1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Download 111.46 Kb.
bet1/2
Sana22.01.2023
Hajmi111.46 Kb.
#1110852
  1   2
Bog'liq
1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish


1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish
Ishning maqsadi: Talabalarni O’zbekistonda keng tarqalgan meva ekinlarining, botanik oilasi, turkum va tur tarkibi bilan tanishtirish hamda morfologik, xo’jalik va biologik belgilariga qarab guruhlanishini o’rganish.
Material va jihozlar:
1. Turli mevali ekinlar ko’chatlari, mevalari, urug’lari, gerbariylari, jadvallari, mulyajlari.
2. Ribakov A.A., Ostrouxova S.A. O’zbekiston mevachiligi. T., 1981.
3. Mirzayev M.M., Sobirov M.Q. Bog’dorchilik. T., 1987.
4. Ostonaqulov T.E., Narziyeva S.X., G’ulomov B.X. Mevachilik asoslari. T., 2010.
5. Bo’riyev H.Ch. Havaskor bog’bonga qo’llanma. T., 2002.
6. Ostonaqulov T.E. va boshqalar. Meva ekinlari yetishtirish bo’yicha fermerlarga savol-javoblar. Samarqand, 2012.
7. Mevachilik fanining o’quv uslubiy majmuasi.
8. Internet saytlari: www.agro.uz, www.ziyonet.uz, www.agriculture.uz, mevazor.uz, mehnat.uz

Asosiy tushuncha: O’rta Osiyoda yovvoyi meva daraxtlari, asosan, tog’li hududlarda, o’rmonzorlarda va daryo sohillarida o’sadi. Bu yerlarda meva daraxtlari va butalarning 108 ga yaqin turi uchraydi, yong’oqzorlar 70-75 ming gektarni va pistazorlar 250 ming gektarni tashkil etadi. Bu yerda yovvoyi holda o’sadigan meva va rezavor meva o’simliklarining quyidagi turlarini: olmaning 3, nokning 8, olxo’rining 2, behining 1, olchaning 11, bodomning 10, chetan (ryabina) ning 3, anjirning 2, anorning 1, yong’oqning 2, o’rikning 1, shaftolining 1, do’lananing 13, jiydaning 1, qizilning 6, smorodinaning 11, maymunjonning 3, malinaning 1, krijovnikning 1, tokning 1, pistaning 1, zirkning 7, xurmoning 1, unabining 1, oblepixaning 1, na’matakning 13, turini uchratish mumkin. Shaftoli bilan tut daraxti ko’pincha faqat madaniy holda uchraydi. Meva va rezavor meva o’simliklarining navlari juda ko’p va xilma-xildir. Bu navlari botanik belgilari, biologik xususityalari,. tuproq, yorug’lik, namlik va issiqlikka talabi, hosildorligi, mevasining sifati, xo’jalik jihatdan ahamiyati hamda boshqa bir qancha xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Meva va rezavor meva o’simliklari 50ga yaqin oila va undan ham ko’proq avlod va turni mujassamlashtirgan. Har bir madaniy turning ko’plab navlari bor.
Hozir Markaziy Osiyoda meva, rezavor meva ekinlarining 73 ta turi ekilib o’stirilmoqda. Bu xilma-xillikni o’rganish oson bo’lishi uchun meva va rezavor meva o’simliklari morfologik belgilari hamda biologik xususiyatlariga ko’ra quyidagi guruhlarga: urug’li, danakli, yong’oq mevali, rezavor-meva, subtropik, sitrus va har xil tropik mevali ekinlarga bo’linadi.
Yer ustki qismining tuzilishi, meva berishi, uzoq yashashi va boshqa belgilariga ko’ra meva va rezavor-meva ekinlarini daraxtlar, butalar, chala butalar va o’tchil o’simliklarga bo’lish mumkin.
Meva daraxtlarining uch xil guruhi bor.
1- guruhga tanasi yaxshi ifodalangan daraxtlar (pekan, yong’oq, gilos, o’rik, olma va qisman nok), kiradi.
2 - guruhga butalar kiradi. Butalar mevaga erta kiradi, ildizlaridan bachkilar chiqaradi (olxo’ri, olcha, anor, anjir va boshqalarning tarvaqaylagan xillarida).
3-guruh oraliq o’simliklar guruhidir. Bu guruhga olma va nokning ko’pgina navlari, olxo’ri, shaftoli, xurmoning daraxtga o’xshab ketadigan navlari kiradi.
Butalar - mevali o’simliklar bo’lib, bir xil yo’g’onlikdagi bir nechta novdali katta shox shaklida rivojlanadi: Krijovnik, smorodina va hokazolar ham shu guruhga kiradi.
Chala butalar poyasining quyi qismi yog’ochsimon yuqori qismi qishda qurib qoladigan o’t o’simliklardir. Malina, chernika va boshqa rezavor - meva o’simliklari ham chala butalar guruhiga taalluqlidir.
O’tchil o’simliklarga zemlyanika va qulupnay kiradi.
O’zbekiston sharoitida meva daraxtlari juda katta bo’lib, o’sib ketadi. Olma va o’rikning kuchli o’sadigan navlarini balandligi 10-15 metrga, aylanasi esa 11- 13 metrga, tanasiinng uzunligi 150 - 180 sm ga yetadi. Novdalari ba’zi yillari 1 m gacha ham o’sishi mumkin. Ildizi baquvvat bo’lib, ayrim navlariniki yerga 6,5 m gacha chuqur kirib, yon tomonga 12 m va undan ham ko’proq tarqaladi. Meva va rezavor-meva o’simliklari polikarp bo’lib, butun hayoti davomida bir necha marta gullaydi va hosil beradi. Shu xususiyati bilan faqat bir marta hosil beradigan monokarp o’simliklardan farq qiladi.
Hamma meva va rezavor meva o’simliklari turli vaqtda hosilga kiradi. Hosilga kirish vaqti o’simliklarning turi, naviga, payvandtakka, ekologik sharoit va qo’llangan agrotexnika usullariga bog’liqdir. Hosilga kirish vaqtiga qarab o’simliklar erta va kech hosilga kiradigan navlarga ajratiladi. Har bir navning ham o’z navbatida erta kech hosilga kiradigan turlari bor.
Meva va rezovor meva o’simliklari turli vaqtda hosilga kiradi. Bu ularning turi, naviga,payvandtagga, ekologik sharoit va qo’llangan agrotexnika usullariga bog’liq. Hosilga kirish vaqtiga qarab, o’simliklar erta va kech hosilga kiradigan turlarga ajratiladi. Har bir navning ham o’z navbatida, erta va kech hosilga kiradigan turlari bor.
Qisqa tanali meva daraxtlari uzun tanalilarga qaraganda 2- 4 yil oldin hosilga kiradi, lekin ularning yashash davri qisqa bo’ladi. Odatda, erta hosilga kiradigan navlar kech kiradiganlariga nisbatan kam yashaydi. Tabiiyki hosilga erta kirgan daraxtlar tez qarib erta quriydi.
Masalan, olmaning Renet Simirenko navi boqqa o’tqazilgandan so’ng 4-5 yil o’tgach hosilga kiradi. 30-yillarga borib uning asosiy shoxlari quriy boshlaydi. Kandil-sinap 9-11 yildan boshlab hosilga kiradi. 45-50 yoshga borganda ham yashnab turadi. Meva va rezavor meva o’simliklarining muhit sharoitlariga talabchanligi har xil bo’ladi. Iqlimi mo’tadil hududlarda o’zini yaxshi his qilsa, boshqalari ko’p issiqni va vegetasiya davri uzoq bo’lishini talab qiladi.
Ba’zi meva va rezavor meva o’simliklarining ildiz sistemasi baquvvat va yerga chuqur taralganligi uchun ular qurg’oqchilikka ancha chidamli bo’ladi. Bularning ba’zilari shag’alli va qumli yerlarda yaxshi o’ssa, boshqalari unumdor yerni talab qiladi.
Vazifa:
1. Meva ekinlarini turkum va tur tarkibi bilan tanishish, biologik va xo’jalik belgilariga qarab guruhlanishini o’rganish va 7-jadvalni to’ldirish.
2. Meva ekinlarini yer ustki qismi uzoq yashash va hosilga kirish muddati bo’yicha guruhlarini yozib, olma, nok, o’rik, shaftoli, anor, anjir, qulupnay, yong’oq, malina, smorodina kabilarga ta’rif berish va 8-jadvalini to’ldirish.
3. Klaster usulida meva ekinlari guruhlanishini o’rganing?


Download 111.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling