2-Mustaqil ish mavzu: kar’er kombinatsiyalashgan transporti. Reja: 1
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Кон маш 2 Мустакил Келичев Б
Kelichev B 1 2-Mustaqil ish MAVZU:KAR’ER KOMBINATSIYALASHGAN TRANSPORTI. Reja: 1. Kombinatsiyalashgan transport. 2. Kon massasini konveyer transporti bilan tashish. 3. Foydalaniladigan adabiyotlar ro„yxati Mashg’ulotning maqsadi: kar‟er yuklarini kar‟er kombinatsiyalashgan transportini talabalarga tanishishtirish va bilim ko`nikmalarga ega bo`lish. Tayanch iboralar: uta zich, muzlagan va yarim koyali tog jinslari, traktorli yumshatish, mexanik yumshatgich, massivni yumshatish, yumshatgichning mexnat unumdorligi, yumshatiladigan uchastka uzunligi. Kelichev B 2 Katta karyerlarda maksimal unumdorlikka faqatgina bir necha karyer transportlaridan foydalangan holda erishish mumkin (kombinatsiyalashgan transport), ya‟ni kombinatsiyaga kiruvchi har bir transport o‟ziga mos keladigan foydalanish holatlarida foydalaniladi. Texnologik o‟ziga xoslikni hisobga olgan holda karyer transporti zanjirida uchta zvenoni ajratish mumkin: Ishchi gorizontlar va bog‟lovchi bermalar bo‟yicha tashish; Qiya kon lahimlaridan boshqaruvchi yuzalar bo‟yicha tashish; Yuza bo‟yicha tashish. Birinchi zvenoning transportlari bevosita qazib olish zaboylariga xizmat qiladi. U qazib olish mashinalarining yuqori unumdorligini ta‟minlash uchun, qazib olishning to‟liq bo‟lishi uchun va foydali qazilmaning kerakli sifatini ta‟minlashi uchun katta manyovrga ega bo‟lishi kerak. Ikkinchi zvenoning transporti qisqa qiya yo‟l uchastkalari bo‟yicha harakatni ta‟minlashi kerak. Uchinchi zveno transporti nisbatan gorizontal bo‟lgan va uzoq masofalarga tashishga xizmat qiladi. Amaliyot shuni ko‟rsatadiki, karyerda kon massasini tashishda turli yuk ko‟tarish qobiliyatiga ega avtosamosvallardan foydalanish ma‟qul (birinchi zveno). Kon massasini gorizontdan yuqoriga tashishida (ikkinchi zveno) asosan skipli, konveyer va avtomobil ko‟targichlardan foydalanilganda katta unumdorlikka erishiladi. Kon massasini yuqoriga tashishda (uchinchi zveno) temiryo‟l va konveyer transporti qo‟llaniladi. Ko‟pincha avtomobil va temiryo‟l transporti kombinatsiyalari qo‟llaniladi. Kon massasi zaboydan avtomobil transporti yordamida qayta yuklash nuqtalarigacha tashiladi (4.13-rasm.) va u yerdan temiryo‟l transporti yordamida ag‟darmalar yoki boyitish fabrikalarigacha tashiladi. Bu holatda qayta yuklash nuqtalari yoki karyer ichida, yoki bevosita karyer yonida joylashgan bo‟lishi mumkin. Avtomobil- temiryo‟l transporti kombinatsiyasini ishchi qayta yuklash nuqtalari bilan yuqori unumdorlikka ega karyer va 150m gacha bo‟lgan chuqurligida va temiryo‟l transportining karyerning yuqori gorizontlarida joylashuvida qo‟llash mumkin. Bu kombinatsiyalashgan transport turi Lebedinskiy, Mixaylovskiy, Sokolovsko- Sarbayskiy karyerlarida qo‟llanilmoqda. Avtomobil transporti va konveyer qayta yuklagichlari kombinatsiyasida qayta yuklash nuqtalarida katta bo‟laklarni maydalash uskunalarini o‟rnatish kerak Kelichev B 3 bo‟ladi. Maydalab qayta yuklash nuqtalari karyerning konstentratsion gorizontlarida o‟rnatiladi va bir nechta ishchi gorizontlarga xizmat ko‟rsatadi. 70- 100m chuqurlik orasida ular pastda joylashgan gorizontlarga ko‟chiriladi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling