanib, undan foydalanish jarayonida takomillashgan va sayqal topib rivojlanib kelavergan.
Xalqimizning boy madaniy merosi, urf-odatlari, an’analari va marosimlari katta tarbiyaviy ahamityaga ega. Ular odamlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, do‘stlik –birodarlik, mehr-muruvvatlilik, saxiylik, mehmondo‘stlik, xushmuomalalik, mehr-oqibatlilik, andishalilik,samimiylik, intizomlilik, to‘g‘rilik, mehnatsevralik, o‘zini tuta bilishlik, tejamkorlik, sabr-qanoatlilik kabi his-tuyg‘ular va xislatlarni rivojlantiradi.
O‘zbek xalqining milliy psixologik xususiyatlari va fazilatlari aks etgan qadriyatlardan oila, maktab, mahalla va oliy o‘quv yurtlardagi tarbiyaviy jarayonlarda o‘rinli foydalanish-har tomonlama taraqqiy etgan barkamol shaxsni tarkib toptirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu boisdan xalqimizning milliy mohiyatini belgilaydigan bunday urf-odatlarni, an’analarni, udum va qadriyatlarni tiklash, boyitish va rivojlantirib me’ros sifatida kelajak avlodga qoldirish muqaddas burchimizdir.
Download 18.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling