Geografiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti
Download 32.36 Kb.
|
2.2. Biologik resurslar
- Bu sahifa navigatsiya:
- ______________________________________NING _____________________________________________FANIDAN MUSTAQIL ISHI
- XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI GEOGRAFIYA VA GEOINFORMATSION TIZIMLAR FAKULTETI 4-BOSQICH (SIRTQI ) GEOGRAFIYA YO’NALISHI TALABASI ______________________________________NING _____________________________________________FANIDAN MUSTAQIL ISHI Mavzu: “Biologik resurslardan foydalanish va ularni muhofaza qilish” Qabul qildi: __________________ Toshkent-2023 REJA
KIRISH Biologik resurslar deganda yer yuzasidagi o`simliklar, hayvonot dunyosi ulardan inson faoliyati davomida qanday resurs sifatida foydalanilishi, ulardan foydalanishning salbiy va ijobiy jihatlari, shuningdek, ularni muhofaza qilish haqida mq’lumotlarga ega bo’lamiz. Umuman olganda hozirda Yer sharida 500000 ga yaqin o’simlik turi bor, shundan 6000 ga yaqini madaniy o’simliklar (ya’ni navlar) hisoblanadi. Lekin Yer sharida ko’p tarqalgan qishloq xo’jalik ekinlari 80-90 turni, eng ko’p tarqalganlari esa 15-20 turni tashkil qiladi. Ular asosan oziq-ovqat va sanoat uchun xom-ashyo ekinlari hisoblanadi. Yovvoyi holda o’suvchi o’simliklar orasida o’rmon resurslarini hosil qiluvchi o’rmon o’simliklari ko’pchilikni tashkil etadi. O’simlik resurslari ham hayvon resurslari singari tugaydigan, lekin tiklanadigan resurslari hisoblanadi. Ulardan turli xil maqsadlarda foydalaniladi. Masalan: o’rmondan qurilishdan tashqari, smola, skipidar, bo’yoqlar, lak ekstraktlar, yelim, mebel, sellyuloza, qog’oz, spirt va hakozolar olinadi. Jahon o’rmon resurslari 2ta ko’rsatkich bilan ifodalanadi: -Egallagan maydoni (jahondagi barcha o’rmonzorlar 4,2mlrd ga ni tashkil etadi yoki 40 mln. km2 ya’ni jahon yer fondini 30% ini tashkil etadi). -Yog’och zaxirasi bilan (jami yog’och zaxirasi 350mlrd m3), yog’ochning sifatiga ko’ra. Doim o’sib turganligi sababli yog’och zaxirasi har yili 5,5mlrd m3 ko’payadi. Shunday ekan, kelajakda yog’och muammosi bo’lmaydigandek tuyuladi. Aslida unday emas. Chunki yog’och qadimdan qurilish va ishlov berish materiali sifatida foydalanib kelingan va hozirda ham ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Chunki yog’ochdan X1X-asrning o’rtalarida 4,5-5 ming xil mahsulot olingan bo’lsa, hozirda 20 ming xil mahsulot ishlanadi. Hozirgi vaqtda ham yog’ochga talab doimiy oshib bormoqda. Download 32.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling