Mavzu: Yong'oqmevali daraxtlar madaniy o'rmonlarni barpo etish


Download 54.55 Kb.
bet1/3
Sana08.05.2023
Hajmi54.55 Kb.
#1446225
  1   2   3
Bog'liq
Yong\'oqmevali daraxtlar madaniy o\'rmonlarni barpo etish.


Mavzu: Yong'oqmevali daraxtlar madaniy o'rmonlarni barpo etish.
Reja:
1. Yong‘oqmevali o‘simliklar haqida ma’lumot.
2. Yong‘oqzorlarning ahamiyati va tarqalish areali.
3. Agrobiologik ma’lumotlar.
4. Yong‘oqning navlari.
5. Yong‘oqni ko‘paytirish, yong‘oqzorlar barpo etish va parvarishlash agrotexnikasi.

Yong‘oq mevali o‘simliklarga yong‘oq (Juglands L), manjuriya yong‘og‘i (J. Manshurica Maxim.), Pekan yoki sermoy yong‘oq, pekan (Caria olivaeformis Nutt), bodom (Amygdalus L.),pista (Pistacia L.) kiradi.


Manjuriya yong‘og‘i (J. Manshurica Maxim.) Primore o‘lkasida o‘sadi. U o‘rmon daraxti va manzarali daraxt sifatida o‘stiriladi. Bo‘yi 25 m gacha yetadi. Qurg‘oqchilikka birmuncha va qishga umuman chidamli. Oddiy yong‘oq uchun payvandtag sifatida foydalaniladi.
Yong‘oqning boshqa turlaridan Yaponiyada o‘sadigan Zibolda (J. Sieboldiana Maxim.) va yuraksimon (J. cordiformis) yong‘oqlar. AQShda o‘sadigan qora (J. nigra L.) va kul rang (J. Cinerea L.) yong‘oqlar diqqatga sazovordir. Bularning hammasi ham sovuqqa chidamli bo‘ladi.
Pekan yoki sermoy yong‘oq mevali va manzarali daraxt sifatida qimmatli hisoblanadi. Uning mag‘zi yangiligicha va qovurib iste’mol qilinadi, shuningdek, konditer sanoatida ishlatiladi. Moyning ta’mi zaytun moyinikiga o‘xshaydi va shuning uchun u konserva sanoati uchun qimmatli hisoblanadi. Mag‘zi shirin, xushta’m. Mevasidan 45-60 % mag‘iz chiqadi. Uning arkibida 8 % dan ortiq moy, shuningdek, ko‘plab uglevod va oqsillar bo‘ladi. To‘yimliligi va ta’mi jihatidan pekan yong‘og‘i boshqa yong‘oqlardan ustun turadi.
Pekan daraxtning yog‘ochi qattiq, egiluvchan bo‘lib. Dub va shumtol daraxtlari yog‘ochiga o‘xshaydi, ba’zi xossalari bilan esa ulardan ustun turadi. Pekan chiroyli, katta va uzoq yashaydigan daraxt bo‘lib, uni joylarni ko‘kalamzorlashtirish uchun ekish mumkin.
Pekan (Caria olivaeformis Nutt) avlodi yong‘oqdoshlar oilasiga kiradi. Uning vakillari yovvoyi holda faqat AQShda uchraydi. Shu yerda bitta turi - pekan (gikori) madaniy holda ko‘p tarqalgan. Qora dengiz sohilarida, Zakavkazeda, O‘rta Osiyoda, Ukrainaning janubida oz bo‘lsa ham o‘stiriladi. Unga bo‘lgan qiziqish yil sayin ortib bormoqda. Pekan chiroyli daraxt bo‘lib, bo‘yi 30-60 m gacha, shox-shabbasi aylanasining kengligi 35 m gacha, tanasining diametri ayrim hollarda 2,5 m gacha yetadi. Erkak gullari kuchalasiga bitta gulbandda uchtadan bo‘lib, novdalarining asosida joylashadi. Mevasi - soxta danak, ko‘pincha cho‘zinchoq, ingichka uchli, meva qati yupka va mo‘rt, dubning kuchalasiga o‘xshagan bo‘ladi.
Payvand qilingan daraxtlari o‘tkaziladigandan keyin 4-6, urug‘ ko‘chatlari esa 10-12 yilda hosilga kiradi. Pekan may oxiri - iyunning boshlarida gullaydi, shuning uchun gulini sovuq urmaydi. Guli shamol yordamida changlanadi. Erkak va urg‘ochi gullari bir vaqtda gullamaydi. Shuning uchun ular orasiga turli muddatlarda gullaydigan bir necha navni o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Pekan har yili va mo‘l (har tupidan 25 kg gacha) hosil beradi, bu jihatdan yong‘oqdan qolishmaydi. Mevasi oktyabr-noyabrda pishadi, o‘suv davri kech tugallanadi, yashil bargi bilan qishlaydi. O‘suv davri qisqa bo‘ladigan rayonlarda hosil bermaydi. Namsevar, chirindi va ohakka boy unumdor, sernam yerlarda yaxyashi o‘sadi.
2. Yong‘og‘ O‘rta Osiyo respublikalaridagi daraxtlarning va tog‘li rayonlardagi tabiiy o‘rmonlarning anchagina qismini tashkil etadi. Eng katta yong‘og‘zor Qirgizistonning janubiy tog‘larida bo‘lib, uning maydoni 30 ming gektardan ortiqdir.
Yong‘oq O‘rta Osiyodan tashqari Zakavkazeda, Moldaviyada, Qrimda, Shimoliy Kavkazda, Ukrainada va o‘sadi. Bolqon yarim oroli, Eron, Turkiya, Afg‘oniston, Pokiston, Xitoy, Koreya va Yaponiyada ham o‘sadi. Bulardan tashqari G‘arbiy Yevropada hamda Amerika Qo‘shma Shtatlarida keng miqyosda o‘stiriladi.
Yong‘og‘ daraxti juda qimmatlidir. Hali pishib yetilmagan mevasida na’mitak mevasinikiga nisbatan S vitamini uch-besh baravar ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ham yong‘oqdan pishirilgan murabbo va qiyom juda mazali bo‘lishidan tashqari singa (milk0 kasalligiga eng yaxshi davodir. Pishgan yong‘oqning mag‘izidan turli konditer mahsulotlari tayyorlashda va ovqat yog‘i olishda foydalaniladi. Yong‘oqning mag‘zida 78 protsentgacha Yog‘, 12-20 protsent oqsil, 12-20 protsent uglevod bo‘ladi. Yong‘oq mag‘zi to‘yimliligi jthatidan non, go‘sht, sutga qaraganda afzalroqdir, u faqat sariyoqqa yaqin turadi. Yong‘oq yog‘i faqat oziq-ovqat uchungina emas, balki lak, bosmaxona buyog‘i va sovunning eng yaxshi xillarini tayyorlashda ham foydalaniladi.
Yong‘oq yog‘ochi yuqori sifatli bo‘lgani uchun mebel sanoatida ishlatiladi. Bundan tashqari miltiq kundagi va aviatsiya parragi tayyorlanadi. Yong‘oq taxtasi pishiq, u juda yupqa randalanadi, shuning uchun undan chiroyli buyumlar ishlash mumkin.
Yong‘oq mevasining po‘stida 25 protsentgacha taniyod moddasi bo‘lib, undan buyoqchilik ekstraktlari va qora buyoq olinadi. Bargida yuglandin alkoloidi hamda efir yog‘i bo‘lib meditsinada va kosmetikada foydalaniladi. Hatto yong‘oq po‘chog‘i gaz so‘rib oladigan ko‘mir, dinamit, silliqlaydigan tosh, linolium, tol va boshqa narsalar tayyorlashda ishlatiladi.
Yong‘oq daraxti kattaligi chiroyligi, uzoq ishlashi bilan boshqa daraxtlardan farq qiladi. Shuning uchun ham u yo‘l va ko‘cha yoqalarini ko‘kalamzorlashtirish uchun keng foydalaniladi.
O‘zbekistonning deyarli barcha ob’ektlarida suvli yerda o‘stiriladi. Lekin yong‘oqning o‘sishi uchun tog‘li rayonlar, ayniqsa Toshkent oblastining Bo‘stonliq rayoni juda qulaydir. Bu yerlarda yong‘oq o‘rmonlarda yovvoyi holda va bog‘larda sug‘orilmasdan ham o‘sadi. Bo‘stonliq rayonida ekilgan yong‘oqlar nav jihatidan O‘rta Osiyoda eng qimmatli hisoblanadi. 3. Agrobiologik xususiyatlar. Yong‘oq daraxtning bo‘yi 30 metrga tanasining yo‘g‘onligi ikki metrga yetadi. Yong‘oqda otalik va onalik gullari alohida-alohida bo‘ladi. Otalik guli - kuchalasi o‘tgan yilgi novdada to‘da-to‘da, onalik guli esa yangi novda uchida bittadan va bir nechtadan, ba’zan to‘p-to‘p bo‘lib joylashadi.
Yong‘oq aprelda, may oyining boshida gullaydi. Shuni aytish kerakki, onalik va otalik gullari bir vaqtda yetilmaydi, ba’zi navlarda oldin otalik guli, keyin onalik guli yetiladi. Boshqa xil navlarda aksincha bo‘ladi. Otalik va onalik gullarning bir vaqtda yetilishi kamdan- kam uchraydi. Shuning uchun ham yong‘oq daraxti o‘zini o‘zi changlay olmaydi, normal hosil qilishi uchun chetdan changlanishi kerak. Yong‘oqning gullari shamol vositasi bilan changlanadi. Onalik gullari nam, salqin havoda juda yaxshi changlanadi.
Mevasi naviga, ob-havo sharoitiga va o‘sadigan joyiga qarab 10 sentyabrdan 10 oktyabrgacha pishadi.
Yong‘oqning mevasi, mayda-yirikligi, po‘chog‘ining qalin-yupqaligi, mag‘zining oson ajralishi, mazasi va undagi yog‘ining miqdori bilan bir-biridan farq qiladi. Bir dona yong‘oqning og‘irligi uning naviga qarab 2,5-20 grammgacha bo‘ladi, undan 25-70 protsent mag‘iz chiqadi. Mag‘izning yog‘liligi 56-78 protsent bo‘ladi. Eng yaxshi navlarning mag‘zi puchog‘idan yaxshi ajralib chiqadi.
Yong‘oq sernam tuproqda yaxshi o‘sadi. Yer sernam bo‘lsa yong‘oq har qanday tuproqda ham, hatto toshloq yerlarda ham o‘saveradi. Yong‘oq issiqda yaxshi o‘sadi. 25 darajadagi sovuq uni urib ketadi. Yong‘oq barvaqt o‘sa boshlaydi. Shuning uchun uni hosilini ko‘pincha bahorgi sovuqlar urib ketadi. O‘sish davri daraxtning naviga va o‘sish sharoitiga qarab 165-210 kun va undan ortiqroqqa cho‘ziladi.
Dastlabki yillarda yong‘oqning o‘q ildizi kuchli rivojlanadi. Katta yoshdagi daraxtlarning ildiz sistemasi butun shox-shabbasi egallab turgan joydan kattaroq joyni egallaydi va 4 metr chuqurlikkacha kirib boradi.
Yong‘oq sakkiz-o‘n yoshda, payvand qilingani esa to‘rt-olti yoshda mevaga kiradi. Ayrim tezpishar navlari (Ideal navi) ikki-uch yoshdayoq meva bera boshlaydi. Yong‘oq deyarlihar yili meva qiladi. Lekin hosili bir yil ko‘proq, ikkinchi yil kamroq bo‘ladi. Bir tup yong‘oqdan qulay sharoitda 100-150 kilogramm, hatto 500 kilogrammgacha yong‘oq olish mumkin. Yong‘oq daraxti 60 yoshga borganda to‘la kuchga kiradi va 300-400 yilgacha yashab, meva qila beradi.
4. Yong‘oqning navlari. Respublikaning ilmiy tadqiqot muassasalari yong‘oqning o‘nlab qimmatli navlarini topdi. Bu navlar sifati jihatidan G‘arbiy Yevropa va Amerika Qo‘shma Shtatlarining eng yaxshi navlaridan qolishmaydi, hatto issiq-sovuqning keskin o‘zgarib turishiga chidamliligi, tez yetilishi va mag‘zning go‘shtorligi jihatidan ba’zan ulardan ustunlik qiladi. O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaligi ilmiy tadqiqot instituti Toshkent vohasidagi bog‘larda xalqning ko‘p asrlik seleksiya tajribalarini ko‘llanilishi natijasida juda ajoyib navlar yetishtirgan, O‘zbekistonning tekislik qismida o‘stirish uchun quyidagi navlar tavsiya qilinadi.
№1 D u r m o n d ye s s ye r t i. Bu nav yong‘oq dumaloq, tumshuqli. Og‘irligi 11-12,5 gramm, mag‘iz chiqishi 50 protsent. Po‘chog‘i yupqa g‘adir-budur, rangi qizg‘ish, mag‘zi to‘q, mazali bo‘ladi. Po‘chog‘idan butunligicha ajraladi. Daraxti yaxshi avj oladi, har yili ko‘p meva beradi, 30 yoshlik daraxt to‘rt yil mobaynida yiliga 130 kilogrammdan, ko‘pi bilan 250 kilogrammdan hosil beradi. Mevasi sentyabr oyining o‘rtalarida pishadi.
UzNIILX sh i n t i l s i m o n i. Bu nav yong‘oq dumaloq, kichik tumshuqli, qirrasi bilinar-bilinmas. Og‘irligi 13,4-14,4 gramm, mag‘iz chiqishi 45-47 protsent. Po‘chog‘i o‘rtacha qalinlikda, g‘ovak, g‘adir-budur, mag‘zi mazali. Po‘chog‘idan yaxshi ajralmaydi. Daraxti tez o‘sadi, tanasi yarim sharsimon, qalin, deyarli har yili hosil beradi. Mo‘l hosilli; 20 yoshligida o‘rta hisobda yiliga 100 kilogrammgacha hosil beradi. O‘sish davrida ikki marta gullaydi. Bir to‘dada 20 tagacha yong‘oq bo‘ladi, mevasi sentyabr oyining ikkinchi yarmida pishadi.
№ 2 D u r m o n. Bu nav yong‘oq dumaloq, tepasi yassiroq, kichik tumshuqli. Og‘irligi 15,4 gramm, mag‘iz chiqishi 46-48 protsent. Po‘chog‘i juda qalin, jigar rang, g‘adir-budur, mag‘zi mazali bo‘ladi. Po‘chog‘idan yaxshi ajraladi. Daraxti tez o‘sadi. Har yili hosil beradi. 30 yoshligida o‘rtacha 75 kilogramm, eng ko‘pi 150 kilogrammgacha hosil beradi. Mevasi sentyabrning ikkinchi yarmida pishadi.
№ 2 T o sh k ye n t.Yong‘og‘i dumaloq, sal yassiroq, uchi kichik, og‘irligi 13,4 gramm, mag‘iz chiqishi 45 protsent, po‘chog‘i o‘rtacha qalinlikda, g‘adir-budur, g‘ovak, och jigar rang, oson chiqiladigan, mag‘zi mazali, po‘chog‘idan yaxshi ajraladigan bo‘ladi. Daraxti tez o‘sadi, serhosil, 35-40 yoshligida 120 kilogrammdan 200 kilogrammgacha hosil beradi. Mevasi sentyabr oyining birinchi yarmida pishadi.
№ 3 T o sh k ye n t. Bu nav yong‘oq dumaloq, tagi yassiroq, tumshug‘i kichik, uchli. Og‘irligi 12,2 gramm, mag‘iz chiqishi 47-48 protsent, po‘chog‘i yupqa, juda nozik, g‘ovak, kul rang, mag‘zi juda shirin, po‘chog‘idan yaxshi ajraladi. Daraxti tez o‘sadi, mo‘l hosilli, 24-30 yoshligida 150 kilogrammgacha, o‘rta hisobda 100 kilogramm hosil beradi. Yong‘og‘i sentyabrning ikkinchi yarmida pishadi.
Akademik R.R. Shreder nomli bog‘dorchilik va uzumchilik institutining Bo‘stonliq tajriba uchastkasi G‘arbiy Tan-Shandagi yong‘oqzorlarda ham yong‘oqning qimmatli navlarini topib o‘stirgan. Bu navlarni asosan respubulikaning tog‘liq va lalmikor rayonlarida o‘stirish tavsiya qilinadi. Bulardan eng yaxshilari quyidagilardir.

Download 54.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling