Aniqlikni tekshirish va baholash usullari. Sistematik xatoliklar; sistematik doimiy va o‘zgaruvchan xatoliklar


Download 255.09 Kb.
bet1/5
Sana14.03.2023
Hajmi255.09 Kb.
#1268061
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Aniqlikni tekshirish va baholash usullari. Sistematik xatoliklar; sistematik doimiy va o‘zgaruvchan xatoliklar

Aniqlikni tekshirish va baholash usullari. Sistematik xatoliklar; sistematik doimiy va o‘zgaruvchan xatoliklar

Reja :

1. Statistikada sistematik xatoliklar tо’g’risidagi tushunchalar;

2. Aniqlikni еgri chiziq taqsimoti usulida tekshirish:

a) detallar о’lchamlarining jadval usulidagi taqsimoti;

b) detallar о’lchamlarining grafik usulidagi taqsimoti;

3. Tabiiy taqsimot qonuni (Gauss qonuni);

4. Boshqa konuniyatlar tо’g’risida tushunchalar;

5. Aniqlikni nuqtali diagrammalar qurish asosida tekshirish usuli.

1. Statistikada sistematik xatoliklar tо’g’risidagi tushunchalar

  • Ma’lumki, matematika statistikasi bо’yicha texnologik sistemada sodir bо’luvchi barcha xatoliklar uch guruh xatoliklarga birlashtiriladi. Bular: sistematik doimiy xatoliklar, sistematik qonuniy о’zgaruvchan xatoliklar va sistematik tasodifiy xatoliklar.
  • Sistematik doimiy xatoliklarga; texnologik sistemaning geometrik, kinematik, sozlash xatoliklarini kiritish mumkin.
  • Sistematik qonuniy о’zgaruvchan xatoliklarga; texnologik sistemaning haroratdan deformasiyalanishi, u еlementlarining va keskich asboblarining eyilishi va boshqalar kiradi.
  • Tasodifiy xatoliklarga; texnologik sistema bikirligining о’zgaruvchanligi, ishlanuvchi tanavorlar kesib tashlanuvchi qatlamlarining bir xil о’lchamda bо’lmasligi, ular yuza qatlamlari qattiqligining xar xilligi, noma’lum ichki kuchlanishining mavjudligi, о’rnatuv hatoligi va boshqa xatoliklarni kiritish mumkin.

2. Aniqlikni egri chiziq taqsimoti usulida tekshirish

  • Detallar tо’plamiga sozlangan stanoklarda ishlov berilgan paytda tasodifiy xatoliklar ta’siri natijasida har bir tanavorning haqiqiy о’lchami tasodifiy kattalik bо’lib, ma’lum oraliqlar chegarasida har xil qiymat qabul etishi mumkin.
  • O’zgarmas sharoitda ishlangan detallar haqiqiy о’lchamlari qiymatlarining yig’indisi, о’sib (kattalashib) borish tartibi bо’yicha joylashtirishi va shu о’lchamlarning takrorlanishi (nisbiy takrorlanishi) detallar о’lchamlarining taqsimoti deyiladi.
  • Detallar tо’plamining о’lcham taqsimotini jadval yoki grafiklar kо’rinishida ham berish mumkin. Amalda detallarning haqiqiy о’lchamlarini intervallarga yoki razryadlarga shunday qilib bо’linadiki, bunda о’lchash xatoligini kompensasiya qilish uchun interval bо’lagining qiymati, о’lchov asbob shkalasi bо’lagining qiymatidan bir qancha kattaroq qilib olinadi.
  • a). Detallar о’lchamlarining jadval usulidagi taqsimoti.
  • Masalan, sozlangan stanokda ishlangan 100 ta detallar haqiqiy о’lchamlari о’lchaganimizdan keyin 30,00 mm bilan 30, 35 mm oralig’ida joylashgan bо’lsin (5.1-jadval).
  • b). Detallar о’lchamlarining grafik usulidagi taqsimoti.

Download 255.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling