1-mavzu: dorivor о‘simliklarni о‘rganish tarixi reja
Download 0.55 Mb.
|
талабагадоривор ўсимликларга талабага
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yer ostki organlar (ildiz, ildizpoya, tuganak na piyozlar)
Meva va urug‘lar pishib yetilgan davrda yig‘iladi. Mevalar odatda ertalab yoki kechqurun yig‘ib olinadi, kun isiganda yig‘ilsa, quruq mevalarning urug‘i sochilib ketishi mumkin.
Mevalar turiga qarab tayyorlanadi. Ba’zilar qо‘l bilan bitta-bitta uzib olinadi, boshqalari esa tayoq bilan qoqiladi. Sershira mevalar faqat yaxshi pishganda, havo ochiq vaqtda ertalabki hamda kechki soatlarda teriladi. Havo juda isib ketganda terilmaydi. Chunki terilgan sershira mevalar issiq kunda tez buziladi. Ularni ehtiyot qilib, ezib yubormasdan terish kerak. Mevalar savatchalarga teriladi. Mevalar orasiga har 5 sm oraliqda о‘simlik bargi yoki yosh novdachalar qо‘yilib, ustidan yana mevalar teriladi. Urug‘lar ham turli usullar bilan tayyorlanadi. Ba’zi urug‘lar maxsus asbob bilan mevadan ajratib olinadi (bodom urug‘i va boshqalar). Mayda meva va urug‘lar esa urug‘lar yetilganidan sо‘ng yoki yetilishi oldida о‘simlikni о‘rib quritib, sо‘ngra xirmonda yanchib tozalanadi (fenxel, arpabodiyon va kashnich mevalari, xantal urug‘i va boshqalar). Ba’zi о‘simlik urug‘lari pishishi bilan darhol tо‘kilib ketadi, natijada hosildorlik kamayadi. Buning oldini olish uchun shu xildagi о‘simlik urug‘larini tо‘liq yetilmagan paytda, ya’ni qо‘ng‘ir tusga kirishi bilan tera boshlash lozim. Tо‘pgulli о‘simliklarning urug‘larini tо‘pgullari bilan birga yig‘ishtirib olib, kichik-kichik bog‘ qilib bog‘lanadi, sо‘ngra ularni soya joylarda yoki maxsus maydonchalarda quritiladi. Quritilgan о‘simlik bog‘lari yanchiladi va urug‘lar tozalab olinadi. Meva va urug‘lar terilgan vaqtda boshqa begona о‘tlarning meva va urug‘lari aralashib ketmasligi, о‘simlik qoldiqlari, kasallangan mevalar ajratib olinishi lozim. Yer ostki organlar (ildiz, ildizpoya, tuganak na piyozlar) odatda о‘simlik uyquga kirgan vaqtida — erta bahorda yoki kech kuzda tayyorlanadi. Ba’zi yer ostki organlarni о‘simlik gullab bо‘lganidan sо‘ng yig‘iladi. Chunki ularning ba’zilarini о‘sayotgan yerida baland bо‘yli begona о‘simliklar orasidan topish qiyin (solab turlari va boshqalar), ba’zilarini qurib qolgan poyalarini esa shamol sindirib uchirib ketadi (yetmak va boshqalar). Yer ostki organlarni belkurak, ketmon va boshqa asboblar bilan qazib olinadi. Bir joyning о‘zida о‘simlik kо‘p hamda yer ostki organlari yaxshi taraqqiy etgan bо‘lsa, u holda traktor bilan kavlab olinadi (qizilmiya va boshqalar). Yig‘ilgan yer ostki organlarni loy, tuproq, qum, barg va poyalardan tozalab (ba’zilarini suvda yuvib), quritish uchun mayda bо‘laklarga qirqiladi. Kovlab olingan ildiz, ildizpoya va tugunaklar tuproqdan ajratib olinadi hamda savatchalarga solinib, oqar suvda yuviladi. Suvi selgigandan keyin esa maxsus maydonchalarga keltirilib, saralanadi. Bunda, albatta, chirigan, qurt yegan ildizchalar hamda boshqa о‘simliklarning turli qoldiqlari olib tashlanadi va maxsus quritish maydonchalarida quritiladi. Shuni esda tutish lozimki, gullab turgan о‘simliklarning yer ostki organlarini kovlab olish qat’iyan man etiladi. Yig‘ilgan dorivor mahsulotlarni savatlarga bosib yoki bir yerga uyub qо‘yib bо‘lmaydi, chunki namlik va issiqlik (qizish yoki quyosh harorati) ta’sirida о‘simlik tо‘qimalarida chuqur biokimyoviy о‘zgarishlar rо‘y beradi, organimzga ta’sir etuvchi kimyoviy birikmalar parchalanib ketib, dorivor mahsulot о‘z qimmatini yо‘qotadi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling