Mevalarni quritish usullari
Mahsulotlarni quritishning infraqizil usuli
Download 23.21 Kb.
|
MEVALARNI QURITISH USULLARI maqola
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati
Mahsulotlarni quritishning infraqizil usuli. Hozirgi davrda iste‘mol mahsulotlarini quritishning eng muxim va istiqbolli usullaridan biri infraqizil quritish usuli hisoblanadi. Uning elektroenergiyani ishlatilishi hisobiga tannarxning oshishi kabi kamchiliklar bo‘lishi mumkin.
Iste‘mol mollarini infraqizil quritish texnalogik jarayonida infraqizil nurlanish tulqinning ma‘lum uzunligida mahsulot tarkibidagi suv bilan yutib yuboriladi, lekin quritilayotgan mahsulotning tuqimasi shimib olmaydi. Shuning uchun namlikni uncha baland bo‘lmagan haroratda (40-60°C) yo‘qotish mumkin. Bu esa quritilayotgan mahsulotning vitaminlarini, biologik faol moddalarini, tabiiy rang, ta‘m va xushbuy xidini to‘liq saqlab qolish imkonini beradi. Infraqizil nurlanishdan foydalanish sabzavot va xo‘l mevalar, go‘sht va baliq, don, krupa (yorma) va boshqa iste‘mol qilinadigan va qilinmaydigan mahsulotlarni xozirgi zamonda eng istiqbolli quritish usuli hisoblanadi. Mahsulotlarni shunday texnologiya usuli bilan quritish tayyorlangan quruq mahsulotning 80 – 90 % tarkibida vitaminlar va biologik faol moddalarni saqlanib qolishiga imkon beradi [6]. Uzoq bo‘lmagan ivitishdan (10 – 20 min) so‘ng quritilgan mahsulot o’zining barcha tabiiy organoseptik, moddiy va kimyoviy hususiyatlarini qayta tiklaydi va yangi kurinishda iste‘mol qilish yoki pazandachilikda turli narsalar tayyorlash mumkin. Bu usulda mahsulotlarni quritish tezda tayyorlanadigan turli xil iste‘mol konsentratlarini ishlab chiqarish imkonini beradi: birinchi, ikkinchi, uchinchi taomlar, yahna ovqatlar, kasha, krupa, sabzavot va xo‘l mevali kukunlar, non pishirishda, konditerlik sanoatida, bolalar taomi uchun quruq aralashmalarda foydalaniladi. An‘anaviy quritishga qaraganda infraqizil quritish bilan ishlov berilgan sabzavotlar tayyor bo‘lgach ta‘m sifatida uzining asli holatiga yaqin holatda bo‘ladi [7]. Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati Atabaeva X.N., O‘simlikshunoslik, Toshkent, Mehnat, 2010 yil. Shaumarov X.B. Islamov S.Ya. Qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini saqlash va birlamchi qayta ishlash texnologiyasi. – Toshkent, 2011 Касаткин, А.Г. Основные процессы и аппараты химической технологии / А.Г. Касаткин. – 2-е изд., стер. и дораб. – М.: Альянс, 2005. – 753 с. Performance Evaluation of Drying Characteristics in Conical Bubbling Fluidized Bed Dryer В. В. Губарева. Расчет и проектирование конвективных сушильных установок белгород. 2014 Исследование процесса сушки семян подсолнечника семенного фонда инфракрасным излучением, научный журнал ниу итмо. серия «процессы и аппараты пищевых производств» № 2, 2014 Юнусов Б.Ю. ЮнусоваТ.К. Гелиоконвективная сушка сельхозпро-дуктов cовременные проблемы энергетики Межд. Конфер-я , Ташкент 2011 Download 23.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling