Mavzu: Reaktiv harakat a Ta’limiy: Reaktiv harakat haqida tushuncha berish
Download 428.65 Kb.
|
7-sinf Fizika 55 Reaktiv harakat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashkiliy qism
- 2. to’qnashishdan keyingi tezlikni topish formulasini ayting.
- 5. Tezligi 0,5 m/s, massasi 20 t bolgan vagon tezligi 0,2 m/s, massasi 15 t bolgan vagonni quvib yetdi va unga ulanib qoldi. Vagonlarning birgalikdagi tezligi qanday (cm/s)
- Mustahkamlash Mustahkamlash
- 1. yoqilg`I yonish kamerasi 2. Reaktiv saplo 3. Sun`iy yo`ldosh 4. Yoqilg`I
- Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, mavzu yuzasidan savollar tuzish, Qog’oz yoki listdan raketani maketini yasash
Mavzu: Reaktiv harakatMavzu: Reaktiv harakata) Ta’limiy: Reaktiv harakat haqida tushuncha berish.
Tashkiliy qismTashkiliy qism
TakrorlashTakrorlash1. To’qnashishlar necha xil bo’ladi.2. to’qnashishdan keyingi tezlikni topish formulasini ayting.Yo’nalish bir xil va qarama-qarshi holat uchun.3. Noelastik to’qnashishga misollar keltiring.4. Bir xii yo'nalishda, 2v va v tezlik bilan harakatlanayotgan, massalari mos ravishda 2m va m bo'lgan jismlar o'zaro noelastik to'qnashgandan keyin qanday U tezlik bilan harakat qiladilar?5. Tezligi 0,5 m/s, massasi 20 t bo'lgan vagon tezligi 0,2 m/s, massasi 15 t bo'lgan vagonni quvib yetdi va unga ulanib qoldi. Vagonlarning birgalikdagi tezligi qanday (cm/s)?Yangi mavzu bayoniYangi mavzu bayoniReaktiv harakat. Raketaning tuzilishi va ishlash prinsipiYopiq sistemaning bir qismi biror tezlik bilan harakat qilsa, sistemaning qolgan qismi unga qaramaqarshi yo‘nalishda harakatga keladi. Vujudga kelgan bunday harakat reaktiv harakat deyiladi. Reaktiv harakatni tasavvur qilish uchun quyidagi tajribani o‘tkazaylik. Probirkaning yarmigacha suv quyib, tiqin bilan yopaylik va 123rasmdagidek aravachaga o‘rnataylik. Quruq yonilg‘i alangasida probirkadagi suvni isitaylik. Suv qaynash darajasiga yaqinlashganda tiqin katta tezlik bilan otiladi, aravacha esa tiqin yo‘nalishiga qaramaqarshi tomonga harakatlanadi. Bunda tiqinni probirkadan otib chiqaruvchi bug‘ning bosim kuchiga qaramaqarshi yo‘nalgan reaktiv kuch paydo bo‘ladi. Reaktiv kuch ta’sirida aravacha tiqin harakatiga qaramaqarshi yo‘nalishda harakatlanadi. Keyingi 50–60 yil ichida fazoga ko‘plab kosmik kemalar, Yerning sun’iy yo‘ldoshlari uchirildi. Ularni Yerdan orbitaga raketalar olib chiqadi. Reaktiv kuch ta’sirida harakatlanadigan kosmik uchish sistemalari raketa deb ataladi. Raketaning harakati reaktiv harakatga asoslangan. Uning tuzilishi sxematik ravishda rasmda tasvirlangan. Raketa, asosan, to‘rt qismdan iborat. 1-qismda Yer atrofidagi orbitaga chiqarib qo‘yiladigan kosmik kema yoki sun’iy yo‘ldosh joylashgan. Raketaning 2-qismini yoqilg‘i va raketani Yerdan uchirish jihozlari tashkil etadi. 3-qismda yoqilg‘i yonish kamerasi joylashgan bo‘lib, bu yerda yo qilg‘i yonishi natijasida yuqori harorat va bosimli gaz yig‘iladi. Bunday gaz reaktiv soplo (4-qism) orqali juda katta tezlikda tashqariga chiqariladi. Impulsning saqlanish qonuni asosida hosil bo‘ladigan reaktiv harakat kosmonavtikaning asosi hisoblanadi. Kosmik raketa va kemalarning yaratili shiga olimlardan K. E. Siolkovskiy (1852–1935), S. P. Korolyov (1906–1966), M. V. Keldish (1911–1978), V. Braun (1912–1976), G. Obert (1894–1989) va boshqalar katta hissa qo‘shganlar. Hozirda kosmonavtika sohasi yuksak darajada taraqqiy etib bormoqda. MustahkamlashMustahkamlash1. Raketaning tuzilishi necha qismdan iborat?a) 4 b) 1 c)2 d)32. Raketaning bosh qismida ya`ni 1-qismda nima joylashgan?a) yonilg`i b) sun`iy yo`ldosh c ) yonish kamerasi d) reaktiv saplo3. Raketaning tuzilishini ketma-ketlikda ko`rsating.1. yoqilg`I yonish kamerasi 2. Reaktiv saplo 3. Sun`iy yo`ldosh 4. Yoqilg`Ia) 1,2,3,4 b) 1,3,4,2 c) 3, 4, 1, 2 d) 4,3,2,14. Yopiq sistemaning bir qismi biror tezlik bilan harakat qilsa, sistemaning qolgan qismi unga qarama-qarshi yo`nalishda harakatga keladi. Vujudga kelga bunday harakat …. deyiladi.a) raketa b) reaktiv harakat c) kosmonovtika d) mexanik harakat5. 70 kg massali odam 280 kg massali qayiqning bir uchidan ikkinchi uchiga 5m yo`l yurib bordi. Bunda qayiq suvga nisbatan necha metr masofaga suriladi?a) 1.5m b) 1m c) 2m d) 7mUyga vazifa: Mavzuni o’qish, mavzu yuzasidan savollar tuzish, Qog’oz yoki listdan raketani maketini yasashUyga vazifa: Mavzuni o’qish, mavzu yuzasidan savollar tuzish, Qog’oz yoki listdan raketani maketini yasashDownload 428.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling