Iqtisodiy rivojlanish strategiyasi


Induksiya va deduksiya biriga qarama-qarshi bo’lgan, ammo o‘zaro bog‘liqlikdagi fikrlash usulidir


Download 497.71 Kb.
bet3/3
Sana03.02.2023
Hajmi497.71 Kb.
#1153688
1   2   3
Bog'liq
G\'offorov Haydarbek

Induksiya va deduksiya biriga qarama-qarshi bo’lgan, ammo o‘zaro bog‘liqlikdagi fikrlash usulidir. Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga qarab harakati induksiya, aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga tomon harakati deduksiya deb ataladi.
Iqtisodiy jararyonlami o‘rganish va tahlil qilishda ikki tomonlama yondashuv usuli. Bunda barcha iqtisodiy jarayonlar qiymat va naflilik nuqtai-nazaridan tahlil qilinadi va xulosa chiqariladi. Aks holda bir tomonlamalikka уоЧ qo‘yilib, yanglish tasavvurga va noto‘g‘ri xulosalarga olib kelishi mumkin.
Iqtisodiy jarayonlami miqdoriy jihatdan tahlil qilishda taqqoslash, statistik, matematik va grafik usullaridan keng foydalaniladi. Ayniqsa, hozirgi davrda grafik usulni keng o‘zlashtirish va qo’llash zarurdir. Grafiklar nazariya modellarini ifodalashda vositachi boclib xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytganda, grafik usul o‘zgaruvchi miqdorlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rgazmali qilib tasvirlaydi.
Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalaming mazmunini, ulardagi o’zgarishlami, kelib chiqish sabab-oqibatlarini bilish mumkin bo‘ladi.


Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va iqtisodiy o‘sish tushunchalarining mazmun-mohiyati.


Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti juda serqirra jarayon bo‘lib, u o‘z ichiga iqtisodiy o‘sish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, aholi hayotining sifati va shart-sharoitlarining takomillashuvini oladi. U hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo'yicha ro‘y bermaydi. Iqtisodiy rivojlanish o‘z ichiga yuksalish va inqiroz davrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o‘zgarishlami, ijobiy va salbiy tomonlami olib notekis boradi.
Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon boiganligi sababli, uning mezonlaridan biri boigan iqtisodiy o‘sish kо‘proq tahlil qilinadi. Iqtisodiy o‘sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismi bo‘lib, o‘z ifodasini real YalM hajmining oshishi hamda aholi jon boshiga nisbatan ko‘payishida topadi.
Iqtisodiy o‘sishga tarixiy jihatdan yondashilganda, u bir xil sur’atlarda va bir tekis bormaydi. Tarixda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining jadallashish, jiddiy pasayish va hatto qisqarish davrlari ma’lum. Agar katta tarixiy bosqichlar olib qaraladigan bolsa, jahon va milliy iqtisodiyotda barqaror iqtisodiy o‘sish, ishlab chiqarishning har tomonlama taraqqiyot manzarasi hosil bo‘ladi. Shu bilan birga iqtisodiy o‘sish nafaqat miqdor, balki muayyan sifat o‘zgarishlari shaklida ham namoyon bo‘ladi.
Iqtisodiy o‘sishni YalM mutloq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon boshiga real YaIM miqdorining ortishi orqali o'lchash buning qanday maqsadda amalga oshirilayotganiga bog’liq bo‘ladi. Odatda biron-bir mamlakat iqtisodiy o‘sishini YaIM mutloq hajmining ortishi orqali oMchash uning iqtisodiy salohiyatini baholashda, aholi jon boshiga real YaIM miqdorining ortishi orqali o‘lchash esa, mamlakatdagi turmush darajasini taqqoslashda qo‘llaniladi.
Mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur’atini tavsiflaydigan mazkur ko’rsatkichlar (real YaM va aholi jon boshiga real YaIMning o‘sishi) miqdoriy ko‘rsatkichlar bo‘ib, ular birinchidan, mahsulot sifatining oshishini to‘liq hisobga olmaydi va shu sababli farovonlikning haqiqiy o‘sishini to‘liq tavsiflab berolmaydi; ikkinchidan, real YaIM va aholi jon boshiga YaIMning o‘sishi bo‘sh vaqtning sezilarli ko‘payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko‘rsatilishiga olib keladi; uchinchidan, iqtisodiy o‘sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof muhitga va insonning hayotiga salbiy ta’sirini hisobga olmaydi. Shuningdek, iqtisodiy o‘sish mamlakat ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayib borishini ham anglatadi. Milliy ishlab chiqarish natijalarining miqdor jihatidan ko‘payishi va sifat jihatidan takomillashib borishi pirovardida ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘ining o‘ng tomonga qarab siljishiga olib keladi. Aytaylik, 2017-yildagi milliy ishlab chiqarish hajmi (I20l0) 2010-yildagi (I2017)ga nisbatan o‘sdi. Bu o‘sish o‘z navbatida milliy ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘ining ham kengayishiga olib keladi.

Chizmadan ko‘rinadiki, iqtisodiy o‘sish natijasida yalpi ichki mahsulot miqdori ortadi, bu esa, aholi turmush farovonligini oshishiga olib keladi. Iqtisodiyot mavjud ehtiyojlami yana-da to‘laroq qondirish imkoniga ega bo‘ladi.
Iqtisodiy o‘sishning ahamiyati to‘g4risida gapirilganda uning darajasini ham e’tiborda tutish lozim. Iqtisodiy o‘sish sur’atlarining ahamiyatlilik darajasi turli mamlakatlar real YaIMning hajmidan kelib chiqqan holda farqlanadi. Real YaIM hajmi nisbatan kichik bo’lgan mamlakatlar uchun 8-10% darajasidagi iqtisodiy o'sishsur’ati me’yordagi holat sanalishi, real YalM hajmi juda katta bo'lgan mamlakatlar uchun 2-3% darajasidagi iqtisodiy o‘sish sur’ati esa ahamiyatli ko‘rsatkich hisoblanishi mumkin.
Iqtisodiy o‘sish sur’atining ahamiyatini iqtisodchilar tomonidan Qo’llaniluvchi «70 qoidasi» yordamida ham ochib berish mumkin. Bu qoidaga ko'ra, milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan YaIM hajmini 2 baravarga oshirishda qancha vaqt talab etilishini aniqlash uchun 70 sonini yillik o‘sish sur’atiga bo'lish kerak bo’ladi. Masalan, mamlakatimizdagi o‘sish sur’atining 7,8% darajasida YalMni 2 baravar oshirish uchun 9 yil talab etiladi (70:7,8). Holbuki, iqtisodiy o‘sishning 2000-yildagi 4,0% darajasida bu ko‘rsatkichga 17,5-yilda (70:4) erishish mumkin edi. Keyingi yillarda iqtisodiy o‘sish sur’atining yana-da oshirilishi bu muddatning ahamiyatli ravishda qisqarishiga olib keladi.
Tovar va xizmatlar hajmining ofisish sur’ati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining o‘zgarishi o'rtasidagi nisbat iqtisodiy o‘sishning ekstensiv yoki intensiv turlarini belgilab beradi. Ekstensiv iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko'payishi tufayli erishiladi. Aytaylik, mahsulot shlab chiqarishni ikki hissa ko'paytirish uchun mavjud korxona bilan bir qatorda o‘matilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo'yicha xuddi o‘shanday yana bir korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi.
Iqtisodiy o‘sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, yana-da ilg'or ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo'llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Intensiv уо’l ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslaming har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining o‘sishida, mahsulot sifatining oshishida o‘z ifodasini topadi. Bunda mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa oshirish uchun mavjud korxonaga teng boclgan yana bir korxona qurishga hojat yo‘q. Bu natijaga ishlab turgan korxonani rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta qurollantirish, mavjud resurslardan yaxshiroq foydalanish hisobiga erishish mumkin.
Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida - alohida mavjud bo’lmaydi, balki muayyan uyg‘unlikda, bir-biri bilan qo‘shilgan tarzda bo Uadi. Shu sababli ko‘proq ustuvor ekstensiv va ustuvor intensiv iqtisodiy o‘sish turlari haqida so‘z yuritiladi.
Iqtisodiy o‘sish murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. Shu sababli uni baholash uchun qandaydir bitta ko'rsatkich kifoya qilmaydi, muayyan ko‘rsatkichlar tizimi talab qilinadi. Bu ko‘rsatkichlar tizimida naflilik (moddiy-ashyoviy) va qiymat ifodasidagi ko‘rsatkichlar farqlanadi.
Iqtisodiy o‘sishning naflilik (moddiy-ashyoviy) ko’rsatkichIari ancha aniq natija beradi, (chunki ular inflyatsiya ta’siriga berilmaydi), biroq ulami universal holda qo*llab bo‘lmaydi (iqtisodiy o‘sish sur’atlarini hisoblashda har xil ne’matlar ishlab chiqarishni umumiy ko‘rsatkichga keltirish qiyin). Qiymat ko’rsatkichlar keng qo’llaniladi, ammo ulami har doim ham inflyatsiya ta’siridan to‘liq «tozalash» mumkin bo’lavermaydi. Shu sababli iqtisodiy o‘sish sur’atlari qiyosiy yoki o‘zgarmas narxlarda hisoblanadi. Chunki bunda ijtimoiy naflilikning umumiy ko6rsatkichi bo’yicha o’sish darajasini aniqlash mumkin bo‘ladi.
Makroiqtisodiy darajada iqtisodiy o‘sishning asosiy ko'rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:
1) YaIM va milliy daromadning mutloq hajmi va uning o‘sish sur’ati;
2) YaIM va milliy daromadning aholi jon bosh hisobiga to‘g‘ri keladigan miqdori va uning o‘sish sur’ati;
3) YaIM va milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga to‘g‘ri keladigan miqdori va uning o‘sish sur’ati.
Yuqorida ta’kidlanganidek, iqtisodiy o‘sishni aniqlashda har uchala ko‘rsatkichdan ham foydalanish mumkin, lekin ulaming ahamiyati turlicha bo’ladi. Masalan, agar diqqat markazida iqtisodiy salohiyat muammosi tursa, birinchi ko’rsatkichdan foydalanish ko'proq mos keladi. Alohida mamlakat va mintaqalardagi aholining turmush darajasini taqqoslashda, ko‘proq ikkinchi ko’rsatkichdan foydalaniladi. Iqtisodiy samaradorlikni baholashda uchinchi ko‘rsatkichga ustuvorlik beriladi.
Iqtisodiy o‘sishning alohida tomonlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlari ham mavjud bo’lib, ulardan asosiylari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasi, mehnat unumdorligining o‘sishi va ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad va foyda massasi, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi kabilar hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
a) ishlab chiqarish vositalarining rivojlanganlik darajasi;
b) xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi;
v) ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omili o‘rtasidagi nisbat;
g) mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslashtirilishi va kooperatsiyasi.
Iqtisodiy o‘sishning jahon amaliyotida keng qo'llaniladigan boshqa ko‘rsatkichi iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi hisoblanadi. U tarmoqlar bo‘yicha hisoblab chiqilgan YaIM (YaIM) ko‘rsatkichi asosida tahlil qilinadi.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, O’zbekiston o‘zining iqtisodiy rivojlanish modelini izchil amalga oshirishi natijasida, boshqa sobiq ittifoqi mamlakatlariga nisbatan eng qisqa muddatlarda, ya’ni 1996-yildayoq iqtisodiy tanazzulning oldini oldi, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minladi va iqtisodiyot tarkibini o‘zgartirish bilan bog‘liq asosiy iqtisodiy masalalami amalga oshirishga kirishdi.
O‘zbekiston iqtisodiyoti 1996-2003-yilIar davomida o’rtacha yillik 4% o’sish darajasi bilan rivojlandi. Iqtisodiyotning turli xil tarmoqlari va sohalarini tarkibiy o‘zgartirish, qulay ishblarmonlik muhitini yaratish, tarmoqlarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlari natijasi sifatida mamlakatimiz iqtisodiyoti 2004-yildan boshlab yillik 7-9 % darajasidagi yuqori va barqaror o‘sish sur’atlarini namoyish qila boshladi.
Respublika oldida texnika taraqqiyoti sohasidagi asosiy vazifa ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyani qocllash, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarishning yangi usul va shakllarini joriy qilish hisoblanadi.
Mehnat unumdorligining o‘sishini aniqlab beruvchi asosiy omil har bir ishlovchiga tog’r i keluvchi asosiy kapital hajmi hisoblanadi. Ma’lum vaqt ichida, kapitalning hajmi mutloq ko‘payishi mumkin, ammo ishchi kuchi soni tezroq o’ssa, mehnat unumdorligi pasayadi, chunki har bir ishchining asosiy kapital bilan qurollanganlik darajasi kamayadi.
Ta’lim va malakali tayyorgarlik mehnat unumdorligini oshiradi va natijada ancha yuqori ish haqiga ega boiish imkoniyatini beradi. Inson kapitaliga investitsiyalar qo‘yish mehnat unumdorligini oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. 0 ‘z-o‘zidan aniqki, ishchi kuchi sifatining eng oddiy ko'rsatkichi ta’lim darajasi hisoblanadi.
Hozirgi davrda Respublikamiz iqtisodiyotida band bo‘lganlaming 30%ga yaqini oliy va о‘rta maxsus ma’ lumotga ega. Lekin oliy va уoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lganlar, aniq sohalardagi bilimlari darajasi bo'yicha boshqa rivojlangan mamlakatlardagi ishchilardan ancha orqada va ko‘pchiligi o‘z mutaxassisligi bo’yicha faoliyat turida band emas. Shu sababli keyingi yillarda Respublikamizda maktab, oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlarida ta’lim berishning progressiv tizimlari joriy qilinmoqda, kasb-hunar kollejlarini rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Kadrlar tayyorlashning milliy dasturida qo6yilgan vazifalami amalga oshirishda ham ijobiy natijalarga erishilmoqda.
Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar iqtisodiy o‘sishning hal qiluvchi omiliga aylanib bormoqda.
Amaliy hayotda iqtisodiy o'sishni susaytirib turuvchi omillar ham mavjud bo‘ladiki, ular mehnat muhofazasi, atrof muhitning ifloslanishi kabi holatlar natijasida kelib chiqadi. Keyingi yillarda Respublikamizda davlat tomonidan atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, xodimlar mehnat sharoitini yaxshilash va sog'ligini muhofaza qilishni tartibga solishda muhim tadbirlar amalga oshirildi. Bu o‘z navbatida iqtisodiy o‘sish sur’atiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki bunday tadbirlami amalga oshirish tegishli xarajatlami taqozo qiladi. Shu orqali mehnat unumdorligini oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar boshqa tomonga jalb qilinadi.

1 Karimov I. A. “Ozod va obod vatan, erkin va faro von hayot- pirovard maqsadimiz”. - Т.: ≪O'zbekiston≫, 2000. 463-b

Download 497.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling