1-mavzu: dorivor о‘simliklarni о‘rganish tarixi reja


Dorivor mahsulotlarni saqlash va saqlash muddati


Download 0.55 Mb.
bet31/31
Sana24.12.2022
Hajmi0.55 Mb.
#1050404
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
талабагадоривор ўсимликларга талабага

Dorivor mahsulotlarni saqlash va saqlash muddati. Tayyorlangan dorivor mahsulotlar ishlatilishiga qadar ma’lum vaqt ichida kо‘p (markazlashtirilgan ombor, zavod, fabrika va laboratoriya omborlari) yoki oz (dorixonalarda) miqdorda saqlanadi. Shu davrda dorivor mahsulot о‘z sifati va qimmatini yо‘qotmasligi uchun ma’lum qoidalarga rioya qilishga tо‘g‘ri keladi.
Dorivor mahsulotlar saqlanadigan bino va xonalar toza, quruq va shamol о‘tib turadigan bо‘lishi lozim. Mahsulotlarga quyosh tushmasligi va xonaning poli taxtadan, devorlari oqlangan bо‘lishi shart.
Dorivor mahsulotlar maxsus stelaj yoki sо‘rilar ustiga qо‘yiladi. Sо‘rilarning balandligi 4 m gacha, eni 1,5 m bо‘lishi, devorgacha masofa 25 sm, sо‘rilarning о‘zaro oralig‘i 50 sm va poldan balandligi 15—20 sm dan kam bо‘lmasligi kerak.
Dorivor mahsulotlar saqlanadigan xonalar har kuni tozalanib turilishi, xona harorati 10—15°C bо‘lishi lozim.
Dorivor mahsulotlarni saqlash uchun guruhlarga bо‘lish kerak. Zaharli va kuchli ta’sir etuvchi dorivor mahsulotlar, masalan, belladonna, angishvonagul, marvaridgul, bangidevona, mingdevona va boshqalar alohida xonalarda saqlanishi lozim. Shuningdek, tarkibida efir moyi bо‘lgan dorivor mahsulotlar ham iloji boricha alohida xonalarda yoki boshqa dorivor mahsulotlardan uzoqroq joyda saqlanishi lozim.
Quritilgan mevalar, masalan, malina, chernika va boshqalarni havo о‘tib turadigan joylarda saqlash yoki mahsulot miqdori kam bо‘lsa osib qо‘yish kerak. Bu mevalarga hasharotlar va kemiruvchilar о‘ch bо‘ladi. Shu sababli tez qurtlab ketishi mumkin.
Har bir dorivor mahsulot ustiga yorliq (birka) osib qо‘yiladi. Yorliqqa mahsulot nomi, qachon, qayerda, kim tayyorlagani, omborga qachon keltirilgani yozilgan bо‘ladi.
Zaharli dorivor mahsulotlar ustiga umumiy yorliqdan tashqari yana pushti rangli yorliq ham osib qо‘yiladi.
Dorivor mahsulotlarni saqlash muddati har xil bо‘lib bu muddat dorivor mahsulotlar tarkibidagi kimyoviy birikmalar tuzilishiga bog‘liq bо‘ladi. Ofitsinal dorivor mahsulotlarning (Davlat farmakopeyasiga kiritilgan) saqlash muddatini Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilaydi. Davlat farmakopeyasiga kirmagan dorivor mahsulotlarni Davlat farmakopeya qо‘mitasi kо‘rsatmasiga binoan har yili bir marta kо‘rikdan о‘tkaziladi.
Uy sharoitida dorivor mahsulotlarning ta’sir qiluvchi quvvatini hisobga olgan holda ma’lum guruhlarga bо‘lib, tartibga solinishi, har bir tur о‘simlik xom ashyolari yoki ulardan tayyorlangan yig‘malarni alohida-alohida, maxsus idishlarda: qog‘oz xaltachalarda, karton, qalin karton yoki fanerdan yasalgan savatchalarda, shisha, chinni, sirlangan hamda zanglamaydigan og‘zi bekiladigan moslamalarda saqlash lozim.
Idishlarga joylashtirilgan shifobaxsh giyohlar xom ashyolari maxsus shkaflarda, sо‘rilar ustida quyosh nurlari tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri tushmaydigan qorong‘i joylarda saqlanadi. Bunda uy harorati 20-25°S dan oshmasligi, vaqti-vaqti bilan shamollatib turilishi va har doim nazorat ostida bо‘lishi kerak.
Dorivor giyohlarni saqlanadigan shkaflarda boshqa о‘tlar, о‘simliklar yoki hidli moddalar saqlanmasligi kerak, chunki ular xom ashyolarga yomon ta’sir qiladi, sifatini hamda ta’mini buzilishga olib keladi.
Dorivor о‘simliklarr xom ashyolarini saqlashda tavsiyanoma hamda qoidalarga tо‘liq amal qilinsa о‘z quvvatini hamda ta’sir kuchini, ya’ni xususiyatlarini yо‘qotmaydi, yetarli holda saqlaydi. Dorivor om ashyolar turlicha muddatda saqlanadi:

  • barg va gul xom ashyolari 1-2 yil;

  • yer ustki qismlari (xashagi) 2-3 yil;

  • urug‘ va mevalari 2-3 yil;

  • pо‘stlog‘i, ildizi, ildizpoyalari, tuganaklari 3-5 yil;

  • ba’zi (andiz, rovoch, yetmak) ildizlarni 10 yil davomida saqlash mumkin.

Dorivor mahsulotlarning saqlash muddati tamom bо‘lganidan sо‘ng tarkibidagi ta’sirchan kimyoviy birikmalar miqdori yoki ta’sir etish kuchi aniqlanadi. Tahlil natijasi standart talabiga tо‘g‘ri kelmasa, mahsulot tashlab yuboriladi. Agar dorivor mahsulotlarni saqlash davrida biror nuqson sezilsa, dorivor mahsulotni saqlash muddatini kutib о‘tirmasdan tezda tahlil qilinadi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, dorivor о‘simliklarni belgilangan muddatda terib olmaslik, xomashyo tayyorlash va quritish qoidalariga rioya qilmaslik tayyorlangan xomashyo sifatining pasayishiga, ularning tarkibidagi biologik aktiv moddalarning miqdori va sifatining pasayishiga sabab bо‘ladi. Ulardan tayorlangan dori-darmonlar yetarli ta’sirchanlik quvvatiga ega bо‘lmaydi.
Bu moddalar meyorida ma’lum dozada bо‘lsa, yaxshi davolaydi va inson salomatligiga foyda keltiradi. Agar dozasi oshib ketsa, zaharli hisoblanadi. Biologik aktiv moddalar barcha о‘simlik organlarida ham bir xil miqdorda uchramaydi. Ular о‘simliklarning organlarida kо‘p yoki kam bо‘lishi, ayrim hollarda esa mutlaqo bо‘lmasligi ham mumkin. Moddalarning miqdori va sifati shu о‘simlikning о‘sayotgan geografik muhitiga, ularning rivojlanish davrlariga, yoshiga va kо‘pgina boshqa hollarga bog‘liq bо‘ladi hamda о‘zgarib turadi. Bu jarayon ma’lum qonuniyat asosida sodir bо‘ladi. Ba’zan uni tashqi ta’sirot yordamida о‘zgartirish mumkin.
Tabiiy sharoitda о‘sayotgan yovvoyi shifobaxsh о‘simliklarning dori-darmonlik xususiyatlarini bilish vaqtlarini о‘quvchilarga bayon etish uchun, avvalo о‘qituvchi о‘simlik turlarini hamda formalarini yaxshiroq bilib olishi, adabiyotda keltirilgan ma’lumotlardan tо‘liq xabardor bо‘lishi lozim. Shuningdek, о‘quvchilarni tabiat quchog‘iga olib chiqqanda, о‘sha joylardagi mahalliy xalqlardan dorivor о‘simliklar haqida sо‘rab, ularning qaysi birlaridan qanday maqsadlar uchun foydalanayotganligi haqida bilib olishlari kerak.
О‘quvchilar esa shifobaxsh о‘simliklardan gerbariy terishlari, ularning mahalliy nomlarini yaxshi bilib olishlari hamda har bir о‘simlikning о‘sish sharoiti va rivojlanish davrlarini aniq kо‘rsatishlari kerak. Lozim bо‘lsa, о‘quvchilar shifobaxsh о‘simliklarning turlarini va formalarini bir-biri bilan aralashtirib yubormasdan, alohida-alohida tо‘plashlari zarur. Tо‘plangan о‘simliklar turli aralashmalardan tozalanishi, qurigan, chirigan qismlari olib tashlanishi kerak. Tayyorlangan xomashyoni quyoshda quritish mumkin emas, chunki ular tarkibidagi biologik aktiv moddalarning sifati buziladi. Shu sababli, ularni yuqori bо‘lmagan haroratda (maxsus xonalarda), shamol tegib turadigan soya joylarda quritish va quruq xonalarda saqlash tavsiya etiladi.


Nazorat uchun savollar

  1. Dorivor о‘simliklar xom ashyosini qanday yig‘ishtiriladi?

  2. Dorivor о‘simliklar xom ashyosi qaysi vaqtlarda yig‘ib olinadi?

  3. Yer ustki organlar qanday vaqtlarda yig‘iladi?

  4. Yer ostki organlar qanday tayyorlanadi?

  5. Meva va urug‘lar terish va tayyorlash.

  6. Dorivor о‘simliklar xom ashyosini quritish usullari qanday?

  7. Tayyor dorivor mahsulotlarni idishlarga joylashtirish.

  8. Dorivor mahsulotlarni saqlash usullari.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling