2-Ma’ruza: Kinematik zanjir va uning turlari. Assur guruhlari


Download 442.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana19.11.2023
Hajmi442.5 Kb.
#1786681
  1   2   3


2-Ma’ruza: Kinematik zanjir va uning turlari. Assur guruhlari. 
Bir nechta boʻg’inlarning kinematik juftliklar vositasida birikishidan kinematik zanjir 
hosil boʻlishini yuqorida aytib oʻtgan edik. Kinematik zanjirlarni tuzilishi va boʻg’inlarni 
kinematik juftlklarga birikishiga koʻra 2.1-rasmda keltirilgan klafikatsiyani tuzish mumkin.
2.1-rasm. 
Agar kinematik zanjir tarkibiga kiruvchi boʻg’inlarning biri faqat ikkitadan kinematik 
juftga kirsa, bunday zanjir oddiy deb (2.2-rasm), kinematik zanjir tarkibidagi boʻg’inlarning biri 
ikkitadan ortiq kinematik juftga qoʻshilsa, bunday zanjir murakkab zanjir deb ataladi (2.3-rasm).
2.2-rasm. 
2.3-rasm. 
2.2-rasmda oddiy kinematik zanjir koʻrsatilgan boʻlib, uning 1 va 3-boʻg’inlarning A va 
D elementlari erkin elementlardir. 2.3-rasmda esa murakkab kinematik zanjir koʻrsatilgan boʻlib, 
uning 1, 4 va 5-boʻg’inlarning A, F va G elementlari erkin elementlardir. Sxemadan koʻrinadiki 


murakkab kinematik zanjir tarkibida bazisli boʻg’in boʻladi hamda u uchta yeridan kinematik 
juftlikka birikishi mumkin. 
2.1-rasmdagi klassitsifikatsiyadan koʻrinadiki kinematik zanjirlar ochiq va yopiq 
kinematik zanjirlarga boʻlinadi. 2.2 va 2.3-rasmda oddiy va murakkab ochiq kinematik zanjirlar 
keltirilgan. Agar kinematik zanjir tarkibiga kiradigan har bir boʻg’in eng kamida ikkitadan 
kinematik juftga biriksa, bunday zanjir yopiq kinematik zanjir boʻladi (2.4-rasm). 
2.4-rasm 
Yopiq kinematik zanjirda boʻg’inlar bir-biriga nisbatan harakatlanadigan oʻzgaruvchan 
yopiq kontur hosil boʻladi. Ochiq kinematik zanjirda esa bunday kontur boʻlmaydi. 
Kinematik zanjirlarnining strukturaviy nazariyasiga rus olimi professor P.I.Somov asos 
solgan. Uning fikricha, kinematik zanjirning qoʻzg’aluvchanlik darajasi N va kinematik zanjir 
tarkibidagi boʻg’inlar soni K deb qabul qilib hamda turli sinfdagi kinematik juftlari orasidagi 
bog’lanishlarni aniqlash mumkin. Ma’lumki, kinematik zanjir tarkibika kirishi lozim boʻlgan 
boʻg’inlar erkin boʻlganda ularning har birining erkinlik darajasi oltiga teng boʻladi. Demak, ta 
boʻg’in kinematik juftliklarga birikishidan avval umumiy erkinlik darajasi 6K ga teng boʻladi. 
Agar K ta boʻg’indan tuzilgan kinematik zanjir tarkibida IIIIIIIV va V sinf kinematik juftlar 
boʻlsa va ularning sonini mos ravishda P
1
, P
2
, P
3
, P
4
va P
5
belgilab olsak, u holda, kinematik 
zanjirning umumiy erkinlik darajasi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi 
H=6K-5P
5
-4P
4
-3P
3
-2P
2
-P
1
,

 
 
(2.1) 
bunda K-kinematik zanjir tarkibidagi boʻg’inlarning umumiy soni; P
5
-kinematik zanjirdagi V-
sinf kinematik juftliklar soni (ularning har biri bittadan erkinlik darajasiga ega); P
4
-kinematik 
zanjirdagi IV-sinf kinematik juftliklar soni (ularning har biri ikkitadan erkinlik darajasiga ega); 
P
3
-kinematik zanjirdagi III-sinf kinematik juftliklar soni (ularning har biri uchtadan erkinlik 
darajasiga ega); P
2
-kinematik zanjirdagi II-sinf kinematik juftliklar soni (ularning har biri 
toʻrttadan erkinlik darajasiga ega); P
1
-kinematik zanjirdagi I-sinf kinematik juftliklar soni 
(ularning har biri beshtadan erkinlik darajasiga ega). 
Kinematik zanjir tarkibiga kiruvchi biror-bir qoʻzg’almas boʻg’inga nisbatan bir yoki bir 
necha boʻg’in muayn tartibda harakatlangan vaqtda zanjirning qolgan boʻg’inlari ham ma’lum 


tartibda harakat qilsa, bunday kinematik zanjir mexanizm deyiladi. Bu ta’rifdan kelib chiqib, 
kinematik zanjir tarkibidagi boʻg’inlarning birini qoʻzg’almas deb qaralsa, u holda 
qoʻzg’aluvchan boʻg’inlar umumiy sonini K-1 deb qarab, (2.1) ifodani quyidagicha yozamiz 

Download 442.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling