Mavzu: Yong'oqmevali daraxtlar madaniy o'rmonlarni barpo etish


Download 54.55 Kb.
bet3/3
Sana08.05.2023
Hajmi54.55 Kb.
#1446225
1   2   3
Bog'liq
Yong\'oqmevali daraxtlar madaniy o\'rmonlarni barpo etish.

Adabiyotlar:4, 5
1. Pista-Markaziy Osiyo respublikalarida keng tarqalgan yong‘oqmevali daraxtlar.
Pistaning ildiz sistemasi 8 m chuqurlikgacha yetadi va shox-shabbalari proeksiyasidan bir necha barobar katta.
Pista -yaqqol tasvirlangan kserofit va sug‘orilmaydigan yerlarda namlik yetishmasligi sababli boshqa o‘simliklar qurib qoladigan sharoitlarda ham o‘sadi.
Pista suvni muhofazalash tuproqni himoya qilish hususiyatiga ega bo‘lish bilan birga qimmatbaho shifobaxsh yong‘oqmeva beradi. Yong‘og‘ining mag‘zida 50%dan ortiq yog‘lar, uglevodlar va turli vitaminlar mavjud.
Halq xo‘jaligi ahamiyati Xondon pista (Pistacia vera L. ) - o‘rta Osiyo tog‘li o‘rmonlarida o‘rmonlarni shakllantiruvchi asosiy daraxt turi hisoblanadi. Qurg‘oqchilikka chidamliligi, tuproqga talabchan bo‘lmaganligi, chuqur tarmoqlangan ildiz sistemasining rivojlanishi pistani tuproqning eroziyasi oldini olishda qo‘llaniladigan asosiy daraxtlardan biri hisoblanishiga asos bo‘ladi. O‘rmon meliorativ pistazorlarni tog‘ oldi mintaqalardagi katta maydonlarda barpo etilishi mumkin. Ulardan suv omborlari atrofini o‘rmonlashtirishda ham qo‘llaniladi.
Pistaning yong‘og‘i dorivor hisoblanadi, ular oziq ovqatda tabiiy holda, ham qovurilgan holda iste’mol qilinadi. Pista yong‘og‘ining mag‘zidan yuqori sifatli tortlar, muzqaymoqlar tayyorlashda foydalaniladi.
Pista yong‘og‘ining kolloriyasi boshqa oziq ovqat mahsulotlari bilan taqqoslanganda bodomdan 1,12 marotaba ; 10 yong‘oqdan-1,05; go‘shtdan-1,51; nondan - 2,89; kartoshkadan-8,44; pishloqdan-1,51 marotaba yuqoridir.
Download 54.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling