1-mavzu: dorivor о‘simliklarni о‘rganish tarixi reja
Download 0.55 Mb.
|
талабагадоривор ўсимликларга талабага
Organik kislotalar о‘simlik hujayra shirasida uchraydi. О‘simlikning barcha organlarida, ayniqsa mevalarida olma, limon, vino, shovil, chumoli, askorbin, ba’zan xin va linolen kislotalari holida bо‘ladi. Organizmda organik kislotalar moddalar almashinuvida aktiv ishtirok etadi. Shira ishlab chiqariladigan bezlarning ish qobiliyatini oshiradi. О‘t suyuqligi va pankreatik shiraning ajralishiga ta’sir kо‘rsatadi. Organik kislotalar bakteritsidlik xususiyatiga ega. Shu sababli ham turli mikroblarni qirib tashlaydi. Natijada inson organizmiga xastaliklar yuqishi oldini oladi. Organik kislotalar ishtahani ochadi, ovqat hazm bо‘lishini yaxshilaydi.
Fermentlar о‘simlik tо‘qimalarida hosil bо‘ladi. Ular mevalarda kо‘proq tо‘planadi hamda moddalar almashinuvi jarayonida faol ishtirok etadi. Fermentlar deyarli oqsil moddalardan hosil bо‘ladi. Organizmda sodir bо‘ladigan kimyoviy reaksiyalar fermentlar ishtirokida о‘tadi. Shuningdek, fermentlar ma’lum moddalarning reaksiyaga kirishini tezlashtirishda katalizatorlik rolini ham о‘taydi. Fermentlarga ta’sir kо‘rsatadigan harorat 40°S dan yuqori bо‘lmasligi lozim. Agar harorat bu kо‘rsatkichdan yuqori bо‘lsa, fermentlardagi oqsillar koagulyatsiya holiga tushadi, natijada fermentlar katalizatorlik xususiyatini yо‘qotadi. Oqsillar о‘simliklarning, asosan, urug‘i hamda mevalarida kо‘p tо‘planadi. Ular tо‘yimli oziq-ovqat manbai hisoblanadi. Oqsillar proteolit fermenti ta’sirida aminokislotalarga parchalanadi, organizmda moddalar almashinuvini tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yishda ishtirok etadi hamda uning quvvatini oshiradi. Vitaminlar murakkab organik birikmalardan hosil bо‘lgan bо‘lib, о‘simliklarning barcha organlarida bо‘ladi. Vitaminlar tashqi muhit ta’siriga juda chidamsiz bо‘lib, tez buziladi, parchalanadi hamda о‘zining foydali xususiyatlarini yо‘qotadi. Masalan, S, R, V, V2, RR, N va patogen vitaminlar qaynagan suvda tez parchalanadi hamda shifobaxshlik xususiyatini yо‘qotadi. A, K, D, YE vitaminlari qaynagan suvda tez parchalanmaydi yoki buzilmaydi, ammo yog‘larda parchalanib xususiyatini yо‘qotadi. S, A, V, vitaminlari kislorod ta’sirida buziladi. V2 vitamini esa ta’sirga chidamliroqdir. Vitaminlar inson tо‘qimalari uchun doimiy va zaruriy komponentlardan hisoblanib, moddalar almashinuvi jarayonida aktiv ishtirok etadi. Inson organizmini turli kasalliklardan himoya qilish qobiliyatini oshiradi. Qon tomirlarining devorchalarida xolesterin tо‘planishiga yо‘l qо‘ymaydi. Shuningdek, qon tarkibini doimiy saqlab turishda muhim ahamiyat kasb etadi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling