1-mavzu: dorivor о‘simliklarni о‘rganish tarixi reja


Download 0.55 Mb.
bet27/31
Sana24.12.2022
Hajmi0.55 Mb.
#1050404
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
талабагадоривор ўсимликларга талабага

Nazorat uchun savollar

  1. Dorivor о‘simliklarni ekish va о‘stirish ishlari qanday rivojlantirildi?

  2. Sug‘oriladigan maydonlarda dorivor о‘simliklar о‘stirishning ahamiyati nimada?

  3. Dorivor о‘simliklar ekish uchun yerni tayyorlash ishlari qanday olib boriladi?

  4. Yerni haydash usullarini aytib bering.

  5. О‘zbekistonda dorivor o‘simliklarni yetishtirish ishlari.

  6. Boshqa hudud dorivor о‘simliklarini Toshkent iqlimida о‘stirish ishlari.

  7. Dorivor о‘simliklarni tayyorlash, qayta ishlash hamda о‘stirish bilan qaysi idoralar shug‘ullanadi?

  8. Dorivor о‘simliklarni tayyorlashni tо‘g‘ri uyushtirishga javobgar mutaxassisning vazifalari nimalardan iborat?

  9. Dorivor о‘simliklar mahsulotini tayyorlashda amal qilinadigan asosiy qoidalar nimadan iborat?

6-mavzu. DORIVOR O‘SIMLIKLAR XOMASHYOSINI ISHLATISHGA
TAYYORLASH


Reja:
1. Dorivor o‘simliklar xomashyosini yig‘ish.
2. Dorivor o‘simliklar xomashyosini quritish.
3. Dorivor mahsulotlarni saqlash va saqlash muddati.


Asosiy tushunchalar: dorivor о‘simlik, dorivor mahsulot, bargi, yer ustki о‘t qismi, kurtagi, pо‘stlog‘i, guli, mevasi, urug‘i va danagi, yer ostki organlari: ildizi, ildizpoyasi, tugunaklari, piyozi, dorivor mahsulotlarni quritish, dorivor mahsulotlarni saqlash, saqlash muddati.


Dorivor o‘simliklar xomashyosini yig‘ish. Tibbiyotda va farmatsiyada tarkibida kishi organizmiga ta’sir etuvchi kimyoviy moddasi bо‘lgan dorivor о‘simlik organlari — mahsulotlari ishlatiladi. Dorivor mahsulotlar sifatida о‘simliklarning yangi kurtagi, pо‘stlog‘i, bargi, guli, urug‘i, mevasi, danagi, ildizi, ildizpoyasi hamda tugunaklaridan turli xil kasalliklarni davolashda qо‘llaniladigan dori-darmonlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Dorivor о‘simliklarning quvvatchanligi ular tarkibidagi biologik aktiv moddalar hamda turli murakkab tuzilishdagi birikmalarning faqat miqdoriga bog‘liq bо‘libgina qolmay, balki kо‘p jihatdan sifatiga ham bog‘liqdir. Ularni kimyoviy birikmalar eng kо‘p yig‘ilgan davrda yig‘ishtirib olish kerak.
Kimyoviy moddalar о‘simliklarning hamma organlarida bir vaqtning о‘zida kо‘p miqdorda tо‘planmaydi, shuning uchun ham ularni turli vaqtlarda tayyorlashga tо‘g‘ri keladi.
О‘simlik organlarini quyidagi muddatlarda yig‘ib olish kerak:
Barglar odatda о‘simlik gullashi oldidan yoki gullaganida yig‘ib olinadi. Terilayotgan barg sog‘lom, kasallanmagan, hasharot yemagan bо‘lishi kerak. О‘simlik bargining uchdan bir qismi terib olinishi mumkin. Barg terilayotgan vaqtda qо‘lni yuqoridan pastga qarab harakat qilish va bargni bandi bilan terib olish zarur.
Barglar juda ohistalik bilan, iloji boricha о‘simlikka zarar yetkazmasdan yig‘ib olinadi (belladonna, angishvonagul va boshqa о‘simlik barglari).
Ba’zan о‘t о‘simliklarning bargini tayyorlash uchun yer ustki qismi о‘rib olinadi, sо‘ngra barglari teriladi yoki yer ustki qismi quritib maydalanadi. Barglari ajratilib, poyasi bilan shoxlari tashlab yuboriladi. Bunda shox va gullar aralashmasi barglarga qо‘shilib ketishi mumkin (yalpiz, gazanda va boshqa о‘simliklar).
Xomashyo uchun tayyorlangan barglar yaxshi quritilgan, maydalangan, rangini yо‘qotmagan hamda о‘ziga xos hidga ega bо‘lishi kerak.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling