1-mavzu: dorivor о‘simliklarni о‘rganish tarixi reja
Download 0,55 Mb.
|
талабагадоривор ўсимликларга талабага
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tushunchalar
1-mavzu: DORIVOR О‘SIMLIKLARNI О‘RGANISH TARIXI Reja:
Asosiy tushunchalar: dorivor, dorivor о‘simlik, dorivor mahsulot, biologik faol moddalar, fitopreparat, yer ostki organlar, yer ustki organlar, dorivor vosita, xalq tabobati, ilmiy tibbiyot. Dorivor о‘simliklar fanining maqsad va vazifalari. О‘zbekiston tabiati о‘zining betakror gо‘zalliklari, serquyoshligi, tuproq va suvi bilan alohida ajralib turadi. Shuning uchun ham uning о‘simliklar dunyosi nihoyatda boydir. Kо‘p dorivor о‘simliklar о‘zining shifobaxshligi bilan halqimiz orasida keng tarqalgan bо‘lib, ular halq va ilmiy tabobatda muvaffaqqiyatli qо‘llanib kelinmokda. Tibbiyotda ma’lum kasallikni davolash hamda shu kasalliklarni oldini olish uchun ishlatiladigan о‘simliklarni dorivor о‘simliklar deb yuritiladi. Dorivor о‘simliklar fani — dorivor о‘simlik turlari va ulardan olinadigan dorivor mahsulotlarni о‘rganadi, tahlil qiladi. Dorivor о‘simliklarni о‘rganishda quyidagi yо‘nalishlar bо‘yicha ilmiy-tekshirish ishlari olib boriladi:
Dorivor о‘simliklar fanining vazifasi dorivor o‘simliklarning botanik tavsifi va sistematikasi, tabiiy tarqalishi va ekologiyasi, kimyoviy tarkibi va tasnifi, tabobatda qo‘llanilishi, qimmatbaho dorivor turlarni madaniylashtirish va iqlimlashtirish masalalarini о‘rganishdan iborat. Kasallikni davolash va uning oldini olish maksadida dorivor о‘simliklardan dori turlari tayyorlanadi yoki ulardan dorivor vositalar va sof holdagi dorivor moddalar olinadi. О‘simliklar о‘z tarkibida ma’lum kasallikka shifo bо‘la oladigan, kishi organizmiga qandaydir ta’sir kо‘rsata oladigan biologik faol moddalar saqlaydi. Buning uchun shu о‘simliklarning kasalliklarni davolash xususiyatga ega biologik faol moddalarga boy bо‘lgan qismlaridan, ya’ni ba’zi о‘simliklarning yer osti organlaridan (ildiz, ildizpoya, tuganak yoki piyoz), ba’zilarining esa ustki organlaridan (barg, gul, meva, urug‘, pо‘stlok yoki о‘t о‘simliklarning butunlay yer ustki qismi — о‘ti) foydalaniladi. Biologik faol moddalar о‘simliklarning hamma organlarida bir xil miqdorda tо‘planmaydi. Ba’zi о‘simliklarda yer ostki organlarida, ba’zilarida yer ustki qismida tо‘planadi. Dorivor vosita tayyorlashda ishlatiladigan biologik faol birikmalarga boy bо‘lgan о‘simlik organlari dorivor mahsulot deb ataladi. Dorivor mahsulot tarkibida kasalliklarni davolovchi terapevtik ahamiyatga ega bо‘lgan biologik faol moddalari bо‘lgani sababli u tibbiyotda va farmatsiyada ishlatiladi. Biologik faol moddalar kо‘pincha ayrim о‘simliklarga xos bо‘lgan alkaloidlar (belladonna, bangidevona, mingdevona, skopoliya turlariga xos atropin, giossiamin, skopalamin), glikozidlar (angishvonagul, strofant, adonis, marvaridgul, erizimum о‘simliklariga xos yurak glikozidlari, ra’noguldoshlarga xos amigdalin, karamdoshlarga xos sinigrin va boshqa izotiotsiantlar), kumarinlar, efir moylari, flavonoidlar, vitaminlar, lignanlar, oshlovchi va boshqa moddalar sifatida uchraydi. Ba’zi dori turlari, dorivor vosita va toza moddalar о‘simlik hamda hayvonlarning birlamchi ishlash yо‘li bilan olingan efir moylari, smolalar, moy va yog‘lar, daraxt yelimlari, zaharlar (ilon va asalari zaharlari), lanolin, prapolis va boshqalardan ham tayyorlanadi va olinadi. Farmatsevtikada dori turlari tayyorlash hamda dorivor preparatlar va toza moddalar olish uchun ishlatiladigan dorivor о‘simliklar va hayvon organlari yoki ulardan birlamchi ishlash yо‘li bilan olingan mahsulotlar dorivor mahsulotlar deb ataladi. Sanoat miqyosida kimyoviy sintez orqali olinayotgan turli xildagi dori-darmonlarning tannarxi dorivor о‘simliklardan olinayotgan dori-darmonlarga nisbatan ancha qimmatga tushadi. Tabiiy dori-darmonlar inson organizmini davolashda yaxshi samara berib, hech qanday asorat qoldirmaydi. Shu sababli, kimyoviy sintezdan kо‘ra tabiiy xomashyodan preparatlar tayyorlashni ilmiy tibbiyot tasdiqlamokda. Dorivor о‘simliklar xomashyo bazasini kengaytirish kechiktirib bо‘lmaydigan dolzarb muammolardan biri sanaladi. Hozirgi paytda shifobaxsh о‘simliklardan tayyorlangan dori-darmonlar keng miqyosda qо‘llanilib kelinmokda. Ruhiy xastaliklarni davolashda dorivor о‘simliklarning 18 turidan, saratonni davolashda 7 turidan, qandli diabetda 24 turidan, ateroskleroz, yurak-qon tomirlari sklerozida 25 turidan, oshqozon xastaliklarida 10 turidan, qon bosimi xastaliklarida 22 turidan keng foydalanilmokda. Bundan tashqari, kashandalik va alkogolizmning oldini olishda, qondagi xolesterinni muvofiqlashtirib turishda ham shifobaxsh giyohlardan tayyorlangan dori-darmonlar yordam bermoqda. Dorivor о‘simliklarga va ulardan olinadigan dorivor vositalarga tibbiyot sohasida bо‘lgan talabning ortib borishiga asosiy sabab sintez yо‘li bilan olingan har bir kimyoviy dorivor vositani uzoq vaqt uzluksiz ravishda iste’mol qilish inson va hayvon organizmida turli noxush о‘zgarishlarni yuzaga keltirishidir. Shunga kо‘ra oxirgi vaqtlarda butun dunyoda о‘simlik dorivor vositalariga — fitopreparatlarga va dorivor о‘simliklarga ehtiyoj ortmoqda. Bu esa о‘z navbatida dorivor о‘simliklarni о‘rganish ahamiyatining yanada oshishiga olib keladi. Dorivor о‘simliklar fanining о‘z oldiga qо‘ygan asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
Dorivor о‘simliklar fani о‘z oldiga qо‘ygan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni belgilab oladi:
Download 0,55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling