1 . Dorivor valeriana (ildizi) – 25 g, arslonquyruq (o’ti) – 25 g, oddiy qora zira (mevalari) – 25 g, oddiy fenxel (mevalari) – 25 g,
Asabiylik va yurak urushining tezlashishida kuniga 3 marta 1/2 stakandan qabul qilinadi.
Manchjur araliyasi (ildizi) – 15 g, maxsarsimon levzeya (ildizi) – 15 g, qizil do’lana (mevalari) – 15 g, dolchin rangli na’matak (mevalari) – 15 g, dorivor tirnoqgul (gullari) – 10 g, uch bo’lakli qoraqiz (o’ti) – 10 g, qora mevali chetan (mevalari) – 10 g, zubturum (barglari) – 10 g.
Quvvat beruvchi va immunostimullovchi vosita sifatida kuniga 3 marta 1/3 – 1/4 stakandan damlama qabul qilinadi.
Qalampir yalpiz (barglari) – 30 g, arslonquyruq (o’ti) – 30 g, dorivor valeriana (ildizi) – 20 g, oddiy otquloq (g’uddalari) – 20 g.
Asabiylik ta’sirchanlik, uyqusizlikda kuniga 3 marta 1/2 stakandan 1 damlama qabul qilinadi.
Pushti rodiola (ildizi) – 20 g, baland bo’yli exinopanaks – 20 g, dolchin rangli na’matak (mevalari) – 20 g, ikki uyli gazanda (o’ti) – 20 g, qizil do’lana (mevalari) – 15 g, teshik dalachoy (o’ti) –10 g.
Quvvat oshiruvchi va immunorezistent vositalarini ko’taruvchi sifatida kuniga 2-3 marta 1/3 – 1/2 stakandan damlama qabul qilinadi.
Dorivor valeriana (ildizi) – 30 g, qalampir yalpiz (barglari) – 30 g, uch bargli meni antes (barglari) – 40 g.
Asabiylik va ta’sirchanlikda kuniga 2 marta 1/2 stakandan damlama qabul qilinadi.
Dala qirqbo’g’imi (o’ti) – 20 g, qush toron (o’ti) – 30 g, qizil do’lana (gullari) – 50 g.
Yurakning tez-tez urishi, ta’sirchanlik, uyqusizlikda kuniga 3-4 marta 1/4 stakandan damlama qabul qilinadi.
Dorivor valeriana (ildizi) – 30 g, arslonquyruq (barglari) – 30 g, oddiy bo’ymodoron (o’ti) - 20 g, oddiy arpabodiyon (mevalari) – 20 g.
Yurak og’riqlarida kuniga 2-3 marta damlama ko’rinishida 1/3 – 1/4 stakandan qabul qilinadi.
8. Qora marjondaraxt (gullari) – 25 g, dorixona moychechagi (gullari) – 25 g, yuraksimon jo’ka (gullari) – 25 g, qalampir yalpiz (o’ti) – 25 g.
Siydik va ter haydovchi vosita sifatida kuniga 2-3 marta qaynoq damlama ko’rinishida 1 stakandan qabul qilinadi.
Dolchin rangli na’matak (mevalari) – 54 g, oddiy brusnika (mevalari) – 15 g, ikki uyli gazanda (barglari) – 40 g.
Darmon dori vositasi sifatida kuniga 1-3 marta 1/2 stakandan damlama qabul qilinadi.
Dolchin rangli na’matak (mevalari) – 30 g, qoraqat (mevalari) – 10 g, ikki uyli gazanda (barglari) – 30 g, sabzi (ildizi) – 30 g.
Darmon dori vositasi sifatida kuniga 3 marta 1/2 stakandan damlama qabul qilinadi.
Qalampir yalpiz (barglari) – 20 g, ermon (o’ti) – 20 g, oddiy fenxel (mevalari) – 20 g, yuraksimon jo’ka (gullari) – 20 g, olxasimon frangula (po’tslog’i) – 20 g.
Klimaktrik nevrozda ertalab va kechqurun 1 stakandan damlama qabul qilinadi.
G’ozpanja (o’ti) – 25 g, katta qoncho’p (o’ti) – 25 g, oddiy bo’ymodoron (o’ti) – 25 g, moychechak (gullari) – 25 g.
Klimaktrik nevrozda kuniga 1/2 – 1/3 stakandan katta bo’lmagan xo’plamda qabul qilinadi.
Marvaridgul (gullari) – 10 g, oddiy fenxel (mevalari) – 20 g, qalampir yalpiz (barglari) – 30 g, dorivor valeriana (ildizi) – 40 g.
Miokarditda damlama ko’rinishida kun davomida 3 marta 1/3 – 1/4 stakandan qabul qilinadi.
Dorivor valeriana (ildizi) – 20 g, dorixona moychechagi (gullari) – 30 g, qora zira (mevalari) - 50 g.
Asabiylik, ta’sirchanlik, uyqusizlikda kuniga 2 marta 1/2 stakandan damlama qabul qilinadi.
Dorixona moychechagi (gullari) – 20 g, qalampir yalpiz (barglari) – 20 g, oddiy fenxel (mevalari) - 20 g, dorivor valeriana (ildizi) – 20 g, oddiy qora zira (mevalari) – 20 g.
Uyqusizlikda ertalab 1-2 stakan, kechqurun 1 stakandan qaynatma ko’rinishida qabul qilinadi.
Oddiy qorazira (mevalari) – 20 g, kichik bo’rigul (barglari) – 10 g, dorivor valeriana (ildizi) – 20 g, qizil do’lana (gullari) – 20 g, oq viskum (o’ti) – 30 g.
|
MC6 – Ney – guan, bilak-kaft burmasidan 2 sun yuqori, uzun qo’l kafti muskullari va panjani bukuvchi bilak paylari orasida.
MC7 – Da – lin – bilak - kaft bo’g’imi o’rtasida, uzun qo’l kafti muskullari va panjani bukuvchi bilak paylari orasida.
JI5 – szyu – vey – qalqonsimon o’simta uchidan 0,5 sm pastga.
VB20 – Fen – chi, soch o’sish chegarasidan 1 sun yuqori, ensa suyagi ostida, trapesiyasimon muskullar tashqi chekkasi chuqurchasi ichkarisida.
VB21 – (yelka qudug’i) – suyak do’ngi usti chuqurchasi markazida, T14 (Da – chjuy) va GI15 (Szyan – yuy) nuqtalari orasidagi masofa o’rtasida, yelka bo’g’imlari usti kurak akromial o’simtasi va yelka suyagi katta bo’rtmasi orasida (qo’l ko’tarilgandagi chuqurda).
E36 – Szu – san – li, katta boldir suyagi qurrasidan 3 sm tashqariga muskullar orasida, tizza ko’zi pastki chekkasidan 3 s pastda.
GI4 Xe – gu, I va II qo’l kafti orasi II qo’l kafti suyagi bilak chekkasi yaqinida.
GI11 – Syuy – chi, tirsak bukumi tashqi chekkasi, tirsak burmasi va tashqi to’piq orasidagi masofa o’rtasida
|
- бемор организмининг юрак қон томир, нафас ва бошка тизимларининг ҳажми ортиб борувчи тақсимотли жисмоний машқларга аста секин адаптацияси;
- оксидланиш-қайтарилиш жараёнларининг бутун организмда ва хусусан юрак мушакларида яхшиланиши;
- экстракардиал омиллар стимуляцияси;
- жисмоний ва меҳнат қобилиятининг тикланиши ва ортиши;
- ЮИКнинг иккиламчи профилактикаси (гиперлипидемия даражаси, ТВИ-тана вазни индекси, АБ пасаяди, жисмоний чидамлилик ошади);
- бемор ҳаёти сифатини яхшилаш.
|
Орқа мия сегментларининг (С6-С4, Th6-Th2, Th12-L1) паравертебрал соҳаларига таъсир қилиш; тўш, юрак соҳаси, кураклараро ва чап елка массажи; нафас ҳаракатлари; қўл оёқлар массажи. Бемор ётган ёки ўтирган ҳолатда, давомийлиги – 15-20 мин. Курс – 12 сеанс (кунаро).
|