1-mavzu: dorivor о‘simliklarni о‘rganish tarixi reja
О‘zbekistonda dorivor o‘simliklarni yetishtirish ishlari
Download 0.55 Mb.
|
талабагадоривор ўсимликларга талабага
О‘zbekistonda dorivor o‘simliklarni yetishtirish ishlari. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda farmatsevtika sanoati va dorixonalarni о‘simliklar xomashyosi bilan ta’minlash maqsadida ixtisoslashgan, fermer, о‘rmon va boshqa mulkchilik shaklidagi xо‘jaliklarida eng kо‘pi bilan 42 tagacha dorivor о‘simliklar turlari о‘stiriladi.
Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Moldova, Misr Arab Respublikasi va bir qator mamlakatlarda dorivor о‘simliklarni yetishtirish bilan shug‘ullanish birmuncha yaxshi yо‘lga qо‘yilgan. Mustaqillikka erishilgandan sо‘ng О‘zbekiston Respublikasining farmatsevtika sanoati tezlik bilan rivojlana boshladi. Hozirgi vaqtda bunday korxonalarning soni 70 tadan ortiqdir. Shu sababli ham, ushbu sanoatni dorivor о‘simliklar xomashyosi bilan yetarli darajada ta’minlash talab etiladi. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan hozirgi vaqtda mamlakatimizda dorivor о‘simliklar о‘stirish bilan shug‘ullanuvchi 8 ta ixtisoslashgan xо‘jaliklar tashkil qilingan. Bundan tashqari kо‘plab о‘rmon, fermer va boshqa mulkchilik shaklidagi xо‘jaliklarda ham о‘stirilmoqda. Biroq mamlakatimizda dorivor о‘simliklar xomashyosiga bо‘lgan talabning keskin ortib borishiga qaramasdan ularni о‘stirish texnologiyalari shu vaqtgacha mukammal ishlab chiqilgan emas. Hozirgi vaqtda tibbiyotda 250 ga yaqin о‘simliklarning mahsulotidan foydalaniladi. Shu kо‘rsatilgan dorivor о‘simliklar mahsulotining 48% yovvoyi holda о‘sadigan о‘simliklardan, 30% turli tuproq iqlim sharoitida joylashgan xо‘jaliklarning dorivor о‘simliklar о‘stiriladigan maydonlarida tayyorlanadi. Qolgan 22% „aralash“ guruhni tashkil qiladi, ya’ni bu guruh dorivor о‘simliklar mahsuloti ham yovvoyi holda о‘sadigan, ham dorivor о‘simliklar о‘stiriladigan maydonlarda о‘sadigan о‘simliklardan yig‘iladi. Keyingi vaqtda „aralash“ guruh dorivor о‘simliklardan tayyorlanadigan dorivor mahsulotlarning salmog‘i umumiy yig‘iladigan dorivor mahsulot miqdoridan yil sayin oshib borishi kutilmoqda. Ma’lum sabablarga kо‘ra sug‘oriladigan maydonlarda о‘stiriladigan dorivor о‘simliklar mahsuloti yil sayin umumiy tayyorlanadigan mahsulotlar miqdoridan kо‘payib bormoqda. Bu sabablarning asosiylari quyidagilardan iborat: 1. Yil sayin dorivor о‘simliklar mahsulotiga ehtiyoj о‘sib borishi natijasida ularning xomashyosini tayyorlash miqdori ham kо‘paymoqda. Bu esa о‘z navbatida qator dorivor о‘simliklarning kо‘p о‘sadigan joyida kamayib ketishiga, natijada ularning xomashyosini tayyorlanishini keskin chegaralanishi yoki butunlay tо‘xtatilishiga olib kelishi. О‘zbekistonda yovvoyi holda о‘sadigan bozulbang va qoraqovuqlarning yer ustki qismi va piyozining kо‘p tayyorlanishi natijasida ularni zaxirasi (miqdori) tabiiy о‘sish joyida juda ham kamayib ketdi. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda bu о‘simliklar О‘zbekiston „Qizil kitobiga“ kiritildi. Shuning uchun ularning tabiiy xomashyosini о‘sish joyida tayyorlash tо‘xtatildi va xо‘jalik dalalarida hamda о‘zlarini yovvoyi holda о‘sadigan joylarida о‘stirilmoqda. Bunday misollarni kо‘plab keltirish mumkin. 2. Dorivor о‘simliklar mahsulotiga muntazam ravishda talabning oshib borishi va uni yovvoyi holda о‘sadigan о‘simliklar hisobiga qondirilmasligi natijasida shu о‘simliklarni sug‘oriladigan mintaqalarda о‘stirishga tо‘g‘ri kelmoqda. 3. Ba’zan kamyob dorivor о‘simliklarga talab katta bо‘lsa-yu, lekin ular yovvoyi holda, yig‘ish uchun noqulay joylarda (masalan, Kavkaz va Qrimning tog‘li tumanlarida о‘sadigan belladonna va boshqalar) yoki kam miqdorda, katta hududlarda tarqoq holda (masalan, Rossiyaning Yevropa qismida keng tarqalgan, lekin siyrak uchraydigan dorivor valeriana va boshqalar) о‘ssa, bu dorivor о‘simliklar mahsulotini tayyorlash sug‘oriladigan yerlarda о‘stirishdan qimmatga tushadi. Shuning uchun bunday о‘simliklarni ham xо‘jaliklar dalalarida о‘stirish maqsadga muvofiq bо‘ladi. 4. Yovvoyi holda о‘sadigan dorivor о‘simliklar xomashyosini katta hajmda tayyorlashning qiyinchiligi, uni yig‘ib olish uchun qishloq xо‘jalik texnikasidan foydalanishning murakkabligi. Sug‘oriladigan maydonlarda о‘stiriladigan dorivor о‘simliklar mahsulotini qulay sharoitda va ta’sirchan kimyoviy biologik faol moddalari kо‘p tо‘plangan davrda turli mexanizmlar yordamida yig‘ib olish mumkin. 5. Qimmatbaho, tibbiyot uchun juda zarur bо‘lgan dorivor mahsulot respublikamizda uchramaydigan tropik yoki subtropik iqlimli davlatlarda о‘sadigan о‘simliklardan tayyorlanadigan bо‘lsa, imkoni boricha shu о‘simliklarni о‘zimizda о‘stirish maqsadga muvofiq bо‘ladi. О‘zbekistonda dorivor о‘simliklar asosan turli tuproq iqlim hududlarida joylashgan Qishloq va suv xо‘jalik vazirligiga qarashli xо‘jaliklarda ekiladi. О‘zbekiston Respublikasida birinchi marta 1973 yilda Toshkent viloyati Bо‘stonliq tumanidagi xо‘jaliklarda dorivor о‘simliklar ekila boshladi. Keyinroq (1978 yilda) Namangan viloyati Pop tumanida Ibn Sino nomli dorivor о‘simliklar о‘stiriladigan xо‘jalik tashkil qilindi. Bu xо‘jalik dalalarida qalampir yalpiz, dorivor marmarak (mavrak), dorivor tirnoqgul, na’matak, achchiq shuvoq (erman), bо‘lakli ituzum, mayda gulli tog‘rayxon va boshqa о‘simliklar о‘stirilgan. Ulardan yig‘ilgan mahsulotlar О‘zbekiston dorixonalarini ta’minlash uchun hamda Chimkent kimyo-farmatsevtika zavodi va boshqa korxonalarga jо‘natilgan. Hozirgi kunda dorivor о‘simliklarni о‘stirib yetishtiradigan maxsus xо‘jaliklar Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarida tashkil qilingan. Respublikamizning qariyb hamma viloyatlaridagi „Farmatsiya“ ishlab chiqarish birlashmalari qoshida dorivor о‘simliklar о‘stiradigan maydonchalar tashkil qilingan bо‘lib, ularda viloyat dorixonalar talabiga binoan tegishli о‘simliklarni о‘stirmoqdalar. Hozirgi kunda Toshkent viloyati Chirchiq tumanidagi dorivor о‘simliklarga ixtisoslashgan Oxunboboyev nomli ixtisoslashgan xо‘jalik dalalarida qalampir yalpiz, dorivor marmarak (mavrak), dorivor tirnoqgul, dorivor moychechak, besh bо‘lakli arslonquyruq, pol-pola, na’matak va boshqa dorivor о‘simliklar о‘stirilmoqda. О‘zbekiston Respublikasi FA ga qarashli Toshkent botanika bog‘ining sobiq katta ilmiy xodimi Q.H.Xо‘jayev, keyinchalik shu bog‘ning dorivor о‘simliklarni madaniylashtirish va iqlimga moslash laboratoriyasining mudiri, katta ilmiy xodim Y.M.Murdaxayev Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya va botanika kafedralarining ilmiy xodimlari bilan hamkorlikda qardosh respublikalari hamda dunyoning boshqa hudud (region) laridan keltirilgan 67 turdagi dorivor о‘simliklarni Toshkent shahri iqlimida о‘stirishga erishdilar. Ularning fikrlaricha, yuqorida tirnoqgul, qalampir yalpiz, dorivor marmarak (mavrak), dorivor valeriana, fenxel (dorixona ukropi), dorivor moychechak, qora andiz, ajgon (ziran karmoni), arpabodiyon, oddiy dastarbosh, na’matak turlari, butasimon amorfa, qizil angishvonagul, yoyiq erizimum, kendir turlari, Kavkaz yamsi, Man’chjuriya araliyasi, tog‘ jumrut, sano (kassiya) turlari, patriniya, tuxumak, besh bо‘lakli arslonquyruq, dorivor zangvizorba, yarim butasimon sekurinega, bо‘rigul turlari, qoraqobiq turlari, belladonna, meksika bangidevonasi, pol-pola, bо‘lakli ituzum, gangituvchi buzulbang va boshqa dorivor о‘simliklarni yetishtirish mumkin. Hozirgi kunda tabiiy holda о‘sayotgan dorivor о‘simliklarni zaxiralari insonlar ta’sirida kamayib bormoqda. Buning о‘rnini tо‘ldirish va xalqimiz ehtiyojini qondirish maqsadida dorivor о‘simliklar turlarini kо‘paytirish va ularni О‘zbekistonning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda sug‘oriladigan mintaqalarda ekib о‘stirish maqsadga muvofiq bо‘ladi. О‘zbekistonda farmatsevtika sanoatini dorivor о‘simliklar xomashyosi bilan ta’minlash maqsadida yaqin yillar ichida dorivor о‘simliklarni ekib о‘stiradigan fermer va ixtisoslashgan xо‘jaliklarni tashkil qilish va kо‘paytirish maqsadga muvofiq bо‘lar edi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling