Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Download 123.18 Kb.
|
1 2
Bog'liq4-ish tashkilotda xodimlar xavfsizligi
Keyingi tahrirga qarang.
chiqindilarning fuqarolar hayoti va sog‘ligi, atrof-muhit uchun xavflilik darajasini belgilangan tartibda aniqlashi; chiqindilarning hosil bo‘lish normativlari va ularni joylashtirish limitlari loyihalarini ishlab chiqishi; aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlariga, yo‘llarning chetiga, qatnov qismiga qurilish va maishiy chiqindilar tashlanishi hamda to‘planishining oldini olishi; chiqindilar to‘planishini ta’minlashi, o‘ziga tegishli bo‘lgan binolarga yaqin yoki tutash hududlarda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va vaqtincha saqlash uchun konteynerlar (qutilar) o‘rnatishi; resurs qimmatiga ega va utilizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan chiqindilarning tegishli darajada saqlanishini ta’minlashi hamda ularning yo‘q qilinishi va buzilishiga yo‘l qo‘ymasligi; o‘zining mulki bo‘lgan chiqindilarning utilizatsiya qilinishiga doir texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish choralarini ko‘rishi; chiqindilarning aralashib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi, ishlab chiqarish texnologiyasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; chiqindilarning belgilanmagan joylarda yoki obyektlarda saqlanishi, qayta ishlanishi, utilizatsiya qilinishi va zararsizlantirilishiga, shuningdek, bunday joylarga yoki obyektlarga joylashtirilishi hamda tashlanishiga yo‘l qo‘ymasligi; chiqindilarni maxsus texnik moslamalarni qo‘llamagan holda yoqib yubormasligi; sanitar tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish bo‘yicha talablarni buzmasligi; chiqindilar joylashtirilgan o‘z obyektlarining sanitariya va ekologik holatini nazorat qilish; chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish vaqtida holati buzilgan yer uchastkalarida rekultivatsiya ishlarini o‘tkazishi; chiqindilarni mumkin qadar ko‘proq utilizatsiya qilish, ularni chiqindilarni to‘plash, saqlash va utilizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga realizatsiya qilish yoki berish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirishi, shuningdek, utilizatsiya qilinmaydigan chiqindilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda zararsizlantirilishini ta’minlashi; mahalliy davlat hokimiyati organlariga, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlariga ruxsat olinmagan tarzda atrof-muhitga chiqindilar chiqarilganligi holatlari to‘g‘risida va ko‘rilgan choralar haqida belgilangan tartibda axborot taqdim etishi; chiqindilarni joylashtirganlik uchun belgilangan tartibda kompensatsiya to‘lovlari to‘lashi; chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish natijasida fuqarolarning hayoti, sog‘ligi va mol-mulkiga, atrof-muhitga, yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi shart. Yuridik shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin. Chiqindilarni ma’lum bir vaqt davomida nazoratda saqlash maqsadida, binolar, inshootlar yoki hududdan ajratilgan ruxsat etilgan uchastkaga (chiqindilarni joylashtirish obektlarida) joylashtiriladi, bu chiqindilar partiyasiga tegishli hujjatlarda aks ettiriladi. Mahsulotlar va chiqindilarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va utilizatsiya qilish jarayonlarining ekologik xavfsizlik talablariga muvofiqligini baholash Mahsulotlar va ishlab chiqarish hamda iste’mol chiqindilarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish, va utilizatsiya qilish jarayonlarining ekologik xavfsizlik talablariga muvofiqligini baholash ushbu Texnik reglamentning tartibga solinadigan obyektlarining ekologik xavfsizlik talablariga muvofiqligini aniqlash uchun belgilanadi. Ushbu Texnik reglamentni qo‘llash uchun mahsulotlar, xizmatlar, mahsulotni ishlab chiqarish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish jarayonlarining muvofiqligini baholashning quyidagi shakllariga yo‘l qo‘yiladi: davlat ekologik ekspertizasi; ekologik sertifikatlashtirish (ekologik xavfli mahsulot va chiqindilar uchun). Ekologik xavfsizlik talablari buzilishi natijasida aholidan asosli murojaatlar bo‘lgan taqdirda, Texnik reglament talablariga rioya etilishi yuzasidan jamoat ekologik ekspertizasi o‘tkazilishi mumkin. Ushbu Texnik reglamentning tartibga solinadigan obyektlarining muvofiqligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq baholanadi. Texnik reglament talablariga rioya etilishi bo‘yicha davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, shuningdek, davlatning vakolatli boshqa organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladi. Foydalanilgan adabiyotlar Avezova N.R., Matchanov N.A., Raximov E.Yu., Xakimov M.A., Dalmuradova N.N., Dexkonova M.X. Otsenka potensiala solnechnoy energii Kashkadarinskoy oblasti// “Alternativnaya energetika i ekologiya», № 01 (394), 2022g., str. 36-52. Ulugbek Azimov, Nilufar Avezova. Sustainable small-scale hydropower solutions in Central Asian countries for local and cross-border energy/water supply// Renewable and Sustainable Energy Reviews. N.R. Avezova, E.Yu. Raximov, N.N. Dalmuradova. “Vozmojnosti otsenki pokazateley HDD i SDD dlya territorii Uzbekistana s pomoщyu mejdunarodnыx baz meteorologicheskix dannыx”. “Alternativ energetika i ekologiya” – WCAEE-2022 Oltinchi Butunjahon sammiti materiallari. N.R. Avezova, E.Yu. Raximov, N.N. Dalmuradova, D.U.Abduxamidov. Dinamika izmeneniya pokazateley gradusa-sutok otopitelnogo perioda v Uzbekistane za posledniye 40 let.//jurnal “Problemы energo i resursosberejeniya”, № 01, 2022. str.108-119. N.R. Avezova, N.N. Dalmuradova, X.X. Kulmatov. Otsenka uglerodnogo sleda produksii: sostoyaniye i perspektivы. O’zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qo‘mitasi 5-iyun – Xalqaro atrof-muhit kuniga bag‘ishlangan “Ekologik startaplarni hayotga tadqiq qilish” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. Toshkent, 2022 y. Download 123.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling