1-mavzu: dorivor о‘simliklarni о‘rganish tarixi reja


О‘simlikning yer ustki qismi (о‘t)


Download 0.55 Mb.
bet28/31
Sana24.12.2022
Hajmi0.55 Mb.
#1050404
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
талабагадоривор ўсимликларга талабага

О‘simlikning yer ustki qismi (о‘t) о‘simlik gullaganida yig‘iladi. О‘simliklarning yer ustki organlari, ya’ni poyasi, novdasi, bargi va gullari birgalikda teriladigan bо‘lsa, ularni terish muddati gullash paytiga tо‘g‘ri keladi. О‘simliklarning yer ustki organlarini yig‘ishtirib olishda о‘tkir pichoq, tok qaychi hamda о‘roqdan foydalaniladi. Kо‘p yillik о‘tlar va chala butalarni asosidan 7—8 sm balandroqdan о‘rish kerak. Bо‘yi baland о‘simliklarning esa poyasining tepa qismi (10—20 sm uzunlikda) va shoxchalari kesib olinadi (achchiq shuvoq, dalachoy va boshqa о‘simliklar).
Quritishga tayyorlangan xomashyo soya joylarda, maxsus maydonchalarda, xonalarda va ayvonlarda quritiladi. Ularni yoyib, kun davomida 2—3 marta ag‘darib turish lozim. Bu vaqtda xonalarning eshik va oynalarini ochib, shamollatib turish lozim. Xomashyoning quriganini aniqlash uchun uning poyasi egib kо‘riladi, agar poyasi sinsa, barglarini barmoqlar orasiga olib ishqalaganda maydalanib ketsa, u yetarli qurigan hisoblanadi. Quritilgan о‘simlik xom ashyolarini bir joyga tо‘plab, ularni sinib va maydalanib ketishiga yо‘l qо‘ymaslik lozim. Tayyor xomashyo och yashil rangli, о‘ziga xos hidli bо‘lishi, namligi 12—13% dan oshmasligi kerak.
О‘simlikning yer ustki qismlarini, masalan bargi, guli va boshqa qismlarini shudring kо‘tarilgandan sо‘ng havo ochiq paytida yig‘ib olinadi. Yomg‘ir yoki ertalabki shudring kо‘tarilmasdan oldin yig‘ilgan о‘simliklarni quritish qiyin, ular qurtilganida ham qorayib ketadi.
Kurtaklar bо‘rtish paytida, erta bahorda (ochilmasdan ilgari) о‘simlik tanasida suyuqlik yura boshlagan vaqtda yig‘iladi. Agar kurtaklar о‘sa boshlagandan sо‘ng terilsa, dori-darmonlik xususiyatini yо‘qotadi. Ularni juda ehtiyotkorlik bilan terib olish zarur. Kurtaklar о‘simliklardan terib olinadi yoki kurtakli shoxchalarni qirqib olib sо‘ngra shoxchalardan kurtaklarni asta-sekin qoqib tо‘planadi.
Pо‘stloqlar ham erta bahorda, ya’ni о‘simlik tanasida suyuqlik yurishib, yog‘och qismidan oson ajraladigan davrida, poya va yо‘g‘on shoxlaridan shilib olinadi. О‘simlikning ikki yillik sog‘lom, kasallanmagan novdalaridan ajratib olinadi. Shira harakati kuchli boshlangan paytda, ya’ni kurtaklarning yaxshi bо‘rtish vaqtida pо‘stlog‘i ajratib olinadi. Bu davrda pо‘stloq tez va oson ajralishidan tashqari, bu vaqtda biologik aktiv moddalarning ta’sir quvvati yuqori bо‘lgan paytga ham tо‘g‘ri keladi.
Pо‘stloq olishni osonlashtirish uchun poya yoki yо‘g‘on shoxlarni bir-biridan 30 sm masofada ikki yeridan о‘tkir pichoq bilan kо‘ndalangiga, keyin uzunasiga kesiladi va pо‘stloq ajratib olinadi.
Gullar о‘simlik qiyg‘os gullaganda yig‘iladi. Kо‘pincha gullar alohida-alohida kesib olinadi. Ba’zan gul tо‘plamining hammasi (dastarbosh, marjondaraxti va boshqalar) yoki gulning ayrim qismlari (sigirquyruq о‘simligida faqat gul tojibarglari) yig‘ib olinadi.
Plantatsiyalarda о‘stirilgan yoki yovvoyi holda kо‘p uchraydigan mayda gulli о‘simliklarning guli maxsus asbob bilan yig‘iladi (moychechak va boshqalar).
Ayrim gullar g‘unchalash davrining oxiri va ochilish paytining boshlarida teriladi. Bu vaqtda terilgan gullarning gultojibarglari kо‘p tо‘kilib ketmaydi, tayyorlangan xom ashyoning rangi deyarli о‘zgarmaydi, hidi saqlanadi. О‘t о‘simliklarning gullari qaychi, о‘tkir pichoq, tok qaychilar bilan qirqiladi, daraxt va butalarniki esa ilgakli simlar yordamida teriladi. Xomashyo uchun terilgan gullar sog‘lom, kasallanmagan, hasharot yemagan, ezilmagan bо‘lishi kerak. Terilgan gullar savatchalarda quritish maydonchalariga keltiriladi yoki xonalarda brezent ustida quritiladi. Agar doimiy foydalaniladigan maydonlar bо‘lsa, asfaltlangan bо‘lishi zarur. Quritilayotgan xomashyoga quyosh nuri bevosita tushmasligi kerak. Aks holda mahsulot sifati buziladi, xomashyo rangi butunlay о‘zgaradi, ta’sir etish kuchi deyarli yо‘qoladi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling