Iqtisodiy rivojlanish strategiyasi


Download 497.71 Kb.
bet1/3
Sana03.02.2023
Hajmi497.71 Kb.
#1153688
  1   2   3
Bog'liq
G\'offorov Haydarbek



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
IQTISOD, TARMOQLAR VA SOHALAR YO‘NALISHI
IQTISODIY RIVOJLANISH STRATEGIYASI” FANIDAN
3-1 IQTKT-19 GURUH TALABASI
MUSTAQIL ISHI

Bajardi: G’offorov Haydarbek
Tekshirdi:Hasanova S.

Buxoro 2023
“O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy rivojlanish strategiyasi fanining predmeti va vazifalari”
1. “O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi” fanining maqsadi va vazifalari
2. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va iqtisodiy o‘sish tushunchalarining mazmun mohiyati

“O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi” fanining maqsadi va vazifalari


Jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa barcha muammolarni hal qilishning asosiy yo‘li - bu milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishishdir. Aholi farovonligini oshirib borishi ham pirovard natijada iqtisodiy o‘sish darajasi va sur’atlariga bog‘liq. Fanning maqsad va vazifalari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning mohiyati, uning darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, iqtisodiy o‘sishning mazmuni, turlari va ko‘rsatkichlarini quyida batafsil bayon qilinadi.
Ushbu kursning vazifasini mantiqan to‘rttaga ajratgan holda ko‘rsatish mumkin:
1) bilish vazifasi - har qanday fan kabi «O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi» fani ham fundamental ahamiyatga ega bo‘lib, u ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning mazmunmohiyati, amal qilish qonuniyatlari va mexanizmlari, O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanish tamoyillari va strategiyasi, uning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g'risidagi fikrlarni kengaytiradi;
2) amaliy vazifasi - mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minashning aniq mexanizmlari, yo‘nalishlari, strategik va taktik (qisqa muddatli rejalar) rejalar hamda harakat dasturlarini ishlab chiqish bilan belgilanadi;
3) uslubiy vazifasi - «O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi» fani mamlakatdagi real ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlar tahlili, o‘zgarish tamoyillari va shundan kelib chiqqan holda olingan xulosalar boshqa ijtimoiy va tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi;
4) g‘oyaviy-tarbiyaviy vazifasi shundan iboratki, uning yordamida talabalar, mutaxassislar va iqtisodiyot ilmi o‘rganuvchilarining ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi, milliy istiqlol g‘oyasini talaba yoshlar ongiga singdiradi, ulami millat manfaatlari yo'lida iqtisodiyotni rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash, mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish, milliy pul qadrini oshirish, milliy tovarlami jahon miqyosida xaridorgir bo‘lishini ta’minlash, mamlakat aholisining turmush darajasini ko‘tarish ruhida tarbiyalaydi. Ushbu fan talaba yoshlarga moddiy ne’matlar inson mehnatining mahsuli ekanligini tushuntirib, ulami mehnat hamda cheklangan resurslarni tejash ruhida tarbiyalaydi.
“O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi» fani makroiqtisodiyot darajasida tahlil qilib, uning sohalari, ko‘rsatkichlari, omillari va iqtisodiy o'sish o‘rtasidagi o‘zaro bog’iqliklami ko'rsatadi hamda davlatning ichki va tashqi iqtisodiy siyosatida ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu fanning maqsadi, eng avvalo, ilmiy bilishdan iboratdir. Shundan kelib chiqadiki, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni kuzatish, ulardagi shakl va mazmun o‘zgarishlarini, ichki bog’lanish va aloqalarni, ziddiyatlarni, qonun-qoidalarni, tushunchalarni bilib, birinchi navbatda, talabalarga, iqtisodchi mutaxassislarga va iqtisodiy taraqqiyot bilan qiziquvchi boshqa xodimlarga o6rgatishdan iboratdir.
Iqtisodiy rivojlanish nazariyalari fanining biz qayd qilgan amaliy, nazariy, uslubiy va tarbiyaviy tomonlari bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Amaliy iqtisodiyot nazariy bilimga ega bo‘lishni, u bilan qurollanish zaruriyatini taqozo yetadi. Nazariy bilim esa, oldindan ko‘ra bilish va amaliy harakat yoiini to‘g‘ri belgilash imkonini beradi.
Umuman olganda, ushbu fan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sirlarini bilishdagi ilmiy qo‘llanmadir.
«Pirovard maqsadimiz bo‘lgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish borasidagi intilishlarimizda biz uchun ruhiy-ma’naviy kuch-quvvat manbai, ilmiy asos - bu milliy g‘oya, milliy mafkuradir»1. Shu aqidadan kelib chiqib, “O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi» fani kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ulaming dunyoqarashini o‘zgartirish vazifasini ham bajaradiki, bu iqtisodiyotni isloh qilish sohasidagi strategik maqsadlardan biri boclib hisoblanadi. Bu maqsadga erishish uchun “O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi» fani Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning so‘zlagan nutq va ma’ruzalarida ko‘rsatib berilgan ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish tamoyillari, uning o‘ziga xos yo’li, qonun - qoidalari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlar asosida mamlakat oldida turgan iqtisodiy muammolar va vazifalarning chuqur tahlilini, uni yechish yo’llarini ko‘rsatib bermog‘i lozim.
“O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi” fani ijtimoiy fan bo’lib, falsafa, sotsiologiya, psixologiya, huquq, siyosatshunoslik, tarix kabi ijtimoiy fanlar bilan ham chambarchas bog‘liqdir, ulardan uslubiy va ilmiy ozuqa oladi va ularga manba bo‘lib ham xizmat qiladi. Lekin ulaming hech biri ushbu fanning O’rmini bosa olmaydi, chunki ulaming o‘z vazifasi va predmeti bor.
“O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi» fanining predmeti - O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishish maqsadida moddiy ne’matlami (va xizmatlami) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar, davlatning iqtisodiy siyosati, uni amalga oshirish strategiyasi va mexanizmlari hisoblanadi.
“O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi” fanining o‘ziga xos tadqiqot usullari mavjud boiib, ulardan eng muhimi ilmiy abstraksiya usulidir. Iqtisodiy jarayonlaming mohiyati o‘zgarishini o‘rganishda mikroskoplardan, kimyoviy laboratoriyalardan foydalanib bo‘lmaydi, bunda abstraksiya kuchi ishga solinadi.

Download 497.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling