Reja: Tuproq eritmasining tarkibi konsentratsiyasi. Tuproq eritmasining tarkibi va konsentratsiyasi
Download 45.5 Kb.
|
Reja Tuproq eritmasining tarkibi konsentratsiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Organik-mineral
- Tuproq eritmasidagi kolloidli
- FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Tuproq eritmasi,uning tarkibi REJA: 1. Tuproq eritmasining tarkibi konsentratsiyasi . Tuproq eritmasining tarkibi va konsentratsiyasi Typroq eritmasining tarkibi konsentratsiyasi juda murakkab bo‘lib, uning yuzaga kelishida ko‘plab jarayonlar ishtirok etadi. Tuproq eritmasining tarkibi atmosfera yog‘inlaring miqdori va tarkibiga , tuproq qattiq va gazsimon fazalariga, o‘simliklar qoldiqlarining tarkibi va miqdoriga , mezofauna hamda mikroorganizmlarning faoliyati singari omillarga bog‘liq. Yuqorida ko‘rsatilgan jarayonlarning borish sur'ati va yo‘nalishi mavsumiy o‘zgarish xarakteriga ega bo‘lganligidan tuproq eritmasining tarkibi ham juda o‘zgaruvchandir. Tuproq eritmasining konsentratsiyasi uncha yuqori bo‘lmasdan, odatda, 1 l eritmada eriganmoddalar miqdori bir necha grammdan oshmaydi. Ammo sho‘rlangan tuproqlardagi suvda eriydigan moddalar miqdori bir litrda o‘nlab va hatto yuzlab grammni tashkil etadi.Tuproq eritmasi tarkibidagi mineral va organik –mineral moddalar odatda, ionlar, molekulalar va kolloidlar shaklida saqlangan bo‘ladi. Bundan tashqari, tuproq eritmasi tarkibida SO2, O2 singari erigan gazlar ishtirok etadi. Tuproq eritmasi tarkibida mineral birikmalarning anionlaridan: NSO-3, SO32-, NO3-,NO-2,SO42, CI-, H2PO–4, HPO24– va kationlaridan: Sa+, Mg2+, Na+, NH+4, K+, H+ singarilar bo‘ladi. Shuningdek , kuchli nordon tuproqlarda AI3+, Fe3+, botqoqlangan tuproqlarda esa G‘ye2+ bo‘lishi mumkin. Tuproq eritmasidagi temir va alyuminiy asosan organik moddalar bilan mustahkam kompleks birikmalar holidadir. Tuproq eritmasi tarkibida organik birikmalardan organik qoldiqlarning suvda oson eriydigan moddalari va ularning parchalanish mahsulotlari, o‘simlik va mikroorganizmlarning hayot-faoliyati mahsulotlari (organik kislotalar, qand moddalari, aminokislotalar, spirtlar, fermentlar, oshlovchi moddalar singarilar), shuningdek gumus moddalar bo‘lishi mumkin. Organik-mineral birikmalar asosan kislota tabiatli ( gumus kislotalar, polifenollar, past molekulyar organik kislotalar kabi) turli organik birikmalarning ko‘p valentli kationlar bilan birgalikdagi kompleksidan iboratdir. Turli tuproqlarning eritmasi tarkibidagi mineral va organik moddalar nisbati har xil. Jumladan, botqoq, podzol-botqoq va qo‘riq chimli podzol tuproqlar eritmasida mineral moddalarga nisbatan organik moddalar ko‘proq, qora tuproqlarda bu birikmalar deyarli teng miqdorda, sho‘rlangan tuproqlar eritmasida esa mineral birikmalar ko‘p bo‘ladi. Sho‘rtob tuproqlar eritmasi ham organik moddalar ko‘proq, chunki, ishqoriy sharoitda va singdirilgan Na+,ningpeptizatsiyalovchi ta'siri natijasida organik moddalarning eruvchanligi oshadi. Tuproq eritmasidagi kolloidli – eruvchi moddalar kremniy kislota va temir, alyuminiy oksidlari hamda organik va organik-mineral birikmalarning zollaridan tashkil topgan K.K. Gedroyts ma'lumoticha, kolloidlar eritmasidagi moddalar umumiy miqdorining 1/10 dan 1/11 qismigacha bo‘lishi mumkin. Sho‘rtoblarning eritmasida kolloidli – eruvchi moddalar mikdori juda kup. Tuprok eritmasidagi moddalar tarkibi muayyan tuproklarning genetik katlamlari buyicha xam keskin uzgaradi. Tuproklarning organogen va gumusli gorizontlari eritmasidagi organik moddar miklori eng kup bulib, pastki katlamlarida bu moddalar kamayadi. Kopra tuproklar, kashtan tuproklar, buz tuproklar va shurtoblarning pastki gorizontlaring tkprok eritmasida mineral birikmalardan korbanatlar, gips va suvda oson eruvchi tuzlar kup buladi. Tuprok eritmasida mavjud bulgan anionlardan NO2–,SO24– fosfor anionlari (H2HO4– , HPO24–)o‘simliklarni xayot faoliyatida muxim ahamiyatga ega. Eritmadagi nitratlar mikdori tuprokda kechadigan nitrifakatsiya jarayonlarining sharoitlari (organik moddalar bilan boyiganligiga, tuprokning gidrotermik rejimiga va aerotsiyasi) ga boglik. Shurlanmagan tuproklarda SO2–4 ning mikdori uncha kup emas (bir litr eritmada bir necha mg.). Fosfat - ionlar yanada kamrok bulib, uning asosiy sababi, fosforning mineral birikmalar xolida usimliklar tomonidan tez o‘zlashtirilishi va tuprok fosfatlarining suvdagi kam eruvchanligidir. Sho‘rlangan tuproklarning eritmasida CI–,SO24–,Ca2+,Mg2+,Na+ ko‘p saqlanadi. Tuprok eritmasining reaksiyasi aktual yoki aktiv ishkoriy xarakterga ega bulib, tuprokda kechadigan kimyoviy fizik-kimyoviy va biologik jarayonlarning borishiga shunigdek, o‘simliklaring o‘sib, rivojlanishga katta ta'sir etadi. Tuprok eritmasining osmotik bositmi o‘simliklar xayotida muhim ahamiyatga ega. Osmotik bosim tuprok eritmasining konsentratsiyasiga va unga erigan moddalarning dissotsilanish darajasiga boglik. Tuprok eritmasidagi eng yukori osmotik bosim sho‘rhoklarda buladi. Tuproq eritmasidagi tuzlar konsentratsiyasining osmotik bosimiga bogliqligi ( I. Jiemuratov, 1968)
FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. Boboxo'jaev I., Uzoqov P. Tuproqshunoslik. T., 1995. 2. Boboxo'jaev I., Uzoqov P. Tuproqning tarkibi, xossalari va analizi. T., 1990. 3. Kovda V.A., Rozanov B.G. Pochvovedenie. M., 1998. 4. Kovda V.A. Osnovi ucheniya o pochve. M., 1973. 5. Tursunov L.T. Tuproq fizikasi. Toshkent, 1988. Download 45.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling