2-Mustaqil ish mavzu: kar’er kombinatsiyalashgan transporti. Reja: 1
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Кон маш 2 Мустакил Келичев Б
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘plovchi (uzatuvchi) konveyerlar
- Yuk ko‘taruvchi konveyerlar
- Magistral konveyrlar
Zaboy konveyerlari pog„ona ishchi maydonchasiga joylashtirilib, kon
massasini ekskavatordan to„plovchi konveyrgacha tashishga mo„ljallangan. karerlarda zaboy fronti sekin-asta siljib borganligi uchun zaboy konveyer seksiyalari maxsus texnika turbodozerlar yordamida yoki gusenitsalik, qadamlovchi mexanizmlar yordamida suriladi. To‘plovchi (uzatuvchi) konveyerlar karerning yon qismida joylashgan bo„lib, ular bir yoki bir necha zaboy konveyrlaridan yuk ko„taruvchi konveyerga tashishga mo„ljallangan. To„plovchi konveyrlar zaboy konveyrlari ortidan o„z o„qiga parallel yo„nalishda gusenitsali yoki rels yo„lli izlarda harakatlanadi. Yuk ko‘taruvchi konveyerlar ishchi bo„lmagan yoki vaqtinchalik ishchi bo„lmagan karer qismida (transheyalarda yoki er osti qiya lahimlarida) joylashgan bo„lib, karer ishchi qismidan kon massasini yuqoriga tashishga mo„ljallangan. YUk ko„taruvchi konveyer yukni to„plovchi konveyerdan olib, oddiy konveyrlarda 18º burchak ostida va maxsus konveyerlarda 50º gacha qiyalikda karer borti bo„ylab er yuzasiga ko„taradi. Yuk ko„taruvchi konveyr ancha yuqori yuritgchi va konstruksiyaga ega bo„lib bir erda muqim o„rnatilishga mo„ljallangan. Kon massasini qattiq jinslarda 14º burchakdan yuqori va yumshoq jinslarda 18º dan yuqori balandliklarga unumli va xavfsiz ko„tarish uchun lenta yuzasi qovurg„alarga bo„linib yasaladi yoki yuqoridan bosib turuvchi lenta yoki zanjirli to„r ishlatiladi. Ular materialni pastga surilib ketishiga yo„l qo„ymaydi. Magistral konveyrlar karer yuzasida joylashgan bo„lib, qoplama jinslarni ag„darmaga va foydali qazilmalarni boyitish fabrikasiga yoki omborlarga tashishga mo„ljallangan. Ag‘darma konveyrlar ag„darmalarda joylashgan. Bajaradigan ishiga qarab ular zaboy konveyerlariga o„xshab ketadi. Ular ag„darma fronti deyiladi. Tuzilishi bo„yicha qayta yuklovchi va ag„darma hosil qiluvchilar bilan birgalikda kompleks hosil qiladi. Qayta yuklovchi uzatuvchi a‟zo vazifasini o„taydi, ekskavatordan zaboy konveyerigacha yoki zaboy konveyeridan to„plovchiga bir gorizontdan ikkinchisiga, shuning uchun u o„zi yurar gusenitsali yoki qadamlovchi shakldagi yurish mexanizmiga ega bo„lib, qabul qiluvchi va konveyer so„ngida to„kuvchi qismlari bo„lib, bu qism 18º gacha har qanday qiyalikda ishlay oladi. YAssi tekislikda qabul qiluvchi moslama va to„kuvchi qismlari 60º gacha burchakka burilishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling