Mevalarni quritish usullari


Download 23.21 Kb.
bet1/3
Sana26.03.2023
Hajmi23.21 Kb.
#1297498
  1   2   3
Bog'liq
MEVALARNI QURITISH USULLARI maqola


MEVALARNI QURITISH USULLARI
Olimov Bobir Komiljon o‘g‘li
Andijon mashinasozlik instituti “MICHA” kafedrasi assistenti
Tel: +998932559199
E-mail: olimovbobir1993@gmail.com
Ne‘matov Boburjon Xayrullo o‘g‘li
Andijon mashinasozlik instituti TJICHAB yo‘nalishi, 4-kurs talabasi
E-mail: nematovboburjon1409@gmail.com
Tel:+998934161409
Sattarov Asadbek Alimardon o‘g‘li
Andijon mashinasozlik instituti TJICHAB yo‘nalishi, 4-kurs talabasi
E-mail: sattarovasadbek99@gmail.com
Tel:+998935415841
Respublikamizda yildan yilga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini, shu jumladan, meva – sabzavot ekinlarini yetishtirish va qayta ishlashga e’tibor berilmoqda. Bu borada mamlakatimizda ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Bilamizki, bog’dorchilikda ko’ngilni eng ko’p achintiradigan holatlardan biri – bu mevalarni yig’ishtirish vaqti kelmasdan to’kila boshlashidir. Ayniqsa, kutilmagan shamoldan so’ng bog‘lardagi holat yanada achinarli holatga tushadi. Meva har kuni to’kiladi, ularning kunlik miqdori mevani qayta ishlash korxonalariga olib borish uchun yetarli bo’lmaydi. Yetarli miqdorda to‘plash uchun bir necha kun kutilsa, mevaning bir qismi yaroqsizga aylanadi. To‘kilgan mevani quritish qadimdan qo‘llaniladi. Mevani ochiq havoda yoki quritish moslamalarida quritish mumkin. Quritilgan mevaning sifati quritish jarayoniga va meva sifatiga bog‘liqdir [1, 2].
Quritish ikki xil (tabiiy va sun‘iy) yo‘l bilan olib boriladi. Materiallarni ochiq havoda suvsizlantirish tabiiy quritish deyiladi, bu jarayon uzoq vaqt davom etadi. Sanoatida esa materiallarni suvsizlantirish uchun sun‘iy quritish usuli qo’llaniladi, bu jarayon maxsus quritkich qurilmalarida olib boriladi [3].
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining quritish usullari qishloq xo‘jalik mahsulotlarining qurtishning tabiiy va sun’iy usullari mavjud. Tabiiy usullar bu havo – quyoshli va quyosh nurlari yordamida (gelioquritish) dan iborat bo‘lsa, suniy quritishning usullari juda ko‘pdir. Jumladan konvektiv, infraqizil, konduktiv, akustik to‘lqinlar va vakuum yordamida quritishlardir.
Eng ko‘p tarqalgan usullar esa quyidagilardan iborat:
- akustik quritish;
-konvektiv quritish;
-infraqizil quritish.

Download 23.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling