Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Download 123.18 Kb.
bet1/2
Sana26.03.2023
Hajmi123.18 Kb.
#1298440
  1   2
Bog'liq
4-ish tashkilotda xodimlar xavfsizligi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

“Axborot xavfsizligi xavflarni boshqarishga kirish” fanidan

MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Tashkilotda xodimlar xavfsizligi. Fizik va ekalogik xavfsizlik.

Bajardi: Axborot xavfsizligi yo‘nalishi
070-19 guruh talabasi: Kamolov Baxromjon.
Qabul qildi: Ganiyev A.A
Toshkent: 2023


Reja:
1. Tashkilotda xodimlar xavfsizligi.
2. Ekalogik xavfsizlik.

Buni fizik, dasturli-texnik, me’yoriy-huquqiy uslub bilan amalga oshirish mumkin. Tashkilot misolida olsak, butun bir tizimni tahlil qilgan holda, birinchi navbatda axborot muhofazasi bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani yaratib olish muhim ahamiyatga ega deb o‘ylayman. Negaki, aynan, shu me’yoriy-huquqiy hujjatlar keyingi amalga oshiriladigan (fizik himoya, dasturli-texnik himoya) ishlar uchun ham reja, ham dastur, ham poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun, tashkilotlarda zamon talablari asosida axborot xavfsizligini ta’minlash uchun shu soha bo‘yicha ishlab chiqilishi va qo‘llanillishi tavsiya etiladigan asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar ro‘yxati va namunalarini qisqacha keltirib o‘tishni lozim topdik. Ushbu tavsiyalar xavfsizlik bo‘yicha Xalqaro ISO 17799 standartiga asoslangan holda tuzilgan. Bu xavfsizlik standarti kompleks xarakterga ega bulib, avvalo tashkilotlarda axborot xavfsizligini ta’minlashning me’yoriy huquqiy poydevorini yaratish uchun dasturul amal bo‘lib, bu o‘z navbatida axborot tizimlari xavfsizligini boshqarish vazifalarini yengillashtiradi.


“Tashkilotning xavfsizlik siyosati” hujjati
Bu hujjat tashkilotda axborot xavfsizligining maqsad va prinsiplarini aniqlash uchun mo‘ljallangan bulib, o‘z navbatida axborot xavfsizligi obyektlari ro‘yxati ko‘rsatib o‘tiladi. Bundan tashqari, tashkilotda axborot xavfsizligini ta’minlash uchun kerakli bo‘lgan ichki hujjatlar ro‘yxati ham keltirib o‘tiladi.
Hujjat turi – Nizom
Tashkilotning xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladi. Tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Axborot tizimlari yoki vositalari tarkibi o‘zgargan holda yoki bir yilda eng kamida bir martta ko‘rib chiqiladi va yangilanadi.
Hujjat tarkibi
Tashkilotda axborot xavfsizligining o‘rnini hamda uning tashkil etuvchilarini belgilash. Axborot xavfsizligi tushunchasini belgilash, tashkilotning axborot xavfsizligi obyektlarini sanab o‘tish. Xavfsizlik siyosatining, uni tashkil etishning, hamda tashkilot uchun alohida ahamiyatga ega standart va talablarga javob berishining qisqacha mazmuni ko‘rsatib o‘tiladi:
• xavfsizlik siyosatining mahalliy va xalqaro me’yorlarga zid emasligini;
• xavfsizlik masalalari bo‘yicha xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish bo‘yicha talablar;
• virus va boshqa zararkunanda dasturlarni aniqlash va yo‘qotish bo‘yicha talablar;
• axborot xavfsizligini va tashkilot faoliyatini uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha talablar;
• xavfsizlik siyosatini buzganlik bo‘yicha javobgarlik;
• rahbarlarning lavozim majburiyatnomalariga qo‘shimchalar – axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha javobgarlik hamda yuzaga kelgan qoidabuzarlikni o‘z vaqtida ma’lum qilish bo‘yicha javobgarlik;
• mas’ul shaxslar tomonidan axborot xavfsizligi bo‘yicha javobgarlikning taqsimlanishi.
Tizimni va undagi o‘zgarishlarni boshqarish
Axborot xavfsizligi siyosati bilan birgalikda axborot xavfsizligiga aloqador boshqa hujjatlarning to‘liq ro‘yxati. “Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha javobgarlikni taqsimlash” hujjati. Tashkilotda axborot xavfsizligi resurslarini va bu resurslardan foydalanish vakolatiga ega shaxslarni javobgarligini belgilash uchun mo‘ljallangan.
Hujjat turi – Farmoyish
Tashkilotning xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladi. Tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Axborot xavfsizligi siyosati, texnologik qismlar hamda axborot resurslari tarkibi o‘zgargan taqdirda qayta ko‘rib chiqiladi va yangilanadi.
Hujjat tarkibi
Har bir tizimdagi axborot xavfsizligiga dahldor resurslarni belgilash.
Har bir resurs (yoki jarayon) uchun tegishli javobgar rahbar xodimlarni tayinlash. Mas’uliyatni taqsimlash va belgilash hujjatlashtirilishi lozim. Har bir resurs uchun alohida foydalanish vakolatlari belgilanishi va hujjatlashtirilishi lozim.
“Yangi axborot tizimini tatbiq etish” hujjati
Tashkilotda yangi axborot tizimini tatbiq etish jarayonlarini beligilab o‘tish uchun mo‘ljallangan.
Hujjat turi – Yo‘riqnoma
Tashkilotning xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladi. Tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Tashkilotda yangi axborot texnologiyalari tatbiq etilayotgan taqdirda hamda axborot xavfsizligi siyosati o‘zgargan taqdirda qayta ko‘rib chiqiladi va yangilanadi.
Hujjat tarkibi
Resurslarni boshqarish. Yangi tizimning mavjud foydalanuvchilarni boshqarish tizimiga mosliligini ta’minlash. Tatbiq etilayotgan barcha komponentlarni mavjud tizim qismlari bilan mosliligini tekshirish.
“Resurslarni inventarizatsiylash” hujjati
Inventarizatsiyalashga moyil rusurslarni toifalashni aniqlash uchun mo‘ljallangan.
Hujjat turi – Yo‘riqnoma.
Tashkilotning xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladi. Tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Inventarizatsiya o‘tkazishdan oldin, bir yilda bir martta ko‘rib chiqiladi va yangilanadi.

Hujjat tarkibi


Axborot resurslari. Ma’lumotlar va fayllar ombori, tizimga dahldor hujjatlar, foydalanuvchi hujjatlari, o‘quv materiallari, foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar, tashkilot faoliyatining uzluksizligini ta’minlovchi rejalar, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar, axborot va ma’lumotlar arxivi.
Dasturli ta’minotlar
Ilovalar, operasion tizimlar va sistemali dasturiy ta’minotlar, dasturlash vositalari.
Fizik resurslar. Hisoblash texnikalari (prosessor, monitorlar va boshqalar), kommunikatsiya qurilmalari (modem, marshrutizatorlar, telefon qurilmalari, fakslar), magnit tashuvchilar (vinchestrlar, disket, disklar) va boshqa texnik qurilmalar.
Hisoblash va kommunikatsiya va yordamchi xizmatlar.
Issiqlik tizimi, yoritish tizimlari va hokazo. Tashkilotdagi barcha yo‘riqnomaviy, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiylash.
“Resurslarni tasniflash” hujjati
Xavfsizlik nuqtai nazaridan resurslarni tasniflash uchun mo‘ljallangan.
Hujjat turi – Yo‘riqnoma
Tashkilotning xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladi. Tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Bir yilda eng kamida bir martta ko‘rib chiqiladi va yangilanadi.
Hujjat tarkibi
Barcha resurslar muhimlik darajasi bilan tasniflanishi lozim:
• ko‘paytirish;
• saqlash;
• pochta, faks, elektron pochta orqali uzatish, qabul qilish;
• ovozli uzatish, qabul qilish, jumladan, mobil aloqa va ovozli pochtalar ham; yo‘q qilish.
“Resurslarni taqsimlash” hujjati
Maqsadli yo‘naltirilgan va foydalanilishga mo‘ljallangan resurslarni taqsimlanishini belgilaydi.
Hujjat turi- Farmoyish.
Tashkilotning xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladi. Tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Axborot tizimlari tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirilganda qayta ko‘rib chiqilishi va yangilanishi mumkin.
Hujjat tarkibi
Foydalanish maqsadi bo‘yicha resurslarni taqsimlash:
• taqsimlash bo‘yicha perspektivani ishlab chiqish;
• testdan o‘tkazish (karantin);
• bevosita amalga oshiriladigan biznes operatsiylar (operasion muhit);
• yangi dasturiy ta’minotlarni, vositalarni operasion tizimga tatbiq etish qoidalari;
• ishlab chiqish, tizim utilitalari, tahrirlagichlar kabilar belgilab o‘tilishi;
• xodimlar bilan ishlashda axborot xavfsizligi.
“Xodimlarni tanlash va ular bilan ishlashda axborot xavfsizligi” hujjati
Tashkilotda xodimlarni tanlashda va ular bilan ishlashda axborot xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini aniqlash uchun mo‘ljallangan.
Hujjat turi – Yo‘riqnoma
Tashkilotning xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladi. Tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Zaruriyatdan kelib chiqqan holda, qayta ko‘rib chiqiladi va yangilanadi.
Hujjat tarkibi
• Xodimni ishga qabul qilishda tekshirish:
• Tavsifnomalarni tekshirish;
• Rezyumedagi ma’lumotlarni tekshirish;
• Ma’lumoti va ilmiy darajalarini tekshirish;
• Shaxsiy ma’lumotlarini tekshirish;
Tashkilotdagi axborot xavfsizligi rejimiga rioya qilinishi va amal qilinishiga kelishuv.
Xodim bilan mehnat kelishuvining shartlari
Lavozim majburiyatlarining yozma formulirovkasi. Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha vazifalarni barcha xodimlarning lavozim majburiyatlariga kiritish. Tashkilot resurslariga (jumladan, axborot resurslariga) kirish va foydalanish vakolatlarining yozma formulirovkasi. Maxfiylikni ta’minlashga, sir saqlashga kelishuv. Maxsus kelishuvlar (tizim ma’lumotlarini, telefondagi so‘zlashuvlarni, faksalar monitoringi).
“Axborot xavfsizligi sohasida qoidabuzarliklar hamda turli nosozliklar, hatoliklar sodir bo‘lgan taqdirda kuriladigan choralar” hujjati
Axborot xavfsizligi sohasida qoidabuzarliklar sodir bo‘lgan taqdirda, axborot tizimlarida nosozliklar, hatoliklar yuzaga kelganda kuriladigan va amalga oshiriladigan chora-tadbirlar tartibini belgilaydi.
Hujjat turi – Yo‘riqnoma
Tashkilotning xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladi. Tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Yuzaga kelgan qoidabuzarlik, hatolik va nosozliklardan so‘ng hamda zaruriyatdan kelib chiqqan holda, qayta ko‘rib chiqilishi va yangilanishi mumkin.
Hujjat tarkibi
Qoidabuzarliklar bo‘yicha hisobotlar. Xavfsizlik tizimidagi kamchiliklar bo‘yicha hisobotlar. Kompyuter tizimlarida yuzaga kelgan nosozliklar va hatoliklar bo‘yicha hisobotlar. Shu jumladan, nostandart va noma’lum vaziyatlar yuzaga kelgan holda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar. Bundan tashqari, ko‘riladigan choralar, jazolar (intizomiy, ma’muriy vaziyatdan kelib chiqqan holda (hatto jinoiy).
Axborot xavfsizligi sohasi bo‘yicha xodimlar malakasini doimiy ravishda oshirib borish.
Fizik xavfsizlik
“Mol – mulk, boyliklar va qurilmalar xavfsizligi” – hujjati
Tashkilotning mol-mulki, boyliklari va qurilmalarining dahlsizligiga fizik tahdid soluvchi omillardan himoyalash qoidalarini aniqlashdan iborat.
Hujjat turi – Yo‘riqnoma
Tashkilotning xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladi. Tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Zaruriyatdan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqilishi va yangilanishi mumkin.
Hujjat tarkibi
Mol-mulk, boyliklar va qurilmalarning joylashuvi, ulardan foydalanish huquqini belgilangan talablar asosida chegaralash. Muhim ahamiyat kasb etadigan ma’lumotlarni qayta ishlovchi va saqlovchi qurilmalarning xavfsizligi va dahlsizligini ta’minlash. O‘z xizmat vazifasini o‘tab bo‘lgan qurilma va tizimlarni xavfsiz yo‘q qilish choralari. Maxsus himoyani talab etadigan obyektlarni himoyalash choralari.
Quyidagi tahdidlardan himoyalash choralarini belgilash:
• o‘g‘irlanish;
• noqonuniy foydalanish, dahl etilishi, ko‘paytirilishi va boshqalar;
• yo‘q qilinishi;
• yong‘in;
• portlash;
• vibratsiya;
• kimyoviy moddalar;
• elektromagnit va akustik ta’sirlar va yo‘naltirishlar;
• turli tabiiy ofatlar;
• qurilmalar oldida noo‘rin harakatlar qilish (chekish, ovqatlanish, ichimliklar ichish va hokazo).
• qo‘shni obyektlarning ta’sir etishi mumkin bo‘lgan omillar va boshqa turdagi omillar.
Maqsad – tashkilot mol-mulki, boyliklari, qimmatliklari va qurilmalarini turli tahdidlardan himoya qilish, ulardan noto‘g‘ri va noqonuniy foydalanilishidan himoya qilish, ularning yetarli darajadagi dahlsizligini va butligini ta’minlash, tashkilotga zarar keltiruvchi omillardan himoyalanish.
“Ishchi o‘rin xavfsizligi” hujjati
Ishchi o‘rindan ma’lumotlarning chiqib ketishining oldini olish va xodim uchun ishchi o‘rnini to‘g‘ri tashkil etishni belgilaydi.
Hujjat turi – Yo‘riqnoma.
Tashkilotning xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladi. Tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Zaruriyatdan kelib chiqqan holda, qayta ko‘rib chiqilishi va yangilanishi mumkin.
Hujjat tarkibi:
• Hujjatlarni saqlash.
• Turli vositalardagi ma’lumotlarning to‘g‘ri saqlanishini ta’minlash.
• Texnika xavfsizligini ta’minlash.
• Tegishli shart-sharoitlar.
• Ko‘paytiruvchi va bosmaga chiqaruvchi vositlardan foydalanish.
Protsesslarni va kommunikatsiyalarni boshqarish. Xizmat yo‘riqnomalari va majburiyatlar.
“Axborot xavfsizligi bo‘yicha lavozim majburiyatnomalar” hujjati.
Axborot xavfsizligi bo‘yicha xodimlarning lavozim majburiyatlariga kiritiladigan vakolatlar, huquqlar va majburiyatlarni belgilash.
Hujjat turi – Yo‘riqnoma
Tashkilotning xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladi. Tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Zaruriyatdan kelib chiqqan holda, qayta ko‘rib chiqilishi va yangilanishi mumkin.
Hujjat tarkibi
Lavozim majburiyatlariga kiritilishi lozim bo‘lgan omillar:
• ma’lumotlarni qayta ishlash va ulardan foydalanish tartibi;
• boshqa tizimlar bilan o‘zaro munosabatlari;
• foydalanish chegarasi va vakolatlari;
• ko‘zda tutilmagan holatlarda ko‘riladigan chora-tadbirlar tartibi;
• xodimlarning xizmati bo‘yicha o‘zaro munosabatlari;
• axborotni qayta ishlashda va konfidensialligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha va maxsus yo‘riqnomalar.
“Zararkunanda dasturlardan himoyalanish (viruslar, troyanlar, SPAM)” hujjati.
Axborot tizimlarini zarakunanda dasturlardan himoyalanish qoidalari va usullarini aniqlash uchun mo‘ljallangan.
Hujjat turi – Yo‘riqnoma
Tashkilotning xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi hamda axbrotlashtirish va axborot texnologiyalari bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi bilan birgalikda ishlab chiqiladi. Tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Axborot resurslari tarkibi va ish faoliyatida axborot tizimlarida kamchiliklar aniqlangan taqdirda qayta ko‘rib chiqiladi va yangilanadi.
Hujjat tarkibi.
Faqatgina litsensiyaga ega antivirus dasturlaridan foydalanishni ta’kidlash va tasdiqlanmagan dasturlardan foydalanishni taqiqlash.
Dasturiy vositalarni olish va tatbiq etish tartibi.
• qo‘llaniladigan antivirus dasturi.
• dasturiy vositalarning butligi.
• kiruvchi chiquvchi ma’lumotlarni antivirus dasturi tekshiruvidan o‘tkazish.
• virus atakalaridan so‘ng tizimni qayta tiklash qoidalari.
• barcha axborotlarning monitoringi.
“Ichki resurslarni boshqarish. Ma’lumotlarning zahira nusxasi” hujjati
Tashkilotda ichki resurslarni boshqarish va ma’lumotlarning zahira nusxalarini olinishi tartibini belgilaydi.
Hujjat turi – Yo‘riqnoma
Tashkilotning xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi hamda axbrotlashtirish va axborot texnologiyalari bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi bilan birgalikda ishlab chiqiladi. Tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Axborot resurslari tarkibi va ish faoliyatida axborot tizimlarida kamchiliklar aniqlangan taqdirda qayta ko‘rib chiqiladi va yangilanadi.
Hujjat tarkibi:
• ichki resurslarni boshqarilishi va monitoringi.
• zahira nusxalarning saqlanishi.
• axborot tizimlari va saqlovchi vositalarning ishonchliligini tekshirish.
• tizimni qayta tiklash tartibi.
• tizimni qayta tiklash bo‘yicha xodimlar treningi va boshqalar.
Bulardan tashqari, tashkilotning veb-sahifasi, lokal yoki global tarmog‘i mavjud bo‘lgan taqdirda, veb-sahifaga ma’lumotlarni kiritish tartibini, veb-sahifaga, lokal-global tarmoqqa bo‘ladigan turli xujumlardan himoyalanish va tizimda to‘laqonli axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yo‘riqnoma, lokal -global tarmoqqa kirish va foydalanish uchun ruxsat berish tartibi, lokal va global tarmoqlar xavfsizligini ta’minlash hamda uning doimiy monitoringi bo‘yicha yo‘riqnoma kabi me’yoriy hujjatlarning ishlab chiqishlishi ham tavsiya etiladi. Yana shuni ta’kidlash kerakki, tashkilotlarda axborot xavfsizligi sohasi bo‘yicha ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan hujjat namunalarining asosiylari keltirilgan bo‘lib, faqatgina ushbu keltirib o‘tgan hujjatlar ro‘yxati bilangina chegaralinib qolinmasligini ta’kidlab o‘tmoqchimiz. Balki, tashkilotning ichki xususiyatlaridan kelib chiqqan, uning faoliyat turiga qarab va boshqa omillarga asoslangan hamda mahalliy qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga asoslangan va zid kelmagan holda, bu kabi hujjatlar to‘ldirilishi, qo‘shimchalar qo‘shilishi, yangi me’yoriy hujjatlar bilan boyitilishi mumkin.
O‘ylaymizki, bu nafaqat axborot xavfsizligi bo‘yicha rahbar va mutaxassislar uchun, balki tashkilot rahbarlari uchun ham tashkilot faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish va tashkilotda yetarli darajada axborot xavfsizligini ta’minlashda ozgina bo‘lsada yordam berishiga, kichik bo‘lsa ham uslubiy qo‘llanma vazifasini o‘tashida dastyor bo‘lishiga umid qilib qolamiz.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha: “Mehnat muhofazasi – bu hayoting xavfsizligi deganidir. Shu bois, xizmat jarayonida xavfsizlik masalasi qay darajada taʼminlanganligi albatta muhim. Hammasi ko‘ngildagidek bo‘lsa, ish samaradorligi ham, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati ham ortib boraveradi.”

Kundalik ish faoliyati davomida xodimlar bilan turli hodisalar ro‘y berishi mumkin. Ayni shuning uchun ham mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida davlat qonunlari joriy etilgan va uning ijrosi ta’minlanishida ish beruvchi tashkilot mas’ul hisoblanadi.

Aytish kerakki, mehnatni muhofaza qilish masalasi bugun dunyo miqyosida dolzarb ahamiyat kasb etadi. Hatto 2003-yildan boshlab Xalqaro Mehnat Tashkilotining tashabbusi bilan 28-aprel sanasiga “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” sifatida urg‘u berib kelinadi.

Ya’ni shu kuni dunyoning 120 dan ortiq davlatlarida ish joylarida sodir bo‘layotgan baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklarga chalinishning oldini olish hamda mehnat muhofazasi masalalariga e’tiborni yanada kuchaytirishga qaratilgan turli mavzulardagi tadbirlar o‘tkaziladi. Biroq mazkur jarayonga aynan biror sanada emas, balki xodimlarning kundalik ish faoliyatining har kuni, har soatida amal qilinishi va e’tibor qaratilishi lozim.

O‘z o‘rnida mamlakatimizda ham xodimlar (har bir shaxs) xavfsiz va qulay, adolatli mehnat sharoitlarida ishlashlarining huquqiy asosi Konstitutsiyamizning 37-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan. Qolaversa, shshbu konstitutsiyaviy kafolatning amalda ro‘yobga chiqarilishi O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida, “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunda va boshqa bir qator aniq chora-tadbirlar, qonunlar va qonun osti me’yoriy hujjatlarida belgilab qo‘yilgan.

E’tiborlisi, qonun hujjatlarida belgilangan talablarga ko‘ra, mulkchilik shakli va xo‘jalik yuritish usulidan qat’i nazar barcha korxona, muassasa, tashkilotlar o‘z xodimlari uchun sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishi, xavfsizlik texnikasi choralarini ko‘rishi, mehnatni muhofaza qilish xizmatlarini tashkil etishi, boshqa tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirishi shart.

Shularni inobatga olgan holga “O‘zbektelekom” AK va uning hududiy filiallarida ham mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasini ta’minlashning zaruriy choralari ko‘rilgan. Xususan, xodimlarga xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlari yaratilishi, jumladan bino, inshoot, qurilma, asbob-uskuna, transport va himoya vositalaridan foydalanishda, texnologik jarayonlarni amalga oshirishda, shuningdek, tegishli ishlar bajarilishida va xizmatlar ko‘rsatish jarayonida xodimlarning xavfsizligi bo‘yicha tegishli choralar yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan tashqari, xodimlar tomonidan o‘z funksional majburiyatlari bajarilganida ularning xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilishlari ustidan nazorat kuchaytirilgan. Shu bilan birga, joylarda joylarda mas’ullar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining tegishli bandlari, “Ishlab chiqarish sanitariyasi”, “Balandlikda ishlaganda mehnatni muhofaza qilish qoidalari”, “Elektr xavfsizligi qoidalari”, “Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari”, “Jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish” va “Yongin xavfsizligi” kabi qoidalar bo‘yicha muntazam tushuntirish ishlari olib boriladi. Qolaversa, bu borada ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq Kompaniya va tarkibidagi barcha filiallarda vaqti bilan “Mehnatni muhofaza qilish haftaligi” o‘tkazib kelinadi.

Bugungi globallashuv jarayoni bu borada ham oldimizga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Ularning ijrosi ta’minlash xodimlar uchun sog‘lom muhitda xavfsiz sharoitlarda ishlash imkoniyatini yaratishga asos bo‘ladi. Eng asosiysi, mehnat joylarida xavfsizlik madaniyatining yuqori darajada bo‘lishi esa mehnatkashlarga ham, ish beruvchilarga ham birdek naf keltiradi.
Atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfni kamaytirish bilan bog'liq tushunchalardan biri bu Ekologik xavfsizlik. Bu o'zimizni atrof-muhit duch keladigan tahdidlardan himoya qilishning bir usuli va odamlarni yashash uchun butun atrof-muhitga qaram qilib qo'yadi. Atrof-muhit xavfsizligi shaharlarni, mamlakatlarni, kompaniyalarni va umuman jamiyatni rivojlantirishning juda muhim yo'nalishiga aylandi.
Shuning uchun biz ushbu maqolani atrof-muhit xavfsizligi to'g'risida bilishingiz kerak bo'lgan hamma narsani aytib berishga bag'ishlaymiz.
Ekologik xavfsizlik nima?
Atrof-muhit xavfsizligi g'oyasi, uning kontseptsiyasini tinglash bilan, o'zingizni ekologik xavf-xatarlardan qanday himoya qila olishingizga bog'liq. So'nggi asrlarda bizning geosiyosiy hayot tarzimiz tubdan o'zgardi. Tarixiy jihatdan, odamlar duch keladigan xavflardan biri bu qurolli to'qnashuvlarda o'zlarining harbiy siyosati edi. Biroq, bugungi kunda bizning dushmanimiz o'zgargan. Endi ular biz duch keladigan va bu muammolarni hal qilish uchun birlashishimiz kerak bo'lgan global muammolardir.
Yangi ekologik muammolarning paydo bo'lishi biz ularga qarshi kurashish uchun yangi texnologik ishlanmalarga ega bo'lishimiz kerakligini anglatadi. Shuning uchun ekologik xavfsizlik global muammoni himoya qilishning bir qismi sifatida qaraladi. Unga har ikkala institutsional darajadagi qulay xalqaro yondashuv yaqinlashadi. Har bir mamlakatda ekologik xavfsizlik bo'yicha o'z milliy siyosati mavjud.
Bu har bir mamlakatda alohida rivojlanish uchun yopishib qolishi muqarrar, chunki bu istiqbolga bog'liq. Harbiy xavfsizlik keng qamrovli qarashga yo'l ochadigan joylar mavjud, bu ekologik xavfsizlikka bo'lgan ehtiyoj bilan birga oziq-ovqat xavfsizligi, ijtimoiy beqarorlik, qashshoqlik va boshqalar bilan bog'liq muammolarni hal qilishga harakat qiladi. Ijtimoiy, insoniy, iqtisodiy va atrof-muhit bilan bog'liq bo'lgan sanalarni keltirish biroz murakkab. Biroq, Shuni aniq aytish mumkinki, 20-asrning XNUMX-yillaridan boshlab ular ekologik ong va ekologik harakatning birinchi paydo bo'lishi edi.
Atrof-muhit tarixidagi muhim moment 80-yillarda bo'lib, aynan shu erda ekologik xavfsizlik g'oyasi, shu jumladan, ijtimoiy, iqtisodiy va insoniy unsurlar keng ommalasha boshladi. Keyinchalik, 90-yillarda FAO inson huquqlari kontseptsiyasining keng doirasi sifatida "inson xavfsizligi huquqlari" tushunchasini birinchi bo'lib kiritdi. Boshqacha qilib aytganda, insonlar o'zaro uyg'unlikda yashashlari mumkin bo'lgan sog'lom muhitga ega.
Zonalar bo'yicha ekologik xavfsizlik
Va bundan oldin aytib o'tganimizdek, ekologik xavfsizlik biz joylashgan davlatlarga va ularning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ekologik rejimiga bog'liq. Har bir aniq vaziyatda biz tahlil qilinishi kerak bo'lgan va farqlovchi xususiyatlar mavjud bo'lgan cheksiz omillarni topishimiz mumkin.
Biz O'rta er dengizi atrof-muhit xavfsizligi haqida gaplashamiz, chunki bu bizni qiziqtiradi. Ushbu turdagi ekologik xavfsizlik masalalarida:

  • O'rta er dengizi cho'llanishi: insonlarning barcha tabiiy hududlarni urbanizatsiya qilish harakati tufayli. O'simliklar qatlami vayron bo'lganligi sababli tuproq eroziyasi tezligi oshadi va qurg'oqchilikka qo'shilib, cho'llanish va biologik xilma-xillikni yo'qotishiga olib keladi. Cho'llanish muammosi tobora o'sib bormoqda.

  • Iqlim o'zgarishini oldindan ko'rish. Iqlim o'zgarishi asosan butun Iberiya yarim oroliga ta'sir qiladi. Biz iqlim o'zgarishi ta'siriga nisbatan geografik jihatdan zaif hududmiz. Bizga eng ko'p hujum qiladigan elementlar - qurg'oqchilik, haroratning ko'tarilishi va eroziya.

  • Turlarning yo'q bo'lib ketishi. O'rta er dengizi mintaqasining ekologik xavfsizligini hisobga olishning yana bir jihati. Cho'llanish tufayli ko'p miqdordagi biologik xilma-xillik va tabiiy ekotizimlar yo'qoladi. Bu ko'plab turlarning yo'q bo'lib ketishiga olib keladi va boshqalarni yo'q bo'lish xavfiga olib keladi.

  • Haddan tashqari baliq ovlash: baliq ovlash darajasi turning qayta tiklanishidan kattaroqdir. Bu dengizlardagi oziq-ovqat zanjiridagi nomutanosiblikka va boshqa turlarning erta yo'q bo'lib ketishiga olib kelishi mumkin. Ular, shuningdek, tasodifan tutilgan ko'plab baliq turlariga va boshqalarga xavf tug'diradi.

  • Suv resurslarining etishmasligi. Iqlim o'zgarishi ta'sirida hisobga olinadigan jihat. Qurg'oqchilik - bu Iberiya yarim orolida chastotasi va intensivligining oshishi bilan yuzaga keladigan meteorologik hodisa.

  • O'rmon yong'inlari. Umumiy darajadagi o'rtacha harorat yuqori bo'lganligi sababli, biz o'rmon yong'inlarining intensivligi va chastotasiga ega bo'lishimiz mumkin. Bunga qurg'oqchilik va issiqlik to'lqinlari vaqtlari qo'shiladi. O'rmon yong'inlari nafaqat ekotizimlarning sifatini yo'q qiladi, balki biologik xilma-xillikni kamaytiradi. Bu turlarning yo'q bo'lishining yana bir natijasidir.

  • Issiqlik to'lqinlari. Ushbu hodisa o'rtacha haroratning oshishi bilan bog'liq.

  • Surunkali qurg'oqchilik. Ular yog'ingarchilikning o'rtacha yillik darajasi pastligi bilan bog'liq.

  • O'rim-yig'im yo'qotishlari. Ular bir nechta kombinatsiyalangan effektlarning birlashishi bilan bo'ladi. Bir tomondan, harorat ko'tarilishi odatiy edi. Boshqa tomondan, tez-tez va kuchli qurg'oqchilik. Bundan tashqari, issiqlik to'lqinlari va suv toshqini va kuchli yomg'ir kabi favqulodda qurbaqa ob-havo hodisalari qo'shiladi.

  • Iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligi muammolari.

Iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy muammolar
Vaziyat keskin bo'lishi mumkin bo'lgan ko'plab sohalar mavjud. Bu dengiz sathining ko'tarilishi kabi ekstremal hodisalarning mavjudligi bilan bog'liq bo'lib, unda oziq-ovqat xavfsizligi muammolarini va hatto katta migratsiyani oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanishi kerak. Ushbu ekologik muammolarga milliy va xalqaro xavfsizlik muammolari bilan inson dramalaridan olingan ijtimoiy muammolar qo'shiladi. Bunga radioaktiv oqish yoki neftning to'kilishi kabi ekologik halokatlar misol bo'la oladi.
Deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda biz yirik shaharlarni topamiz havoning katta ifloslanishida ayblash, Xitoy yoki Hindistondagi kabi. Bu ekologik xavfsizlikning katta muammolari.
Umid qilamanki, ushbu ma'lumotlar yordamida siz ekologik xavfsizlik to'g'risida ko'proq bilib olishingiz mumkin.
Mazkur umumiy texnik reglament (keyingi o‘rinlarda Texnik reglament deb ataladi) mahsulotni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va utilizatsiya qilish jarayonlarida ekologik xavfsizlikni ta’minlashda majburiy talablarni belgilaydi.
Xo‘jalik va boshqa faoliyat yurituvchi obyektlarda mahsulotlarni (chiqindilarni) ishlab chiqarish, saqlash, tashish hamda utilizatsiya qilishda qo‘llanilayotgan yoki qo‘llaniladigan jarayonlar ushbu Texnik reglamentning tartibga solish obyektlari hisoblanadi.
Xo‘jalik va boshqa faoliyat yurituvchi obyektlarning ekologik xavfsizligi:
mazur Texnik reglament, shuningdek, boshqa qonun hujjatlari bilan belgilangan ekologik xavfsizlik talablarini hisobga olgan holda, rejalashtirilayotgan xo‘jalik va boshqa faoliyat yurituvchi obyektning ushbu faoliyatni amalga oshirish haqida qaror qabul qilinguniga qadar atrof tabiiy muhitga ta’sirini baholash;
atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sirning kamayishini, xodimlar xavfsizligini va avariya holatlari paydo bo‘lishining oldini olishni ta’minlaydigan konstruktiv tavsiflarga ega bo‘lgan mashina va uskunalardan foydalanish, shuningdek, texnologik jarayonlarni qo‘llash;
atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish imkonini beruvchi ajrab chiqayotgan gazlarni va hosil bo‘ladigan oqava suvlarni tozalashning samarali usul va texnologiyalarini, hosil bo‘ladigan chiqindilarni utilizatsiya qilish texnologiyalarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
Ushbu Texnik reglamentda quyidagi atama va tushunchalardan foydalaniladi:
ekologik sertifikatlashtirish (keyingi o‘rinlarda ekosertifikatlashtirish deb ataladi) — sertifikatlanayotgan obyektning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatda belgilangan ekologik xavfsizlik mezonlariga muvofiqligini tasdiqlash borasida uchinchi tomonning harakati;
eng yaxshi qulay texnologiya — mahsulot (tovarlar) ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy ilm-fan va texnik yutuqlar hamda ularni qo‘llashning texnik imkoniyatlari mavjud bo‘lishi sharti bilan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish maqsadlariga erishish mezonlarini samarali uyg‘unlashtirish asosida belgilanadigan texnologiya;
atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi normativlar — rioya etilganda tabiiy ekologik ta’minlanib, biologik xilma-xillik saqlab qolinadigan atrof-muhit sifatining belgilangan normativlari va unga ruxsat etilgan ta’sir ko‘rsatish normativlari;
ruxsat etilgan cheklangan konsentratsiya — inson organizmida reflektor ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lmagan havo, suv va tuproqdagi ifloslantiruvchi moddaning konsentratsiyasi;
ruxsat etilgan cheklangan tashlama — tashlanmalarda atmosfera havosi uchun belgilangan ruxsat etilgan cheklangan kvotalardan oshmaydigan yer usti konsentratsiyani shakllantiradigan vaqt birligidagi ifloslantiruvchi moddalar massasi;
ruxsat etilgan cheklangan oqava — oqava suvlarda nazorat punktidagi suv sifati normalarini ta’minlash maqsadida ushbu punktda belgilangan rejimda tashlashga maksimal ruxsat etilgan vaqt birligidagi moddalar massasi;
atrof-muhitga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari va oqavalarini, chiqindilarning hosil bo‘lishi va joylashtirilishini normalashtirish — o‘zgarishlarga eng sezgir bo‘lgan organizmlar (indikatorlar) turining ta’sirlanishi bo‘yicha aniqlanadigan, ifloslantiruvchi moddalar va chiqindilarning tabiiy xususiyatlarini o‘zgartirishga ruxsat etiladigan chegaralarni belgilash;
xo‘jalik va boshqa faoliyat obyekti — mahsulot ishlab chiqarish, chiqindilarni qayta ishlash, xizmat ko‘rsatish, mahsulotni saqlash, tashish, utilizatsiya qilish bo‘yicha bir yoki undan ortiq faoliyat amalga oshiriladigan statsionar yoki ko‘chma obyekt;
ekologik xavfsizlik talablari — atrof-muhitga zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida belgilanadigan va bajarilishi majburiy bo‘lgan talablar;
ekologik xavfsizlik — tabiiy muhit va insonning hayotiy muhim manfaatlarining xo‘jalik va boshqa faoliyat, tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlarining ehtimoliy salbiy ta’siridan himoyalanganlik holati;
ekologik ekspertiza — rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa turdagi faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash hamda ekologik ekspertiza obyektini amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilingunga qadar bosqichlarda amalga oshirish mumkinligini belgilash;
ekologik nazorat — atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yishga, tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va jamoatchilik chora-tadbirlari tizimi;
chiqindilarning shakllanish normativlari — mahsulot birligini ishlab chiqarishda yoki boshlang‘ich xomashyo birligida hosil bo‘ladigan muayyan turdagi chiqindilarning belgilangan miqdori;
xavfli chiqindilar — tarkibida xavfli (zaharlilik, yuqumlilik, portlovchanlik, tez alangalanib yong‘in chiqaruvchanlik, reaksiyaga tez kirishuvchanlik, radioaktivlik va boshqalar) xususiyatlardan bittasiga ega bo‘lgan va aholi hayoti hamda sog‘ligiga, atrof-muhitga o‘zi mustaqil tarzda hamda boshqa moddalarga qo‘shilgan holda bevosita yoki yashirin xavf tug‘diradigan miqdorda va shaklda mavjud bo‘lgan moddalar;
ekologik xavfsizlik sohasida texnik jihatdan tartibga solish — ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha majburiy talablarni belgilash, qo‘llash va bajarish sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish tizimining bir qismi.
Ekologik xavfsizlikni ta’minlash talablari
Texnik reglament mahsulotlarni (chiqindilarni) ishlab chiqarish, saqlash, tashish va utilizatsiya qilish jarayonlarining ekologik xavfsizligini ta’minlash uchun:
atmosfera havosi muhofazasini;
suv obyektlarining muhofazasini;
hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarining muhofazasini;
yer resurslarining muhofazasini;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chiqindi bilan bog‘liq ishlar amalga oshirilishini ta’minlaydigan majburiy talablarni belgilaydi.
Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va utilizatsiya qilish jarayonlarida ekologik xavfsizlik talablari
Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va utilizatsiya qilish jarayonlarida ekologik xavfsizlikning umumiy talablari
Atrof tabiiy muhit holatining barqarorligi va yaxshilanishi mavjud xo‘jalik va boshqa faoliyat obyektlarining atrof tabiiy muhitga ko‘rsatayotgan salbiy ta’sirining ruxsat etilgan bosqichma-bosqich kamayib boradigan darajalariga erishish eng yaxshi qulay texnologiyalarni qo‘llanishi bilan ta’minlanadi.
Xo‘jalik va boshqa faoliyatning mavjud statsionar obyektlari uchun atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan cheklangan tashlamalarining, yer usti suv havzalari va joy relyefiga ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan cheklangan oqavalari, chiqindilar hosil bo‘lishi va joylashtirilishining ekologik normativlari belgilanadi.
Normativlar quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha belgilanadi:
tashlanmalarning atmosfera havosi uchun belgilangan ruxsat etilgan cheklangan kvotalardan oshmaydigan (ruxsat etilgan cheklangan konsentratsiyalar ulushlarida) yer usti konsentratsiyalarini shakllantiruvchi vaqt birligidagi (sekundiga gramm) ifloslantiruvchi moddalar massasi;
oqava suvlarda nazorat punktidagi suv sifati normalarini ta’minlash maqsadida ushbu punktda belgilangan rejimda tashlashga maksimal ruxsat etilgan vaqt birligidagi moddalar massasi;
saqlashning muayyan muddati ko‘rsatilgan holda, jihozlangan o‘z ishlab chiqarish maydonlarida va/yoki ishlab chiqarish chiqindilarini joylashtirish obyektlarida hosil bo‘lgan hamda joylashtirilgan ishlab chiqarish chiqindilarining har bir xavflilik toifasi bo‘yicha miqdori.
Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha normativlar mahsulotning muayyan turi uchun maxsus texnik reglamentlarda belgilanadi.
Xo‘jalik yurituvchi va boshqa subyektlar belgilangan normativlarni kamaytirishning har yili erishiladigan ko‘rsatkichlarini ko‘rsatgan holda, mazkur Texnik reglamentning 8-bandida belgilangan bitta yoki bir qancha ko‘rsatkichlar bo‘yicha tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha rejali tadbirlar va ifloslantiruvchi moddalar tashlanmalari va oqavalarining, ishlab chiqarish hamda iste’mol chiqindilarining hosil bo‘lishi va kamayishi bo‘yicha belgilangan normativlarni kamaytirish rejasini ishlab chiqadi.
Atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishning belgilangan darajalarini pasaytirishda qo‘llaniladigan uslub va vositalar xo‘jalik yoki boshqa faoliyat subyekti tomonidan ushbu Texnik reglamentda belgilangan ekologik xavfsizlik talablari hisobga olingan holda mustaqil ravishda belgilanadi.
Xo‘jalik yurituvchi va boshqa subyektlar ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan tashlamalar, oqavalar, chiqindilar hosil bo‘lishining solishtirma ko‘rsatkichlarining hisob-kitobini har yili amalga oshiradi.
Ifloslantiruvchi moddalarning tashlamalari, oqavalari, chiqindilarni hosil bo‘lishi va joylashtirilishining belgilangan normalarini pasaytirish borasida qayd etilgan majburiyatlarni hisobga olgan holda yoki mahsulot ishlab chiqarish hajmlari oshgan hollarda, ekologik normativlar qayta ko‘rib chiqiladi va ruxsat etilgan normalarga muvofiqlashtiriladi.
Ifloslantiruvchi moddalarning tashlamalari, oqavalari, chiqindilarning hosil bo‘lishi va joylashtirilishining belgilangan normativlari hamda salbiy ta’sirni pasaytirish bo‘yicha qayd etilgan ko‘rsatkichlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish maqsadlarida mazkur Texnik reglament kuchga kirgandan boshlab ruxsat beruvchi hujjatlarda (litsenziyalar, ruxsatnomalar va/yoki boshqa shakllar) ko‘zda tutilgan muddatlarda ushbu hujjatlarga muvofiq tabiiy (suv, er, o‘rmon, mineral-xomashyo, biologik) resurslarini olish hajmlari va shartlari belgilanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar obyekt rahbariyati tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq ishlab chiqarish ekologik nazoratni amalga oshiradi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar atrof-muhitga tushadigan og‘irlikni normativ darajagacha pasaytirishni ta’minlaydigan tabiatni muhofaza qilish tadbirlarni amalga oshiradi.
Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va utilizatsiya qilish jarayonlarida xavfli moddalar ishlatilsa, xo‘jalik yurituvchi va boshqa faoliyat obyekti uchun favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish rejasi ishlab chiqiladi.
Ushbu rejada noqulay ob-havo sharoiti yoki boshqa tabiiy hamda texnogen favqulodda holatlar sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy ekologik oqibatlar va ularning oldini olish yuzasidan ma’lumotlarni xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki tegishli davlat organlari tomonidan aholiga yetkazilishi ko‘zda tutiladi.
Neft, kimyo va boshqa xavfli moddalar hamda mahsulotlarni atrof-muhit ifloslanishining oldini olish vositalari va mahsulotlar sirqib oqib ketishini aniqlaydigan nazorat-o‘lchov uskunalari bilan jihozlanmasdan tashish va saqlash inshootlari hamda qurilmalarini ishga tushirish hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi. Xavfli mahsulot va chiqindilarni saqlash, tashish inshootlari va qurilmalari favqulodda vaziyatlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy ekologik oqibatlarni bartaraf etish vositalari to‘plami (kimyoviy reagentlar, o‘t o‘chirish vositalari va boshqalar) bilan ta’minlanishi lozim.
Barcha turdagi mahsulot (chiqindi)ni tashish jarayonlari ularning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Atrof tabiiy muhitga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatadigan rejalashtirilgan xo‘jalik yoki boshqa faoliyat obyektlarini loyihalashtirish bosqichida ekologik xavfsizlik talablarini hisobga olish uchun obyekt joylashgan joyga nisbatan atrof-muhitga ta’sir baholanadi va davlat ekologik ekspertizasi o‘tkaziladi.
Atrof-muhitga ta’sirni baholash hamda davlat ekologik ekspertizasi xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyat yo‘nalishi o‘zgartirilganda yoki faoliyatning yangi turlari joriy qilinganda, shuningdek, uning joylashgan joyi o‘zgarganda amalga oshiriladi.
Tabiatni shovqin, tebranish, elektrmagnit maydonlari va boshqa zararli fizik ta’sirlardan muhofaza qilish, tabiatni nazorat etilmaydigan va zararli biologik ta’sirlardan muhofaza qilish sohasidagi talablarga rioya etilishi qabul qilingan sanitar qoidalar va normalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Atmosfera havosini muhofaza qilishni ta’minlovchi ekologik xavfsizlik talablari
Atmosfera havosini muhofaza qilish maqsadida:
atmosfera havosiga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarni tozalash qurilmalari hamda ularni nazorat qilish vositalari (shu jumladan tahliliy) bilan jihozlamasdan xo‘jalik va boshqa faoliyatning statsionar obyektlarini loyihalashtirish;
atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining tarkibi va hajmi hamda shovqin darajasi bo‘yicha maxsus texnik reglament talablariga javob bermaydigan avtotransport vositalaridan foydalanish;
xo‘jalik yurituvchi va boshqa subyektlar, aholi punktlari hududlarida ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini ko‘mish, zararsizlantirish va yoqish;
tarkibida ozonni yemiruvchi moddalar bo‘lgan uskunalarning atmosfera ozon qatlamiga salbiy ta’sirining oldini olish choralarini ko‘rmasdan, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash taqiqlanadi.
Statsionar va ko‘chma manbalar tashlamalaridagi ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasi maxsus texnik reglamentlarda belgilangan talablarga muvofiq normalashtiriladi.
Faoliyati atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va ozonni yemiruvchi moddalar tashlamalari chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan korxona, muassasa va tashkilotlar:
atmosferaga tashlamalarni tozalaydigan inshoot, jihoz va uskunalardan, shuningdek, ularni nazorat qilish vositalaridan foydalanish qoidalariga rioya etish;
xo‘jalik va boshqa obyektlar atrofida sanitariya-himoya zonalarini tashkil qilish;
ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini kamaytirish choralarini ko‘rish;
ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan cheklangan tashlamalari normativlariga rioya etilishini nazorat qilish, ularning hisobini yuritish va davlat statistika hisobotini belgilangan tartibda taqdim etish;
energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash, energiyaning ekologik toza manbalaridan foydalanish;
kutilayotgan noqulay ob-havo sharoitlari munosabati bilan atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar tashlamalarini kamaytirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi zaharli moddalar va uchuvchan birikmalarni saqlash, ulardan foydalanish hamda ularning qadoqlash idishlarini zararsizlantirish shartlariga rioya qilish;
atmosferaga ko‘plab va avariyaviy tashlamalar chiqarilishining, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli vaziyatlarning oldini olish, shuningdek, atmosfera havosining transchegaraviy ifloslanishini kamaytirish choralarini ko‘rish;
chiqindilar utilizatsiya qilinishini ta’minlash hamda ularni to‘plash va qayta ishlashda atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish choralarini ko‘rish;
tarkibida ozonni yemiruvchi moddalar bo‘lgan byumlardan foydalanish va ularni ta’mirlash, ularning hisobini yuritish hamda ozon uchun xavfsiz moddalar bilan almashtirishini ta’minlashga majburdir.
Suv obyektlari muhofazasini ta’minlovchi ekologik xavfsizlik talablari
Suv obyektlarini muhofaza qilish maqsadida:
suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari hamda sanitariya-muhofaza zonalari hududlarida xavfli obyektlarni joylashtirish;
xo‘jalik-ichimlik, kommunal-maishiy va baliqchilik xo‘jaligiga mo‘ljallangan maqsadlarda foydalaniladigan suv obyektlariga, joy relyefiga, shuningdek, yer osti suvli gorizontlariga hamda sug‘orish maydonlariga tozalanmagan va zararsizlantirilmagan oqava suvlarni tashlash;
shahar va posyolka kanalizatsiya tizimlariga mahalliy tozalash inshootlarida oldindan tozalamasdan kanalizatsiya tizimiga qabul qilish talablariga javob bermaydigan ishlab chiqarish oqava suvlarini tashlash;
kanalizatsiya tizimlariga tarkibida hali aniqlash usullari belgilanmagan moddalar bo‘lgan ishlab chiqarish oqava suvlarini tashlash;
oqava suv tozalashning talab etiladigan uskuna va inshootlari va ularni nazorat qilish vositalari bilan jihozlanmagan xo‘jalik va boshqa faoliyatning statsionar obyektlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish;
suv obyektlarining yuzasidagi o‘zi yurar va o‘zi yurmaydigan kemalar, shuningdek, boshqa obyektlardan ularda hosil bo‘ladigan oqava suv va chiqindilarni to‘plash moslamalarisiz foydalanish;
suv obyektlariga ishlab chiqarish, maishiy va boshqa chiqindilarni tashlash, shu jumladan suv obyektlari va ularning sohillarini chiqindilar bilan ifloslantirish;
ruxsat etilmagan joylarda oqava suvlarning cho‘kindilarini saqlash yoki joylashtirish;
oqava suvlarning suv obyektlariga va joy relyefiga ko‘plab chiqarilishi;
ichimlik, xo‘jalik-maishiy va davolash maqsadlarida foydalaniladigan yoki foydalanish uchun istiqbolli bo‘lgan yer osti suvlarini to‘yintirish va olish sohasida kimyoviy, bakteriologik yoki radiatsiyaviy ifloslanish manbai bo‘lgan chiqindilarni ko‘mish, axlatxona, qabriston, chorva mollari qabristonlari va boshqa obyektlarni joylashtirish;
ichimlik suvi sifatiga ega bo‘lgan yer osti suvlaridan boshqa ehtiyojlar uchun asossiz foydalanish;
burg‘ulash jarayonida hosil bo‘ladigan oqava suv va shlamlarni tashlash uchun loydan qurilgan turli himoyalanmagan omborlar, to‘plagich hovuzlar, shuningdek, karstli voronkalar va boshqa chuqurliklardan foydalanish;
foydali qazilmalarni qazib olish, suv sathini pasaytirish ishlari, meliorativ yerlarda drenaj tizimlarini qurish va ulardan foydalanish paytida yer osti suvlarini ifloslantirish;
dalalarning drenaj suvlarini va aholi punktlari hududlarida jala yomg‘ir oqava suvlarini jarlik va soyliklarga chiqarib tashlash;
markazlashtirilmagan suv ta’minotida ishlatiladigan yer osti suvlari to‘planadigan joylarda zaharli kimyoviy vosita va o‘g‘itlarni qo‘llash va saqlash;
qishloq xo‘jaligi yerlarini ushbu yerlar va yer osti suvlari holatiga ta’sir ko‘rsatadigan yoki salbiy ta’sir ko‘satishi mumkin bo‘lgan oqava suvlar bilan sug‘orish.
Faoliyati natijasida oqava suvlar hosil bo‘ladigan xo‘jalik yurituvchi va boshqa subyektlar:
ifloslantiruvchi moddalarning suv obyektlari va joy relyefiga tashlash normativlariga rioya etilishini, shuningdek, ularni kamaytirish chora-tadbirlarining amalga oshirilishini ta’minlaydi;
er usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv miqdori hamda sifati, shahar suv ta’minoti tizimi yoki boshqa korxonaning suv ta’minoti tizimidan olinadigan suv hajmi hisobini, shuningdek, oqava suvlar tashlamalari (er usti suv obyekti, joy relyefi, kanalizatsiya tizimi, alohida qazilgan o‘ralar, parlanish maydonlari, filtrlash maydonlari, sug‘oriladigan dehqonchilik dalalariga va boshqalarga) hisobini yuritadi;
oqava suvlarni tozalashga mo‘ljallangan uskunalar va inshootlardan foydalanish qoida va rejimlariga rioya qiladi;
xomashyo, ishlab chiqarish mahsulotlari, sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish chiqindilari, qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni saqlash idishlarining suv o‘tkazmasligini ta’minlaydi;
tuproq yuzasidagi ifloslangan suvlarning yer osti suv gorizontlariga sizib o‘tishining oldi olinishini ta’minlaydi;
neft va neft mahsulotlarini to‘plash tizimlarining germetikligini ta’minlaydi;
foydalanib bo‘lgan karyerlarning rekultivatsiya qilishni ta’minlaydi.
Shahar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tizimlariga abonentlarning mahalliy tozalash inshootlarida dastlab tozalamasdan:
abonentlarning tarkibida quvurlar, quduqlar, panjalarga tiqilib qoladigan yoki quvurlar, quduqlar devorlarida, panjaralarda o‘tirib qoladigan (metall zaki, to‘pon, ohak, qum, gips, metall qirindilari, hayvon qoldiqlari hamda kelib chiqishi organik bo‘lgan chiqindilar) moddalar, qurilish va maishiy chiqindilar, shuningdek, boshqa ishlab chiqarish va xo‘jalik chiqindilari bo‘lgan ishlab chiqarish oqavalarining;
kommunal-ekologik normalarda belgilanmagan shartli toza oqava suvlarni, tarkibida bo‘yoqlar bo‘lgan oqava suvlarni, sanoat korxonalar maydonlarida (yomg‘ir, qor va muz erigan, sug‘orish-yuvish suvlari) hosil bo‘ladigan yuza oqava suvlarni, ishlab chiqarish maydonlari va hududlarning (kanalizatsiya tizimiga umumiy yoki alohida tashlanadigan) sizot suvlar sathi pasaytishi tufayli hosil bo‘ladigan drenaj suvlarning;
kanalizatsiya-tozalash inshootlarining quvurlari va texnologik kommunikatsiyalariga yemiruvchan ta’sir ko‘rsatadigan moddalar, ishlab chiqarish oqava suvlarini biologik tozalashga to‘sqinlik qiluvchi konsentratsiyadagi zararli moddala, xavfli bakteriologik ifloslantiruvchi moddalar, erimaydigan ishlab chiqarish neft mahsulotlari, biologik jihatdan qiyin oksidlanadigan organik, yuzaga faol ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar, shuningdek, mineral moddalarning;
suv obyektiga kelib tushadigan, sarfi va tarkibi ifloslantiruvchi moddalar hajmi va miqdorining ruxsat etilgan belgilangan normalaridan oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish oqava suvlari, harorati 40°C dan yuqori, suv muhitining ko‘rsatkichi rN 6,5 dan past yoki 9 dan yuqori bo‘lgan, kisloroddagi kimyoviy ehtiyoj darajasi (KKE) kisloroddagi biologik ehtiyojga (KBE5) nisbatan 2,5-martadan ortiq bo‘lsa yoki KBEto‘liq 1,5-marta – 500 mg/l.dan oshmaydigan, muallaq va qalqib chiquvchi moddalar 500 mg/l dan ortiq konsentratsiyalardan oshuvchi, kanalizatsiya tarmoqlariga tashlamalarning ruxsat etilgan cheklangan limitlari belgilanmagan moddalari bo‘lgan ishlab chiqarish oqava suvlarining;
kanalizatsiya tarmoqlari va tozalash inshootlarida zaharli gazlar (oltingugurt vodorodi, oltingugurt uglerodi, tsianidvodorodli kislota, oson uchuvchan aromatik uglevodorodlar bug‘lari va boshqalar) hamda boshqa portlash va yong‘in xavfi bo‘lgan, zaharli aralashmalar, konsentratsiyalangan qo‘r va kub eritmalarni hosil qilishga qodir bo‘lgan kislota, qaynoq aralashma, toksik va gazsimon moddalarni, xususan, erituvchilar (benzin, dietilli efir, dixlormetan, benzol va boshqalar) bo‘yoqlar, shuningdek, tarkibida radioaktiv moddalar bo‘lgan oqava suvlarning tashlanishi taqiqlanadi.
Tarkibida radioaktiv moddalar bo‘lgan ishlab chiqarish oqava suvlarini qabul qilish uchun maxsus kanalizatsiya tizimi mavjud bo‘lmaganda, ular shahar yoki boshqa aholi punktining kommunal kanalizatsiya tizimiga radioaktiv moddalar va ionlashtiruvchi nurlanishning boshqa manbalari bilan ishlashning radioaktiv xavfsizlik normalari va sanitariya qoidalariga muvofiq qabul qilinadi.
Shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tizimlarida o‘zaro ta’siri emulsiyalar, zaharli yoki portlash xavfi bo‘lgan gazlar, shuningdek, katta miqdordagi erimaydigan moddalarni (misol uchun, tarkibida kalsiy yoki magniy tuzlari va ishqorli eritmalar; soda va nordon suv; natriy sulfidi va tarkibida ishqor, xlor va fenollar haddan tashqari ko‘p bo‘lgan ishlab chiqarish oqava suvlari) hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish oqava suvlarining qo‘shilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilishni ta’minlovchi ekologik xavfsizlik talablari
Xo‘jalik va boshqa faoliyat obyektlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanishda o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini, shuningdek, ularning yashash va o‘sish joylarini saqlab qolish maqsadlarida:
o‘simliklarni yoqish, yovvoyi hayvonlar uchun xavfli bo‘lgan materiallar, xomashyo, kimyoviy moddalar, o‘simliklarni himoya qilish vositalari, mineral o‘g‘itlar va boshqa preparatlarni saqlash hamda qo‘llash, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish talablarini hisobga olmagan holda, maishiy va ishlab chiqarish chiqindilarini utilizatsiya qilish, tashish va ko‘mish;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalari va suvli akvatoriyasida ularning maqsadli vazifalariga zid bo‘lgan har qanday faoliyat;
hayvonlarning ommaviy ko‘chish (migratsiya) yo‘llarida maxsus o‘tish joylari bo‘lmagan to‘siq va inshootlar o‘rnatish;
xo‘jalik va boshqa faoliyat obyektlarini qurishda so‘qmoqlar, hayvonlarning ko‘payish davrida daraxt-buta o‘simliklarini tozalash;
suv va suv bo‘yida yashaydigan hayvon va qushlarning ko‘payish, qishlash, va ommaviy to‘planish joylarida ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan cheklangan konsentratsiyalaridan ortiqcha bo‘lgan oqava suv va chiqindilarni tashlash;
atrof-muhit muhofazasi sohasidagi maxsus vakolatli organning ruxsatisiz hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarini olish;
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvon va o‘simlik dunyosi obyektlarini olish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan maqsadlarda olish bundan mustasno;
yovvoyi hayvonlarni o‘zboshimchalik bilan ko‘chirish, iqlimlashtirish va chatishtirish taqiqlanadi.
Xo‘jalik va boshqa faoliyat obyektlarini loyihalashtirish va qurishda hayvonot dunyosi obyektlarini himoya qilish choralari, shu jumladan ularning ommaviy ko‘chish, ko‘payish va tullash, yosh hayvonlarni boqish, baliqlarni uvildiriq sochish, yosh baliqlarni boqish, o‘stirish va saqlash davrlarida ishlarni cheklash ta’minlanishi lozim.
Xo‘jalik yurituvchi va boshqa subyektlar hayvonot dunyosi obyektlarining ishlab chiqarish maydonlaridagi xavfli modda va xomashyolar ta’siridan nobud bo‘lishining oldini olish uchun:
materiallar, xomashyo va chiqindilarni atrofi to‘siq bilan o‘ralgan, maydonlari betonlangan va marzalangan yopiq kanalizatsiya tizimi mavjud bo‘lgan joylarda saqlashi;
xo‘jalik va ishlab chiqarish oqava suvlarini ishlab chiqarish maydonchasining o‘zida ishlov berish yoki keyinchalik utilizatsiya qilish uchun maxsus poligonlarga tashish uchun idishlarga joylashtirish;
idish va rezervuarlarni ularga hayvonlar tushib ketishining oldini olish maqsadida himoya tizimi bilan jihozlashi lozim.
Transport magistrallaridan foydalanuvchi transport vositalari egalari va tashkilotlar hayvonot dunyosi obyektlariga zarar yetkazilishining oldini olish choralarini ko‘rishga majburdir. Transport magistrallarida maxsus ogohlantiruvchi belgilar yoki transport harakati tezligini cheklovchi belgilar o‘rnatilishi lozim.
Transport magistrallari kichik daryo va soylar (er usti suv havzalari) bilan kesishganda, baliq va yer ustida yashaydigan hayvonlarning erkin ko‘chib yurishi ta’minlanishi lozim.
Elektr uzatish liniyalari elektromagnit maydonining ta’siridan hayvonot dunyosi obyektlari o‘lishining oldini olish uchun ushbu liniyalar bo‘ylab sanitariya-himoya polosalari belgilanadi.
Elektr uzatish liniyalaridagi transformator podstansiyalari, ularning tarmoqlari va ishlaydigan mexanizmlari hayvonlarning podstansiya hududiga kirishini va ularni ushbu tarmoq va mexanizmlarga tushib qolishining oldini oluvchi qurilmalar (to‘siqlar, o‘rab turuvchi qoplama va boshqalar) bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Qushlar ommaviy ko‘chish joylarida ularning aloqa liniyalari bilan to‘qnashuvi tufayli o‘lishining oldini olish uchun havodagi aloqa sim tizimini yer osti kabel yoki radioreley bilan almashtirish tavsiya etiladi.
Suv havzalari va ochiq suv oqimlaridan suv olishda suv va suv bo‘yida yashaydigan hayvonlarning nobud bo‘lishining oldini oluvchi chora-tadbirlar ko‘zda tutilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish, shu jumladan yo‘q bo‘lib ketish xavfi bo‘lgan yovvoyi flora va faunaning turlari bilan xalqaro savdo (SITES) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan o‘simliklar, hayvonlar va boshqa organizmlar turlari yashash joylari saqlab qolinishi lozim.
Tabiatdan foydalanuvchilar hayvonot dunyosi obyektlarining ovlanadigan turlarini ovlash va dorivor o‘simliklarni yig‘ish qurol va usullarini qo‘llashning ruxsat etilgan qoidalari, muddatlari va ro‘yxatiga rioya etishlari kerak.
Tabiatdan foydalanuvchilar hayvonot dunyosi obyektlarini ovlash va tutqunlikda saqlash shartlari va qoidalariga rioya qilishlari lozim.
O‘rmondan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirishda tabiatdan foydalanuvchilarga:
tuproqlar eroziyasining rivojlanishiga hamda o‘rmonlar holatiga va ularning qayta tiklanishi, shuningdek, suv va boshqa tabiiy obyektlarning holatiga normadan ortiq boshqa salbiy ta’sirlarga olib keladigan usullar bilan ishlarni amalga oshirish;
o‘rmonlarning himoya xususiyatlari, yong‘inga qarshi, ekologik va sanitar holati, shuningdek, ularni qayta tiklash sharoitlari yomonlashuviga sabab bo‘ladigan ishlarni amalga oshirish;
ekotizimlar va o‘rmonlarni qayta tiklash holatiga zararli ta’sirning oldini olish qurilmalari bilan ta’minlanmagan yangi va rekonstruksiya qilingan obyektlarni ishga tushirish;
yog‘ochni yo‘qotish, ishga yaroqli yog‘och-taxtani o‘tinga chiqarish va undan maqsadsiz foydalanish;
bino, inshoot va kommunikatsiyalarni qurishda ishlab chiqarish-texnik zarurat talab etmasa, daraxt va butalarni kesish;
milliy tabiat bog‘lari, buyurtmaxonalar, tabiat yodgorliklari o‘rmonlarida, ilmiy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘rmonlar, o‘rmon parklar, shahar o‘rmonlari, yashil hududlarning o‘rmonzor parklari qismlarida, aholi punktlari va sanoat markazlari atroflarida, davlat o‘rmon polosalarida, eroziyaga qarshi o‘rmonlarda, daryo, ko‘l va boshqa suv obyektlarining qirg‘oq bo‘ylaridagi o‘rmonlarning man etilgan polosalarida ikkilamchi ahamiyatga ega bo‘lgan o‘rmon materiallarini tayyorlash, mol boqish, yog‘och bo‘lmaydigan o‘rmon mahsulotlarini sanoat usulida tayyorlash;
tayyorlash va olib chiqish muddatlari tugagandan so‘ng kesish joylarida chala kesilgan va tayyorlangan yog‘ochlar qoldiqlarini qoldirish taqiqlanadi.
O‘rmon qonun hujjatlari buzilgan hollarda, shuningdek, o‘rmonlar va boshqa tabiiy obyektlarni muhofaza qilish, himoya qilish va qayta tiklash maqsadlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘rmondan foydalanish huquqi cheklanishi, vaqtincha to‘xtatilishi yoki taqiqlanishi mumkin.
O‘rmondan doimiy foydalanuvchilar:
o‘rmonlar, muhofazasi, himoyasi, ulardan oqilona foydalanish va ularning qayta tiklanishini ta’minlash;
o‘rmonlarning davlat hisobini yuritish;
ishlarni o‘rmonlar holati va ularni qayta tiklash holatiga, tuproqlar, hayvonot dunyosi, shuningdek, suv va boshqa tabiiy obyektlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydigan usullar bilan amalga oshirish;
o‘rmondan foydalanganlik uchun to‘lovni o‘z vaqtida belgilangan tartibda amalga oshirish;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimini ta’minlashga;
o‘rmondan boshqa foydalanuvchilarning haq-huquqlarini buzmaslikka majburdir.
O‘rmondan doimiy foydalanuvchilar qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va boshqa majburiyatlarni ham olishlari mumkin.
O‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilar:
o‘zlariga berilgan yaylovlar, pichanzorlar va boshqa o‘rmon yerlaridan oqilona foydalanish;
ishlarni o‘rmonlarning holati va ko‘payishiga, tuproq, yovvoyi tabiatning holatiga, shuningdek suv va boshqa tabiiy obyektlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan usullarda amalga oshirish;
ishlarni o‘rmonlar holati va ularni qayta tiklash holatiga, tuproqlar, hayvonot dunyosi, shuningdek, suv va boshqa tabiiy obyektlarning holatiga salbiy ta’siriga yo‘l qo‘ymaydigan usullar bilan amalga oshirish;
o‘rmondan foydalanganlik uchun to‘lovni o‘z vaqtida belgilangan tartibda amalga oshirishga;
o‘rmondan boshqa foydalanuvchilarning haq-huquqlarini buzmaslikka majburdir.
O‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilar qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va boshqa majburiyatlarni ham olishlari mumkin.
Yer resurslari muhofazasini ta’minlovchi ekologik xavfsizlik talablari
Tuproq qoplamining buzilishi bilan bog‘liq ishlar amalga oshirilayotganda keyinchalik erni biologik rekultivatsiyalash yoki unumdorligi past yerlarda foydalanish uchun tuproqning unumdor qatlami olinishi, saqlanishi lozim.
Vaqtincha kirish yo‘llari qurilishi mahalliy tabiiy sharoitlar hisobga olingan holda, mavjud yo‘l tarmog‘idan imkon qadar foydalangan holda amalga oshiriladi.
Transport va maxsus texnika, o‘simlik va tuproq qoplami buzilishini keltirib chiqarmaydigan xavfsiz harakatni ta’minlaydigan, faqat maxsus qurilgan yo‘llardan harakatlanadi.
Yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bog‘liq faoliyat amalga oshirilganda, tabiatdan foydalanuvchilarga:
aholi punktlarida atmosfera havosini chang, zararli gazlar, badbo‘y anqiydigan moddalar bilan ifloslantiruvchi manba hisoblangan jinslar uyumlari va chiqindi saqlagichlarni joylashtirish;
yer osti boyliklaridan o‘zboshimchalik bilan foydalanish;
er usti va yer osti boyliklari yaxlitligini buzish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi olingunga qadar bajarish;
davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi olingunga qadar yer yuzasi va uning qa’ri butunligini buzish bilan bog‘liq ishlarni bajarish;
foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda o‘zboshimchalik bilan qurilishlar qilish hamda ushbu yer maydonlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish;
agar yer osti boyliklarining holati odamlar hayoti va sog‘ligiga xavf tug‘dirsa, ulardan foydalanish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish;
tog‘-kon ajratmasidan tashqarida foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydali qazilma konlarini qazish va yer qa’ridan foydalanish;
alohida ilmiy va madaniy qimmatga ega bo‘lgan noyob geologik ochiq tog‘ jinslari, mineralogik hosilalar, palenontologiya obyektlari va boshqa yer qa’ri uchastkalarining yaxlitligini buzadigan har qayday faoliyat;
yer qa’ri belgilangan tartibda davlat ro‘yxatiga olinmagan holda, uni geologik jihatdan o‘rganish ishlarini amalga oshirish man etiladi.
Yer qa’rining alohida uchastkalaridan foydalanish aholi punktlari, shaharlar atrofidagi yashil zonalar, sanoat, transport, aloqa obyektlari, yer osti suvlarini olish joylari va ularning muhofaza zonalari, shuningdek, boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning belgilangan chegaralarida cheklanishi yoki taqiqlanishi mumkin.
Yer qa’ri va foydali qazilmalardan:
yer osti boyliklari va foydali qazilmalarni va tegishli tabiiy resurslarni qazib olishda ulardan kompleks va tejamkorlik bilan foydalanishni, shuningdek, atrof-muhit va yer qa’ri ifloslanishining oldi olinishini ta’minlash;
foydali qazilmalarni qazib olish chog‘ida buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish;
qayta tiklanadigan foydali qazilmalardan faqat tabiiy yangilanish chegarasidagina foydalanish;
yer qa’ri va keng tarqalgan foydali qazilmalardan foydalanish borasida belgilangan qoidalarga rioya qilish;
foydali qazilma konlarini o‘zlashtirish loyihalariga, shuningdek, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlash korxonalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kengaytirish loyihalariga davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjudligi;
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan ruxsatnomaning yoki yer qa’ri uchastkalarining foydalanishga berilishi ko‘zda tutilgan mahsulot taqsimoti haqidagi kelishuvning mavjudligi;
atrof-muhitga minimal ta’sirni ta’minlaydigan foydali qazilmalar yuzini ochishda hamda sig‘imli jinslar uyumlari, foydali qazilmalarni qayta ishlashdan qoladigan chiqindilar to‘planadigan joylar, konlardan chiqqan yaroqsiz jinslar uyumlarini joylashtirish sharti bilan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Yer qa’ridan foydalanuvchilar:
yer qa’ridan belgilangan maqsadga muvofiq foydalanish;
ishlarni yer qa’ridan foydalanish loyihasiga muvofiq amalga oshirish;
yer qa’rini to‘liq geologik o‘rganish, undan oqilona, kompleks foydalanish va muhofaza qilish;
konlarning boy uchastkalarini tanlab qazilishiga, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlashda normadan ortiq yo‘qotishlarga yo‘l qo‘ymaslik;
foydali qazilmalar zaxiralarining holati va harakatini, ularning yo‘qotilishi va nobudgarchiligi hisobga olinishi, shuningdek, o‘z vaqtida qayta hisoblab chiqilishini, qayta tasdiqlanishi va hisobdan chiqarilishi;
bir vaqtning o‘zida qazib olinadigan, ammo vaqtincha foydalanilmaydigan foydali qazilmalarni saqlash va hisobga olish;
suv olish joylari uchastkalarida va ularga tutash hududlardagi yer osti suvlarining rejimi bo‘yicha kuzatuvlar amalga oshirilishi;
yer osti suvlari muhofazasini nazorat qiluvchi organlarni yer osti suvlari holatining o‘zgarishi to‘g‘risida zudlik bilan xabardor qilish;
yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bog‘liq ishlarning xavfsiz amalga oshirilishi, avariyalarni bartaraf etish rejalarining ishlab chiqilishi;
atrof tabiiy muhitni, bino va inshootlarni yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq ishlarning zararli ta’siridan muhofaza qilish;
yer qa’ridan foydalanish jarayonida geologik, marksheyderlik va boshqa hujjat yuritilishi va uning saqlanishi;
yer osti boyliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, foydali qazilmalar zaxiralarining holati va harakati, ularning tarkibidagi komponentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Davlat geologiya jamg‘armasiga taqdim etilishi;
yer qa’ridan foydalanishda buzilgan yer uchastkalarining keyinchalik ulardan foydalanish uchun yaroqli holatga keltirilishi;
yer qa’ridan foydalanganlik uchun to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlashga majburdir.
Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida ekologik xavfsizlik talablari
Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida ekologik xavfsizlik talablariga rioya qilish maqsadida:
ushbu Texnik reglament va maxsus texnik reglamentlar bilan belgilangan talablarga muvofiq chiqindilarni zararsizlantirish va xavfsiz joylashtirilishning texnik vositalari bilan jihozlanmagan xo‘jalik va boshqa faoliyat obyektlarini ishga tushirish;
atrof-muhit uchun xavflilik toifasi belgilanmagan chiqindilarni ishlab chiqarish va ular bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish;
saqlash va ko‘mib tashlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga chiqindilarni, shu jumladan chetdan radioaktiv chiqindilarning har qanday turlarini olib kirish;
O‘zbekiston Respublikasida utilizatsiya qilish uchun tegishli texnologiyalar mavjud bo‘lgan chiqindilarni ko‘mib tashlash;
chiqindilarni aholi punktlari yerlarida, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarda va moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlarda, aholining hayoti va sog‘ligiga, shuningdek, tabiatni muhofaza qilish obyektlariga hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zarar yetkazish xavfiyuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda saqlash va zararsizlantirish;
atrof-muhitda qattiq va suyuq chiqindilarni ruxsatsiz joylashtirish;
sanoat va maishiy chiqindilarni maxsus texnik moslamalarsiz zararsizlantirish;
ko‘milgan chiqindilarni o‘zboshimchalik bilan chiqarib olish;
maishiy chiqindilarni (hujjatda nazarda tutilmagan) tashish uchun mo‘ljallanmagan transport vositalarida, shuningdek, maishiy chiqindilarni tashish bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxslar kuzatuvida tashish, yirik gabaritli maishiy chiqindilar va qurilish chiqindilari, shuningdek, daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishda hosil bo‘ladigan chiqindilar (daraxt va buta shox-shabbalari, kesish ishlari qoldiqlari va boshqalar) bundan mustasno.
Yer qa’rida chiqindilarni fuqarolarning hayoti va sog‘ligi, atrof-muhit xavfsizligini, tabiiy resurslar saqlanishini ta’minlash talablariga rioya etgan holda, faqat maxsus tadqiqotlar natijalariga ko‘ra ayrim hollardagina ko‘mib tashlashga ruxsat etiladi.
Chiqindilarni qayta ishlash, ularni poligonlarda ko‘mib tashlash va saqlash davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, saqlash va tahlil qilishni ta’minlash maqsadida xo‘jalik yurituvchi va boshqa subyektlar chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish obyektlarining Davlat kadastri yagona tizimiga kiritilishini majburiy tartibda ta’minlaydi.
Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida hosil bo‘ladigan chiqindilar pasportlanishi lozim.
Chiqindi pasporti chiqindining har bir turi uchun yuridik shaxslar tomonidan tuziladi. Ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bog‘liq tarzda chiqindining o‘ziga xos xususiyatlari o‘zgargan hollarda, chiqindi pasportiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritiladi.
Chiqindilarni pasportlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Chiqindilarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishiga aholining hayoti va sog‘ligi hamda atrof tabiiy muhit xavfsizligini ta’minlash sharti bilan ularni faqat qayta ishlash va utilizatsiya qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi.
Chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va uning hududidan olib chiqishni tartibga solish qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Xavfli chiqindilar ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan ekologik sertifikati hamda ruxsatnoma mavjud bo‘lgan taqdirda, maxsus jihozlangan transport vositalarida tashiladi.
Oldi-sotdi, eksport-import operatsiyasi obyekti bo‘lgan chiqindilar, shuningdek, tashilishi kerak bo‘lgan xavfli chiqindilar chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi sanitariya normalari va qoidalariga, ekologik normativlarga muvofiqlik bo‘yicha ekologik sertifikatlashdan o‘tkazilishi kerak va uning natijalariga ko‘ra chiqindilarning mulkdorlariga ekologik sertifikat beriladi.
Chiqindilarni ekologik sertifikatlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Xo‘jalik va boshqa faoliyat obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish, rekonstruksiya qilish, konservatsiyalash va tugatishda qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq chiqindilarni saqlash uchun jihozlangan maydonchalar nazarda tutilishi lozim.
Xavfli chiqindilar ularni to‘plash, saqlash, utilizatsiya qilish, ko‘mish va/yoki yo‘q qilish joylariga:
xavfli chiqindilar pasporti mavjud bo‘lganda;
maxsus jihozlangan va maxsus belgilar bilan ta’minlangan transport vositalari mavjud bo‘lganda;
xavfli chiqindilarni tashish va topshirish uchun tashiladigan xavfli chiqindilar miqdori, tashish maqsadlari va manzili ko‘rsatilgan hujjatlar mavjud bo‘lganda tashiladi.
Xavfli chiqindilar ushbu Texnik reglament talablari hisobga olingan holda, texnologik jarayonlar yordamida zararsizlantiriladi.
Chiqindilarni joylashtirish obyektlarida chiqindilarni saqlashda (ko‘mishda) keyinchalik ishlov berish, yuklash, tashish, tushirish, utilizatsiya qilish va yo‘q qilish ishlarini amalga oshirish maqsadida ularning alohida saqlash talablari ta’minlanishi lozim.
Yuridik shaxslar:
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida belgilangan sanitariya normalari va qoidalariga, ekologik normativlarga rioya etishi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chiqindilarning hisobini yuritishi, ular to‘g‘risida hisobot taqdim etishi;

Download 123.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling