1-mavzu: dorivor о‘simliklarni о‘rganish tarixi reja


Download 0.55 Mb.
bet7/31
Sana24.12.2022
Hajmi0.55 Mb.
#1050404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
Bog'liq
талабагадоривор ўсимликларга талабага

Nazorat uchun savollar:

  1. О‘zbekistonda dorivor о‘simliklarni о‘rganish bо‘yicha qilingan ishlar.

  2. Mamlakatimizda Farmakognoziya fanini rivojlantirish bо‘yicha qanday ishlar qilindi?

  3. G‘arbiy Tyan-Shan florasidagi dorivor о‘simliklarni о‘rganish bо‘yicha tadqiqot olib borgan olimlar.

  4. О‘zbekistonda tarkibida alkaloidlar bо‘lgan о‘simliklarni о‘rganilishi.

  5. О‘zbekistonda dorivor о‘simliklarni iqlimlashtirish qanday olib borildi?

  6. Toshkent Botanika bog‘ida dorivor о‘simliklar introduksiyasi.

  7. I.V.Belolipovning dorivor о‘simliklarni о‘rganish sohasidagi ishlari.

  8. Y.M.Murdaxayevning dorivor о‘simliklarni о‘rganish sohasidagi ishlari.

  9. B.YO.Tо‘xtayevning ilmiy tadqiqot ishlari.

  10. Dorivor о‘simliklarni о‘rganish istiqbollari nimadan iborat?

3-mavzu. DORIVOR O‘SIMLIKLARNING SISTEMATIK
TAHLILI VA TARQALISHI


Reja:

  1. Dorivor о‘simliklarni о‘rganishning talablari.

  2. Dorivor о‘simliklarning sistematik tahlili.

  3. Dorivor о‘simliklarning tarqalishi.



Asosiy tushunchalar: dorivor о‘simliklar, sistematik guruhlar, taksonomik birliklar, dorivor о‘simliklarning sistematik tahlili, dorivor о‘simliklarning tarqalishi, namlik, yorug‘lik, tuproq tarkibi, harorat.


Dorivor о‘simliklarni о‘rganishning talablari. Yer yuzida dorivor о‘simliklarning 10-12 ming turi bor. 1000 dan ortiq о‘simlik turlarining kimyoviy, farmokologik va dorivorlik xossalari tekshirilgan. О‘zbekistonda dorivor о‘simliklarning 577 turi mavjud bо‘lib, shulardan hozirgi vaqtda 250 turi ilmiy tabobatda ishlatilmoqda.
О‘zbekistonning janubiy viloyatlarida ham 300 dan ortiq dorivor о‘simlik turlarining о‘sishi aniqlangan. Bu dorivor turlar turli oilalarga mansub bо‘lib, oilaga tegishli anatomik va morfologik belgi-xususiyatlarni о‘zida namoyon qiladi. Agar har bir oilaning belgi-xususiyatlarini va vakillarini yaxshi bilganda, turni tanish oson bо‘ladi. Har bir turni ahamiyati bilan о‘rganish esa dorivor о‘simliklarni ajratib olishda asqotadi. Shundan kelib chiqib dorivor о‘simliklarni о‘rganishga bir qator talab qо‘yiladi.
Dorivor о‘simliklarni о‘rganishda quyidagilarni yaxshi bilish kerak bо‘ladi:

  • Dorivor о‘simlik va mahsulotining о‘zbekcha va lotincha nomlarini, о‘simlikning qaysi oilaga mansubligi hamda ba’zi о‘simliklarning asosiy nomlaridan tashqari ikkinchi nomini (sinonimini) ham bilish.

  • Dorivor mahsulot olinadigan о‘simlikni tasvirlash va uni boshqa о‘simliklardan ajrata bilish.

  • О‘simlikning geografik tarqalishi (tarqalgan va о‘stiriladigan yerlarini), о‘sadigan joyini, shuningdek tabiiy sharoitda qaysi о‘simliklar bilan birga о‘sishini (fitotsenoz) bilish.

  • Dorivor mahsulotlarni yig‘ish va quritish usullarini bilish.

  • Dorivor mahsulotlarni tasvirlashni va boshqa aralashmalardan ajrata bilish.

  • Dorivor mahsulotlarning mikroskopik va mikrokimyoviy analizlarini bilish.

  • Dorivor mahsulotning kimyoviy tarkibini (asosiy ta’sir etuvchi va birga uchraydigan moddalarni) bilish. Asosiy ta’sir etuvchi birikmalarning kimyoviy formulasini yoza bilish. О‘simlik tarkibidagi moddalarning sharoit ta’sirida miqdor va sifat о‘zgarishlari ni bilish.

  • О‘simlik mahsulotlarining tibbiyotda va boshqa sohalarda ishlatilishini, ulardan tayyorlanadigan dori turlarini va olinadigan dorivor moddalarni bilish.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling