2-amaliy mashg`ulot Vaqtinchalik omborlarning maxsulot sig’imini hisoblash. Darsning maqsadi


Download 18.39 Kb.
Sana29.10.2023
Hajmi18.39 Kb.
#1732926
Bog'liq
2 amal


2-amaliy mashg`ulot
Vaqtinchalik omborlarning maxsulot sig’imini hisoblash.


Darsning maqsadi: talabalarni meva , kartoshka va sabzavotlarni kuzgi va qishki davrda saqlash uchun vaqtinchalik omborlarni tashkil etishni o’rgatish . Bunda talabalar vaqtinchalik omborlarni tashkil etishda maxsulot turi va miqdoriga ko’ra qancha uyum yoki o’ralar zarurligi , ularni barpo etish tadbirlari, ularga maxsulotlarni joylashtirish va ustini berkitish tartibi bilan amaliy tanishtiriladi .
1-vazifa. Quyidagi miqdordagi sabzavotlarni saqlashga joylashtirish uchun ariq –o’ralar miqdorini hisoblang :
a) 500 t kartoshka uchun ,agar ariq –o’ralar quyidagi o’lchamda bo’lsa : uzunligi 20m, eni 0.8 m, chuqurligi 0.6 m .
Ishlash tartibi :

  1. Bir ariq o’raning maydoni qancha ?

20 m (uzunligi ) x 0.8 m (eni) =16m2
2. Bir ariq-o’raning xajmi qancha ?
16m2 (maydoni) X0.6 M (chuqurligi ) = 9.6 m3
3.Bir ariq –o’raga qanday miqdorda kartoshka ketadi ?
1m3 -650 kg (0.65 t)
9.6m3 ­– X
X = 9.6m3 x 0.65 t / 1m3 = 6.24 t
4. 500 t kartoshkani joylashtirish uchun nechta ariq –o’ra kerak?
500 t : 6.24 t = 81 dona ariq o’ra .
5. 500 t kartoshka joylashtirilgan ariq-o’ralar maydoni qancha ?
16m2 x 81 dona ariq –o’ra =1296m2
Xuddi shu tartibda karam va sabzi maxsulotlarini saqlash uchun maydonlar aniqlanadi.
b) 200 t karam uchun , agar ariq –o’ralar o’lchami quyidagicha bo’lsa : uzunligi 10m , eni 0.8 m chuqurligi 0.4m :
V) 300 t sabzi uchun ,agar ariq –o’ralar o’lchami quyigacha bo’lsa : uzunligi 10m , eni 0.6m, chuqurligi 0.5m :
g) Yuqoridagi a,b, v vazifalariga javob topilganidan so’ng , ular jamlanadi . uning yigindisi sof o’ralar maydonini ko’rsatadi, yani 75 % tashkil etadi .
Ularning umumiy maydonini aniqlashda ular orasidagi oraliqlar (2m) va asosiy yo’llar (4m) inobatga olinadi , ular umumiy maydonning 25 % ni tashkil etadi .
2-vazifa . Quyidagi miqdordagi sabzavotlarni saqlashda joylashtirish uchun uyumlar miqdorini aniqlang :
a) 500 t kartoshka uchun , agar uyum balandligi 0.9m , eni 1.2 m , uzunligi 20 m ;
B) 200 t karam uchun agar uyum balandligi 1m, eni 1.6m , uzunligi 1m ;
v) 300 t sabzi uchun agar uyum balandligi 0.8m , eni 1.2 m, uzunligi 10m bo’lsa
g) yuqoridagi a,b,v, vazifalarga javob topilgandan so’ng ular jamlanadi uning yig’indisi sof uyumlar maydonini ko’rsatadi yani 75% ni tashkil etadi .
Uyumlarning umumiy maydonini aniqlashda ular orasidagi oraliqlar (2m) ,asosiy yo’llar(5m) inobatga olinadi , ular umumiy maydonning 25% ni tashkil etadi .
Xisoblash: uyum xajmi quyidagi formulalar yordamida yechiladi .

  1. chuqursiz uyum uchun : x= ЭхБ(y-1)/ 2

  2. chuqurli uyum uchun : x= +y{ЭiЧx

bu yerda : y=uyum uzunligi , m
3-uyum eni ,m
Б-Uyum balandligi ,m
4-uyum chuqurligi ,m
УIЭIЧI-mos holda uyum chuqurchasining uzunligi ,eni va chuqurligi ,m
Sabzavotlarni uyum va handaklarda joylashtirish . Uyum va xandaklar juft qatorlab joylashtiriladi , ular orasida 6-8m kengligida va 2 uyum yoki xandak orasida 4-6m yo’l qoldiriladi . vaqtinchalik ombor kvartallari orasida yo’l kengligi 8-10m
Uyumlar eni 1.5-2m ,uzunligi kartoshka uchun 10-20m , sabzi uchun 3-7m bo’Ladi .Uyum balandligi uning kengligi yoki burchagining tabiiy qiyaligiga bog’liqdir. Kartoshkada u 40-45 gradus ga teng.
Chidamli ildizmevalar uchun janubiy va g’arbiy tumanlarda uyum kengligi 1 dan 2 metrgacha , balandligi esa 0.5-0.8m ,balandligi esa 1m bo’ladi .
Karamli oziq –ovqat maqsadida janubiy va g’arbiy tumanlarda kengligi 1m va 0.5-0.7m balandlikda, markaziy mintaqalarda kengligi 1.5-2m , balandligi 1m uyumlarda saqlanadi.
Uyum va xandaklarni yopish . Kartoshka va sabzavotlar joylangan uyum va xandaklarni yopish uchun somon miqdorini xisobga olish zarur. Xar bir tonna kartoshka maxsulotiga 100kg somon talab qilinadi. Uyum va xandaklarni yopish qatlami (somon ,tuproq) ushbu sharoitda tuproqning muzlash qalinligidan kam bo’lmasligi shart . Shunda somonni 10sm qatlamiga 20sm tuproq qalinligi to’g’ri kelishi kerak. Unutmaslik kerakki , o’ra va uyumlardagi maxsulotning sifatli saqlanishi ko’p jihatdan uni to’g’ri tashkil etilishiga bo’g’liq . Sifatsiz tashkil etilgan vaqtinchalik omborlarda maxsulot buzulishi ham mumkin .
Download 18.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling